XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 27-§

O‘zbekiston Respublikasidagi saylov tizimi

V bo‘lim. Konstitutsiya – mamlakatda demokratiyani rivojlantirish kafolati

Mavzu ustida ishlash natijasida: – demokratik davlatda saylovlarning ahamiyati haqida; – mavjud saylov tizimlari, ularning prinsiplari va samaradorligi haqida;

Savollar: 1. Umumxalq saylovi – mamlakat taraqqiyot yo‘lini tanlashdir. 2. Saylovning qaysi modeli yaxshiroq? 3. Demokratik saylov prinsiplari.

1. UMUMXALQ SAYLOVI – MAMLAKAT TARAQQIYOT YO‘LINI TANLASHDIR

Umumxalq saylovlari yo‘li bilan davlat hokimiyati organlarini shakllantirish demokratik huquqiy davlatning muhim alomatlaridan biri hisoblanadi. Har bir fuqaro o‘z ovozini berish asnosida hokimiyatga da’vogar- lik qilayotgan turli kishilarga, siyosiy partiyalarga o‘zining munosabatini bildiradi. U saylab qo‘yiladigan organlarni shakllantirishda ishtirok etishga, ya’ni ularning tarkibiga saylash va saylanishga haqlidir.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmiga ko’ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar s aylovda is htir ok etis h huuqidan f aqat qonunga muof iq ham da s udning qar or i asos ida mahr um etilis hi m um kin.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 128-modda.

«Saylov» atamasi ovoz berish yo‘li bilan saylab qo‘yiladigan hokimiyat organlarini shakllantirishni anglatadi. Shunday ekan, eng munosibini saylash imkoniyati tug‘ilishi uchun bir necha nomzodlar bo‘lishi kerak. Bunday saylov muqobil saylov deb ataladi. Muqobil bo‘lmaganda saylovchilarda taklif etilgan nomzodni saylashni rad etish imkoniyati bo‘lishi lozim.

2. SAYLOVDA QAYSI MODEL YAXSHIROQ?

Saylovlar o‘z-o‘zicha demokratiya kafolati bo‘la olmaydi. Buning uchun saylov tizimining ahamiyati muhimdir.

Saylov tizimi – davlat hokimiyati vakillik organlariga va mamlakat Prezidentini saylash tartibidir.

Xalqaro amaliyotda saylov tizimining turli modellari mavjud, bular: majoritar va proporsional.

Majoritar tizimda saylovchilarning qonun bilan belgilangan ko‘pchilik ovozini (kamida 50% + 1 ta ovoz) olgan nomzod ayni shu saylov okrugi bo‘yicha saylangan hisoblanadi.

Agar nomzod saylovlarda ishtirok etgan saylovchilar ovozining yarmidan kamini olsa, eng ko‘p ovozlar miqdorini olgan ikki nomzod qat- nashadigan ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda eng ko‘p ovozlar sonini olgan nomzod saylangan hisoblanadi.

2. SAYLOVDA QAYSI MODEL YAXSHIROQ?

Proporsional (mutanosiblik) saylov tizimi asosiga saylovchilar tomonidan partiya uchun berilgan ovozlar va partiya tomonidan olingan deputat vakolatlarining qonuniyligini guvohlantiruvchi hujjatlar o‘rtasidagi proporsionallik (mutanosiblik) prinsipi qo‘yilgan.

Bunday tizimda siyosiy partiyalar tomonidan familiyasiga qarab emas, balki ro‘yxatlar bilan ko‘rsatiladi va saylovchilar umumiyligicha u yoki bu partiyaning ro‘yxatiga ovoz beradilar.

O‘zbekiston Respublikasining saylov tizimini tanlashda mamlakatda shakllangan an’analar va siyosiy tizim rivoji darajasi inobatga olingan. Aksariyat huquqshunos olimlar va siyosatshunoslar mamlakatimizda majoritar tizimdan foydalanish ko‘proq maqsadga muvofiqdir, negaki u qo‘llashda ancha oddiy va barqaror siyosiy tartibot sharoitida, ayniqsa, samaralidir, degan xulosaga kelishdi.

3. DEMOKRATIK SAYLOV PRINSIPLARI

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonuni saylov tizimining negizi bo‘lib, ularda saylov tizimining demokratik prinsiplari mustahkamlab qo‘yilgan.

Umumiylik prinsipi ham saylovchilar uchun, ham nomzodlar uchun ro‘yxatdan o‘tishning ochiqligini ta’minlaydi. Saylov o‘tkaziladigan kunga qadar 18 yoshga to‘lgan fuqarolarga saylovda ishtirok etish huquqi beriladi.

Saylov uchastkalari ishining tashkil etilishi ham saylov huquqi umu- miyligining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. U saylovchilarga maksimal qulay shart-sharoitlar yaratib beriladigan bir tarzda tashkil etiladi: saylov uchastkalari yashash joyiga bevosita yaqin joylashtiriladi; saylov dam olish kuniga tayinlanadi va ertalab soat 8 dan kechqurun soat 20 gacha davom etadi; ovoz berish joyi to‘g‘risida har bir saylovchiga bildiriladi; tiqilinch navbatda turishlar va ovoz berish uchun boshqa to‘sqinliklar bo‘lmasligi maqsadida ovoz berish uchun zarur miqdorda maxsus xonalar jihozlanadi.

3. DEMOKRATIK SAYLOV PRINSIPLARI

Basharti, salomatligi holatiga ko‘ra yoki boshqa sabablarga ko‘ra saylovchi saylov uchastkalariga kela olmasa, ularning iltimosiga binoan ovoz berish o‘z yashaydigan joyida tashkil etiladi.

Saylovchilardan har biri familiyasi ro‘yxatga kiritilgani va ular haqidagi ma’lumotlar chalkash emasligiga ishonch hosil qilish maqsadida saylov uchastkalarida tanishib chiqish uchun ro‘yxatlar osib qo‘yiladi.

Tenglik prinsipi har qaysi saylovchi ovozi teng kuchga ega ekanligini anglatadi.

Yashirinlik tamoyili ovoz berish chetdan qandaydir nazorat bo‘lmasligi va begona kishilar ishtirokisiz ovoz berish imkoniyatini saylovchiga kafolatlaydi. Ovoz berish yashirin bo‘lishini ta’minlash maqsadida saylovchi maxsus tayyorlab qo‘yilgan kabinaga kiradi, saylov bulletenini to‘ldiradi, ya’ni saylovchi ovoz berayotgan deputatlikka nomzod familiyasi qarshisida, o‘ng tarafda joylashgan bo‘sh kvadratga belgi – qo‘shuv belgisini qo‘yadi va saylov qutisiga o‘z qo‘li bilan tashlaydi.

3. DEMOKRATIK SAYLOV PRINSIPLARI

Ochiqlik tamoyili saylov chog‘ida huquqbuzarliklar sodir etish ehtimolini cheklaydi, ovozlarni sanab hisoblashda va rasmiy natijalarni e’lon qilayotganda halollikni ta’minlaydi.

Demokratik saylov

yalpi umumiylik;

tenglik;

yashirinlik;

ochiqlik.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi, bundan ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan muddatidan ilgari saylov o‘tkazish hollari mustasno. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga ega.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muddatidan ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlashga haqli.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas.

Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.

Saylov tizimi:

davlat hokimiyati organlarini umumxalq saylovlari orqali shakllantirish; ovoz berish – hokimiyatga da’vogarlik qilayotgan turli shaxslar va partiyalarga munosabatni bildirish shakli; saylash huquqi – 18 yoshdan boshlab, mamlakat fuqarolari; saylov huquqidan mahrum etilganlar: huquqiy muomalaga layoqatsizlar, qamoq joylarida saqlanayotganlar; majoritar va proporsional saylov tizimi; umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi; yashirin ovoz berish;

nazorat: saylovlarda kuzatuvchilarning hozir bo‘lishi; saylov to‘g‘risidagi qonunni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. Yashirin ovoz berish chog‘ida umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi nimani anglatadi? 2. O‘zbekiston Respublikasida kim saylash huquqiga ega? 3. Saylov komissiyasi faoliyatida oshkoralik qanday rol o‘ynaydi? 4. O‘zbekistonda qaysi saylov tizimi modeli qabul qilingan? 5. O‘zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari fuqarolarga qanday huquqlarni taqdim etadi?

Bilimingizni sinang

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga qaysi yoshga to‘lganda ega bo‘ladi?
  1. yigirma besh yoshga
  2. o‘n sakkiz yoshga
  3. yigirma bir yoshga
  4. o‘n olti yoshga

To‘g‘ri javob: o‘n sakkiz yoshga. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga qaysi yoshdan boshlab ega bo‘ladi?
  1. O‘n olti yoshdan
  2. O‘n sakkiz yoshdan
  3. Yigirma yoshdan
  4. Yigirma bir yoshdan

To‘g‘ri javob: O‘n sakkiz yoshdan. Konstitutsiyaning 128-moddasiga ko‘ra 18 yoshga to‘lgan fuqarolar saylash huquqiga ega.

Saylovda har bir saylovchi nechta ovozga ega?
  1. Ikkita ovozga
  2. Nomzodlar soniga teng ovozga
  3. Bitta ovozga
  4. Partiyalar soniga teng ovozga

To‘g‘ri javob: Bitta ovozga. Har bir saylovchi bir ovozga ega.

Davlat hokimiyati vakillik organlariga va mamlakat Prezidentini saylash tartibi nima deb ataladi?
  1. Saylov huquqi
  2. Saylov kampaniyasi
  3. Saylov tizimi
  4. Saylov okrugi

To‘g‘ri javob: Saylov tizimi. Davlat hokimiyati vakillik organlariga va Prezidentni saylash tartibi saylov tizimi deyiladi.

Nomzod saylov okrugi bo‘yicha kamida 50% + 1 ta ovoz olsa saylangan hisoblanadigan saylov tizimi qaysi?
  1. Kumulyativ tizim
  2. Imtiyozli tizim
  3. Proporsional tizim
  4. Majoritar tizim

To‘g‘ri javob: Majoritar tizim. Majoritar tizimda qonun belgilagan ko‘pchilik ovozni (kamida 50% + 1) olgan nomzod saylangan hisoblanadi.

Saylov tizimi nima?
  1. Davlat hokimiyati vakillik organlariga va mamlakat Prezidentini saylash tartibi
  2. Siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning faoliyatini tugatish tartibi
  3. Saylov komissiyalarini tuzish, ularning vakolatlarini belgilash va tarqatish tartibi
  4. Referendum o‘tkazish, uning natijalarini e’lon qilish va tasdiqlash tartibi

To‘g‘ri javob: Davlat hokimiyati vakillik organlariga va mamlakat Prezidentini saylash tartibi. Saylov tizimi – davlat hokimiyati vakillik organlariga va Prezidentni saylash tartibi.

Majoritar saylov tizimida nomzod qachon saylov okrugi bo‘yicha saylangan hisoblanadi?
  1. Eng ko‘p ovoz olgan partiya ro‘yxatida birinchi bo‘lib, chegaradan o‘tganda
  2. Ovozlarning kamida uchdan ikki qismini, ya’ni 67 foizdan ortiq ovozni olgan taqdirda
  3. Qatnashgan saylovchilarning kamida 30 foizi ovoz bergan va nomzod ko‘pchilikni olganda
  4. Qonun bilan belgilangan ko‘pchilik ovozni, ya’ni kamida 50% + 1 ta ovozni olganda

To‘g‘ri javob: Qonun bilan belgilangan ko‘pchilik ovozni, ya’ni kamida 50% + 1 ta ovozni olganda. Majoritar tizimda kamida 50% + 1 ta ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.

Majoritar tizimda hech bir nomzod ovozlarning yarmini ololmasa, qanday tartib qo‘llanadi?
  1. Eng ko‘p ovoz olgan nomzod darhol saylangan hisoblanadi
  2. Barcha nomzodlar ishtirokida takroriy saylov o‘tkaziladi
  3. Eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod ishtirokida ikkinchi bosqich o‘tkaziladi
  4. Saylov haqiqiy emas deb topiladi va bir yildan keyin takrorlanadi

To‘g‘ri javob: Eng ko‘p ovoz olgan ikki nomzod ishtirokida ikkinchi bosqich o‘tkaziladi. Ikkinchi bosqichda eng ko‘p ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAmaliyot darsi. Konstitutsiyaviy sud majlisiKeyingi →Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatlari va senatorlari saylovi