XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 19-§

Amaliyot darsi. Qonun loyihasini qabul qilamiz

IV bo‘lim. Davlat boshqaruvi organlari

1. Qonunchilik tashabbusi huquqi. 2. Qonunchilik jarayoni bosqichlari.

Bu darsda go‘yo Oliy Majlisdagi Qonun loyihasi muhokamasida «ishtirok etamiz». Muhokamada ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish uchun esa tanishlaringiz va sinfdoshlaringizni qaysi muammolar ko‘proq tash- vishlantirib kelayotgani haqida o‘ylab ko‘ring. Ana shu muammolarni hal qilish uchun qanday qonunlar qabul qilinishi kerakligi haqida fikr yuri- ting.

Misol uchun: ana shu qonun, shuningdek, uning asosiy qoidalaridan (boblaridan) biri qanday nomlanishini o‘ylab toping va daftarga yozib qo‘ying. Quyidagi savollarga javob bergan holda ana shu qonun qabul qilinishiga oid «ma’qullayman» va «qarshiman» deb ovoz berishga dalil- isbotlar keltiring:

Savollar: 1. Ushbu qonun nima uchun qabul qilinishi kerak? 2. Qonun qabul qilinishi qanday ijobiy va salbiy oqibatlarga olib keladi? 3. Ushbu qonun kimga kerak? 4. Bu qonunga qaysi aholining qaysi guruhlari e’tiroz bildirishi mumkin? Nega? 5. Qonun ishlashi uchun nima qilmoq kerak? 6. Qonun ijro etilishi uchun qanday mablag‘lar kerak? Ularni qayerdan olish mumkin? Bunda maqbul qonun mezonlari to‘g‘risidagi Eslatmadan foydalaning.

1. Qonun huquq va axloq-ma’naviyatga mos kelishi kerak. 2. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga mos kelishi lozim. 3. Qonun oddiy va tushunarli tilda yozilgan bo‘lishi lozim. 4. Qonun moddalari ijro etilishi real bo‘lishi zarur.

1. QONUNCHILIK TASHABBUSI HUQUQI

Demokratik huquqiy davlatda insonlarning jamiyatdagi o‘ta muhim munosabatlarini qonunchilik asosida boshqarish zarurati mavjud bo‘ladi. Shu sababli davlatimiz qonunchiligida har bir inson qonun loyihalarini tayyorlashda hamda mavjud qonunlarni o‘zgartirish va to‘ldirishda ishtirok etishga haqli ekanligi qonunda mustahkamlab qo‘yilgan. Deputatlardan farqli o‘laroq, fuqarolar o‘z takliflari bilan Oliy Majlisga emas, balki o‘zlari tomonidan saylangan Oliy Majlis deputatlariga murojaat qiladilar.

Yodda tuting!

Qonunchilik tashabbusi – qonun loyihasining qonun chiqaruvchi organga belgilangan tartibda rasman kiritilishidir. Qonunchilik tashabbusi – qonunchilik protsessining birinchi bosqichidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq qonunchilik tashabbusi huquqiga:

2. QONUNCHILIK JARAYONI BOSQICHLARI

Qonunchilik jarayoni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va senatorlarining davlat faoliyati shaklidir. U quyidagi bosqich- larni o‘z ichiga oladi:

Qonunchilik tashabbusi – qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladi;

Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihasini ko‘rib chiqishga qabul qilinishi; Qonunchilik palatasi qo‘mitalaridan biri tomonidan qonun loyihasining oldindan ko‘rib chiqilishi; Qonunchilik palatasining qonun loyihasini ko‘rib chiqishga qabul qilish mumkinligi haqidagi xulosasi; Qonunchilik palatasi tomonidan qonun loyihasining ko‘rib chiqilishi va birinchi o‘qishga tayyorlash (qoidaga ko‘ra qonun loyihasi uch o‘qishda ko‘riladi); Qonunchilik palatasi tomonidan qonun qabul qilinishi va uning Senatga yuborilishi;

2. QONUNCHILIK JARAYONI BOSQICHLARI

Qonunning Senat tomonidan ko‘rib chiqilishi va uning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash uchun yuborilishi;

III bosqich:

Qonun Senat tomonidan rad etilgan yoki Prezident tomonidan qaytarilgan hollarda qonun bir oy ichida qayta ko‘rib chiqilishi kerak;

IV bos-

Prezidentga imzolashiga yuborilishi va qonunning matbuotda e’lon qilinishi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun qabul qilingan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuboriladi. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan oltmish kun ichida ko‘rib chiqiladi va ma’qullangan taqdirda, imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga o‘n kundan kechiktirmay yuboriladi. Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qonunni ma’qullash yoki rad etish to‘g‘risida oltmish kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi tomonidan qonun imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.

IV bos-

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida

imzolaydi va e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qaytariladi.

Agar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonunni qayta ko‘rib chiqishda Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan qonunni yana ma’qullasa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi hamda imzolanishi va e’lon qilinishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Qonunchilik palatasi tomonidan yuboriladi.

IV bos-

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari orasidan tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko‘rib chiqilishi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni o‘z e’tirozlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchilik ovozi bilan ma’qullansa, qonun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o‘n to‘rt kun ichida imzolanishi va e’lon qilinishi kerak.Qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir.O’zbekistononunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning e’lon qilinishi ular qo‘llanilishining majburiy shartidir. Qonunlar va Oliy Majlis qarorlari imzolanganidan so‘ng bir haftadan kechiktirmasdan e’lon qilinishi lozim. Basharti, qonunda boshqa sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa, e’lon qilinishi bilan normativ hujjat kuchga kiradi.

IV bos-

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 99-modda.

Bilimingizni sinang

Quyidagi talablardan qaysi biri maqbul qonun mezonlariga kiradi?
  1. Qonun murakkab huquqiy atamalarda yozilishi
  2. Qonun faqat bir ijtimoiy guruhning manfaatini ko‘zlashi
  3. Qonun moddalari ijro etilishi real bo‘lishi
  4. Qonun axloq-ma’naviyat talablaridan ustun turishi

To‘g‘ri javob: Qonun moddalari ijro etilishi real bo‘lishi. Maqbul qonun mezonlaridan biri – qonun moddalari ijro etilishi real bo‘lishi zarur.

Fuqaro Aliyev amaldagi qonunga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklifga ega. Fuqarolar bunday takliflar bilan qanday murojaat qiladi?
  1. Takliflarini Oliy Majlisga bevosita kiritishi shart
  2. Takliflarini Prezidentga yuborishi shart, boshqa yo‘li yo‘q
  3. O‘zlari saylagan Oliy Majlis deputatlariga murojaat qiladi
  4. Takliflarini faqat sudga yo‘llashi mumkin

To‘g‘ri javob: O‘zlari saylagan Oliy Majlis deputatlariga murojaat qiladi. Deputatlardan farqli o‘laroq, fuqarolar takliflari bilan Oliy Majlisga emas, o‘zlari saylagan deputatlarga murojaat qiladilar.

Qonun loyihasining qonun chiqaruvchi organga belgilangan tartibda rasman kiritilishi nima deyiladi?
  1. Qonunni imzolash
  2. Qonunni ma’qullash
  3. Qonunchilik tashabbusi
  4. Qonunni e’lon qilish

To‘g‘ri javob: Qonunchilik tashabbusi. Qonunchilik tashabbusi – qonun loyihasining qonun chiqaruvchi organga rasman kiritilishi, qonunchilik jarayonining birinchi bosqichi.

Qonunchilik tashabbusi nima?
  1. Qonunning Prezident tomonidan imzolanishi va rasman kuchga kiritilishi tartibi
  2. Qonunning matbuotda e’lon qilinishi va aholiga yetkazilishi hamda sharhlanishi
  3. Qonun loyihasining qonun chiqaruvchi organga belgilangan tartibda rasman kiritilishi
  4. Qonunning Senat tomonidan ma’qullanishi va keyin imzolash uchun yuborilishi

To‘g‘ri javob: Qonun loyihasining qonun chiqaruvchi organga belgilangan tartibda rasman kiritilishi. Qonunchilik tashabbusi – qonun loyihasining qonun chiqaruvchi organga belgilangan tartibda rasman kiritilishidir.

Konstitutsiyaning 98-moddasiga ko‘ra quyidagi organlardan qaysi biri qonunchilik tashabbusi huquqiga ega?
  1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
  2. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
  3. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati
  4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori

To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori. Qonunchilik tashabbusi huquqiga Bosh prokuror ham ega.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik tashabbusi huquqini qanday amalga oshiradi?
  1. Prezident orqali
  2. O‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali
  3. Vazirlar Mahkamasi orqali
  4. Hukumat boshlig‘ining yakka tartibdagi taklifi orqali

To‘g‘ri javob: O‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali. Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchilik tashabbusi huquqiga o‘z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali ega.

Qonunchilik tashabbusi huquqining ro‘yobga chiqarilishi qanday kafolatlanadi?
  1. Taklif etilgan qonun loyihalarining Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqilishi majburiyligi bilan
  2. Taklif etilgan qonun loyihalarining Senat tomonidan albatta ma’qullanishi majburiyligi bilan
  3. Qonun loyihasining referendumga qo‘yilishi va xalq ovoziga qo‘yilishi majburiyligi bilan
  4. Qonun loyihasining Prezident tomonidan imzolanishi va e’lon qilinishi majburiyligi bilan

To‘g‘ri javob: Taklif etilgan qonun loyihalarining Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqilishi majburiyligi bilan. Huquq taklif etilgan qonun loyihalarining Qonunchilik palatasi majlisida ko‘rib chiqilishi majburiyligi bilan kafolatlanadi.

Qoidaga ko‘ra qonun loyihasi Qonunchilik palatasida necha o‘qishda ko‘riladi?
  1. Bir o‘qishda
  2. Ikki o‘qishda
  3. To‘rt o‘qishda
  4. Uch o‘qishda

To‘g‘ri javob: Uch o‘qishda. Qoidaga ko‘ra qonun loyihasi uch o‘qishda ko‘riladi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiOliy Majlis va uning vakolatlariKeyingi →O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti