Siyosiy huquqlar
II bo‘lim. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari,
Mavzu ustida ishlash natijasida: – O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi qanday siyosiy huquqlarga ega ekanligini;
- – jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ular qaysi shakllarda ishtirok etishlari mumkinligini bilib olasiz.
1. O‘z siyosiy huquqlarini qay tarzda ro‘yobga chiqarish mumkin?
2. Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida fuqarolar ishtiroki.
3. Yig‘ilishlar erkinligi huquqi.
Konstitutsiyasida o‘z fuqaro-
jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqi;
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq o‘tkaziladigan mitinglar, tinch yig‘ilishlar va namoyishlarda qatnashish, shu tarzda ijtimoiy faollik ko‘rsatish huquqi;
kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish huquqi;
saylash va saylanish huquqi;
vakolatli davlat organlari, idoralari va xalq vakillariga arizalar, taklif, shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi.
Mamlakatni boshqarishda ishtirok etish huquqi bevosita yoki saylanadigan vakillar orqali amalga oshiriladi. Bu huquq fuqarolar har qanday saylab qo‘yiladigan organlarni saylash va saylanish huquqiga ega ekanligi bilan kafolatlangan. Fuqaro shu tariqa hokimiyatga va qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir o‘tkazadi.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bunday ishtirok etish o‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish va davlat organlarini demokratik tarzda shakllantirish, shuningdek, davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati vositasida amalga oshiriladi. Davlat organlarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish tartibi qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 36-modda.
Barcha siyosiy partiyalar o‘z nomzodlarini davlat vakillik organlariga ko‘rsatishi mumkin. Bu saylov tizimini demokratlashtirishga ko‘maklashadi, fuqarolarga muqobillik asosida deputatlarni saylash imkonini beradi. Bunda saylovni o‘tkazishda bitta o‘ringa bir necha nomzod qo‘yilib, fuqarolar ulardan eng muqobilini saylaydilar.
Asosiy qonun belgilaydi
Fuqarolarning hukumat tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga ta’siri davlat hukumati organlariga saylash huquqi bilan cheklanmaydi. Fuqarolar murojaat, taklif, ariza va shikoyatlar orqali ko‘plab kundalik muammolarni hal etishga yordam beradilar, shu tariqa o‘z huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilishini kamaytiradilar.
Yodda tuting!
O‘zbekiston Respublikasi «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq murojaatlar, takliflar, arizalar, shikoyatlar ko‘rinishida og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda bo‘lishi mumkin.
Ariza – bu fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish uchun ko‘mak so‘rab qilgan murojaatlaridir.
Taklif – fuqarolarning davlat va jamoatchilik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarini ifodalovchi murojaatlaridir.
Shikoyat – fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashni talab qilish to‘g‘risidagi murojaatlaridir.
Yodda tuting!
Murojaatnomada fuqaroning ismi-sharifi, familiyasi ko‘rsatilishi, turar joyi haqida ma’lumot bo‘lishi, ariza, taklif yoki shikoyat mazmuni bayon qilingan bo‘lishi kerak. Yozma murojaatnoma murojaat qiluvchining imzosi bilan tasdiqlanadi. Murojaatnomani shaxsiy imzo bilan tasdiqlash imkoni bo‘lmaganda, u boshqa shaxsning imzosi bilan tasdiqlanishi mumkin. Bunda qo‘shimcha ravishda imzo qo‘yuvchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
2. QONUN LOYIHALARINING UMUMXALQ MUHOKAMASIDA FUQAROLAR ISHTIROKI
Fuqarolarning eng muhim siyosiy huquqlaridan biri «Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq qonunlar loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishdir.
Fuqarolar bunda quyidagilarga haqlidirlar:
- – qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida erkin ishtirok etish; – qonun loyihalariga tuzatishlar va takliflar kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, boshqa davlat organlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, siyosiy partiyalar va boshqa jamoat-
chilik birlashmalariga, ommaviy axborot vositalariga murojaat qilish;
- – deputatlar, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakillari bilan uchrashuvlarda, qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi uchun tashkil etilgan boshqa tadbirlarda ishtirok etish.
Fuqarolar bunda quyidagilarga haqlidirlar:
Fuqarolarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy holatiga ko‘ra qonun loyihalarining umumxalq muhokamasida ishtirok etishini cheklash taqiqlanadi.
Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi bo‘yicha tadbirlarni fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi deputatlar guruhi, shuningdek, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi deputatlari saylov uchastkalarida o‘tkazadilar. Qonun loyihasi bo‘yicha belgilangan tartibda kiritilgan takliflar va tuzatishlar albatta ko‘rib chiqilishi shart.
3. YIG‘ILISHLAR ERKINLIGI HUQUQI
Yig‘ilishlar, mitinglar va namoyishlar erkinligi insonga o‘z fikrlari va o‘z qarashlarini ifodalash imkoniyatini beradi. Bu huquq mamlakat rah- bariyatiga xalqning fikri haqida axborot yetkazib turish uchun ham zarur. Bu narsa o‘ta muhim va rahbarlarga fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammolarga chuqurroq kirib borish imkoniyatini beradi.
Miting – bu ma’lum bir shaxslar va tashkilotlarning xatti-harakatlari, ijtimoiy-siyosiy voqealarga nisbatan munosabatini oshkora ifodalash maqsadidagi fuqarolarning tinch yig‘ini.
Namoyish – bu ma’lum bir siyosiy talablarni bildirish maqsadidagi ommaviy yurish.
Yig‘ilish – bu biror-bir muhim jamoatchilik masalasini jamoa bo‘lib birgalikda muhokama qilish uchun fuqarolar ishtiroki.
3. YIG‘ILISHLAR ERKINLIGI HUQUQI
Jamoatchilik birlashmalarini tashkil etish huquqi fuqarolarga ularning manfaatlari va mayllariga mos keluvchi faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini beradi. Masalan, jamoatchilik tashkilotlarining a’zolari inson huquq va erkinliklari masalalari bilan shug‘ullanadi, xayriya tashkilotlari esa eng ehtiyojmand kishilarga moddiy yordam uyushtiradilar.
Asosiy qonun belgilaydi
Fuqarolar o‘z ijtimoiy faolliklarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq mitinglar, yig‘ilishlar va namoyishlar shaklida amalga oshirish huquqiga egadirlar. Hokimiyat organlari faqat xavfsizlik nuqtayi nazaridangina bunday tadbirlar o‘tkazilishini to‘xtatish yoki taqiqlash huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 38-modda.
Topshiriq
Siyosiy
maqsad – o‘z fikri va e’tiqodini ifodalash; davlatni boshqarishda ishtirok etish huquqi; yig‘ilishlar, mitinglar va namoyishlar erkinligi; siyosiy partiya, kasaba uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlariga birlashish huquqi; davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqi.
O‘zingizni sinang!
lish taqiqlangan. Ro‘yxatni o‘z misollaringiz bilan davom ettiring.
Bilimingizni sinang
Konstitutsiyaning 36-moddasiga ko‘ra, fuqarolar jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda qaysi vositalar orqali ishtirok etadi?
- O‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish, davlat organlarini demokratik shakllantirish va jamoatchilik nazorati
- Faqat Prezident farmonlarini bajarish orqali, davlat organlarining ko‘rsatmalariga so‘zsiz rioya etish bilan
- Faqat sud ishlarida qatnashish orqali, ya’ni sud majlislarida guvoh yoki hakam sifatida ishtirok etish va hakamlik qilish bilan
- Faqat harbiy xizmatni o‘tash orqali, ya’ni qurolli kuchlarda xizmat qilish va safarbarlikda qatnashish bilan
To‘g‘ri javob: O‘zini o‘zi boshqarish, referendumlar o‘tkazish, davlat organlarini demokratik shakllantirish va jamoatchilik nazorati. 36-moddada o‘zini o‘zi boshqarish, referendum, organlarni demokratik shakllantirish va jamoatchilik nazorati ko‘rsatilgan.
Saylov tizimini demokratlashtirishga ko‘maklashuvchi qanday qoida mavjud?
- Nomzodlarni faqat bitta partiya ko‘rsatadi, boshqa partiyalar nomzod ko‘rsatish huquqiga ega emas
- Barcha siyosiy partiyalar o‘z nomzodlarini davlat vakillik organlariga ko‘rsatishi mumkin
- Nomzodlarni faqat hokimlar tayinlaydi va ularni saylovchilar ishtirokisiz tasdiqlab beradi
- Nomzod ko‘rsatish faqat jamoat tashkilotlariga berilgan, siyosiy partiyalar bu huquqqa ega emas
To‘g‘ri javob: Barcha siyosiy partiyalar o‘z nomzodlarini davlat vakillik organlariga ko‘rsatishi mumkin. Barcha siyosiy partiyalar nomzod ko‘rsata oladi, bu fuqarolarga muqobillik beradi.
Muqobillik asosida deputatlarni saylash qanday amalga oshiriladi?
- Bitta o‘ringa faqat bitta nomzod qo‘yiladi, saylovchilar esa unga rozilik bildiradi
- Nomzod hokim tomonidan tayinlanadi, saylovchilar esa buni faqat tasdiqlaydi
- Bitta o‘ringa bir necha nomzod qo‘yilib, fuqarolar ulardan eng muqobilini saylaydi
- Deputatni partiya rahbari yagona o‘zi belgilaydi, saylovchilar ishtirok etmaydi
To‘g‘ri javob: Bitta o‘ringa bir necha nomzod qo‘yilib, fuqarolar ulardan eng muqobilini saylaydi. Saylovda bitta o‘ringa bir necha nomzod qo‘yiladi va fuqarolar eng muqobilini tanlaydi.
Murojaatlar, takliflar, arizalar va shikoyatlar og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda bo‘lishi mumkinligi O‘zbekistonning qaysi qonunida belgilangan?
- Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida
- Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida
- Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida
- Fuqarolik to‘g‘risida
To‘g‘ri javob: Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida. Murojaatlar shakli Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risidagi Qonunga muvofiq belgilanadi.
Fuqarolarning davlat va jamoatchilik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarini ifodalovchi murojaat turi nima deb ataladi?
- Taklif
- Ariza
- Shikoyat
- Taqdimnoma
To‘g‘ri javob: Taklif. Taklif fuqarolarning davlat va jamoatchilik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarini ifodalovchi murojaatdir.
«Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra, murojaatlar qanday shaklda bo‘lishi mumkin?
- Faqat yozma va faqat yakka tartibda, boshqa shakllarda bo‘lishi mumkin emas
- Faqat og‘zaki shaklda, yozma yoki elektron murojaat qilish mumkin emas
- Faqat jamoaviy ravishda, notarial tasdiq bilan, yakka tartibda emas
- Og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda, yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda
To‘g‘ri javob: Og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda, yakka tartibda yoki jamoaviy tarzda. Murojaat og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda, yakka yoki jamoaviy bo‘lishi mumkin.
Taklif nima?
- Buzilgan huquqlarni tiklashni talab qiluvchi va qonuniy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan murojaat
- Davlat va jamoatchilik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ifodalovchi murojaat
- Huquqni amalga oshirishda ko‘mak so‘rab, o‘z erkinliklarini amalga oshirishga qaratilgan murojaat
- Davlat organlariga yuborilgan hisobot, ya’ni faoliyat natijalari haqida axborot beruvchi hujjat
To‘g‘ri javob: Davlat va jamoatchilik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ifodalovchi murojaat. Taklif — faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar.
Shikoyat nima?
- Davlat organi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ifodalovchi va jamoatchilik manfaatlarini ko‘zlovchi murojaat
- Huquqlarni amalga oshirishda ko‘mak so‘rab qilingan, qonuniy manfaatlarni ro‘yobga chiqarishga qaratilgan murojaat
- Fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashni talab qilish to‘g‘risidagi murojaat
- Faqat jamoat tashkilotlariga yo‘llanadigan hisobot, ya’ni ularning faoliyati natijalari haqidagi axborot hujjati
To‘g‘ri javob: Fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklashni talab qilish to‘g‘risidagi murojaat. Shikoyat buzilgan huquqlarni tiklashni talab qilish to‘g‘risidagi murojaatdir.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash