O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari
IV bo‘lim. Davlat boshqaruvi organlari
- – ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimi haqida; – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlari haqida bilib olasiz.
1. Vazirlar Mahkamasi – mamlakat hukumati, ijro etuvchi organ. 2. Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari.
1. VAZIRLAR MAHKAMASI – MAMLAKAT HUKUMATI, IJRO ETUVCHI ORGAN
Vazirlar Mahkamasining tashkil etilishi asoslari va faoliyatiga O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114 moddadan 119-moddagacha hamda «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonun bag‘ishlangan. Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi hukumati va O‘zbekiston Respublikasining ijroiya organi sanaladi va iqtisodiyotning, ijtimoiy hamda ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
2. VAZIRLAR MAHKAMASINING ASOSIY VAKOLATLARI
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari va ular tomonidan tuziladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini boshqaradi, ularning muvofiqlashtirilgan faoliyatini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o‘z ish faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Oliy Majlis Palatalarida ko‘rib chiqiladigan qonun loyihalari va boshqa hujjatlarni tayyorlashda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Devoni, joylardagi mahalliy davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari tuzilmaviy bo‘linmalari yaqin hamkorligini ta’minlash maqsadida Oliy Majlisda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Vakili lavozimi ta’sis etilgan.
2. VAZIRLAR MAHKAMASINING ASOSIY VAKOLATLARI
Vazirlar Mahkamasi huzurida Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlari Portali ochilgan (data.gov.uz).
O’z Res Kons 115-modda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: 1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va byudjet siyosati amalga oshirilishi, ilm-fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirishga doir dasturlarning ishlab chiqilishi hamda bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi;
2) barqaror iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qulay investitsiyaviy muhitni yaratish, hududlarni kompleks va barqaror rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘radi; 3) aholini, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;
2. VAZIRLAR MAHKAMASINING ASOSIY VAKOLATLARI
4) atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarni va biologik xilma- xillikni saqlash, iqlim o‘zgarishiga, epidemiyalarga, pandemiyalarga qarshi kurashish hamda ularning oqibatlarini yumshatish sohalarida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
5) yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishini ta’minlaydi, oilani qo‘llab-quvvatlash, mustahkamlash va himoya qilish, an’anaviy oilaviy qadriyatlarni saqlash bo‘yicha choralar ko‘radi;
6) fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning ishtirok etishini ta’minlaydi;
2. VAZIRLAR MAHKAMASINING ASOSIY VAKOLATLARI
7) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy hamda boshqa huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
8) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
9) ijro etuvchi hokimiyat organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni amalga oshiradi;
10) ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi;
2. VAZIRLAR MAHKAMASINING ASOSIY VAKOLATLARI
11) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan har yilgi ma’ruzalarni taqdim etadi;
12) ushbu Konstitutsiya va qonunlarda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Konstitutsiya va «O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida Respublikada istiqomat qiluvchi barcha millatlar va xalqlarning manfaatlaridan kelib chiqqan holda kollegiallik, demokratiya va qonunchilik prinsiplariga tayanadi.
1-topshiriq
Sxemada keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirliklari bilan tanishib chiqing va ularning ish faoliyati sohalarini ko‘rsating.
Axborot texnologiyalari va
Maktabgacha
Madaniyat
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
ta’lim
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Adliya
Iqtisodiyot va sanoat
Jismoniy tarbiya
Xalq ta’limi
Ichki ishlar va sport
Bandlik va mehnat munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari
Energetika
Transport Sog‘liqni saqlash
Qishloq xo‘jaligi Mudofaa Suv xo‘jaligi Qurilish
Investitsiyalar va tashqi savdo
Tashqi ishlar Moliya
Favqulodda
Uy-joy va kommunal xizmat Innovatsion vaziyatlar rivojlanish
Bojxona qo‘mitasi
Soliq qo‘mitasi
1-topshiriq
Davlat xavfsizlik xizmati
2-topshiriq
O‘zingizni ma’lum bir tarmoq (xalq ta’limi, ichki ishlar, sog‘liqni saqlash, tashqi ishlar) vaziri o‘rnida tasavvur qiling. Tanlagan tarmoq bo‘yicha mavjud muammolarni hal etish dasturini tuzing.
Vazirlar Mahkamasi – mamlakat hukumati;
O‘zbekiston Respublikasining
Davlat qo‘mitalari va vazirliklar;
Vazirlar Mahkamasi:
iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarning samarali rivojlanishini ta’minlaydi; qonunlar, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
Prezident Bosh vazir nomzodini taqdim etadi, Oliy Majlis tasdiqlaydi;
Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir;
«O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi Qonun.
O‘zingizni sinang!
TO‘G‘RISIDA» O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
QONUNI (Ko‘chirma) 1-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasining Hukumati — O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan buyon matnda Vazirlar Mahkamasi deb yuritiladi):
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgar bo‘ladi;
2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
TO‘G‘RISIDA» O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;
6) O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
TO‘G‘RISIDA» O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir.
Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
4-modda. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish tartibi. Vazirlar Mahkamasi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri (bundan buyon matnda Bosh vazir deb yuritiladi), uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislari kiradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
5 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari 129
Bilimingizni sinang
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasida qanday organ hisoblanadi?
- Hukumat va ijroiya organi
- Oliy sud hokimiyati organi
- Qonun chiqaruvchi organ
- Oliy vakillik organi
To‘g‘ri javob: Hukumat va ijroiya organi. Vazirlar Mahkamasi – O‘zbekiston Respublikasi hukumati va ijroiya organi sanaladi.
Konstitutsiyaning qaysi moddalari Vazirlar Mahkamasining tashkil etilishi asoslari va faoliyatiga bag‘ishlangan?
- 90–95-moddalar
- 105–113-moddalar
- 114–119-moddalar
- 120–125-moddalar
To‘g‘ri javob: 114–119-moddalar. Vazirlar Mahkamasining faoliyatiga Konstitutsiyaning 114-moddasidan 119-moddasigacha bag‘ishlangan.
Vazirlar Mahkamasi qaysi sohalarning samarali faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi?
- Faqat iqtisodiyot va moliya sohalari
- Iqtisodiyot, ijtimoiy hamda ma’naviy soha
- Faqat sud va huquq-tartibot sohalari
- Faqat mudofaa va xavfsizlik sohalari
To‘g‘ri javob: Iqtisodiyot, ijtimoiy hamda ma’naviy soha. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy hamda ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida kimlar oldida javobgar?
- Faqat Senat oldida
- Konstitutsiyaviy sud oldida
- Faqat Qonunchilik palatasi oldida
- Oliy Majlis va Prezident oldida
To‘g‘ri javob: Oliy Majlis va Prezident oldida. Vazirlar Mahkamasi o‘z ish faoliyatida Oliy Majlis va Prezident oldida javobgardir.
Oliy Majlisda Vazirlar Mahkamasi Vakili lavozimi nima maqsadda ta’sis etilgan?
- Qonun loyihalari va boshqa hujjatlarni tayyorlashda Vazirlar Mahkamasi Devoni va ijro etuvchi organlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni ta’minlash maqsadida
- Oliy Majlis deputatlarini lavozimga tayinlash va ularning faoliyatini Vazirlar Mahkamasi nazorati ostida olib borishni ta’minlash maqsadida ta’sis etilgan
- Prezident farmonlarini bekor qilish va ularning ijrosini Oliy Majlis oldida to‘xtatib turish vakolatlarini Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazish maqsadida ta’sis etilgan
- Sud ishlarini nazorat qilish hamda sudyalar faoliyati ustidan Vazirlar Mahkamasi nomidan monitoring olib borishni ta’minlash maqsadida ta’sis etilgan
To‘g‘ri javob: Qonun loyihalari va boshqa hujjatlarni tayyorlashda Vazirlar Mahkamasi Devoni va ijro etuvchi organlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni ta’minlash maqsadida. Vakil lavozimi qonun loyihalarini tayyorlashda Devon, mahalliy organlar va ijro organlari yaqin hamkorligini ta’minlash maqsadida ta’sis etilgan.
Vazirlar Mahkamasi huzurida Internet tarmog‘ida qaysi portal ochilgan?
- Huquqiy axborotning yagona lex.uz portali, normativ hujjatlar bazasi
- Davlat xizmatlarining yagona interaktiv my.gov.uz portali
- O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlari Portali (data.gov.uz)
- Qonun loyihalarini muhokama qilish regulation.gov.uz portali
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlari Portali (data.gov.uz). Vazirlar Mahkamasi huzurida Internet tarmog‘ida Ochiq ma’lumotlar Portali (data.gov.uz) ochilgan.
Konstitutsiyaning 115-moddasiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi nima uchun javobgar bo‘ladi?
- Qonunlarni qabul qilish va ularning Konstitutsiyaga muvofiqligini tekshirish hamda qonun chiqaruvchi hokimiyat vakolatlarini amalga oshirish uchun
- Samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va byudjet siyosati amalga oshirilishi hamda rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishi va bajarilishi uchun
- Sudyalarni saylash va ularning faoliyatini nazorat qilish hamda sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash uchun va sudlarni moliyalashtirish uchun
- Prezident saylovini o‘tkazish va saylov natijalarini e’lon qilish hamda referendumlar tashkil etish va natijalarini tasdiqlash masalalari uchun
To‘g‘ri javob: Samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va byudjet siyosati amalga oshirilishi hamda rivojlantirish dasturlari ishlab chiqilishi va bajarilishi uchun. Vazirlar Mahkamasi samarali iqtisodiy, ijtimoiy, soliq va byudjet siyosati amalga oshirilishi va dasturlar bajarilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Hududda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish tizimi samarasiz ishlayapti. Konstitutsiyaga ko‘ra bu tizimning samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash qaysi organ vakolatiga kiradi?
- Oliy sud
- Bosh prokuratura
- Konstitutsiyaviy sud
- Vazirlar Mahkamasi
To‘g‘ri javob: Vazirlar Mahkamasi. Vazirlar Mahkamasi nogironligi bo‘lgan shaxslarni ham ijtimoiy himoya qilish tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash