XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 15-§

Oila jamiyatning buguni va kelajagi negizidir

III bo‘lim. Jamiyat va shaxs

Mavzu ustida ishlash natijasida: – oilaning jamiyat va jamiyatning oilaga nisbatan asosiy huquqlari va majburiyatlari haqida;

1. Oila va jamiyat. 2. Oila davlat himoyasida. 3. Nikohdan o‘tish shartlari. 4. Bolalarning huquqlari.

1. OILA VA JAMIYAT Jamiyatda oilaning o‘rni shunchalik ahamiyatliki, u adolatli tarzda har qanday jamiyatning negizi sifatida ko‘rib chiqiladi. Chunki oila ijtimoiy hayotning alohida sohasini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, unda kelajakda jamiyatda yashashi va davlatning fuqarosiga aylanishi kerak bo‘lgan shaxsning dunyoga kelishi, oyoqqa turishi va shakllanish jarayonlari kechadi.

Jamiyatning ahvoli ham, o‘z navbatida, inson oilada qanday tarbiya olganligiga, bu dargohdan qanday ma’naviy e’tiqodni qalbiga singdira bilganligiga, shaxs oilada kamol topishi uchun zarur shart-sharoitlar qanchalik maqbul ekanligiga bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan oilani muhofaza qilishga istalgan jamiyatda, har qanday davlatda alohida e’tibor beriladi.

Asosiy qonun belgilaydi

Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda u jamiyat va davlat muhofazasidadir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 76-modda.

Davlatimizda oila, onalik va bolalikning konstitutsiyaviy muhofazasi inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlarga mos keladi.

Qonunlar bilan ona va bola manfaatlarining muhofazasi ta’minlanadi.

ayollar va erkaklar huquqlarining tengligi;

Oilaviy munosabatlar sohasidagi

nikoh erkinligi, turmush o‘rtog‘ini tanlash erkinligi;

nikohlangan shaxslarning teng huquqliligi;

ota-onalarining kelib chiqishi va fuqarolik mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida farzandlar huquqlarining tengligi;

yetim bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalar parvarishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishi- ning kafolatlanganligi;

onalik va bolalik muhofazasi;

Davlat quyidagi maj-

oilani muhofaza qilish;

yetim bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalar parvarishi, tarbiyalanishi va ta’lim olishini ta’minlash;

yetim bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan xayriya faoliyatini rag‘batlantirish.

Asosiy qonun belgilaydi

Ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘z farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi, ularning tarbiyasi, ta’lim olishi, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishi xususida g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar.

Davlat va jamiyat yetim bolalarni hamda ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqishni, tarbiyalashni, ularning ta’lim olishini, sog‘lom, to‘laqonli va har tomonlama kamol topishini ta’minlaydi, shu maqsadda xayriya faoliyatini rag‘batlantiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 77-modda.

2. OILA DAVLAT HIMOYASIDA

Oila muhofazasi davlatda turli qonunlarni qabul qilish, shuningdek, jamoat jamg‘armalari va tashkilotlari tomonidan ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Binobarin, mustaqillik yillarida respublikada «Bolalar jamg‘armasi», «Mahalla», «Ekosan», milliy «Qizil Yarim oy jamiyati» singari ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga, bolalarga, yolg‘iz qariyalarga va hokazolarga imkoni boricha madad berayotgan jamoat jamg‘armalari tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 1993-yil 7-mayda mamlakatda birinchi orden – «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi.

2. OILA DAVLAT HIMOYASIDA

Onalik va bolalikni muhofaza qilishda, sog‘lom avlod kamol topishi uchun moddiy shart-sharoitlar va ma’naviy muhitni ta’minlashda alohida xizmat ko‘rsatgan shaxslar «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan taqdirla- nadilar.

3. NIKOH TUZISH SHARTLARI

Nikoh tuzish uchun kuyov va kelinning ixtiyoriy roziligi zarur, shuningdek, ular muayyan yoshga to‘lgan bo‘lishi shart (qizlar va yigitlar – 18 yoshdan). Ixtiyoriy rozilik nikoh tuzish masalasi hal etilayotganda uchinchi shaxslarning tazyiqi bo‘lmasligi kerakligini anglatadi. Uchinchi shaxslar, shu jumladan, ota-onalar tomonidan nikohlanishga to‘sqinlik jinoiy jazo- lanadigan harakatga aylanishi mumkin. Qarindosh-urug‘lar maslahatlar berishlari, nikoh to‘yiga tayyorlanishga yordam ko‘rsatishlari, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashlari mumkin.

1-topshiriq

Savollar: Sizningcha, nega davlatimizda majburiy nikoh taqiqlangan va jinoiy javobgarlikka tortiladigan qilmish sanaladi? Javobingizni asoslang.

Quyidagi hollarda nikoh tuzish taqiqlanadi:

Er-xotinlar, shuningdek, o‘zlarining voyaga yetmagan bolalari tarbiyasi uchun, ularning ishlari va qilmishlari uchun javobgar bo‘ladilar. O‘z navbatida farzandlar ham o‘z ota-onalari haqida g‘amxo‘rlik qilishlari, ularga yordam berishlari, qo‘llab-quvvatlashlari lozim. Voyaga yetgunga qadar bu majburiyat ma’naviy tavsifda bo‘lib, ular 18 yoshga to‘lganlari- dan keyin esa yuridik kuch kasb etadi.

4. BOLALARNING HUQUQLARI

Bolalarning huquqlari «Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya» (1989-y.) kabi nufuzli xalqaro hujjatda va O‘zbekiston Respublikasining «Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunida (2008-y.) mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu qonunlarga muvofiq inson tug‘ilganidan to 18 yoshga qadar bola hisoblanadi va quyidagilarga haqlidir.

4 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari 97

Bolalarning huquqlari:

yashashga, aqlan va jismonan rivojlanishga;

ismi va fuqaroligi bo‘lishiga;

oilada tarbiyalanishga;

fikr, vijdon va diniy e’tiqod erkinligiga;

ta’lim olishga;

zo‘ravonliksiz hayotga, shaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinishiga va boshqalar.

Fikrlash uchun savollar

Savollar: 1. Nima deb hisoblaysiz, qadimgi grek olimi Aristotel: «Platon menga do‘st, lekin haqiqat qimmatlidir», degan iborani aytganda nimani nazarda tutgan?

Bu iborani huquqiy munosabatga qaysi hollarda qo‘llash mumkin? 2. Shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy shunday degan: «Agar sen inson bo‘lsang, xalq ehtiyoji to‘g‘risida qayg‘urmaydiganni inson deb atamagin».

Bunday ta’kidga qo‘shilasizmi? Javobingizni asoslang. 3. Qadimgi Rim faylasufi Seneka shunday degan edi: «Barcha g‘ala- balar o‘z ustingdan g‘alaba qozonishdan boshlanadi. Bu eng oliy hokimiyat. O‘z ehtiroslaring quliga aylanish – eng qo‘rqinchli qullikdir». Ushbu gaplarni mehnatga, ta’limga yoki boshqa biror mashg‘ulotga nisbatan izohlashga urinib ko‘ring.

Fikrlash uchun savollar

Savollar: Siz mazkur fikrlarga qo‘shilasizmi? Agar tasdiqlasangiz, nima uchun? 4. O‘zbek maqolida aytiladi: «Mehnat – g‘alaba, shon-shuhrat va boylik kaliti». Siz bunday ta’kidga qo‘shilasizmi?
Savollar: Siz taniqli va badavlat bo‘lishning boshqa qonuniy yo‘lini taklif qila olasizmi?

5. Amir Temur o‘zining «Temur tuzuklari» asarida shunday ta’kid- laydi: «Agar davlat qonunlarga tayanmasa, u o‘zining shon-shuhrati va buyukligini uzoq vaqt saqlay olmaydi».

Savollar: Siz bunday fikrga qo‘shilasizmi? Agar qo‘shilsangiz, u holda nima uchun?

6. Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino yozgan: «Bekorchilik va maishatparastlik nafaqat odobsizlikni tug‘diradi, ular bir vaqtda bemor- likka ham sabab bo‘ladi».

Fikrlash uchun savollar

Bunday ta’kidning ma’nosini tushuntirib bering.

2-topshiriq

Savollar: 1. Sizningcha, davlat oilaviy munosabatlarni tartibga solib turishi kerakmi? Balki, bu narsa har kimning shaxsiy ishidir?
Savollar: 2. Ota-onalar ajrashayotganida, Sizning nazaringizda, voyaga yetmagan farzand kim bilan: onasi yoki otasi bilan qolishi kerak?
Savollar: 3. Oilada ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda qanday tipik muammolar vujudga keladi? Nega bu hol ro‘y beradi?

Oila – jamiyat negizi:

shaxs kamoloti – oilada; ayollar va erkaklar huquqlarining tengligi; oilaning davlat tomonidan muhofaza qilinishi; «Sog‘lom avlod uchun» ordeni; nikoh: qizlar – yigitlar 18 yoshdan; nikoh erkinligi;

farzandlar tarbiyasi borasida er-xotinlarning teng javobgarligi;

Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya (1989-y.);

«Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2008-y.).

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. Nima uchun konstitutsiyaviy huquq normalari bilan oila jamiyatning negizi deb e’tirof etiladi? 2. Oila-nikoh munosabatlarining huquqiy asoslarini sanab bering. 3. Ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlarini aytib bering. 4. Qaysi hollarda nikoh qayd etilmasligi mumkin?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga ko‘ra oila qanday maqomga ega?
  1. Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, jamiyat va davlat muhofazasida
  2. Davlatning xususiy mulki bo‘lib, faqat davlat organlari ixtiyorida bo‘ladi
  3. Faqat jamoat tashkilotlari muhofazasidagi mustaqil nodavlat birlashma
  4. Davlat organlari tayinlaydigan va ularga to‘liq bo‘ysunuvchi tuzilma

To‘g‘ri javob: Jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lib, jamiyat va davlat muhofazasida. 76-moddada oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hamda jamiyat va davlat muhofazasida ekani yozilgan.

Qonunlar bilan qaysi manfaatlarning muhofazasi ta’minlanadi?
  1. Faqat ota manfaatlarining
  2. Ona va bola manfaatlarining
  3. Faqat yetim bolalarning
  4. Faqat ko‘p bolali oilalarning

To‘g‘ri javob: Ona va bola manfaatlarining. Matnga ko‘ra qonunlar bilan ona va bola manfaatlarining muhofazasi ta’minlanadi.

Quyidagilardan qaysi biri oilaviy munosabatlar sohasidagi tamoyillarga kiradi?
  1. Ota-onaning farzandlar nikohini belgilashi
  2. Nikohning faqat sud orqali tuzilishi
  3. Nikoh erkinligi va turmush o‘rtog‘ini tanlash erkinligi
  4. Farzandlar huquqlarining kelib chiqishiga qarab farqlanishi

To‘g‘ri javob: Nikoh erkinligi va turmush o‘rtog‘ini tanlash erkinligi. Tamoyillar qatorida nikoh erkinligi va turmush o‘rtog‘ini tanlash erkinligi sanab o‘tilgan.

Farzandlar huquqlarining tengligi tamoyiliga ko‘ra, farzandlar qonun oldida qanday tengdir?
  1. Ota-onalarining boyligi va ijtimoiy ahvolidan qat’i nazar bo‘lsa-da
  2. Faqat rasmiy nikohdan tug‘ilgan farzandlargina teng bo‘lib
  3. Ota-onalarining yashash joyi va mansabiga qarab farqlanib
  4. Ota-onalarining kelib chiqishi va fuqarolik mavqeyidan qat’i nazar

To‘g‘ri javob: Ota-onalarining kelib chiqishi va fuqarolik mavqeyidan qat’i nazar. Farzandlar huquqlari ota-onalarining kelib chiqishi va fuqarolik mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida teng.

Quyidagilardan qaysi biri davlatning oilaga oid majburiyatlariga kiradi?
  1. Yetim bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bolalarga nisbatan xayriya faoliyatini rag‘batlantirish
  2. Nikohlanuvchilarni davlat tomonidan tanlab berish va ularning juftini belgilash tartibini joriy etish
  3. Oilalarni davlat qarori bilan majburiy ko‘chirish va ularning yashash joyini belgilash
  4. Oilalardagi farzandlar sonini davlat tomonidan cheklash va ularni nazorat qilish tartibi

To‘g‘ri javob: Yetim bolalar va ota-ona vasiyligidan mahrum bolalarga nisbatan xayriya faoliyatini rag‘batlantirish. Davlat oilani muhofaza qilishi va yetim bolalarga nisbatan xayriya faoliyatini rag‘batlantirishi shart.

Konstitutsiyaning 77-moddasiga ko‘ra, ota-onalar farzandlarini qaysi davrgacha boqishga majbur?
  1. Maktabni bitirgunga qadar
  2. Voyaga yetguniga qadar
  3. Birinchi ish haqi olgunga qadar
  4. Nikohdan o‘tgunga qadar

To‘g‘ri javob: Voyaga yetguniga qadar. Ota-onalar farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqishi va ularning tarbiyasi uchun g‘amxo‘rlik qilishi shart.

77-moddaga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish va tarbiyalashni kim ta’minlaydi?
  1. Faqat mahalla fuqarolar yig‘ini
  2. Faqat qarindoshlari
  3. Davlat va jamiyat
  4. Faqat hokimlik

To‘g‘ri javob: Davlat va jamiyat. Davlat va jamiyat yetim bolalarni boqish, tarbiyalash va ta’lim olishini ta’minlaydi.

Mamlakatda birinchi orden qachon va qaysi nom bilan ta’sis etilgan?
  1. 1991-yil 1-sentabrda «Mustaqillik» ordeni
  2. 1995-yil 7-mayda «Mehr-shafqat» ordeni
  3. 1993-yil 14-yanvarda «Vatan himoyachisi» ordeni
  4. 1993-yil 7-mayda «Sog‘lom avlod uchun» ordeni

To‘g‘ri javob: 1993-yil 7-mayda «Sog‘lom avlod uchun» ordeni. Prezident Farmoniga binoan 1993-yil 7-mayda birinchi orden – «Sog‘lom avlod uchun» ta’sis etildi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSiyosiy partiyalar faoliyatiKeyingi →O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi