O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi
IV bo‘lim. Davlat boshqaruvi organlari
Mavzu ustida ishlash natijasida: – O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining tashkil etilishi va faoliyati prinsiplari haqida;
- – sudyalarning huquq va majburiyatlari, sudyani tayinlashda uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar haqida bilib olasiz.
1. Inson huquqlari himoyasidagi bosh bo‘g‘in. 2. O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi.
1. INSON HUQUQLARI HIMOYASIDAGI BOSH BO‘G‘IN
Har bir insonning hayoti voqealarga boyligi va turli-tumanligi bilan qiziq. Biroq inson jamiyatda yashar ekan, uning xatti-harakatlari boshqa kishilar huquqlariga zid kelishi mumkin.
Asosiy vazifasi davlat manfaatlarini va har bir odamning manfaatlarini muhofaza etishdan iborat bo‘lgan davlat organlari ham kishilar o‘rtasida hakamlik qilishga da’vat etilgandir.
Basharti, qonun chiqaruvchi organlar qonunlarni qabul qilsa, sud organlari esa qonunlar asosida odil sudlovni amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklari suddagi himoyasini amalga oshirish; korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish; qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlash.
1-topshiriq
Quyidagi holatlarni ko‘rib chiqib, ulardan qay biri qilmish, qay biri jinoyat ekanligini aniqlang:
1. O‘smir temiryo‘lga poyezdni to‘xtatuvchi ikkita tormoz boshmog‘ini o‘rnatib qo‘ydi.
2. Ikki o‘smir qatnayotgan poyezd oynasiga tosh otib o‘ynashdi. 3. O‘smir maktabda yechinib-kiyinish xonasida sinfdoshlaridan birining buyu- mini o‘g‘irladi.
4. O‘quvchilar maktabga qo‘shni uyning devorlariga bo‘yoq chaplab tashlashdi va oynani sindirishdi.
5. Fuqaro A. avtomashinada katta tezlikda kelib yo‘lovchini urib yubordi va unga yordam ko‘rsatmasdan qochib ketdi.
6. Yo‘lovchi tashiyotgan avtobus temiryo‘ldan o‘tish taqiqlangan joydan o‘tayotganda halokat sodir bo‘ldi. Bir necha yo‘lovchi halok bo‘ldi, ko‘pchiligi jarohat oldi.
1-topshiriq
7. Yong‘in paytida to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi kvartiradan qochib chiqib yashi- rindi. Uyda qolgan ikki nafar kichik yoshdagi bolani o‘t o‘chiruvchilar qutqarishdi.
8. Yuqori sinf o‘quvchisi qiz bolaga tirg‘aldi, u tinch qo‘yishini talab qilganda qattiq do‘pposladi va kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqoratladi.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD TIZIMI
Sud – odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan bir davlat hokimiyati organidir. Sudyalar hal qiluvchi qarorlar va hukmlarini davlat nomidan chiqaradilar. Bu narsa hal qiluv qarorlari va hukmlar barcha tomonidan, shu jumladan, davlat organlari tomonidan so‘zsiz ijro etilishi shart ekanligini anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat sudlovi orqali amalga oshiriladi. Sudlar orasidagi bunday taqsimot sudga tegishlilik, ya’ni ish ko‘rib chiqiladigan konkret sudning belgilanishi deb ataladi.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 6-aprelda mamlakat Konsitutsiyasiga sud tizimini yangilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi. Konstitutsiyaning 80, 81, 83, 93, 107, 110, 111 va 112-moddalariga o‘zgartirishlar kiritildi. Oliy sud fuqarolik, jinoyat, ma’muriy va iqtisodiy sudlov ishlari sohasida sud hokimiyati yagona organiga – O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi.
2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SUD TIZIMI
Yangi institut – O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi joriy etildi. U sudyalar hamjamiyati organi bo‘lib, O‘zbekistonda sud hokimiyati mustaqilligiga oid konstitutsiyaviy tamoyilga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
Doniyorbek Isoqov @Tarix_Ilm_Nuri
O‘zbekiston Respublikasida sudlar ish kategoriyasiga ko‘ra ixtisos- lashtirilishi mumkin. Favqulodda sudlar tuzilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek, qoraqalpoq tillarida yoki o‘sha hududdagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud olib borilayotgan tilni bilmaydigan sud ishtirokchisi uchun tarjimon orqali sud materiallari bilan to‘liq tanishish, sud harakatlarida qatnashish va o‘z ona tilida so‘zga chiqish huquqi ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat hujjatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tavsiya etgan siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislar orasidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining vakilini qo‘shgan holda saylanadi.
Doniyorbek Isoqov @Tarix_Ilm_Nuri
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 134-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. U qabul qilgan hujjatlar qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
Oliy sud tomonidan qabul qilingan qarorlar uzil-kesil bo‘ladi va O‘zbekiston Respublikasi butun hududida ijro etilishi majburiy sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlar sudlov faoliyati ustidan nazorat qilishi huquqiga ega.
Doniyorbek Isoqov @Tarix_Ilm_Nuri
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlar sudlov faoliyati ustidan nazorat qilishi huquqiga ega va oliy instansiya sudi sifatida hamda nazorat tartibida ishlarni ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birini instansiyada ko‘rib chiqilgan ishlar shikoyat qilish (protest berish) huquqiga ega shaxslar tanlashiga qarab apellatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin. Apellatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar kassatsiya tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Oliy sud Plenumi tushuntirishlari quyi sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, sudlov amaliyotini tahlil qiladi va sud organlari kadrlari malakasi oshirib borilishini tashkillashtiradi.
Doniyorbek Isoqov @Tarix_Ilm_Nuri
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori ishtirok etadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi Raisi, Adliya vaziri, sudyalar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Ilmiy-maslahat kengashi a’zolari ham ishtirok etishi mumkin.
Sud organlarining asosiy maqsadi inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyatda qonuniylik va adolatni qaror toptirish sanaladi. Sudlov organlari ish faoliyati muhimligi ular odamlar o‘rtasidagi nizo va mojarolarni davlatda qabul qilingan qonunlarni amaliyotda qo‘llash asosida zo‘ravonlik ishlatmasdan hal qilishida mujassamlashgan.
Yodda tuting!
Sud tizimi – o‘z vakolatlari, maqsadlari va vazifalariga muvofiq ish ko‘radigan davlatning butun sudlov organlari.
Birinchi instansiya sudi – qonunga muvofiq sud majlisida birinchi bo‘lib ish holatlarini aniqlovchi va ish yuzasida va qarorlar yoki hukm chiqaruvchi sud. Birinchi instansiya sudi qarori ustidan kassatsiya yoki apellatsiya tartibida yuqori turuvchi sudga shikoyat qilish mumkin.
Kassatsiya – tomonlar shikoyati yoki prokuror protestiga ko‘ra Oliy sud instansiya tomonidan hukmni bekor qilish haqidagi ariza.
2-topshiriq
Jadvalni to‘ldirish asnosida hokimiyat tarmoqlaridan har biri inson huquqlarini qay tarzda himoya qilishini aniqlang.
Inson huquqlarini himoya qilish Qonunchilik hokimiyati
Ijro etuvchi hokimiyat
Sud hokimiyati organlari organlari organlari
Sudning nomlanishi Vazifalari va vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi (Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi, 70-modda, 8-band)
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis palatasi qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlari, xalqaro shartnomani va O‘zbekiston Respublikasi boshqa majburiyatlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaydilar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Fuqarolik, jinoyat va ma’muriy sudlovni amalga oshiruvchi oliy sud hokimiyati organlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha Oliy sudlari
Sudning nomlanishi Vazifalari va vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Iqtisodiy sudlari
O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqtisodiy ishlarini yuritish bo‘yicha sud organlari
Viloyat sudlari va Toshkent shahar sudi, tumanlararo, tuman va shahar sudlari
Fuqarolik, jinoyat ishlarini va ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni birlamchi ko‘rib chiqishni amalga oshiradi (birinchi instansiya sudlari)
sudlar – inson huquqlari himoyasidagi asosiy bo‘g‘in; sud – odil sudlovni amalga oshiruvchi birdan bir hokimiyat organi; qonunlarni buzganlik uchun jazo chorasini faqat sud tayinlaydi; sudyalar – mustaqil va daxlsizdir, faqat qonunga bo‘ysunadi; ma’muriy, fuqarolik va jinoyat sudlov protsessi, qonun oldida fuqarolarning tengligi; Konstitutsiyaviy sud; umumiy sudlar, iqtisodiy sudlari; prinsiplar: oshkoralik, obyektivlik, qonuniylik, adolat.
O‘zingizni sinang!
Muhim sanalar
- 2017-yil — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 6-aprelda mamlakat Konsitutsiyasiga sud tizimini yangilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi.
- 6-aprelda — O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 6-aprelda mamlakat Konsitutsiyasiga sud tizimini yangilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilishi to‘g‘risidagi Qonunni imzoladi.
Bilimingizni sinang
Sudlar orasidagi taqsimot, ya’ni ish ko‘rib chiqiladigan konkret sudning belgilanishi nima deb ataladi?
- sud mustaqilligi
- sud instansiyasi
- sudga tegishlilik
- sud ixtisosligi
To‘g‘ri javob: sudga tegishlilik. Sudlar orasidagi taqsimot, ya’ni ishni ko‘radigan konkret sudning belgilanishi sudga tegishlilik deb ataladi.
Sud davlat hokimiyati organlari ichida qanday o‘rin tutadi?
- U odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan bir davlat hokimiyati organidir
- U qonunlar qabul qiladigan va ularni sharhlaydigan asosiy davlat organidir
- U ijro etuvchi hokimiyatning huquqni muhofaza qiluvchi bo‘g‘ini hisoblanadi
- U faqat qonunlar ijrosini nazorat qiluvchi maslahat organi hisoblanadi
To‘g‘ri javob: U odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan bir davlat hokimiyati organidir. Sud odil sudlovni amalga oshirishga haqli birdan bir davlat hokimiyati organidir.
Sudyalarning hal qiluv qarorlari va hukmlari to‘g‘risida qaysi hukm to‘g‘ri?
- Ular sudyaning shaxsiy nomidan chiqariladi va ijrosi tomonlar kelishuviga bog‘liq
- Ular davlat nomidan chiqariladi va davlat organlari tomonidan ham so‘zsiz ijro etilishi shart
- Ular davlat nomidan chiqariladi, ammo davlat organlari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega
- Ular faqat tomonlar rozi bo‘lgan taqdirda ijro etiladi
To‘g‘ri javob: Ular davlat nomidan chiqariladi va davlat organlari tomonidan ham so‘zsiz ijro etilishi shart. Hukmlar davlat nomidan chiqariladi va davlat organlari tomonidan ham so‘zsiz ijro etilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati sudlovning qaysi turlari orqali amalga oshiriladi?
- Konstitutsiyaviy, mehnat, fuqarolik, soliq va jinoyat sudlovi
- Ma’muriy, harbiy, fuqarolik, oilaviy va jinoyat sudlovi
- Konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat sudlovi
- Konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, xalqaro va jinoyat sudlovi
To‘g‘ri javob: Konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, iqtisodiy va jinoyat sudlovi. Sud hokimiyati beshta sudlov turi orqali amalga oshiriladi.
Sudlar orasidagi taqsimot natijasida ish ko‘rib chiqiladigan konkret sudning belgilanishi nima deb ataladi?
- Sud instansiyasi
- Sud ixtisoslashuvi
- Sud yurisdiksiyasidan ozod qilish
- Sudga tegishlilik
To‘g‘ri javob: Sudga tegishlilik. Ish ko‘rib chiqiladigan konkret sudning belgilanishi sudga tegishlilik deb ataladi.
2017-yilda Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar natijasida fuqarolik, jinoyat, ma’muriy va iqtisodiy sudlov ishlari sohasida sud hokimiyatining yagona organi qaysi sud bo‘ldi?
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
- O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy sudi
- O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
- Toshkent shahar sudi
To‘g‘ri javob: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi. Oliy sud sud hokimiyatining yagona organiga birlashtirildi.
Viloyat hokimi sud hukmi bilan bekor qilingan qaror ijrosini to‘xtatib qo‘ydi va «hukm davlat organlari uchun majburiy emas» dedi. Qaysi huquqiy xulosa to‘g‘ri?
- Hokimning fikri to‘g‘ri: hukm faqat fuqarolar va tashkilotlar uchun majburiy, davlat organlari uchun esa emas
- Hokimning fikri noto‘g‘ri: hukm barcha tomonidan, shu jumladan davlat organlari tomonidan ham so‘zsiz ijro etilishi shart
- Hokimning fikri to‘g‘ri, agar hukm quyi sud tomonidan chiqarilgan bo‘lsa, chunki quyi sud hukmi tavsiya bo‘ladi
- Hokim ijroni faqat Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan to‘xtatishi mumkin, ruxsatsiz esa mumkin emas va noqonuniy
To‘g‘ri javob: Hokimning fikri noto‘g‘ri: hukm barcha tomonidan, shu jumladan davlat organlari tomonidan ham so‘zsiz ijro etilishi shart. Hukmlar davlat organlari tomonidan ham so‘zsiz ijro etilishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qanday organ?
- Sudyalar hamjamiyati organi bo‘lib, sud hokimiyati mustaqilligiga rioya etilishiga ko‘maklashadi
- Oliy sud huzuridagi ijro organi bo‘lib, sudyalarni lavozimga tayinlaydi va ozod etadi
- Vazirlar Mahkamasi qoshidagi organ bo‘lib, sudlar faoliyatini nazorat qilib boradi
- Prezident devoni tarkibidagi organ bo‘lib, sud ishlarini qayta ko‘rib chiqadi va hukmlarni o‘zgartiradi
To‘g‘ri javob: Sudyalar hamjamiyati organi bo‘lib, sud hokimiyati mustaqilligiga rioya etilishiga ko‘maklashadi. Yangi institut sifatida joriy etilgan Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyati organi hisoblanadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash