Amaliyot darsi. Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari
II bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
Mavzu ustida ishlash natijasida:
- – kishilar hayotida iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning ahamiyati, ularni ta’minlashda davlatning roli to‘g‘risida;
- – jamiyatni taraqqiy ettirishda mehnat va ta’limning muhimligi haqida bilib olasiz.
Inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarining alohida guruhini iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar tashkil etadi. Ularga quyidagilar kiradi:
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar:
xususiy mulkdor bo‘lish onalik va bolalikni himoya qilish qarilikda, mehnat qilish qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisini yo‘qotganda ijtimoiy ta’minot (pensiya, mehnat erkinligi turar joy nafaqa) olish dam olish
sog‘liqni saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish
adolatli mehnat sharoitida
mehnat qilish sog‘lom yashash muhitiga qonunda taqiqlanmagan iqtisodiy ega bo‘lish huquqlari
faoliyat bilan shug‘ullanish
kiradi ish faoliyatini tanlash erkinligi
va ishsizlikdan himoyalanish
1. INSON HUQUQLARIDAN ENG MUHIMI QAYSI BIRI HISOBLANADI?
1-topshiriq
Birinchi (qatnashchi): Men Konstitutsiyaga faqat shaxsiy va siyosiy huquqlar kiritilishi lozim deb hisoblayman. Bular – yashash huquqi, so‘z, fikr, axborot erkinligi, vijdon, bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish erkinligidir. Biz hozircha mehnat qilish, bilim olish huquqi, hamma uchun turar joy kabi ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ta’minlashga qodir emasmiz. Agar biz bu huquqlarni qonun bilan mustahkamlab qo‘yishga uringudek bo‘lsak, unda hukumat fuqaroviy va siyosiy huquqlarga kerakli darajada e’tibor berolmaydi.
Ikkinchi: Men bu ta’kidni ma’qullamayman. Eng avvalo, iqtisodiy huquqlar ta’minlanishi lozim, deb hisoblayman. Kishilarning, basharti, ularning yeydigan hech vaqosi bo‘lmasa, odamlarning ishi va turar joyi bo‘lmasa, qanaqa siyosiy erkinliklar xususida so‘z borishi mumkin?
1-topshiriq
To‘rtinchi: Fikrimcha, iqtisodiy huquqlarni kafolatlash mushkuldir. Ammo hukumat kam ta’minlanganlarga (pensionerlar, mehnat layoqatini yo‘qotganlar va hokazolarga) imtiyozlar berishga majburdir.
Beshinchi: Men har bir odam o‘zi va o‘z yaqinlari hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojni davlatning yordamisiz ishlab topishi kerak, deb hisoblayman. Davlat esa bor kuch-g‘ayratini atrof-muhit muhofazasiga qaratishi lozim.
1-topshiriq
Bahs yuritish barcha huquqlar inson uchun nechog‘liq muhim ekanligini, ular bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini, biri boshqasini qay yo‘sinda to‘ldiri- shini ko‘rsatadi.
Haqiqatan ham, siyosiy huquqlarni ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan qanday ajratib olish mumkin? O‘z navbatida, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar sog‘lom muhitda yashash huquqisiz ma’no kasb etmaydi. Bu narsa butunlay tushunarli, negaki, ijtimoiy himoya qilinmagan inson o‘zining siyosiy, iqtisodiy va boshqa huquqlarini ro‘yobga chiqarishi ehtimoldan yiroqdir.
Shunday qilib, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning bog‘liqligi shundan iboratki, ijtimoiy farovonlik huquqi moddiy jihatga (nafaqa, pensiya) ega, insonning iqtisodiy huquqi esa bevosita yoki bilvosita, ayni paytda yoki vaqti kelganda, albatta, jamiyat hayotining ijtimoiy tomoniga ta’sir (ijobiy yoki salbiy) ko‘rsatadi.
2-topshiriq
Guruhlarda qoling. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan fuqarolarning huquqlarini sanab o‘ting. Inson hayoti va uning huquqlari himoyasini yetarli darajada ta’minlash uchun ularning zarurligini konkret misollarda asoslab bering.
2. Mulkdor bo‘lish, mehnat qilish, mehnat faoliyatini erkin tanlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasida har bir odam mulkdor bo‘lish huquqiga ega ekanligi haqida so‘z yuritiladi. Bu narsa, basharti, inson mol-mulkka egalik qilsa, undan hech kim bu mol-mulkni tortib olishi mumkin emasligini anglatadi va bu insonga o‘ziga ishonch hamda mustaqillik hissini baxsh etadi. Mulkdorda o‘z mulkini qandaydir bir ishga sarflab ko‘paytirish, ya’ni o‘ziga tanish faoliyat sohasida serg‘ayratlik namoyish etish imkoniyati bo‘ladi.
Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi davlatimiz zimmasiga ishsizlik darajasi iloji boricha past bo‘lishi, ishsiz qolgan inson esa nafaqa olishi va shu davrda o‘ziga ish qidirib topishi uchun barcha vositalarni ishga solish majburiyatlarini yuklaydi. Konstitutsiyada majburiy mehnat, ya’ni xizmat burchi doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlash taqiqlanishi alohida qayd etilgan.
Asosiy qonun belgilaydi
Har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 42-modda.
Normativ hujjat!
Sizga ma’lummi, ya’ni... Ishga kirayotgan odamdan, avvalo, yoshi haqida so‘raladi, chunki O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq korxona ma’muriyati voyaga yetmaganlarni faqat 16 yoshdan boshlab ishga qabul qilishga haqlidir. Mehnatga tayyorlash maqsadida (O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 188-modda) o‘quvchilar 15 yoshdan boshlab, o‘qishdan bo‘sh vaqtda ishga qabul qilinishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar faqat ota-onalarining yozma roziligi bilan ishga joylashishlari mumkin, chunki ota-onalar mehnat sharoitini bilishlari va bu haqda kelishishlari shart. Shuningdek, o‘smir salomatligi to‘g‘risidagi tibbiyot ma’lumotnomasi ham majburiydir.
Normativ hujjat!
Voyaga yetmaganlar uchun shunday taqiqlangan kasblar ham mavjud- ki, ular sog‘liq uchun zararli bo‘lgan mehnat sharoitiga ega. Masalan, gazpayvandchi, shaxtyor, temirchi singari kasblar.
O‘quvchilar salomatligiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim jarayonini buzmaydigan yengil ishlarga jalb etilishi mumkin. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni tungi, qo‘shimcha ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish ham taqiqlanadi.
3. Ijtimoiy ta’minot olish huquqi
O‘zbekistonda munosib turmush darajasini saqlab turish uchun ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga, yolg‘iz onalarga va boshqa yolg‘iz kishilarga, shu jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarga turli ko‘rinishdagi ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda, nafaqalar va qarilik pensiyalarining miqdori muntazam oshirib borilmoqda.
Asosiy qonun belgilaydi
Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo‘yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 46-modda.
4. Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi
Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi har bir odamga havola etilgan. Mamlakatda ko‘plab aholi bepul davolanadigan davlat tibbiyot muassasalari mavjud. Keyingi vaqtlarda bir talay xo‘jalik hisobidagi, shuningdek, pullik poliklinikalar va shifoxonalar paydo bo‘ldiki, qayerda davolanishni tanlash imkoniyati ham yaratildi.
Sog‘lom avlod – millat salomatligi garovidir. Keyingi vaqtlarda mamlakatda «Sog‘lom avlod uchun» singari turli davlat dasturlari hamda faoliyati yosh avlod salomatligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan jamoat birlashmalari tashkil etildi.
Asosiy qonun belgilaydi
Har kim sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini qonunda belgilangan tartibda davlat hisobidan olishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 48-modda.
5. Ta’lim olish huquqi
O‘zbekiston Respublikasida har bir inson bilim olish huquqiga egadir. Oilaning daromadidan qat’i nazar har qaysi bolada bepul bilim olish imkoniyati mavjud. Bu mamlakatning Asosiy qonuni bilan kafolatlan- gandir.
Asosiy qonun belgilaydi
Har kim ta’lim olish huquqiga ega. Davlat bepul umumiy o‘rta ta’lim va boshlang‘ich professional ta’lim olishni kafolatlaydi.Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir. Maktabgacha ta’lim va tarbiya, umumiy o‘rta ta’lim davlat nazoratidadir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 50-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi Farmonida quyidagilar belgilab qo‘yilgan: 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktab- larida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o‘qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo‘lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo‘lgan o‘qitish muddatlarida amalga oshiriladi.
3-topshiriq
1- vaziyat. Ko‘plar har bir odam uchun majburiy bo‘lgan o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi shart emas, umumiy o‘rta ta’lim ham kifoyadir, deb hisoblashadi. Go‘yo, hech qanday ma’lumotsiz ham binoyidek ishlab pul topish mumkin emish. Siz bunga qanday qaraysiz?
6. Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi va madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi
Konstitutsiyaning 53-moddasida shunday yozilgan: har kimga ilmiy, texnikaviy va ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi.
Mazkur huquqlar o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra bilim olish huquqiga juda yaqin, negaki, ta’lim, madaniyat, ilmiy-texnikaviy yuksalish o‘zaro bog‘liq tushunchalardir. Bu huquqlar madaniyat hamda fan boyliklari va qadriyatlari ochiqligi bilan ta’minlanadi. Har kim muzey, teatr, madaniy va ilmiy-texnikaviy markazlarga tashrif buyurishi, kutubxona, radio va televideniye xizmatidan foydalanishi mumkin.
4-topshiriq
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga putur yetkazilishiga doir sahna ko‘rinishlarini tayyorlang va namoyish qiling. Qanday huquqbuzarliklarga yo‘l qo‘yilga - nini aniqlang. Bu huquqlarni himoya qilish uchun nima qilmoq kerak?
Ijtimoiy-iqtisodiy
davlatning vazifasi – aholi turmushini munosib darajada ta’minlash; mulkdor bo‘lish huquqi; mehnat qilish va dam olish huquqi; ishga qabul qilish – 16 yoshdan, 15 yoshdan ham yo‘l qo‘yiladi; ijtimoiy ta’minot olish huquqi; malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi; bilim olish huquqi; ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi huquqi; madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi.
O‘zingizni sinang!
Muhim sanalar
- 2018-yil — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi Farmonida quyidagilar belgilab qo‘yilgan: 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktab- larida, shu…
- 25-yanvardagi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi Farmonida quyidagilar belgilab qo‘yilgan: 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktab- larida, shu…
Bilimingizni sinang
Mulkdor bo‘lish, ijtimoiy ta’minot olish va ta’lim olish huquqlari inson va fuqaroning qaysi huquqlar guruhini tashkil etadi?
- Shaxsiy va siyosiy huquqlar
- Siyosiy va fuqarolik huquqlari
- Madaniy va ekologik huquqlar
- Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar
To‘g‘ri javob: Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar. Inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarining alohida guruhini iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar tashkil etadi.
Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning o‘zaro bog‘liqligi qanday ifodalanadi?
- Ijtimoiy farovonlik huquqi moddiy jihatga ega, iqtisodiy huquq esa jamiyatning ijtimoiy tomoniga ta’sir qiladi
- Iqtisodiy huquqlar ijtimoiy huquqlarga umuman bog‘liq emas, ular mutlaqo bir-biridan ajralgan va ta’sir qilmaydi
- Ijtimoiy huquqlar faqat siyosiy huquqlarga bog‘liq bo‘lib, iqtisodiy huquqlar bilan hech qanday aloqasi yo‘q
- Iqtisodiy huquq faqat davlat byudjetiga ta’sir qiladi, ijtimoiy farovonlik huquqi esa bunga bog‘liq emas
To‘g‘ri javob: Ijtimoiy farovonlik huquqi moddiy jihatga ega, iqtisodiy huquq esa jamiyatning ijtimoiy tomoniga ta’sir qiladi. Ijtimoiy farovonlik moddiy jihatga (nafaqa, pensiya) ega, iqtisodiy huquq esa ijtimoiy hayotga ta’sir ko‘rsatadi.
Har bir odamning mulkdor bo‘lish huquqiga ega ekanligi Konstitutsiyaning qaysi moddasida yoritilgan?
- 41-moddasida
- 25-moddasida
- 46-moddasida
- 53-moddasida
To‘g‘ri javob: 41-moddasida. Mulkdor bo‘lish huquqi 41-moddada belgilangan.
Mulkdor bo‘lish huquqiga doir quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Davlat organi istalgan vaqtda mol-mulkni sud qarorisiz va tovonsiz tortib olishi mumkin
- Inson mol-mulkka egalik qilsa, undan hech kim bu mol-mulkni tortib olishi mumkin emas
- Mulkdor mol-mulkdan foydalanishi mumkin, ammo uni tasarruf etish huquqi unga umuman berilmagan
- Mulkdor bo‘lish huquqi faqat tadbirkorlarga tegishli, boshqa fuqarolar mulkdor bo‘la olmaydi
To‘g‘ri javob: Inson mol-mulkka egalik qilsa, undan hech kim bu mol-mulkni tortib olishi mumkin emas. Mulkdorning mol-mulkini hech kim tortib olishi mumkin emas, bu unga mustaqillik hissini beradi.
Konstitutsiyada qanday ishlarga majburlash taqiqlangan?
- Xizmat burchi doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlash (majburiy mehnat)
- Mehnat shartnomasida kelishilgan ishni bajarishga undash va uni bajarishni talab qilish
- Ta’lim jarayonidagi o‘quv topshiriqlarini bajartirish hamda nazorat qilish
- Soliq to‘lash majburiyatini yuklash hamda boshqa majburiy to‘lovlarni undirish
To‘g‘ri javob: Xizmat burchi doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlash (majburiy mehnat). Majburiy mehnat, ya’ni xizmat burchiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlash taqiqlangan.
Mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash hamda ishsizlikdan himoyalanish huquqi Konstitutsiyaning qaysi moddasida mustahkamlangan?
- 41-moddasida
- 48-moddasida
- 42-moddasida
- 50-moddasida
To‘g‘ri javob: 42-moddasida. Bu huquqlar Konstitutsiyaning 42-moddasida keltirilgan.
Konstitutsiyaning 42-moddasiga ko‘ra, mehnat uchun haq qanday miqdordan kam bo‘lmasligi kerak?
- Mintaqadagi o‘rtacha oylik maosh miqdoridan
- Tirikchilik uchun zarur eng kam miqdorning ikki baravaridan
- Ish beruvchi belgilagan har qanday miqdordan
- Mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan
To‘g‘ri javob: Mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan. Adolatli haq mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi shart.
Ish beruvchi xodim Ravshanga eng kam ish haqidan past maosh to‘lamoqda. «Keyingi oy tuzatamiz», deydi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Bu qonuniy, chunki ish beruvchi ish haqi miqdorini erkin belgilaydi va uni keyinroq o‘zgartiradi
- Bu 42-moddaga zid: haq mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak
- Bu qonuniy, agar xodim norozilik bildirmasa, eng kam miqdordan past maosh to‘lanishi mumkin
- Bu qonuniy, chunki eng kam miqdor faqat davlat xizmatchilariga tegishli, boshqalarga tatbiq etilmaydi
To‘g‘ri javob: Bu 42-moddaga zid: haq mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. 42-moddaga ko‘ra, haq belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmasligi shart.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash