O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy va davlat tuzilishi
III bo‘lim. Jamiyat va shaxs
Mavzu ustida ishlash natijasida: – mavjud davlat tuzilishi shakllari, ularning afzalliklari va kamchiliklari haqida;
- – O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi haqida bilib olasiz.
1. Davlat tuzilishi shakllari. 2. O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi. 3. Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat tuzilishi.
1. DAVLAT TUZILISHI SHAKLLARI
Har qanday davlatning asosiy belgisi, uning aholisi yashab turgan hududning mavjud ekanligidir. Bilasizki, davlatning qonunlari har bir insonga tatbiq etiladi va har bir inson hayotining ko‘pgina tomonlarini tartibga solib turadi. Biroq davlat hududining istalgan qismida – qishloqda, shaharda, tumanda va hokazolarda markaziy hokimiyat organlari hal qilishi mushkul bo‘lgan kundalik muammolar vujudga keladi. Shuning uchun ham davlat hokimiyati vakolatlarining muayyan qismini markaziy hokimiyat organlaridan mahalliy hokimiyat organlariga beriladigan bir tarzda taqsimlashga zarurat tug‘iladi.
Davlat tuzilishi shakli – bu joylardagi hokimiyat organlarining markaziy hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilab beruvchi siyosiy va hududiy jihatdan tashkil etilishidir.
1. DAVLAT TUZILISHI SHAKLLARI
Davlat tuzilishi shakli quyidagilarni namoyon etadi: – davlat hududi necha qismga va qay tarzda bo‘linganligini; – mahalliy va markaziy hokimiyat organlari o‘rtasidagi munosabatlar qay tarzda amalga oshirilishini;
- – ayni shu davlat hududida yashab turgan har bir millatning manfaatlari qay tariqa muhofaza qilinishini.
Jahondagi aksariyat mamlakatlar davlat tuzilishining unitar shakliga egadir. Bu holda davlat hududi ma’muriy hududlarga (viloyatlar, tumanlar va hokazolarga), ya’ni davlatchilikka ega bo‘lmagan, balki boshqaruv qulay bo‘lishi uchun mavjud bo‘lgan qismlarga taqsimlanadi.
Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Norvegiya, Shvetsiya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Yaponiya, Finlandiya, O‘zbekiston va boshqalar unitar davlatlar jumlasiga kiradi.
Yodda tuting!
Unitar davlat – yagona davlat bo‘lib, uning alohida ma’muriy- hududiy birliklari bir xildagi huquqlarga ega, butun davlat hududida yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjatlari amal qiladi.
Davlat tuzilishining boshqa bir shakli federatsiyadir. Federatsiya subyektlari o‘z konstitutsiyasiga, o‘z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi. Butun federatsiya uchun yagona hokimiyat va boshqaruv oliy organlari tashkil etiladi. Binobarin, AQSH, Kanada, Braziliya, Meksika, Avstriya, Belgiya, Shveysariya, Pokiston, Argentina, Rossiya va boshqalar federativ davlatdir.
Yodda tuting!
Federatsiya – bir necha subyektlar respublikalar, shtatlar va h.k. birlashmasini o‘zida ifoda etuvchi ittifoqdosh davlat. Federativ davlatni tarkib toptiruvchi davlat uyushmalari (shtatlar, yerlar, provinsi- yalar, davlatlar) federatsiya subyektlari sanaladi va o‘zining ma’muriy-hududiy tuzilishiga ega bo‘ladilar.
Davlat tuzilishining yana bir shakli konfederatsiyadir. Bunday bir- lashishda har bir davlat o‘z suverenitetini, mustaqilligini saqlab qoladi. Konfederatsiyada yagona hudud, yagona fuqarolik bo‘lmaydi, har bir davlat xalqaro aloqalarni mustaqil o‘rnatadi. Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi davlatlarning konfederativ birlashuviga misol bo‘la oldi, qonunchilik yo‘li bilan mustahkamlanmagan.
Yodda tuting!
Konfederatsiya – muayyan maqsadlarga erishish (mamlakatlarning birgalikdagi mudofaasi, bojxona ishlarini, tashqi savdo aloqalarini tashkillashtirish va hokazo) uchun birlashgan suveren davlatlar muvaqqat ittifoqi. Ayni chog‘da har bir davlat o‘z suverenitetini saqlab qoladi.
1-topshiriq
Uch guruhga bo‘linib, davlat tuzilishi har xil shakllarining afzalliklari va kamchiliklarini aniqlashga urinib ko‘ring.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY-HUDUDIY TUZILISHI
Konstitutsiyaga muvofiq (83-modda) O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishining o‘ziga xosligi uning tarkibida tumanlar, shaharlar, shaharchalar va ovullardan tashkil topgan suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjud ekanligidir.
Davlatimizning ma’muriy-hududiy tuzilishi mamlakatni yaxshiroq boshqarishga, yuzaga keluvchi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni samarali hal etishga imkon beradi.
2-topshiriq
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1–6-moddalari bilan tanishib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetiga ishora qiluvchi alomat- larning mavjud ekanligini aniqlang.
3. QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT TUZILISHI Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z davlatchili- gining shakllanish, taraqqiyot va tarixiga egadir.
1993-yil 9-aprelda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ustunligini e’tirof etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi. Ko‘p o‘tmay davlat ramzlari – gerb, bayroq, madhiyasi qabul qilindi.
Qoraqalpog‘iston fuqarolari ayni paytda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi hamda uning muhofazasidadir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘z ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini mustaqil hal etadi.
2-topshiriq
Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘zining O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuniga zid bo‘lmagan Konstitutsiyaga egadir. O‘zbekiston qonunlari Qoraqalpog‘iston hududida ham qo‘llanilishi majburiydir.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi doirasida tuzilgan shartnomalar hamda bitimlar bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi nizolar murosaga keltiruvchi vositalar yordamida hal etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 90-modda.
O‘zbekiston Respublikasiga unitar davlat tuzilishi alomatlari bilan bir qatorda federativ tuzilishning ayrim elementlari ham xosdir:
- – O‘zbekiston Respublikasi tarkibida suveren Qoraqalpog‘iston Respublikasining mavjudligi;
- – ikkita – O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyalarining mavjudligi;
- – Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘zining davlat organlari: parlament (Jo‘qorg‘i Kenges)da, sud organlari, ijro etuvchi hokimiyat organlari va hokazolarning mavjudligi;
- – Qoraqalpog‘iston Respublikasida davlat ramzlari: gerb, bayroq, madhiyaning mavjudligi;
- – Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘z hududiy-ma’muriy tuzilishi masalalarini mustaqil hal etish huquqiga egaligi;
- – Qoraqalpog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan ajralib chiqish huquqiga egaligi.
3-topshiriq
Yaxshi bilasizki, har qaysi davlatning hududi o‘z chegaralariga va har bir davlat olib kelinayotgan, olib ketilayotgan tovarlar, valuta va hokazolar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi o‘z bojxona punktlariga egadir.
Ana shu bojxona punktlariga nisbatan o‘z munosabatingizni aniqlang («ma’qullayman» yoki «qarshiman»).
Davlat
unitar;
federatsiya;
konfederatsiya.
O‘zingizni sinang!
Muhim sanalar
- 1993-yil — 1993-yil 9-aprelda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ustunligini e’tirof etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 9-aprelda — 1993-yil 9-aprelda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ustunligini e’tirof etgan Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilindi.
Bilimingizni sinang
Joylardagi hokimiyat organlarining markaziy hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilovchi siyosiy va hududiy tashkil etilish nima deyiladi?
- Davlat boshqaruvi shakli
- Siyosiy rejim
- Davlat suvereniteti
- Davlat tuzilishi shakli
To‘g‘ri javob: Davlat tuzilishi shakli. Davlat tuzilishi shakli joylardagi va markaziy hokimiyat organlarining munosabatlarini belgilovchi siyosiy va hududiy tashkil etilishdir.
Konstitutsiyaviy huquqda davlat tuzilishi shakli nimani anglatadi?
- Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishini hamda ularning o‘zaro tiyib turish mexanizmini belgilovchi tamoyillarni
- Davlatda siyosiy partiyalarning faoliyat yuritish tartibini va ularning davlat hokimiyatini shakllantirishdagi ishtirokini belgilovchi huquqiy shakllarni
- Joylardagi hokimiyat organlarining markaziy hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilovchi siyosiy va hududiy tashkil etilishini
- Davlat boshlig‘ining saylanish usulini, uning vakolat muddatini hamda hokimiyatni davlat boshlig‘i qo‘lida to‘plash tartibini belgilovchi shaklni
To‘g‘ri javob: Joylardagi hokimiyat organlarining markaziy hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilovchi siyosiy va hududiy tashkil etilishini. Davlat tuzilishi shakli – joylardagi hokimiyat organlarining markaziy hokimiyat organlari bilan o‘zaro munosabatlarini belgilab beruvchi siyosiy va hududiy jihatdan tashkil etilishidir.
Jahondagi aksariyat mamlakatlar davlat tuzilishining qaysi shakliga ega?
- Unitar shakliga
- Federativ shakliga
- Konfederativ shakliga
- Ittifoqdosh shakliga
To‘g‘ri javob: Unitar shakliga. Jahondagi aksariyat mamlakatlar davlat tuzilishining unitar shakliga egadir.
Davlat hududi viloyat va tumanlarga bo‘lingan. Bu birliklar davlatchilikka ega emas, ular faqat boshqaruv qulay bo‘lishi uchun mavjud; butun mamlakatda yagona konstitutsiya amal qiladi. Bu davlat qanday tuzilishga ega?
- Konfederativ
- Federativ
- Ittifoqdosh
- Unitar
To‘g‘ri javob: Unitar. Unitar davlatda hudud davlatchilikka ega bo‘lmagan, boshqaruv qulay bo‘lishi uchun mavjud ma’muriy qismlarga taqsimlanadi.
Alohida ma’muriy-hududiy birliklari bir xil huquqqa ega bo‘lib, butun hududida yagona konstitutsiya, hukumat va qonun hujjatlari amal qiladigan davlat qanday ataladi?
- Ittifoqdosh davlat
- Unitar davlat
- Federatsiya
- Konfederatsiya
To‘g‘ri javob: Unitar davlat. Unitar davlat – yagona davlat, uning birliklari bir xil huquqlarga ega, yagona konstitutsiya va hukumat amal qiladi.
Subyektlari o‘z konstitutsiyasiga, o‘z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladigan davlat tuzilishi shakli qaysi?
- Federatsiya
- Protektorat
- Unitar davlat
- Konfederatsiya
To‘g‘ri javob: Federatsiya. Federatsiya subyektlari o‘z konstitutsiyasi hamda oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi.
Unitar davlatda butun davlat hududida nima amal qiladi?
- Har bir birlikning o‘z konstitutsiyasi va o‘z hukumati
- Yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjatlari
- Faqat markaziy hukumatning farmonlari, qonunlar esa joylarda alohida qabul qilinadi
- Har bir hududning o‘z qonunlari, lekin yagona konstitutsiya
To‘g‘ri javob: Yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjatlari. Unitar davlatda butun davlat hududida yagona konstitutsiya, yagona hukumat va yagona qonun hujjatlari amal qiladi.
Federatsiya subyektlari qanday xususiyatga ega bo‘ladi?
- Faqat o‘z ijro etuvchi organlariga ega bo‘lib, qonun chiqaruvchi va sud organlari markazga bo‘ysunadi
- Yagona konstitutsiyaga bo‘ysunadi va o‘z konstitutsiyasi hamda mustaqil oliy organlariga ega bo‘lmaydi
- Xalqaro aloqalarni markazdan mustaqil o‘rnatadi va o‘z fuqaroligiga hamda armiyasiga ega bo‘ladi
- O‘z konstitutsiyasiga, o‘z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi
To‘g‘ri javob: O‘z konstitutsiyasiga, o‘z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi. Federatsiya subyektlari o‘z konstitutsiyasiga, o‘z oliy qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlariga ega bo‘ladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash