XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 28-§

Amaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatlari va senatorlari saylovi

V bo‘lim. Konstitutsiya – mamlakatda demokratiyani rivojlantirish kafolati

Mavzu ustida ishlash natijasida: – saylov kampaniyasini o‘tkazish tartibi haqida; – ovoz berish mexanizmi haqida; – saylov jarayoni turli ishtirokchilarining roli haqida bilib olasiz. 1. Oliy Majlisga deputatlar va senatorlar saylovini o‘tkazish tartibi. 2. Maktab Kengashi saylovi.

1. OLIY MAJLISGA DEPUTATLAR VA SENATORLAR SAYLOVINI O‘TKAZISH TARTIBI

O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida»gi va «Viloyat, tuman va shahar kengashiga saylov to‘g‘risida»gi qonunlariga muvofiq saylov jarayonlari quyi - dagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

1. Saylov sanasini belgilash. 2. Markaziy saylov komissiyasini tashkil etish. 3. Saylov okruglari, uchastkalarini tuzish. 4. Saylov komissiyasini tuzish. 5. Saylov kampaniyasi boshlanganligini e’lon qilish. 6. Deputatlikka nomzodlarni ko‘rsatish va ro‘yxatga olish. 7. Saylovoldi targ‘iboti. 8. Saylovchilar ro‘yxatini tuzish. 9. Saylovchilar bulletenini tayyorlash. 10. Ovoz berish va saylov natijalarini aniqlash. 11. Deputatlarni ro‘yxatga olish va saylov natijalarini e’lon qilish. 12. Nomzodlar yetarli miqdorda ovoz ololmagan saylov uchastkalarida qayta saylov o‘tkazish.

1. OLIY MAJLISGA DEPUTATLAR VA SENATORLAR SAYLOVINI O‘TKAZISH TARTIBI

Prezidentlikka hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligi va Oliy Majlis Senati a’zoligiga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Davlat boshlig‘i va mamlakat oliy organlari deputatlari va senatorlari saylandi, ya’ni saylov uchastkalariga kelganlarning ko‘pchiligi ular uchun ovoz berdi.

Savollar: Sizningcha, ana shu ko‘pchilik jumlasiga kiruvchi saylovchi siyosiy jihatdan qanday o‘ringa ega?

Albatta, aksariyat hollarda bu odam mamlakat siyosiy hayotini diqqat bilan kuzatib boradi. Hokimiyat tepasida kim turganligi va o‘zi yashab turgan mamlakat kelajagi qanday bo‘lishi unga baribir bo‘lmaganligi uchun ham shunday qiladi.

Negaki, huquqiy davlat barpo etish tajribasi mamlakat qonun chiqaruvchi organiga va joylardagi hokimiyat vakillik organlariga ko‘p narsa bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Deputatlar va senatorlar qonunlarni tayyorlaydi va tasdiqlaydi, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, mamlakat budjetini muhokama qiladi va tasdiqlaydi, ijro etuvchi hokimiyatning eng mas’ul vakillarini lavozimiga tasdiqlaydi, Konstitutsiya, qonun hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari ro‘yobga chiqarilishida ko‘mak beradilar.

2. MAKTAB KENGASHINI SAYLASH

Maktabni jajji davlatga qiyoslash mumkin. Saylovni o‘tkazish tartibini o‘rganib, maktabning o‘zini o‘zi boshqarish organi – maktab kengashini say- lashga harakat qiling.

Maktab kengashiga nomzodlar o‘zlarining maktab hayoti va islohotlarini o‘tkazishga doir real dasturlarini ishlab chiqishlari lozim. Ta’lim oluvchining insoniy qadr-qimmatini hurmat qiluvchi maktab intizomini saqlash borasidagi o‘z uslublaringizni taklif eting. O‘qituvchilar va ta’lim oluvchilar huquqlari va majburiyatlari dasturiga kiriting.

Ularning dasturlarini muhokama qilgandan keyin nomzodlar saylovini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq uch guruhga bo‘lining:

2. MAKTAB KENGASHINI SAYLASH

I bosqich: Saylovoldi kampaniyasiga tayyorgarlik Saylov komissiyasi a’zolari. Guruh komissiya raisi va kotibini saylaydi, saylov o‘tkazilayotgan joyni belgilaydi, saylovchilar ro‘yxatlarini tuzadi, saylov bulleteni, ovozlarni hisoblash protokoli shaklini tayyorlaydi, ovoz berish xonasi, saylov qutisi va boshqa jihozlar tayyorlanishini ta’minlaydi.

Partiyalar va ularning nomzodlari. Guruh kamida ikkita partiya tuzadi, ularning dasturlarini tayyorlaydi, saylovoldi dasturlari taktikasini ishlab chiqadi, maktab kengashi a’zoligiga nomzodlarni ko‘rsatadi, nomzodlarni yoqlab varaqalar chiqaradi, ularning saylovchilar oldidagi nutqlarini tayyorlaydi.

2. MAKTAB KENGASHINI SAYLASH

Sinfdoshlaringizni Sizning dasturingiz eng yaxshi ekanligiga ishon- tiring.

Ommaviy axborot vositalarining vakillari: Guruh nomzodlaridan, saylovchilardan, saylov komissiyasi a’zolaridan intervyu oladi, saylovoldi kampaniyasi borishini yorituvchi materiallar tayyorlaydi.

II bosqich: Saylovoldi kampaniyasi Saylov komissiyasi a’zolari saylovchilar ro‘yxatlarini tuzadi. Partiyalar nomzodlar hamda ularning saylovoldi dasturlari haqida hikoya qiluvchi plakatlarni osib chiqadi, varaqalar tarqatadilar, targ‘ibot yuritadi. Ishonchli vakillar esa o‘z dasturiy bayonotlari bilan nutq so‘zlovchi o‘z nomzodlarini tanishtiradi.

2. MAKTAB KENGASHINI SAYLASH

Shundan keyin nomzodlar saylovchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari, boshqa muqobil nomzodlar savollariga javob beradi.

III bosqich: Saylov Saylov uchastkasiga birinchi bo‘lib saylov komissiyasi a’zolari, partiyalardan kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalarining vakillari taklif qilinadi.

Saylov komissiyasi uchastkada ishlarni tashkillashtiradi. Saylovchilar ovoz berishda ishtirok etadilar. Shundan keyin barcha ishtirokchilar hozirligida saylov yakunlari e’lon qilinadi.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. Saylov jarayonida saylovchi qanday rol o‘ynaydi? 2. Saylov kampaniyasi davrida ommaviy axborot vositalarining vazifasi nimalardan iborat? 3. Siz bo‘lajak saylovchi sifatida nimalarni o‘rgandingiz? 4. Maktab Kengashiga o‘tkazilgan saylov jarayonida o‘zingiz va o‘z sinfdoshlaringiz ishtirokini qanday baholaysiz?

Bilimingizni sinang

Oliy Majlisga saylov to‘g‘risidagi qonun bilan bir qatorda saylov jarayonlari bosqichlarini belgilaydigan qonun qaysi?
  1. «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonun
  2. «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi Qonun
  3. «Referendum to‘g‘risida»gi Qonun
  4. «Viloyat, tuman va shahar kengashiga saylov to‘g‘risida»gi Qonun

To‘g‘ri javob: «Viloyat, tuman va shahar kengashiga saylov to‘g‘risida»gi Qonun. Saylov jarayonlari Oliy Majlisga saylovlar to‘g‘risidagi va viloyat, tuman va shahar kengashiga saylov to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq o‘tadi.

Oliy Majlisga saylovlarni o‘tkazish bosqichlarida birinchi va ikkinchi bosqich qaysilar?
  1. Saylov sanasini belgilash, so‘ngra Markaziy saylov komissiyasini tashkil etish
  2. Nomzodlarni ro‘yxatga olish, so‘ngra saylovchilar ro‘yxatini tuzish va e’lon qilish
  3. Saylov okruglarini tuzish, so‘ngra saylov sanasini belgilash va komissiya tuzish
  4. Saylovoldi targ‘iboti, so‘ngra ovoz berish va ovozlarni sanash va hisoblash

To‘g‘ri javob: Saylov sanasini belgilash, so‘ngra Markaziy saylov komissiyasini tashkil etish. Birinchi bosqich – saylov sanasini belgilash, ikkinchisi – Markaziy saylov komissiyasini tashkil etish.

Oliy Majlisga saylov jarayonining oxirgi, o‘n ikkinchi bosqichi qaysi?
  1. Saylov natijalarini e’lon qilish va saylangan deputatlarni ro‘yxatga olish
  2. Nomzodlar yetarli ovoz ololmagan uchastkalarda qayta saylov o‘tkazish
  3. Saylovchilar ro‘yxatini tuzish va ularni uchastkalarga biriktirish jarayoni
  4. Saylov kampaniyasi boshlanganini e’lon qilish va rasmiy xabarnoma tarqatish

To‘g‘ri javob: Nomzodlar yetarli ovoz ololmagan uchastkalarda qayta saylov o‘tkazish. O‘n ikkinchi bosqich – yetarli ovoz olinmagan uchastkalarda qayta saylov.

Okrug uchastkalarida nomzodlar yetarli miqdorda ovoz ololmadi. Saylov komissiyasi: «Natijalarni shunday e’lon qilamiz va saylov tugadi», dedi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Bunday uchastkalarda qayta saylov o‘tkazilishi kerak
  2. Bunday uchastkalarda saylov bekor bo‘ladi va takrorlanmaydi
  3. Bunday uchastkalarda nomzodlar Prezident farmoni bilan tayinlanadi
  4. Bunday uchastkalarda eng ko‘p ovoz olgan partiya avtomatik g‘olib bo‘ladi

To‘g‘ri javob: Bunday uchastkalarda qayta saylov o‘tkazilishi kerak. Yetarli ovoz olinmagan uchastkalarda qayta saylov o‘tkaziladi.

Deputatlar va senatorlar qonunlarga nisbatan qanday vazifani bajaradi?
  1. Qonunlarni faqat sharhlaydi, qabul qilish vakolatisiz va ularga rioya etilishini nazorat qilmaydi
  2. Qonunlar ijrosini ijro etuvchi hokimiyat o‘rniga o‘zi bajaradi va uni boshqarib turadi
  3. Qonunlarni tayyorlaydi va tasdiqlaydi, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi
  4. Qonunlar bo‘yicha sud qarorlari chiqaradi va ularning ijrosini sud tartibida ta’minlaydi

To‘g‘ri javob: Qonunlarni tayyorlaydi va tasdiqlaydi, ularga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Deputatlar va senatorlar qonunlarni tayyorlaydi, tasdiqlaydi va ularga rioya etilishini nazorat qiladi.

Deputatlar va senatorlar mamlakat budjeti bilan bog‘liq qanday vakolatga ega?
  1. Budjetni faqat Prezidentning ko‘rsatmasi bilan ijro etadi
  2. Budjet mablag‘larini bevosita sarflaydi
  3. Budjetga faqat ma’lumot tariqasida tanishadi
  4. Mamlakat budjetini muhokama qiladi va tasdiqlaydi

To‘g‘ri javob: Mamlakat budjetini muhokama qiladi va tasdiqlaydi. Mamlakat budjetini muhokama qiladi va tasdiqlaydi.

Ijro etuvchi hokimiyatning eng mas’ul vakillariga nisbatan deputatlar va senatorlar qanday vakolatga ega?
  1. Ularni sud tartibida jazolaydi
  2. Ularni lavozimga tayinlaydi va ishdan bo‘shatadi
  3. Ularni lavozimiga tasdiqlaydi
  4. Ularning faoliyatiga umuman aralashmaydi

To‘g‘ri javob: Ularni lavozimiga tasdiqlaydi. Ular ijro etuvchi hokimiyatning eng mas’ul vakillarini lavozimiga tasdiqlaydi.

Maktab kengashi saylovini o‘tkazishda sinf qanday guruhlarga bo‘linadi?
  1. Saylov komissiyasi, partiyalar va ularning nomzodlari, ommaviy axborot vositalari vakillari
  2. Nomzodlar, saylovchilar va o‘qituvchilar hamda maktab ma’muriyati vakillari guruhlariga
  3. Hakamlar, himoyachilar va ayblovchilar, shuningdek kotiblar va guvohlar guruhlariga
  4. Rais, kotib va hisob komissiyasi hamda saylovchilar ro‘yxatini yurituvchi guruhlarga

To‘g‘ri javob: Saylov komissiyasi, partiyalar va ularning nomzodlari, ommaviy axborot vositalari vakillari. Maktab saylovi uchun uch guruh tuziladi: saylov komissiyasi, partiyalar va OAV vakillari.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasidagi saylov tizimiKeyingi →O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari