Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari
IV bo‘lim. Davlat boshqaruvi organlari
Mavzu ustida ishlash natijasida:
- – mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari haqida;
- – hokimlar vakolatlari va faoliyat yo‘nalishlari haqida; – Xalq deputatlari Kengashi faoliyati to‘g‘risida bilib olasiz. 1. Xalq deputatlari Kengashi. 2. Viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlari faoliyati.
1. XALQ DEPUTATLARI KENGASHI
Markaziy hokimiyat organlaridan farqli ravishda, mahalliy hokimiyat organlari ijtimoiy muammolarni mintaqaviy darajada hal etadi. Ular jamiyat hayotining turli sohalaridagi muammolarni bevosita hal etgan holda ijro hokimiyatining qonunlari va normativ aktlarini amalga oshiradi. Hokimiyat organlari joylarda xalq farovonligini ta’minlash va davlat oldida turgan muhim vazifalarni amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi hokimiyat vakillik organlari Xalq deputatlari Kengashi sanaladi. Ularning faoliyati mintaqadagi aholi hayotining turli tomonlariga tegishli vazifalar va muammolarni hal etishga yo‘naltirilgan. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar hududlaridagi vakillik va ijro hokimiyatini hokim boshqaradi. Viloyatlar hokimlari va Toshkent shahar hokimi Prezident va tegishli Xalq deputatlari Kengashiga hisobot berishga burchli.
Asosiy qonun belgilaydi
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyati vakillik organlaridir. Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi. Viloyat, tuman, shahar hokimi lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari Kengashining raisi lavozimini egallashi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 120-modda.
2. VILOYATLAR, TUMANLAR VA SHAHARLAR HOKIMLARI ISH FAOLIYATI
Hokim faoliyati yakkaboshchilik asosida amalga oshiriladi va o‘zi boshqarayotgan hududlar bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va faoliyati natijalari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan yoki o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli.
Topshiriq
Tasavvur qiling, Siz maktab direktorisiz va shahar (tuman) hokimi qabuliga keldingiz. Maktabni ta’mirlash va a’lochi o‘quvchilarni xorijiy mamlakatlardan biriga sayohatga yuborish uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qildingiz. Ushbu takliflarni asoslash uchun qanday sabablarni keltirgan bo‘lar edingiz?
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashi qarorlari bajarish;
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimi:
jamoatchilik tartibini saqlash va jinoyatchilik bilan kurash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, ular huquqlari va salomatligini ta’minlash bilan bog‘liq choralarni ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda vaziyatlarda ishlarni tashkil etadi;
viloyatlar, tumanlar, shaharlarni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, viloyat, tuman, shahar budjetining asosiy parametrlari va ularning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi;
respublikada va xorijda viloyat, tuman va shaharning rasmiy vakili sifatida ish yuritadi;
aholini qabul qilishni tashkillashtiradi, fuqarolarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadi va boshqalar.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimi:
Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shaharning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid muhim va dolzarb masalalar bo‘yicha hisobotlarni taqdim etadi. Kengashlar qarorlarni ularga asoslanib qabul qiladi.
Asosiy qonun belgilaydi
Viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 125-moddadan.
Mahalliy hokimiyat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri kommunal xo‘jaligini rivojlantirishga rahbarlik qilish sanaladi. Mahalliy hokimiyat organlari to‘g‘risidagi qonunda hokimlar o‘z hududlaridagi kommunal xo‘jaligi xizmati faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qilishi ta’kidlanadi. Kommunal xo‘jaligi xizmati hokimiyatlar bo‘limi tomonidan boshqariladi. Ularning rahbarlari hokim tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. Bu masala mahalliy Kengash sessiyasida tasdiqlanadi.
Asosiy qonun belgilaydi
Mahalliy Kengash ishining asosiy tashkiliy-huquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Sessiyada Kengash vakolatiga kiruvchi masalalar hal etiladi, hisobotlar tinglanadi va albatta ijro etilishi shart bo‘lgan qarorlar qabul qilinadi. Viloyatlar, tumanlar, shaharlar xalq deputatlari Kengashi zaruriyatga ko‘ra bir yilda kamida ikki marta hokim tomonidan chaqiriladi.
Mahalliy davlat
xalq deputatlari Kengashi; hokim – joylarda vakillik va ijro hokimiyatini boshqaradi; xalq deputatlari Kengashi oldida hisobot berish; qabul qilinadigan qarorlar uchun hokimning shaxsan javobgarligi.
O‘zingizni sinang!
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
(Ko‘chirma) 1-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar.
Viloyat, tuman, shahar hokimi viloyat, tuman, shahar hokimiyati oliy mansabdor shaxsidir, ayni bir vaqtda tegishli hududda vakillik va ijroiya hokimiyatiga boshchilik qiladi. Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobot beradi. Tuman hokimi yuqori turuvchi hokimga va tegishli xalq deputatlari Kengashiga hisobot beradi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
2-modda. Mahalliy vakillik va ijroiya hokimiyati boshlig‘ini tayinlash va ozod etish Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Viloyat, tuman, shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashi tegishli deputatlari orasidan tayinlanadi va tasdiqlanadi.
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi roziligi bilan shahar hokimini tuman hokimiga (shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) bo‘ysundirishga va viloyat Xalq deputatlari kengashida tasdiqlanuvchi qarorlar bilan yagona boshqaruv organlari tashkil qilishga haqli.
Xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning vakolat muddati – 5 yil.
Bilimingizni sinang
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organi qaysi organ hisoblanadi?
- Xalq deputatlari Kengashi
- Vazirlar Mahkamasi
- Fuqarolar yig‘ini
- Oliy Majlis Senati
To‘g‘ri javob: Xalq deputatlari Kengashi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi hokimiyat vakillik organlari Xalq deputatlari Kengashi sanaladi.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi mahalliy hokimiyatning vakillik organlari qanday nomlanadi?
- Fuqarolar yig‘ini kengashi
- Xalq deputatlari Kengashi
- Hokimlik va uning kengashi
- Jo‘qorg‘i Kenges raisligi
To‘g‘ri javob: Xalq deputatlari Kengashi. Viloyatlar, tumanlar va shaharlardagi hokimiyat vakillik organlari Xalq deputatlari Kengashi sanaladi.
Viloyat, shahar va tuman hududlaridagi vakillik va ijro hokimiyatini kim boshqaradi?
- Xalq deputatlari Kengashi raisi
- Prokuror
- Sud raisi
- Hokim
To‘g‘ri javob: Hokim. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar hududlaridagi vakillik va ijro hokimiyatini hokim boshqaradi.
Konstitutsiyaning 120-moddasiga ko‘ra Xalq deputatlari Kengashiga kim boshchilik qiladi?
- Deputatlar orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais
- Kengashga hokim o‘z lavozimi bo‘yicha boshchilik qiladi
- Prezident tayinlaydigan hududiy vakil, hokim o‘rnida
- Prokuror o‘z lavozimi bo‘yicha boshchilik qiladi
To‘g‘ri javob: Deputatlar orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais. Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan qonunga muvofiq saylanadigan rais boshchilik qiladi.
Viloyat hokimi Nazarov o‘z lavozimini saqlab qolgan holda viloyat Xalq deputatlari Kengashi raisi lavozimini ham egallamoqchi. Konstitutsiyaga ko‘ra qaysi xulosa to‘g‘ri?
- Mumkin, agar Kengash sessiyada rozilik bildirsa va tasdiqlasa
- Mumkin, agar Prezident unga yozma ruxsat bersa va farmon chiqarsa
- Mumkin emas: hokim bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘la olmaydi
- Mumkin, agar bu faqat tuman darajasida bo‘lsa va rozilik olinsa
To‘g‘ri javob: Mumkin emas: hokim bir vaqtning o‘zida Kengash raisi bo‘la olmaydi. Hokim lavozimini egallab turgan shaxs bir vaqtning o‘zida Kengash raisi lavozimini egallashi mumkin emas.
Hokim faoliyati qanday asosda amalga oshiriladi?
- Kollegiallik asosida
- Yakkaboshchilik asosida
- Kengash ixtiyori asosida
- Navbatchilik asosida
To‘g‘ri javob: Yakkaboshchilik asosida. Hokim faoliyati yakkaboshchilik asosida amalga oshiriladi va u shaxsan javobgar bo‘ladi.
Hokim o‘zi boshqarayotgan hudud bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va faoliyati natijalari uchun qanday javobgar bo‘ladi?
- Faqat Kengash bilan birgalikda javobgar
- Javobgar bo‘lmaydi
- Faqat Vazirlar Mahkamasi javob beradi
- Shaxsan javobgar bo‘ladi
To‘g‘ri javob: Shaxsan javobgar bo‘ladi. Hokim qabul qilgan qarorlari va faoliyati natijalari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Tuman hokimi Konstitutsiyani va qonunlarni buzdi hamda o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan xatti-harakat sodir etdi. Prezident uni lavozimidan ozod eta oladimi?
- Ha, Prezident uni o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli
- Yo‘q, buni faqat Xalq deputatlari Kengashi qila oladi, Prezident emas
- Yo‘q, buni faqat sud qila oladi va faqat sud hukmi bilan
- Yo‘q, buni faqat Senat qila oladi, Prezident esa qila olmaydi
To‘g‘ri javob: Ha, Prezident uni o‘z qarori bilan lavozimidan ozod etishga haqli. Konstitutsiyani, qonunlarni buzgan tuman va shahar hokimlarini Prezident o‘z qarori bilan ozod etishga haqli.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash