XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ 9-sinf · Konstitutsiyaviy huquq asoslari · 30-§

O‘zbekiston Respublikasida moliya va kredit

V bo‘lim. Konstitutsiya – mamlakatda demokratiyani rivojlantirish kafolati

Mavzu ustida ishlash natijasida: – O‘zbekiston Respublikasida moliya va kredit tizimining huquqiy asoslari haqida;

1. HUQUQ VA IQTISODIYOTNING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Biz yashayotgan zamon – bozor munosabatlari gurkirab rivojlanayot- gan, turli mulk shakllari paydo bo‘layotgan va takomillashib borayotgan davrdir. Bugun respublikamizda yashab turgan har bir kishida o‘z korxo- nasini ochish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish va shu tariqa o‘z farovonligini ta’minlash imkoniyati yuzaga keldi.

Asosiy qonun belgilaydi

Fuqarolar farovonligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 65-modda.

Huquq normalari mamlakatda shakllangan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlab qo‘yadi va bu bilan iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Huquqiy normalar (qonunlar, farmonlar va hukumat qarorlari) tadbirkorlikni rivojlantirishga, mulkchilikning turli shakllarini mustahkamlashga ko‘mak beradi, tadbirkorlar va biznesmenlar manfaatlarini himoya qiladi. Binobarin, Konstitutsiyada davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, shuningdek, barcha mulk shakllarining huquqiy muhofaza etilishini kafolatlashi to‘g‘risidagi qoida mustahkamlab qo‘yilgan.

Asosiy qonun belgilaydi

Davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart- sharoitlar yaratadi, iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.O‘zbekiston Respublikasida barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi. Xususiy mulk daxlsizdir. Mulkdor o‘z mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 65-modda.

Shunday qilib, huquq iqtisodiyotga quyidagicha ta’sir o‘tkazadi: – qonunlar shakllangan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaydi; – huquq mamlakat iqtisodiy rivojlanishi barqarorligini tan oladi va kafolatlaydi;

1-topshiriq

Savollar: Sizningcha, tadbirkorlik bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanishi uchun inson qanday fazilatlarga ega bo‘lishi kerak? Barcha xohlovchilar bozor munosabatlarini rivojlantirishda ishtirok etishlari uchun mamlakatda qanday shart-sharoitlar yaratib berilishi lozim?

2. DAVLATNING MOLIYA TIZIMI

Davlatning moliya tizimi davlat pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish, taqsimlash va foydalashishi uchun mavjud bo‘ladi. Moliya tizimiga mamlakatning moliya muassasalari – banklar, omonat kassalari va hokazolar kiradi.

A i b l il di O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul va bank tizimiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 147-modda.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan iboratdir.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 148-modda.

Davlatning moliyaviy-iqtisodiy faoliyati quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

Yodda tuting!

Moliya (fransuzcha «finance» – naqd, daromad) – keng ma’noda: pul mablag‘lari, davlat pul mablag‘larining aylanishi.

Moliya tizimi – davlat va xo‘jalik yurituvchi subyektlar pul mablag‘lari jamg‘armalarini tashkil etish, taqsimlash va ulardan foydalanish shakllari va metodlari tizimidir.

2-topshiriq

Savollar: O‘zingizni davlatning Moliya vaziri o‘rnida tasavvur qiling. Mamlakat asosiy mablag‘larini iqtisodiyotning qaysi tarmoqlariga sarflagan bo‘lardingiz? Nima uchunligini tushuntirib bering? Bu qanday tarzda mamlakat iqtisodiyotining umumiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi?

3. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING PUL TIZIMI O‘zbekiston Respublikasining pul tizimi rasmiy pul birligini, pul muomalasi tashkil etilishi va tartibga solinishini o‘z ichiga oladi. 1994- yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi rasmiy pul birligi – so‘m muomalaga kiritilgan. 1994-yil 15-oktabrdan e’tiboran respublika hududida barcha to‘lovlar va hisob-kitoblar faqat milliy valutada – so‘mda amalga oshiriladi.

2-topshiriq

So‘m – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki chiqaradigan qog‘oz banknotlar va metall tangalar. O‘zbekiston Respublikasida so‘m yagona pul vositasi sanaladi.

4. DAVLATNING BANK TIZIMI Banklar tashkil etilishi va faoliyati huquqiy negizini «Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun, Prezident farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hujjatlari tashkil qiladi.

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan va banklardan iboratdir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 151-modda.

Yodda tuting!

Bank – asosiy ish faoliyati pul mablag‘larini jalb etish va joylashtirish hamda hisob-kitoblarni amalga oshirish bo‘lgan moliya tashkiloti. Iqtisodiy nuqtayi nazardan banklar pul bozorida bo‘sh turganlar bilan qo‘shimcha resurslarga ehtiyoji bo‘lganlar o‘rtasida vositachi sifatida ish yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasining «Markaziy bank to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank milliy valuta barqarorligini muhofaza qilish va ta’minlashga yo‘naltirilgan yagona pul-kredit siyosatini ishlab chiqadi va yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasida naqd pullarni muomalaga chiqarish va muomaladan olib qo‘yishning mutlaq huquqi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taalluqlidir. Banknotlarning qalbakilashtirilishi va qonunga xilof yasalishi qonun tomonidan ta’qib etiladi.

3. SOLIQLAR NEGA KERAK?

Soliq – barcha yuridik va jismoniy shaxslar davlat yoki mahalliy budjetga amalga oshiradigan umummajburiy to‘lovlarning bir turi.

Soliqlarni belgilash, yuritish va to‘lash bilan bog‘liq barcha munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan boshqariladi. Mazkur Kodeksga muvofiq soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida soliq to‘lovchilar uchun yagona sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 7-moddasiga muvofiq, soliq qonunchiligi soliq solishning majburiylik, aniqlik va soliq organlarining soliq to’lovchilar bilan hamkorligi adolatlilik, soliq tizimining yagonaligi, oshkoralik va soliq to‘lovchining haqligi prezumpsiyasi prinsiplariga asoslanadi.

3. SOLIQLAR NEGA KERAK?

Soliqqa tortish bevosita – hisobga olingan daromaddan yoki mol-mulk qiymatidan hamda bilvosita bo‘ladi, ya’ni tovar va xizmatlar narxini, aksiz solig‘ini, bojxona bojlarini va hokazolarni oshirish orqali undiriladi.

Yodda tuting!

Har bir shaxs ushbu Kodeksda belgilangan soliqlar va unda nazarda tutilgan yig’imlarni to‘lashi shart.

O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, 8-modda.

3-topshiriq

Savollar: Sizningcha, soliq iqtisodiyotga va mamlakat aholisining turmush darajasiga qay tarzda ta’sir o‘tkazadi?
Savollar: Soliqlar yig‘imi bo‘lmagan mamlakatni ayta olasizmi?

Soliqlar yig‘imisiz mamlakat mavjud bo‘la olmaydi. Chunki davlat ta’lim berish, mamlakat chegaralarini qo‘riqlash va davlat ichkarisida tartib saqlash, davlat organlarining ishini muvofiqlashtirish kabi vazifalarni o‘z zimmasiga olgan. Soliq yig‘imi bo‘lmasa, faoliyati moddiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha shaxslarga mehnat haqini to‘lash imkoniyati ham bo‘lmaydi.

Maktabgacha ta’lim muassa-

Huquqni muhofaza

Sog‘liqni saqlash qiluvchi organlar muassasalari salari

3-topshiriq

Fan, madani-

Yo‘l infratuzilmasi

Davlat

yat va san’at hokimiyati va Sudlov organlari

Atrof-muhit muhofazasi

Pensiyalar

Ijtimoiy yordam (nogironlar, kam ta’minlangan oilalarga va

Ta’lim

moddiy qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘lgan boshqa toifa-

dagi fuqarolarga nafaqalar)

Asosiy qonun belgilaydi

O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga huquqi O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 149-modda.

4-topshiriq

Savollar: Soliqlarni to‘lamaganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortishni adolatli deb hisoblaysizmi? O‘z javobingizni asoslab bering.

Shunday qilib, huquqlar va iqtisodiyot inson turmush darajasi va qo‘yilgan maqsadlarni bajarishi bilan bevosita bog‘liq. Chunki china- kamiga baxtli odamlarning aksariyati o‘zlarini shaxs sifatida namoyon eta olganlari – o‘z niyatlarini jamiyatga kerakli ishda ro‘yobga chiqar- ganlari, o‘z xatti-harakatlari orqali iqtisodiy mustaqillikka erishganlari uchun ham o‘zlarini shunday deb hisoblaydilar.

Yakunlarni chiqaramiz

o‘z moliya va kredit tizimi; asosiy vazifa – budjetni qabul qilish va ijro etish, soliqlar yig‘imi; pulni muomalaga chiqarish; moliya tizimi – banklar, omonat kassalari; 1994-yil 1-iyul – milliy valuta – so‘m muomalaga kiritildi; Markaziy bank, bank tizimiga rahbarlik qiladi; bosh maqsad – valuta barqarorligini ta’minlash; soliq – fuqarolarning konstitutsiyaviy majburiyati; daromad solig‘i;

O‘zbekiston Respublikasida

soliqlarni Oliy Majlis belgilaydi.

O‘zingizni sinang!

Savollar: 1. Huquq jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlar rivojiga qay tarzda ta’sir o‘tkazadi? 2. Davlat moliya va kredit tizimining asosiy manbalarini ayting. 3. Davlat moliya va bank tizimini tarkib toptiruvchi muassasalarni sanab bering.

XULOSA

Mana, Siz bilan davlatimizning Asosiy qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi sahifalari bo‘ylab sayohatni ham nihoyasiga yetkazdik.

Siz har bir inson hayotida yuzaga keladigan muammolarning ko‘pchiligini qonunchilik yordamida hal qilish mumkinligiga ishonch hosil qildingiz. Ko‘pchiligini, har holda, hammasini emas. Shu bilan birga, inson xatti-harakatlarining axloqiy normalari, uning axloqiy-ma’naviy fazilatlari – vijdon, or-nomus, o‘z qadr-qimmati hissi va hokazo tushunchalar ham mavjuddir. Bular huquqiy ma’rifat – huquqiy madaniyatning qo‘shimcha unsurlaridir, ya’ni huquq insonga havola etadigan barcha ijobiy va qimmatli narsalarni o‘zlashtirishdir. Axloqiy fazilatlar va huquqiy bilimlar majmuyi yuksak huquqiy madaniyat asosini ham tarkib toptiradi.

XULOSA

Ammo qonunga passiv itoatkorlik – jamiyatga zarur bo‘lgan narsa degani emas, aslo. Ham o‘zining, ham o‘zgalarning qonuniy huquqlarini himoya qilishni bilish, qonun buzilishi bilan murosa qilmaslik kerak, negaki buning oqibatida qonuniylikka va huquqiy davlat barpo etish imkoniyatlariga ishonchsizlik tug‘iladi.

Konstitutsiyaviy huquq, anglaganingizdek, O‘zbekiston Respublikasining huquq tizimida yetakchi tarmoq sanaladi.

Uning yetakchilik roli huquqning barcha boshqa tarmoqlarida konstitutsiyaviy g‘oyalarni rivoj toptirishdagina namoyon bo‘lib qolmasdan, balki huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning huquqiy asosi bo‘lib xizmat qilishida ham ko‘rinadi.

XULOSA

Shuni unutmaslik kerakki, O‘zbekistonda davlat mustaqilligiga eri- shilgandan so‘nggina bu strategik muhim maqsad qo‘yildi.

O‘zbekistonning konstitutsiyaviy huquqida huquqiy davlatga xos barcha prinsiplar mujassamlashgan.

Biroq konstitutsiyaviy prinsiplar o‘z-o‘zidan huquqiy davlat yarat- maydi. Huquqiy davlatni qonunlar emas, insonlarning o‘zi, jamiyat yaratadi. Qonunlarning ahamiyati shundaki, ular jamiyat qurilishining huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.

Umid qilamizki, huquqshunoslik fanidan olgan bilimlaringiz kundalik hayotingizda yuzaga keladigan muammolarni kelajakda emas, bugun ham hal etishga yordam beradi.

XULOSA

Shunday bo‘lsa-da, erishilgan narsalar bilan kifoyalanib qolmaslik kerak. Qonun chiqaruvchi hokimiyat organlari davlatimiz huquq tizimini takomillashtirish ustida ishlarni davom ettirmoqda. Tevarak-atrofimizdagi hayot yanada pokiza, charog‘on va adolatli bo‘lishi ham o‘zimizga bog‘liqdir. Qo‘lni qo‘lga berib, yelkama-yelka tursak, ona Vatanimizni huquqiy davlatga, baxtiyor va gullab-yashnagan mamlakatga aylantira olamiz.

TEKSHIRISH

O‘zbekiston Respublikasi «Konstitutsiyaviy huquq asoslari» fanini o‘rganganda huquqqa oid terminlarni qanday o‘zlashtirganingizni tekshirib ko‘ring, o‘zingizni sinang. Qiynalganda ko‘rsatilgan sahifalardagi darslik matniga murojaat qiling.

Konstitutsiya – 5 Huquq – 7 Huquq-tartibot – 7 Konstitutsiyaviy huquq – 7 Muqaddima (Preambula) – 15 Suverenitet – 17 Demokratiya – 20 Vakillik demokratiyasi – 20 Referendum – 20 Hokimiyatlar bo‘linishi prinsipi – 22, 102 Tashqi siyosat – 25 Xalqaro huquq – 26 Hokimiyat – 31 Apatridlar – 62 O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi – 139 Gipoteza – 112 Fuqarolik – 37 Diskriminatsiya (kamsitish) – 62 Qonunchilik tashabbusi – 112 Vazirlar Mahkamasi – 122 Xalq deputatlari Kengashi – 128

TEKSHIRISH

Respublika Konstitutsiyaviy sudi – 139 Konfederatsiya – 95 Madaniy huquqlar – 35 Shaxsiy huquq va erkinliklar – 34 Majoritar saylov tizimi – 155 Jamoat birlashmalari –78 Oliy Majlis – 109 Ombudsman – 70 Siyosiy partiyalar – 80 Siyosiy huquqlar – 34 Konstitutsiyani o‘zgartirish tartibi – 179 Prezident – 119 Aybsizlik prezumpsiyasi – 141 Prokuror – 160 Proporsional saylov tizimi – 155 Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi – 132 Sanksiya – 112 Sud – 137 Fuqarolar yig‘ini – 131 Unutar davlat – 97 Federatsiya – 98 Moliya tizimi – 169 Hokim – 128 Senzura – 86 Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar – 35

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Konstitutsiyaning 65-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini nima tashkil etadi?
  1. Xilma-xil shakllardagi mulk
  2. Faqat davlat mulki
  3. Faqat xususiy mulk
  4. Jamoa va davlat mulkining uyg‘unligi

To‘g‘ri javob: Xilma-xil shakllardagi mulk. Iqtisodiyotning negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi (65-modda).

O‘zbekiston Respublikasida mulk shakllariga nisbatan qaysi tamoyil ta’minlanadi?
  1. Davlat mulkining ustuvorligi va uning boshqa shakllardan yuqori turishi
  2. Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy himoyasi
  3. Xususiy mulkning davlat mulkidan ustunligi va uning ko‘proq himoyasi
  4. Mulk shakllarining ixtisoslashuvi va ularning sohalarga ajratilishi

To‘g‘ri javob: Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy himoyasi. Barcha mulk shakllarining teng huquqliligi va huquqiy jihatdan himoya qilinishi ta’minlanadi.

Konstitutsiyaga ko‘ra mulkdor o‘z mol-mulkidan qanday asosda mahrum etilishi mumkin?
  1. Faqat hokim qaroriga asosan, sud qarorisiz va tegishli tartibsiz
  2. Faqat soliq inspeksiyasi talabiga ko‘ra va bu talab bajarilmaganda
  3. Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda hamda sud qaroriga asosan
  4. Davlat manfaati bo‘lsa, istalgan davlat organi qaroriga ko‘ra va tartibsiz

To‘g‘ri javob: Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda hamda sud qaroriga asosan. Mulkdor qonunda nazarda tutilgan hollar va tartibdan tashqari hamda sud qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.

Davlat nimani kafolatlaydi (iste’molchilar huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda)?
  1. Barcha fuqarolarga bir xil miqdorda daromad olish imkoniyatini
  2. Faqat davlat korxonalarida mehnat qilish huquqini va ish haqini
  3. Narxlarni davlat tomonidan to‘liq belgilab qo‘yilishini va nazoratini
  4. Iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini

To‘g‘ri javob: Iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini. Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.

Huquqning iqtisodiyotga ta’siri haqida qaysi hukm to‘g‘ri?
  1. Qonunlar iqtisodiy munosabatlarga ta’sir ko‘rsatmaydi
  2. Qonunlar shakllangan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaydi
  3. Qonunlar faqat yangi munosabatlarni taqiqlaydi
  4. Qonunlar mulk shakllarini bekor qiladi

To‘g‘ri javob: Qonunlar shakllangan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaydi. Qonunlar shakllangan iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlaydi.

Fuqaro Rustamning xususiy uyi yo‘l qurilishi uchun kerak bo‘lib qoldi. Hokimlik uyni sud qarorisiz olib qo‘ymoqchi. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Hokimlik jamoat manfaati uchun uyni sud qarorisiz olishi mumkin, chunki bu davlat ehtiyoji
  2. Xususiy mulk daxlsiz: sud qarorisiz va qonunda nazarda tutilgan tartibsiz uni olib qo‘yib bo‘lmaydi
  3. Faqat uyning qiymati pul bilan to‘lansa, sud qarori shart emas va uy olinadi, chunki to‘lov bor
  4. Xususiy mulk daxlsizligi faqat yuridik shaxslarga tegishli, fuqarolarga tegishli emas

To‘g‘ri javob: Xususiy mulk daxlsiz: sud qarorisiz va qonunda nazarda tutilgan tartibsiz uni olib qo‘yib bo‘lmaydi. Mulkdor sud qaroriga asoslanmagan holda mol-mulkdan mahrum etilishi mumkin emas (65-modda).

Davlatning moliya tizimi nima uchun mavjud bo‘ladi?
  1. Faqat soliqlarni undirish va davlat xarajatlarini qoplash uchun, shuningdek zaxira
  2. Barcha banklarni yopib, pul mablag‘larini markazlashtirish uchun va nazorat qilish
  3. Davlat pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish, taqsimlash va foydalanish uchun
  4. Faqat xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish va valuta almashtirish uchun

To‘g‘ri javob: Davlat pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish, taqsimlash va foydalanish uchun. Moliya tizimi davlat pul mablag‘lari jamg‘armalarini yaratish, taqsimlash va foydalanish uchun mavjud.

Konstitutsiyaning 147-moddasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi qanday tizimlarga ega?
  1. Faqat o‘z pul tizimiga
  2. Xalqaro moliya tizimiga bo‘ysunuvchi bank tizimiga
  3. Faqat o‘z soliq tizimiga
  4. O‘z moliya, pul va bank tizimiga

To‘g‘ri javob: O‘z moliya, pul va bank tizimiga. Respublika o‘z moliya, pul va bank tizimiga ega (147-modda).

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiO‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlariKeyingi →Yakuniy takrorlash