Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari
IV bo‘lim. Davlat boshqaruvi organlari
- – o‘zini o‘zi boshqarish organlarining strukturasi va ularning huquqiy maqomi haqida;
- – o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakolatlari haqida; – fuqarolar yig‘inlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiya faoliyati haqida bilib olasiz.
1. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning huquqiy maqomi.
2. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
3. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi komissiya faoliyati.
1. FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI VA ULARNING HUQUQIY MAQOMI Shaharlar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek, shaharlar, qishloqlar va ovullar mahallalarida tashkil etiladigan o‘zini o‘zi boshqarish organlarining strukturasi va huquqiy maqomi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 127-moddasida va «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab qo‘yilgan.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi – bu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan kafolatlanadigan, fuqarolarning o‘z manafaatlari, tarixiy rivojlanish xususiyatlari, shuningdek, milliy va ma’naviy qadriyatlaridan, mahalliy urf-odatlari va an’analaridan kelib chiqadigan masalalarni hal etish bo‘yicha mustaqil faoliyati hisoblanadi.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullarda, shuningdek, shaharlar, qishloqlar va ovullardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolar yig‘ini bo‘lib, uch yil muddatga rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari saylanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonunchilikka muvofiq berilgan vakolatni tegishli hududda amalga oshiradilar. Fuqarolar yig‘ini aholi manfaatlarini ifodalaydi va uning nomidan tegishli hudud doirasida amal qiluvchi qaror qabul qiladi.
Fuqarolar yig‘inida o‘n sakkiz yoshga yetgan va tegishli hududda doimiy yashaydigan shaxslar ishtirok etadi.
2. FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI ISH FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Fuqarolar yig‘inining organlari quyidagilar hisoblanadi: fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘inining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiya va taftish komissiyasi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari mamlakat aholisiga o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlarini jamiyat va davlat ishlari boshqaruvida ishtirok etishda amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Asosiy qonun belgilaydi
Shaharchalar, qishloqlar va ovullarda, shuningdek shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni saylaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 127-modda.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari yordamida va aholining birgalikdagi ko‘magi bilan ma’lum bir hududda ijtimoiy va madaniy vazifalar hal etiladi, davlat organlariga aholining turmushini yaxshilashga qaratilgan qonunlar va qarorlar ijrosini amalga oshirishga yordam beriladi.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati tugatilishi faqat fuqarolarning yig‘inlari qarori bo‘yicha amalga oshiriladi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining davlat hokimiyati organlariga murojaatlari albatta ko‘rib chiqilishi lozim.
3. FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI KOMISSIYALARNING FAOLIYATI
«Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunning 18-moddasiga muvofiq fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi komissiyalar tuziladi:
yarashtiruv komissiyasi;
ma’rifat va ma’naviyat masalalari bo‘yicha komissiya;
Fuqarolarning o‘zini o‘zi
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash komissiyasi;
xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi; voyaga yetmaganlar, yoshlar va sport masalalari bo‘yicha komissiya; tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va oilaviy biznes masalalari bo‘yicha komissiya; ekologiya va tabiatni muhofaza qilish, obodonchilik va ko‘kalamzorlashtirish komissiyasi; jamoatchilik nazorati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish komissiyasi.
Fuqarolarning o‘zi-
o‘zini o‘zi boshqarish organlari – istiqomat qilish hududlaridagi muammolarni hal etish; fuqarolar yig‘inlari: oqsoqol – 3 yil; fuqarolar yig‘ini Kengashi; fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiya.
O‘zingizni sinang!
TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
(Ko‘chirma)
3-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi tushunchasi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi — mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni o‘z manfaatlari, tarixiy taraqqiyotning o‘ziga xos jihatlari, shuningdek milliy va ma’naviy qadriyatlardan kelib chiqqan holda hal qilish bo‘yicha O‘zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan fuqarolarning mustaqil faoliyatidir.
4-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish huquqi Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqini shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, shaharlar mahallalarida fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) orqali saylov huquqi kafolatlariga muvofiq amalga oshiradilar.
TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNI
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar fuqarolar bevosita yoki o‘zlarining saylab qo‘yiladigan vakillari orqali o‘zini o‘zi boshqarishga teng huquqlidir.
5-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi, demokratiya, oshkoralik, ijtimoiy adolat, mahalliy ahamiyatga ega masalalarni mustaqil hal qilish, jamoat birdamligi, ijtimoiy sheriklik, mahalliy urf-odat va an’analarni inobatga olishdir.
8-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar mahallalari fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridir.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va tegishli hudud doirasida qonun bilan o‘zlariga berilgan vakolatlarni amalga oshiradi.
5-modda. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatining asosiy prinsiplari
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, o‘z nomi tushirilgan muhrga ega bo‘ladi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda ro‘yxatga olinadi.
Bilimingizni sinang
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining strukturasi va huquqiy maqomi Konstitutsiyaning 127-moddasi bilan birga qaysi qonunda belgilangan?
- «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonun
- «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun
- «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonun
- «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun
To‘g‘ri javob: «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonun. Struktura va huquqiy maqom Konstitutsiyaning 127-moddasida hamda «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi Qonunda belgilangan.
O‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risidagi qoida Konstitutsiyaning qaysi moddasida mustahkamlangan?
- 128-modda
- 132-modda
- 136-modda
- 127-modda
To‘g‘ri javob: 127-modda. Struktura va huquqiy maqom Konstitutsiyaning 127-moddasida belgilangan.
Fuqarolar yig‘ini tomonidan rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari necha yil muddatga saylanadi?
- uch yil
- ikki yil
- besh yil
- to‘rt yil
To‘g‘ri javob: uch yil. Fuqarolar yig‘ini rais (oqsoqol) va maslahatchilarni uch yil muddatga saylaydi.
Shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi o‘zini o‘zi boshqarish organi qanday nomlanadi?
- Fuqarolar yig‘ini
- Xalq deputatlari Kengashi
- Mahalla homiylik kengashi
- Fuqarolar assambleyasi
To‘g‘ri javob: Fuqarolar yig‘ini. Shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari fuqarolar yig‘ini bo‘lib, rais (oqsoqol) saylanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi nima?
- Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanadigan, fuqarolarning mahalliy masalalarni mustaqil hal etish faoliyati
- Hokimlik tomonidan fuqarolarga yuklatiladigan mahalliy ijro vazifalarini majburiy bajarish va nazorat qilish faoliyati
- Davlat hokimiyati organlarining mahalliy darajadagi vakillik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etish tartibi
- Jamoat tashkilotlarining ixtiyoriy yig‘ilishlar o‘tkazish va ularda qaror qabul qilish faoliyati va qoidalari
To‘g‘ri javob: Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanadigan, fuqarolarning mahalliy masalalarni mustaqil hal etish faoliyati. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanadigan mustaqil faoliyat hisoblanadi.
Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqol) va uning maslahatchilari necha yil muddatga saylanadi?
- Ikki yil
- Uch yil
- To‘rt yil
- Besh yil
To‘g‘ri javob: Uch yil. Fuqarolar yig‘ini bo‘lib, uch yil muddatga rais (oqsoqol) va uning maslahatchilari saylanadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining huquqiy maqomi haqida qaysi hukm to‘g‘ri?
- Ular davlat hokimiyati organlari tizimining quyi bo‘g‘ini hisoblanadi va ularning vakolatlari hokimga bo‘ysunadi, hokim tasdiqlaydi
- Ular faqat Vazirlar Mahkamasi topshirig‘i bilan faoliyat yuritadigan ijro organlari bo‘lib, mustaqil vakolatga ega emaslar
- Ular davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonunchilikka muvofiq berilgan vakolatni tegishli hududda amalga oshiradi
- Ular davlat hokimiyati organlari tizimiga kiradi, ammo vakolatlari tegishli hududdan tashqarida ham amal qiladi, umummilliy
To‘g‘ri javob: Ular davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va qonunchilikka muvofiq berilgan vakolatni tegishli hududda amalga oshiradi. O‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini rahbari: «Bizning organ davlat hokimiyati tizimiga kirgani uchun hokimning barcha ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajaramiz», dedi. Qaysi baho to‘g‘ri?
- Fikr to‘g‘ri: fuqarolar yig‘ini davlat hokimiyati tizimining quyi bo‘g‘ini hisoblanadi va hokimga bo‘ysunadi, shuning uchun ko‘rsatma majburiy
- Fikr noto‘g‘ri: fuqarolar yig‘ini davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va o‘z vakolatini qonunga muvofiq amalga oshiradi
- Fikr to‘g‘ri: hokim yig‘in raisini tayinlaydi va ozod qiladi, shuning uchun yig‘in hokimga to‘liq bo‘ysunadi va hisobot beradi
- Fikr noto‘g‘ri: yig‘in davlat organi, lekin u hokimga emas, balki faqat sudga va prokuraturaga bo‘ysunadi va ularga hisobot beradi
To‘g‘ri javob: Fikr noto‘g‘ri: fuqarolar yig‘ini davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi va o‘z vakolatini qonunga muvofiq amalga oshiradi. Yig‘in davlat hokimiyati tizimiga kirmaydi va qonunga muvofiq berilgan vakolatni amalga oshiradi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash