XotirAI logotipiXotirAI
⚖️ «Iste’molchilar huquqlari» qonuni · 18–26-m.

Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi (3/4)

Moddalar

18-modda. Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi

Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida ushbu tovar sotib olingan joydagi sotuvchidan uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, pulini qaytarib olishga haqli.

Agar tovardan foydalanilmagan, u shikastlanmagan, qadog‘i bilan qaytarilgan bo‘lsa, uning iste’mol xususiyatlari saqlangan va ushbu sotuvchidan sotib olganligini tasdiqlovchi asoslar bo‘lsa, iste’molchining tovarni almashtirish yoxud qaytarib olish haqidagi talabi qanoatlantirilishi lozim.

Agar taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, iste’molchi tomonidan to‘langan pul summasini unga qaytarish tovar uchun haq to‘lash qanday shaklda amalga oshirilgan bo‘lsa, xuddi shunday shaklda amalga oshiriladi.

Almashtirib olish tartibi va almashtirib berilmaydigan tovarlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tasdiqlaydigan qoidalar bilan belgilanadi.

19-modda. Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari

Ijrochi ayrim turdagi ishlarni bajarish (xizmatlar ko‘rsatish) qoidalarida yoki shartnomada belgilangan muddatda, hajmda va sifatda ishni bajarishi (xizmat ko‘rsatishi) shart.

Ishni bajarish (xizmat ko‘rsatish) muddati ish bajarilishi (xizmat ko‘rsatilishi) lozim bo‘lgan sanaga (davrga), shuningdek, ijrochi ishni bajarishga (xizmat ko‘rsatishga) kirishishi lozim bo‘lgan sanaga (davrga) qarab belgilanishi mumkin. Agar ish bajarish xizmat ko‘rsatish shartnomaning amal qilish muddati davomida qismlarga bo‘lib-bo‘lib ado etiladigan bo‘lsa (vaqtli matbuotni yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish va boshqalar), ishlar bajarish (xizmatlar ko‘rsatish)ning bosqichma-bosqich muddatlari (davrlari) nazarda tutilishi kerak.

Agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli.

Agar ijrochi shartnoma shartlarini ish (xizmat)ni yomonlashtirgan darajada jiddiy buzgan bo‘lsa, yoxud ishda (xizmatda) boshqa jiddiy nuqsonlarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, iste’molchi o‘z xohishiga ko‘ra nuqsonlar bepul bartaraf etilishini, bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) bahosi nuqsonlarga mutanosib ravishda kamaytirilishini, xuddi shunday sifatli shu xildagi materialdan boshqa buyum bepul tayyorlab berilishini yoxud ishning takroran bajarilishini yoinki shartnoma bekor qilinib, ko‘rilgan zarar to‘liq qoplanishini talab qilishga haqli.

19-modda. Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari (davomi)

Iste’molchi ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan huquqlarni:

ishni (xizmatni) qabul qilib olish vaqtida yoki uning bajarilishi jarayonida nuqsonlar aniqlangan taqdirda;

kafolat muddati davomida, kafolat muddati bo‘lmagan taqdirda esa, ish (xizmat) qabul qilib olingan kundan e’tiboran olti oy davomida;

import yoki boshqa ko‘chmas mulkda nuqsonlar aniqlangan kundan e’tiboran ikki yil davomida ro‘yobga chiqarishi mumkin.

Ish bajarish (xizmat ko‘rsatish) jarayonida aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish muddatlari shartnomada belgilab qo‘yiladi. Bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)dagi nuqsonlar, agar shartnomada birmuncha qisqaroq muddat belgilanmagan bo‘lsa, iste’molchi talab qilgan kundan e’tiboran yigirma kun ichida ijrochi tomonidan bartaraf etilishi kerak. Nuqsonlar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan, shuningdek, ish bajarishni (xizmat ko‘rsatishni) boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda, ijrochi iste’molchi har bir kechiktirilgan kun, soat (agar muddat soatlarda belgilangan bo‘lsa) uchun ish (xizmat) qiymatining yoki buyurtma qiymatini (agar uning qiymati alohida belgilanmagan bo‘lsa) bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘laydi.

Iste’molchi undirib olgan neustoyka (penya) summasi ish bajarish (xizmat ko‘rsatish)ning alohida turi bahosidan yoki buyurtmaning umumiy bahosidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.

Bajarilgan ishdagi nuqsonlarni bartaraf etish kechiktirilganligi uchun ijrochi to‘lagan neustoyka (penya) qoplanishi lozim bo‘lgan zarar hisobiga kirmaydi.

19-modda. Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari (davomi)

Ijrochining majburiyatni umuman yoki lozim darajada bajarilmaganlik uchun neustoyka (penya) to‘lashi va zararni qoplashi uni majburiyatni asl holida bajarishdan ozod etmaydi.

Iste’molchidan qabul qilib olingan ashyo (material) yo‘qolgan, ishdan chiqqan, unga putur yetgan taqdirda yoki iste’molchining materialidan foydalanib bajarilgan ishda jiddiy nuqsonlar bo‘lsa yo u buzib bajarilgan taqdirda ijrochi iste’molchiga aynan o‘xshash sifatli ashyoni qaytarishi (o‘zining aynan o‘xshash sifatli materialidan ish bajarishi yoki xizmat ko‘rsatishi), buning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda esa, ashyoning (materialning) talab qo‘yilgan paytdagi qiymatini ikki baravar qilib to‘lashi shart.

Ijrochi tomonidan ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun qabul qilib olinayotgan ashyo (material) qiymati shartnoma tuzish paytida tomonlarning kelishuviga muvofiq belgilanadi.

Ishda (xizmatda) jiddiy nuqsonlar mavjud bo‘lganida yoki shartnoma talablari jiddiy buzilganida, shuningdek, ashyo (material) yo‘qolgan, ishdan chiqqan, unga putur yetgan taqdirda iste’molchi bilan hisob-kitob ishning (xizmatning) yoki materialning shartnomani bekor qilish paytidan oshgan narxini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Sifatsiz bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat) tufayli iste’molchiga yetkazilgan zarar uchun ijrochi ushbu Qonunning 20, 22, 27, 29-moddalariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha iste’molchilar bilan ijrochi o‘rtasidagi munosabatlarning o‘z mohiyatiga ko‘ra ushbu moddaga mos kelmaydigan xususiyatlari, shuningdek, shartnomalarning umuman yoki lozim darajada ijro etilmaganligi tufayli kelib chiqadigan oqibatlar bunday shartnomalarning alohida turlari to‘g‘risida qonunchilikda belgilab qo‘yiladigan qoidalar bilan aniqlanadi.

20-modda. Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik

Tovar (ish, xizmat)ning tuzilishiga, ishlab chiqarilishiga, tarkibiga bog‘liq bo‘lgan va boshqa nuqsonlari, shuningdek iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkining xavfsizligini ta’min eta olmaydigan materiallar, uskunalar, asbob-anjomlar, moslamalar yoki boshqa vositalar qo‘llanilishi oqibatida iste’molchining hayotiga, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.

Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida iste’molchining hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan birga solidar javobgar bo‘ladi.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnoma munosabatlariga kirishgan-kirishmaganidan qat’i nazar, har qanday iste’molchi tovar (ish, xizmat)ning nuqsoni tufayli yetkazilgan zarar qoplanishini talab qilish huquqiga ega.

Iste’molchining hayoti, sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar, agar u normativ hujjatlarda nazarda tutilgan tovarning xizmat (yaroqlilik) muddati mobaynida, bunday muddat belgilanmagan taqdirda esa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilingan) paytdan e’tiboran o‘n yil mobaynida yuzaga kelgan bo‘lsa, qoplanishi lozim.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) zarar bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuch yoki foydalanish, saqlash yoxud tashishning belgilangan qoidalari iste’molchi tomonidan buzilishi tufayli yetkazilganligini isbotlasa, u javobgarlikdan ozod qilinadi.

20-modda. Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik (davomi)

Tovarda (ishda, xizmatda) nuqsonlar borligi va uning normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi tasdiqlangan taqdirda, sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) tekshiruv (test, ekspertiza) o‘tkazgan iste’molchiga yoki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli davlat organlariga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) tekshirish (testdan o‘tkazish, ekspertiza qilish) bilan bog‘liq xarajatlarning o‘rnini to‘liq qoplashi kerak.

21-modda. Shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan shartlari haqiqiy emasligi

Shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan va qonunchilikka zid bo‘lgan talablari haqiqiy emas deb hisoblanadi. Agar ularni qo‘llanishi natijasida iste’molchiga zarar yetkazilgan bo‘lsa, bu zarar ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.

Sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga qistashga, shuningdek ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq olishga haqli emas.

Shartnomaga iste’molchilarning qonunchilikda nazarda tutilgan huquqlarini kamsitadigan shartlarni kiritish, shuningdek ularga qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va afzalliklarni bermaslik taqiqlanadi.

22-modda. Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash

Iste’molchining huquqlari buzilishi tufayli unga yetkazilgan ma’naviy zarar uchun uni yetkazgan shaxs, basharti u aybdor bo‘lsa, haq to‘lashi lozim. Ma’naviy zarar uchun to‘lanadigan haq miqdorini sud belgilaydi.

Ma’naviy zarar uchun haq to‘lash mulkiy ziyon va iste’molchi ko‘rgan zararning o‘rni qoplanishidan qat’i nazar, amalga oshiriladi.

23-modda. Iste’molchilar huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash

Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.

Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar ta’minlaydilar.

Sotuvchi (ishlab chiqaruvchi, ijrochi) bilan shartnomaviy munosabatlarda iste’molchi qonunchilikda nazarda tutilgan o‘z talablari qanoatlantirilishi uchun ustuvor huquqqa ega.

Quyidagilar iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir: O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi; O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi; O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi; O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini o‘z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi organlari.

24-modda. Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan iste’molchilar huquqlarining himoya qilinishi

Iste’molchilar huquqlari himoya qilinishi uchun mahalliy hokimiyat organlari:

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik bajarilishini tashkil etadilar;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish vakolati berilgan davlat organlari va iste’molchilarning jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qiladilar;

iste’molchilarning shikoyatlari, arizalari va takliflarini ko‘rib chiqadilar;

o‘z huquqlari doirasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradilar.

25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida o‘z vakolatlari doirasida:

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati ishlab chiqilishini va uning amalda ro‘yobga chiqarilishini amalga oshiradi;

davlat organlarining va tashkilotlarning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;

iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) nazorat xaridi amalga oshirilishini, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda ularning ekspertizadan (testdan) o‘tkazilishini tashkil etadi;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishi faktlari mavjud bo‘lgan taqdirda, tadbirkorlik subyektlarida (moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashmagan holda) tekshirishlarni o‘tkazadi;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining, shuningdek qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning iste’molchilarga tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazadi;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikning qo‘llanilishiga doir masalalar yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradi;

25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi va uning hududiy organlari (davomi)

iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlarni, tushuntirishlarni va boshqa axborotni so‘rab oladi;

iste’molchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) ko‘rsatma yuboradi;

iste’molchilar huquqlarining buzilishi bilan bog‘liq masalalarni sudga qadar hal qilishni tashkil etishga ko‘maklashadi;

sud majlislarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha mutaxassis sifatida belgilangan tartibda ishtirok etadi;

iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etish huquqiga ega;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

26-modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruvi organlarining vakolatlari

Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishini va ularning sifatini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi boshqa davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida:

tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishiga va ularning sifatiga doir majburiy talablarni belgilaydilar hamda bu talablarga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;

tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishiga va ularning sifatiga doir talablar buzilishini bartaraf etish, past sifatli tovarlarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, chiqarish va realizatsiya qilishni to‘xtatish (ishlar bajarilishini, xizmatlar ko‘rsatilishini to‘xtatish), ularni iste’molchilardan qaytarib olish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchilarga (ijrochilarga, sotuvchilarga) ko‘rsatmalar yo‘llaydilar, shuningdek, bu haqda iste’molchilarni xabardor qiladilar;

ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)lar tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishi va ularning sifatiga doir talablarni buzganlari taqdirda ularning ustidan sudlarga da’vo arizasi beradilar.

Tovar (ish, xizmat)lar xavfsiz bo‘lishi va ularning sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Hukumati muvofiqlashtirib boradi.

Bilimingizni sinang

Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran qancha muddat ichida uni ayni shunday tovarga almashtirib olishga haqli?
  1. o‘n kun
  2. o‘n to‘rt kun
  3. bir oy
  4. yetti kun

To‘g‘ri javob: o‘n kun. Maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida almashtirib olish mumkin.

«Iste’molchilar huquqlari» qonuni — 18-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Shartnomaning iste’molchi huquqlarini cheklab qo‘yadigan shartlari haqiqiy emasligi
  2. Oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha tovarni topshirish muddatini (muddatlarini) buzish
  3. Tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartibi
  4. Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi

To‘g‘ri javob: Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi. 18-modda: Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi.

«Iste’molchilar huquqlari» qonuni: «Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi» qaysi moddada belgilangan?
  1. 18-modda
  2. 12¹-modda
  3. 15-modda
  4. 21-modda

To‘g‘ri javob: 18-modda. 18-modda: Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi.

Iste’molchi maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini sotuvchidan ayni shunday tovarga almashtirib olish huquqiga ega bo‘lgan muddat qancha?
  1. Xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida
  2. Xarid qilgan kunidan e’tiboran bir oy ichida
  3. Xarid qilgan kunidan e’tiboran uch kun ichida
  4. Xarid qilgan kunidan e’tiboran yetti kun ichida

To‘g‘ri javob: Xarid qilgan kunidan e’tiboran o‘n kun ichida. 18-moddaga ko‘ra maqbul sifatli nooziq-ovqat tovarini xarid qilgan kunidan o‘n kun ichida almashtirib olish mumkin.

Fuqaro Nodir 5 kun oldin sifatli ko‘ylak sotib oldi, lekin u unga o‘lcham jihatidan mos kelmadi. Ayni shunday ko‘ylak do‘konda sotuvda yo‘q. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Nodir pulini qaytarib olishga haqli
  2. Nodir faqat ko‘ylakni ta’mirlashni talab qila oladi
  3. Nodir faqat boshqa tovar olishga majbur
  4. Nodir hech narsa talab qila olmaydi, chunki tovar sifatli

To‘g‘ri javob: Nodir pulini qaytarib olishga haqli. 18-moddaga ko‘ra bunday tovar sotuvda bo‘lmasa, iste’molchi pulini qaytarib olishga haqli.

Iste’molchi 3 kun oldin sotib olgan poyabzalni bir hafta kiyib yurdi, tagligi yeyildi va endi almashtirishni talab qilmoqda. Qaysi xulosa to‘g‘ri?
  1. Almashtirib berilishi shart, chunki poyabzal sifatsiz bo‘lgan va iste’molchining huquqi buzilgan
  2. Almashtirish mumkin, agar chek bo‘lsa, chunki chek tovarning sifatsizligini isbotlaydi va yetarli
  3. Almashtirish talabi qanoatlantirilmaydi, chunki tovardan foydalanilgan va iste’mol xususiyatlari saqlanmagan
  4. Almashtirish faqat sud orqali mumkin, chunki sotuvchi bunday talabni o‘zi qanoatlantira olmaydi

To‘g‘ri javob: Almashtirish talabi qanoatlantirilmaydi, chunki tovardan foydalanilgan va iste’mol xususiyatlari saqlanmagan. Almashtirish uchun tovardan foydalanilmagan, shikastlanmagan va iste’mol xususiyatlari saqlangan bo‘lishi shart (18-modda).

«Iste’molchilar huquqlari» qonuni — 19-modda qaysi masalani tartibga soladi?
  1. Iste’molchining maqbul sifatli tovarni almashtirib olish huquqi
  2. Tovar (ish, xizmat)ning nuqsonlari tufayli yetkazilgan zarar uchun mulkiy javobgarlik
  3. Nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi
  4. Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari

To‘g‘ri javob: Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari. 19-modda: Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari.

«Iste’molchilar huquqlari» qonuni: «Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari» qaysi moddada belgilangan?
  1. 14-modda
  2. 20-modda
  3. 19-modda
  4. 18-modda

To‘g‘ri javob: 19-modda. 19-modda: Ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma shartlari buzilgan taqdirda iste’molchining huquqlari.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiTovar (ish, xizmat)lar uchun haq to‘lash shakli hamda tartibi (2/4)Keyingi →Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik … (4/4)