Oliy Majlis va uning vakolatlari
IV bo‘lim. Davlat boshqaruvi organlari
Mavzu ustida ishlash jarayonida quyidagilarni: – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi vakolatlari; – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining mutlaq vakolatlari haqida bilib olasiz;
1. Oliy Majlis va uning tarkibini shakllantirish tartibi. 2. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari. 3. Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlari.
1. OLIY MAJLIS VA UNING TARKIBINI SHAKLLANTIRISH TARTIBI
Oliy Majlis ayni paytda hokimiyatning qonun chiqaruvchi va vakillik organi hisoblanadi, ya’ni deputatlar va senatorlar ularni saylagan xalq manfaatlarini ifodalaydi.
Asosiy qonun belgilaydi
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi ikki palatadan – Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati – besh yil.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 91-modda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) hududiy saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yilga saylanadigan 150 nafar deputatdan iborat. Qonunchilik palatasi ishi uning barcha deputatlari muqim kasbiy faoliyat yuritishlariga asoslangan.
Asosiy qonun belgilaydi
Oliy Majlis Senati (yuqori palata) hududiy vakillik palatasi bo‘lib, 65 nafar senatorlardan iborat. Senatorlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – to’rt kishidan saylanadi. Oliy Majlis Senatining to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida, shuningdek, davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi bo‘lishi mumkin. Ayni bir shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Oliy Majlis Qonunchilik
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Konstitutsiyaviy qonunlari, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish va sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
Qonunchilik: Ichki siyosat:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylash;
bojxona, valuta va kredit ishlarini qonun yo‘li bilan tartibga solish;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish.
O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini qabul qilish unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
Qonunchilik: Ichki siyosat:
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni joriy qilish;
O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash
O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
Hududiy
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yo‘li bilan tartibga solish, chegaralarini o‘zgartirish; tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini o‘zgartirish;
O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitish;
Davlat boshqaruvi
Parlament tekshiruvini o’tkazish qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tug‘ilganda urush holati e’lon qilish to‘g‘risidagi farmonini tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish.
Mukofotlash
Davlat mukofotlari va unvonlarini ta’sis etish.
2. OLIY MAJLIS QONUNCHILIK PALATASINING MUTLAQ VAKOLATLARI O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi mutlaq vakolatlariga:
1) O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
2) O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini ko‘rib chiqish; 3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va ma’qullash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirishning dolzarb masalalari yuzasidan, shuningdek Vazirlar Mahkamasi a’zolarining o‘z faoliyati masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish;
Mukofotlash
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rib chiqish va ma’qullash;
6) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha har yilgi ma’ruzasini eshitish;
7) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
8) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
9) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
Mukofotlash
10) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
11) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlatning ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
3. OLIY MAJLIS SENATINING MUTLAQ VAKOLATLARI O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 95-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vakolatlariga:
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengashini, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash;
Mukofotlash
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni ko‘rib chiqish hamda ma’qullash;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazish;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish;
Mukofotlash
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish;
8) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
9) O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining o‘z faoliyati masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
Mukofotlash
10) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament so‘rovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o‘z faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish;
12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga muvofiq bo‘lmagan taqdirda, bekor qilish;
13) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;
14) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
Mukofotlash
15) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
17) Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;
18) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Bilimingizni sinang
Oliy Majlis nima uchun vakillik organi hisoblanadi?
- Chunki u davlat boshlig‘ini bevosita tayinlaydi va uni lavozimdan bo‘shata oladi
- Chunki uning a’zolari faqat hokim tomonidan tayinlanib, xalq oldida javobgar bo‘lmaydi
- Chunki deputatlar va senatorlar ularni saylagan xalq manfaatlarini ifodalaydi
- Chunki u sud hokimiyatini amalga oshirib, fuqarolar ishlari bo‘yicha qarorlar chiqaradi
To‘g‘ri javob: Chunki deputatlar va senatorlar ularni saylagan xalq manfaatlarini ifodalaydi. Deputatlar va senatorlar ularni saylagan xalq manfaatlarini ifodalaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatining vakolat muddati necha yil?
- olti yil
- besh yil
- yetti yil
- to‘rt yil
To‘g‘ri javob: besh yil. Konstitutsiyaning 91-moddasiga ko‘ra Qonunchilik palatasi va Senat vakolat muddati besh yil.
Konstitutsiyaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qanday organ?
- Oliy ijro etuvchi hokimiyat organi bo‘lib, qonunlarni bajarishni ta’minlaydi
- Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi
- Oliy sud hokimiyati organi bo‘lib, qonunlarni sharhlaydi va nizolarni hal qiladi
- Prezident huzuridagi oliy maslahat organi bo‘lib, qonun chiqara olmaydi
To‘g‘ri javob: Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 91-moddaga ko‘ra Oliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining vakolat muddati qancha?
- to‘rt yil
- yetti yil
- uch yil
- besh yil
To‘g‘ri javob: besh yil. Konstitutsiyaning 91-moddasiga ko‘ra palatalarning vakolat muddati – besh yil.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata) necha nafar deputatdan iborat?
- 150 nafar
- 100 nafar
- 65 nafar
- 200 nafar
To‘g‘ri javob: 150 nafar. Qonunchilik palatasi hududiy saylov okruglari bo‘yicha besh yilga saylanadigan 150 nafar deputatdan iborat.
Oliy Majlis Senatining nechta a’zosi eng obro‘li fuqarolar orasidan Prezident tomonidan tayinlanadi?
- o‘n besh nafar
- besh nafar
- olti nafar
- to‘qqiz nafar
To‘g‘ri javob: to‘qqiz nafar. Senatning to‘qqiz nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot va boshqa sohalarda alohida xizmat ko‘rsatgan fuqarolardan Prezident tomonidan tayinlanadi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati yoki Senat a’zosi bo‘lish uchun saylov kuni fuqaro necha yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak?
- o‘ttiz besh yoshga
- o‘ttiz yoshga
- yigirma yoshga
- yigirma besh yoshga
To‘g‘ri javob: yigirma besh yoshga. Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan va kamida besh yil muqim yashayotgan fuqaro deputat yoki senator bo‘lishi mumkin.
Oliy Majlis Senati (yuqori palata) necha nafar senatordan iborat?
- 50 nafar
- 100 nafar
- 65 nafar
- 150 nafar
To‘g‘ri javob: 65 nafar. Senat hududiy vakillik palatasi bo‘lib, 65 nafar senatordan iborat.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash