XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 29-§

O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari

V bo‘lim. Konstitutsiya – mamlakatda demokratiyani rivojlantirish kafolati

Mavzu ustida ishlash natijasida:

1. Prokuror – qonun himoyachisi. 2. Prokuratura organlari. 3. Prokuror nazoratiga oid hujjatlar turlari.

1. PROKUROR – QONUN HIMOYACHISI

Lotincha «prokuror» iborasining tarjimasi «g‘amxo‘rlik qilmoq» degan ma’noni anglatadi. Ushbu holda bu so‘z davlatning barcha qonunlariga aniq va so‘zsiz rioya etilishi borasida g‘amxo‘rlik qilish ma’nosida qo‘llaniladi.

Prokuratura organlari fuqarolarning davlat va jamoat tashkilotlariga arizalari, shikoyatlari, murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, putur yetkazilgan huquqlar tiklanishi borasida chora-tadbirlar ko‘radilar va fuqarolar hamda tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qiladilar.

Prokuratura organlari sud tizimiga kirmaydi va suddan mustaqildir. Sud majlisida ishtirok etish asnosida prokuror davlat nomidan prokuror nazoratini amalga oshiradi, ya’ni sudlarning harakatlarida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganligi yoki aksinchaligini aniqlaydi.

1. PROKUROR – QONUN HIMOYACHISI

Sud tomonidan qonunga mos bo‘lmagan qaror qabul qilingan holda esa prokuror yuqori turuvchi sudga protest bilan, ya’ni sudning ana shu qarorini qonunga muvofiq bo‘lmagan tariqasida ko‘rib chiqish talabi bilan murojaat qiladi. Hatto sud qarori kuchga kirganidan keyin ham prokuratura organlari qamoqqa mahkum etilganlarning huquqlari ularni qamoqda saqlash joylarida buzilmasligi ustidan nazorat qiladi.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 143-modda.

ORGANLARI ASOSIY VAZIFALARI:

Qonun ustunligini ta’minlash;

Qonuniylikni mustahkamlash;

Fuqarolar huquq va erkinliklarini

himoya qilish;

Jamiyat va davlat manfaatlarini

himoya qilish;

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsi-

yaviy tuzumini himoya qilish;

Qonunbuzarliklardan ogohlantirish va profilaktika ishlari.

2. PROKURATURA ORGANLARI O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 144-moddasiga muvofiq prokuratura organlarining markazlashgan yagona tizimiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori rahbarlik qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorini lavozimiga tayinlash va lavozimidan ozod qilish to‘g‘risidagi Farmoni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlanadi.

ORGANLARI ASOSIY VAZIFALARI:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan tayinlanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori rahbarlik qiladi. U O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi oldida javobgar hisoblanadi.

Shaharlar, tumanlar va viloyatlar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, tumanlar, shaharlar prokurorlarining vakolat muddati – besh yil.

1-topshiriq

Savollar: Sizningcha, respublikada prokurorni tayinlashning bunday tartibi nima sabab - dan qabul qilingan? Siz qaysi usulni (tanlov, imtihon bo‘yicha saylash va hokazo - lar) taklif etgan bo‘lardingiz? O‘z javobingizni asoslab bering.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi;

Prokuratura organlari

viloyatlar va Toshkent shahar prokuraturalari;

tumanlar va shaharlar prokuraturalari;

viloyat prokuraturalariga tenglashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi; tuman prokuraturalariga tenglashtirilgan harbiy okruglar, hududiy harbiy, transport va ixtisoslashtirilgan prokuraturalar.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshida Iqtisodiyotga oid jinoyatlarga qarshi kurash Departamenti, Majburiy ijro byurosi faoliyat yuritadi.

3. PROKUROR NAZORATIGA OID HUJJATLAR TURLARI

Qonun buzilganligini aniqlab, prokuror quyidagi choralarni ko‘rishi mumkin: protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantirish.

Qonunga zid hujjat qabul qilinganda prokuror uni qabul qilgan organga protest kiritadi. Xuddi shunday tartibda mansabdor shaxsning noqonuniy qarori uchun ham prokuror tomonidan protest kiritiladi.

Protest kelib tushgach, o‘n kundan kechiktirilmagan muddatda ko‘rib chiqilishi kerak. Protest ko‘rib chiqilganligi haqidagi natija uch kun ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi.

Mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan qonun buzilishining mazmunidan kelib chiqqan holda prokuror jinoiy ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida, ma’muriy javobgarlik qo‘llash to‘g‘risida qaror chiqaradi.

3. PROKUROR NAZORATIGA OID HUJJATLAR TURLARI

Qonun buzilishini bartaraf etish, uning sabablari va yo‘l qo‘yilishiga sababchi sharoitlar to‘g‘risidagi taqdimnoma prokuror tomonidan organga yoki qonun buzilishini bartaraf etishga mas’ul mansabdor shaxsga kiritiladi. Taqdimnoma kechiktirilmay ko‘rib chiqilishi shart va ko‘rilgan chora-tadbirlar haqida bir oy ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinishi kerak.

Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat qilishi mumkin.

Fuqarolarning qonun bilan himoya qilinadigan manfaatlari, huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan noqonuniy xatti-harakatlar haqida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, prokuror tomonidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi to‘g‘risida yozma shaklda mansabdor shaxslarga va fuqarolarga ogohlantirish ma’lum qilinadi va qonun buzganligi uchun javobgar ekanligi bildiriladi.

2-topshiriq

1. Qotillik sodir etildi. Qotilni jinoyat qilganlikda ayblash maqsadida jinoiy qidiruv boshlig‘i qotillikda gumon qilinayotgan shaxsga keladigan barcha xat- larni ochib o‘qish to‘g‘risida buyruq berdi.

Sizningcha, prokuror ushbu qarorni bekor qilishi lozimmi? 2. Ba’zi hollarda sud muhokamasi davomida prokuror sudlanuvchini umrbod qamoq jazosi tayinlanishini talab qilishga majburdir.

Savollar: Sizningcha, bu hol mamlakatda shafqatsizlik keng tarqalishiga imkoniyat yaratmaydimi?

Qonun chiqaruvchilardan ko‘pchiligi prokuratura organlarining har qanday davlat organlaridan, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan to‘liq mustaqil bo‘lishi masalasini hal qilishga urinib ko‘rmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida quyidagi chora-tadbirlar belgilangan:

3-topshiriq

1. Prokuratura organlari mustaqilligi muammosini hal etish borasida o‘z chora-tadbirlaringizni taklif eting.

Savollar: 2. Balki, Siz prokuratura organlariga juda ko‘p vakolatlar berilgan, ular tomonidan hokimiyat suiiste’moliga yo‘l qo‘yilishi ehtimoldan xoli emas, deb hisoblarsiz? Xo‘sh, prokuratura organlarining faoliyati ustidan nazorat qilish uchun nimani taklif etasiz?

3. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq prokuror lavozimini egallab turgan davrda prokurorning boshqa haq to‘lanadigan lavozimni egallashi va partiyalarga yoki ommaviy harakatlarga a’zo bo‘lishi taqiqlangan.

Savollar: Fikringizcha, bu taqiqlar prokurorlarning mamlakat fuqarosi sifatidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy huquqlarini buzmaydimi?

Yakunlarni chiqaramiz

prokuratura – qonunlarning bir xilda ijro etilishi ustidan nazorat;

O‘zbekiston Respublikasi

prokuror – sudda davlat ayblovchisi sifatida;

prokuratura sud tizimiga kirmaydi;

prokuratura organlariga Bosh prokuror rahbarlik qiladi;

prokurorlarga taqiqlangan:

moliyaviy ta’minot faqat davlat budjeti hisobidan;

«Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonun.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. Prokuratura organlari nima maqsadda tashkil etilgan? 2. Prokuror sudda qanday rol o‘ynaydi? 3. Prokuratura organlarini kim boshqaradi va ular faoliyatini kim nazorat qiladi? 4. Qonun buzilgan holatlar aniqlangan hollarda prokuror tomonidan qanday chora-tadbirlar ko‘riladi? 5. Prokuraturaga murojaat qilishning xususiyatlari nimalardan iborat? 6. Prokuratura organlarining moliyaviy ta’minoti qanday amalga oshiriladi?

Yodda tuting!

Prokuratura organlari ish faoliyati qonun ustunligini har tomonlama mustahkamlashga, huquq-tartibotni mustahlamkashga, inson va fuqaroning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, shaxsiy huquq va erkinliklariga, shuningdek, davlat mustaqilligiga, Konstitutsiya bilan mustahkamlab qo‘yilgan ijtimoiy-davlat tuzishiga, siyosiy va iqtisodiy tizimga, milliy guruhlar va hududiy tuzilmalarning huquqlariga g‘ayriqonuniy tajovuzlardan himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan.

SIZNING UYINGIZ – SIZNING QO‘RG‘ONINGIZ

Xonadoningiz kalitini hech mahal pochta qutisida, gilamcha tagida, boshqa istalgan shartli joyda qoldirmang. Eng maqbul variant – kalitni qo‘shnilardan birida qoldiring.

Mabodo uyda bir o‘zingiz bo‘lsangiz, eshik taqillaganda yo qo‘ng‘iroq jiringlaganda ochmang, eshik ortida turgan holda so‘zlashing. Qandaydir yordam, suv berish borasidagi iltimosga, elektr hisoblagichni yoki gazni tekshirib ko‘rish to‘g‘risidagi taklifga: «Kattalar uyda yo‘q, keyinroq keling», qabilida javob qiling.

Xonadoningizga kirib olish borasidagi xiralik davom etaversa, ikki- lanmang, militsiyaga qo‘ng‘iroq qiling.

Ushbu telefon raqamlarini eslab qoling:

101 – o‘t o‘chirish xizmati 102 – militsiya 103 – tez tibbiy yordam 104 – gaz xizmati 1050 – qutqaruv xizmati (FVV)

7 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari

Bilimingizni sinang

Tarjimasi «g‘amxo‘rlik qilmoq» ma’nosini anglatadigan lotincha ibora qaysi?
  1. arbitr
  2. prokuror
  3. notarius
  4. advokat

To‘g‘ri javob: prokuror. Lotincha prokuror iborasi davlat qonunlariga so‘zsiz rioya etilishi borasida g‘amxo‘rlik qilish ma’nosini bildiradi.

Sud majlisida ishtirok etgan prokuror davlat nomidan sudlar harakatlarida qonun buzilishini aniqlash uchun nazoratning qaysi turini amalga oshiradi?
  1. Sud nazorati
  2. Jamoatchilik nazorati
  3. Idoraviy nazorat
  4. Prokuror nazorati

To‘g‘ri javob: Prokuror nazorati. Prokuror sud majlisida davlat nomidan prokuror nazoratini amalga oshiradi va qonun buzilishini aniqlaydi.

Lotincha «prokuror» iborasining tarjimasi qanday ma’noni anglatadi?
  1. g‘amxo‘rlik qilmoq
  2. himoya qilmoq
  3. nazorat o‘rnatmoq
  4. ayblov bildirmoq

To‘g‘ri javob: g‘amxo‘rlik qilmoq. Prokuror iborasi lotincha «g‘amxo‘rlik qilmoq» ma’nosini beradi.

Prokuratura organlarining sud tizimiga munosabati to‘g‘risida qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Sud tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi
  2. Sud tizimiga kirmaydi va suddan mustaqildir
  3. Sud tizimiga kiradi, ammo Prezidentga bo‘ysunadi
  4. Faqat jinoyat ishlari bo‘yicha sud tizimiga kiradi

To‘g‘ri javob: Sud tizimiga kirmaydi va suddan mustaqildir. Prokuratura organlari sud tizimiga kirmaydi va suddan mustaqildir.

Sud qonunga mos bo‘lmagan qaror qabul qilgan holda prokuror qanday chora ko‘radi?
  1. Sud qarorini o‘zi bekor qiladi
  2. Sudyaga taqdimnoma kiritib, uni lavozimdan oladi
  3. Yuqori turuvchi sudga protest bilan murojaat qiladi
  4. Sud qarorini ijro etilishini o‘z qarori bilan to‘xtatadi

To‘g‘ri javob: Yuqori turuvchi sudga protest bilan murojaat qiladi. Prokuror sudning qonunga zid qaroriga nisbatan yuqori turuvchi sudga protest bilan murojaat qiladi.

Sud qarori kuchga kirganidan keyin ham prokuratura organlari nimaning ustidan nazorat qiladi?
  1. Sudyalarning mehnat haqi to‘g‘ri to‘lanishi va ularga ijtimoiy kafolatlar berilishi ustidan
  2. Mahkumlarning jazoni ijro etishdan ozod qilinishi va ularning muddatidan oldin chiqishi ustidan
  3. Sud majlisi kotibining hujjatlarni yuritishi va ularni arxivga topshirishi ustidan
  4. Qamoqqa mahkum etilganlarning huquqlari qamoqda saqlash joylarida buzilmasligi ustidan

To‘g‘ri javob: Qamoqqa mahkum etilganlarning huquqlari qamoqda saqlash joylarida buzilmasligi ustidan. Qaror kuchga kirgandan keyin ham mahkumlar huquqlari qamoqda saqlash joylarida buzilmasligi nazorat qilinadi.

Viloyat sudi qonunga mos bo‘lmagan qaror chiqardi. Prokuror Nodir qaror yuzasidan qanday harakat qilishi kerak?
  1. Sud qarorini o‘z buyrug‘i bilan bekor qiladi va o‘rniga yangi qaror chiqaradi
  2. Sudya ustidan jinoyat ishini o‘zi hal etib, jazo tayinlaydi va hukm chiqaradi
  3. Yuqori turuvchi sudga protest bilan murojaat qilib, qarorni qayta ko‘rishni talab qiladi
  4. Qarorni e’tiborsiz qoldiradi, chunki prokuror sudga aralasha olmaydi, protest bermaydi

To‘g‘ri javob: Yuqori turuvchi sudga protest bilan murojaat qilib, qarorni qayta ko‘rishni talab qiladi. Prokuror sudning qonunga zid qarorini qayta ko‘rish talabi bilan yuqori sudga protest keltiradi.

Konstitutsiyaning qaysi moddasiga ko‘ra qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni Bosh prokuror va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi?
  1. 144-modda
  2. 143-modda
  3. 142-modda
  4. 145-modda

To‘g‘ri javob: 143-modda. Bu qoida Konstitutsiyaning 143-moddasida belgilangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAmaliyot darsi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis deputatlari va senatorlari sayloviKeyingi →O‘zbekiston Respublikasida moliya va kredit