XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 25-§

O‘zbekiston Respublikasi sud organlari ish faoliyatini tashkil etish

IV bo‘lim. Davlat boshqaruvi organlari

1. Odil sudlovni amalga oshirishdagi asosiy talablar. 2. Sudyalarning huquq va majburiyatlari.

1. ODIL SUDLOVNI AMALGA OSHIRISHDAGI ASOSIY TALABLAR

Obyektivlik Ishlarning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishi

Har tomonlama va

Ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha barcha aniqlangan faktlarning har tomonlama ko‘rib chiqilishi

Qonuniylik Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy muvofiqlikda ishlar- ning ko‘rilishi va qarorlar qabul qilinishi

Majburiylik va

Dalil-isbotlarni ishonarli faktlar bilan tasdiqlash va ish- ning hamma tomonlarini hisobga olish

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida barcha uchun majburiy bo‘lgan shunday qoida mustahkamlab qo‘yilgan: faqat sud shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topishi va qonunga muvofiq jazo chorasini belgilashi mumkin (20-modda).

Bunda jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir odam himoya uchun barcha vositalar ta’minlab beriladigan sudda ishi qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, jinoyati aniqlanmaguniga qadar aybdor hisoblanmaydi (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 28-modda). Bunday javobgarlikni aniqlash tartibi aybsizlik prezumpsiyasi deb ataladi.

Asosiy qonun belgilaydi

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda oshkora sud muhokamasi yo‘li bilan isbotlanmaguncha va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha aybsiz deb hisoblanadi. Ayblanuvchiga o‘zini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlar ta’minlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 28-modda.

6 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari 145

1-topshiriq

Savollar: Sizningcha, sud muhokamasida sudyadan tashqari prokuror, advokat va xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va himoyachilarining ishtirok etishi qonun bilan qaysi maqsadda belgilangan?
Savollar: Quyida keltirilgan har bir vaziyat bilan tanishib chiqib, sud nega shunday qaror chiqarganini hal qiling. Sud tomonidan odil sudlovni amalga oshirish borasida - gi talablar buzilganmi yoki aksinchami? Sudyaning o‘rnida bo‘lganingizda qanday qaror chiqargan bo‘lardingiz?

1- vaziyat. Tojiboyevlar oila a’zolari (ona, ota, ikki o‘g‘il va bir nevara) o‘z moddiy ahvolini o‘nglab olish maqsadida Tojikistondan O‘zbekistonga narkotik moddalarni tashib kelishga rozi bo‘lishdi. Qonunga xilof yuk bojxona xodimlari ko‘zdan kechirishi paytida aniqlandi. Oilaning barcha a’zolari, shu jumladan, 16 yoshli nevara va 70 yashar ona turli muddatlarga qamalishdi.

1-topshiriq

2- vaziyat. Fuqaro N. «Anhor» firmasining buxgalteri yo‘qotib qo‘ygan hujjatlarni topib oldi. Hujjatlar qaytarilishi evaziga yo‘qotib qo‘yilgan yukxatla- rida yozib qo‘yilgan tovar qiymatining 50% ini talab qildi. Uzoq davom etgan ishontirishdan keyin firma rahbariyati N. ni tovlamachilikda ayblab, uning ustidan sudga ariza berdi. Sud N. ni aybdor deb topdi va uni uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qildi.

3- vaziyat. Mashina boshqaruvini uddalay olmagan fuqaro M. yo‘l chetiga chiqib ketdi va u yerda turgan fuqaro K. ning avtomobiliga shikast yetkazdi. Sudya fuqaro K. ga o‘zi aybdor ekanligini, uning mashinasi taqiqlangan joyda turganligini tushuntirib, K. dan arizasini qabul qilishni rad etdi.

2-topshiriq

Savollar: Quyidagi muammoni hal qilish borasida o‘z yechimingizni taklif qiling. Terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslardan biri qo‘lga tushdi, ammo portlovchi qurilma qayerda joylashtirilganini aytmadi. U aytishi uchun qanday choralarni qo‘llagan bo‘lardingiz? Kuch ishlatarmidingiz? Aksincha bo‘lsa, unda nega?
Savollar: Terrorchini qiynoqqa solgan militsiya xodimi jazolanishi shart deb hisoblaysizmi?

2. SUDYALARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

O‘zbekiston Respublikasi sudyalari mustaqil va ularning shaxsi daxlsizdir, ya’ni sudyalar va xalq maslahatchilari sud ishini faqat qonun asosida va ularga nisbatan har qanday tashqi ta’sirni istisno qiluvchi sharoitda muhokama qiladilar.

Davlat idoralari xodimlari, istalgan maqomdagi mansabdor shaxslar va fuqarolar konkret ishlarni qanday hal etish to‘g‘risida sudga ko‘rsatma berishga haqli emasdirlar. Daxlsizlik prinsipi sudyaning ruxsatisiz uning xizmat xonasiga, uyiga kirishga, xat-xabarlariga ko‘z yugurtirishga, buyumlari va hujjatlarini ko‘zdan kechirishga haqli emaslikni anglatadi.

Asosiy qonun belgilaydi

Sudyalar mustaqildirlar, faqat konstitutsiya va qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga har qanday tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 136-modda.

O‘zbekiston Respublikasining 35 yoshga to’lgan, oliy yuridik ma’lumotga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi sudyalik lavozimiga mozod bo’lishi mumkin. Yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida o‘n besh yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi bo‘lishi mumkin. Yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida o‘n yillik ish stajiga, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, viloyat, Toshkent shahar ma’muriy sudining sudyasi bo‘lishi mumkin. o‘ttiz besh yoshga to‘lgan va yuridik ixtisoslik bo‘yicha kamida yetti yillik ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tumanlararo, tuman, shahar sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi bo‘lishi mumkin.

Asosiy qonun belgilaydi

Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas. (136-modda).

Sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda uning vakolatlari to‘xtatib turiladi. Basharti, sudya o‘z lavozimiga mos kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullangan hollarda sudyalar tegishli malaka kollegiyasi qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudyalar Kengashi taqdimoti bo‘yicha sudya vakolatlari to‘xtatilishi, sudya majburiy xarakterdagi tibbiy choralarga tortilishi, sud qarori bilan noma’lum sabablarga ko‘ra sudya bo‘lmay turgan deb tan olinishi ham mumkin.

Asosiy qonun belgilaydi

Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan avval to‘xtatilishi mumkin: 1) Sudya qasamyodini buzganda; 2) yozma ariza berganda; 3) sudyalar tegishli malaka kollegiyasi tomonidan ogohlantirish berilgandan yoki vakolatlari to‘xtatilgandan keyin o‘z lavozimiga mos kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullangan hollarda; 4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki layoqati cheklangan deb tan olinganda; 5) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligidan mahrum bo‘lganda; 6) sudning ayblov hukmi unga nisbatan kuchga kirganda; 7) vafot etganda yoki sud qarori bilan o‘lgan deb e’lon qilinganda; 8) salomatligi holati yoki uzoq vaqt davomida boshqa uzrli sabablarga ko‘ra sudya majburiyatlarini bajarishga layoqatli bo‘lmagan taqdirda; 9) basharti, boshqa sudya lavozimini egallashga rozilik bermagan taqdirda sud raisi vakolatlari muddati tugaganda.

3-topshiriq

Savollar: Sizningcha, quyida keltirilgan hollardan qaysi birida sudya tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilgan?

1- vaziyat.

Piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan fuqaro S. ning kiyimiga yonidan g‘izillab o‘tib ketayotgan avtomobil loy sachratib ketdi. Jabrlanuvchi bu masalani o‘zi hal etishi mumkin, sudlar bunday aytarli ahamiyatsiz ish bilan shug‘ullanmaydilar deb hisoblagan sudya arizani qabul qilishni rad etdi.

Savollar: Sudyaning qarorini qanday baholaysiz?

2- vaziyat.

Fuqaro Sh. fuqaro N. dan 50 000 so‘m undirib berilishi xususida sudga murojaat qildi. Ayni mahalda N. bu summani qalin tariqasida olgani, keyin qizini Sh. ning o‘g‘liga berishdan voz kechgani aniqlandi.

3-topshiriq

Savollar: Sudya qanday ish tutishi kerak?

Sud organlari ish

faoliyati konstitutsiyaviy prinsiplari

Sudyalar mustaqilligi va faqat qonunga

Tomonlarning

bahslashuvi va teng huquqligi

Bitta va aynan o‘sha jinoyat uchun takroran hukm chiqarishga yo‘l

qo‘yilmasligi

Qonuniylik

Aybsizlik prezumpsiyasi

Sud muhokamasi oshkoraligi

Odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshirilishi

Malakali yuridik

yordamdan foydalanish huquqi

Aybsizlik prezumpsiyasi – aybdorlik faqat sud tomonidan belgilanishi; «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonun; qonuniylik; oshkoralik; sudyalar mustaqilligi;

Sudlov tizimi prinsiplari

Konstitutsiyaviy sud – qonunlar, farmonlar, qarorlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlash.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. Odil sudlovni amalga oshirishga qo‘yiladigan qonuniy talablarni ayting. 2. Sudyalar mustaqilligi va faqat qonunga bo‘ysunishi prinsipi qanday amalga oshiriladi? 3. Konstitutsiyaviy sudning asosiy vazifasini ayting. 4. Kim shahar yoki tuman sudi, harbiy sud, Konstitutsiyaviy sud sudyasi bo‘lishi mumkin?

Bilimingizni sinang

Sud faoliyatining qaysi tamoyili ishlarning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishini ifodalaydi?
  1. Tomonlarning tengligi
  2. Qonuniylik
  3. Obyektivlik
  4. Oshkoralik

To‘g‘ri javob: Obyektivlik. Ishlarning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishi obyektivlik tamoyilini bildiradi.

Odil sudlovni amalga oshirishdagi obyektivlik talabi nimani anglatadi?
  1. Ishlarning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishini
  2. Ish bo‘yicha barcha faktlarning to‘liq tekshirilishini
  3. Qarorlarning Konstitutsiyaga qat’iy muvofiq qabul qilinishini
  4. Dalil-isbotlarning ishonarli faktlar bilan tasdiqlanishini

To‘g‘ri javob: Ishlarning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishini. Obyektivlik – ishlarning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishi.

Ishlarning Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy muvofiq ko‘rilishi hamda qarorlar qabul qilinishi sud faoliyatining qaysi tamoyili hisoblanadi?
  1. Mustaqillik
  2. Qonuniylik
  3. Oshkoralik
  4. Obyektivlik

To‘g‘ri javob: Qonuniylik. Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy muvofiqlikda ish ko‘rish va qaror qabul qilish qonuniylik tamoyilidir.

Odil sudlovdagi qonuniylik talabi qanday mazmunga ega?
  1. Ishlarning xolis va beg‘araz ko‘rib chiqilishi hamda tomonlar manfaatlarining teng himoya qilinishi
  2. Ishlarning Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy muvofiq ko‘rilishi va qarorlar qabul qilinishi
  3. Barcha aniqlangan faktlarning har tomonlama ko‘rib chiqilishi va ularga huquqiy baho berilishi
  4. Sudyaning ichki ishonchiga ko‘ra qaror chiqarilishi va uning dalillar bilan chegaralanmasligi

To‘g‘ri javob: Ishlarning Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy muvofiq ko‘rilishi va qarorlar qabul qilinishi. Qonuniylik – Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy muvofiqlikda ish ko‘rish va qaror qabul qilish.

Ish bo‘yicha barcha aniqlangan faktlarning har tomonlama ko‘rib chiqilishi odil sudlovning qaysi talabiga kiradi?
  1. Obyektivlik va xolislik talabiga
  2. Qonuniylik va asoslilik talabiga
  3. Har tomonlama va to‘liqlik talabiga
  4. Oshkoralik va ochiqlik talabiga

To‘g‘ri javob: Har tomonlama va to‘liqlik talabiga. Barcha aniqlangan faktlarning har tomonlama ko‘rib chiqilishi alohida talabdir.

Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan odam jinoyati aniqlanmaguniga qadar aybdor hisoblanmaydigan tartib nima deb ataladi?
  1. oshkoralik prinsipi
  2. aybsizlik prezumpsiyasi
  3. tomonlar tortishuvi prinsipi
  4. sudlanuvchi daxlsizligi

To‘g‘ri javob: aybsizlik prezumpsiyasi. Shaxs jinoyati aniqlanmaguncha aybdor sanalmaydigan tartib aybsizlik prezumpsiyasi deb ataladi.

Shaxsni jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topish va jazo chorasini belgilash kimning vakolatida?
  1. Prokuraturaning
  2. Ichki ishlar organlarining
  3. Mahalliy hokimning
  4. Faqat sudning

To‘g‘ri javob: Faqat sudning. Faqat sud shaxsni aybdor deb topishi va jazo belgilashi mumkin (20-modda).

Aybsizlik prezumpsiyasi Konstitutsiyaning qaysi moddasida mustahkamlangan?
  1. 20-modda
  2. 24-modda
  3. 28-modda
  4. 136-modda

To‘g‘ri javob: 28-modda. Aybsizlik prezumpsiyasi Konstitutsiyaning 28-moddasida belgilangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasining sud tizimiKeyingi →Amaliyot darsi. Konstitutsiyaviy sud majlisi