XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · Jahon tarixi · 3-mavzu

Fransiya va Germaniya: Yevropada yetakchilik uchun kurash

2. Germaniya uchun Vena kongressi qanday oqibatlarga olib keldi?

3. “Fransiya tarixida Napoleon Bonapart” mavzusida esse yozing.

Parij xalqining qo‘zg‘olon ko‘tarishi

FRANSIYA

Fransiyada Ikkinchi imperiya 1870-yilgacha yashadi. Shu yili boshlangan Fransiya-Prussiya urushi dastlabki janglardanoq Fransiya armiyasining urushga yaroqsizligini ko‘rsatdi. Bir necha og‘ir janglardan so‘ng fransuzlar taslim bo‘ldi, imperator Napoleon III asir olindi.

ESGA OLING

Savollar: Yangi davrda G‘arbiy Yevropada Fransiya va Germaniya munosabatlari keskinlashuviga nima sabab bo‘lgan?

Bu halokat butun Parijni oyoqqa turg‘azdi. Hokimiyat o‘zlarini “milliy mudofaa hukumati” deb atagan bir guruh siyosatchilar va harbiylar qo‘liga o‘tdi. Yangi hukumat o‘zining butun e’tiborini Prussiya bilan kelishishga qaratdi, chunki iqtisodiy vayrongarchilik, ommaning qashshoqligi natijasida vujudga kelgan inqilobiy holatdan qo‘rqqan hukumat har qanday yon berishlar evaziga bo‘lsa ham kelishishga tayyor edi.

Olti oydan buyon prusslar armiyasi tomonidan qamal qilinayotgan Parij shahrining ishsizlik va ochlikdan azob chekayotgan aholisi 1871-yil martda qo‘zg‘olon boshladi. Milliy gvardiyaga birlashgan proletariat Kommunani ta’sis qildi va unda o‘zlarining azaliy orzulari – ijtimoiy respublika tamoyillarini o‘rnatmoqchi bo‘ldilar.

ESGA OLING

Kommuna doimiy armiyani bekor qildi. Burjua sudi ham bekor qilindi. Cherkov davlatdan ajratildi. Rahbar organlarning saylab qo‘yilishi haqidagi dekret qabul qilindi. Kommunani tan olmagan eski amaldorlarning hammasi lavozimlaridan ozod qilindi.

Kommuna Fransiyaning davlat tuzilishini qayta qurish rejasini ishlab chiqdi va e’lon qildi. Rejaga ko‘ra, Fransiya Parij kommunasi tipidagi erkin kommunalarni birlashtirgan respublika bo‘lishi lozim, shaharlar va eng kichik qishloqlar ham o‘z-o‘zini boshqarishning to‘la huquqiga ega bo‘lishi va bu huquqlar qo‘shni kommunalarning shunday huquqlari va mamlakat manfaatlari bilangina chegaralanishi mumkin edi.

ESGA OLING

Barcha urinishlarga qaramasdan, fransuz va pruss armiyalari tomonidan qurshab olingan Parij kommunasi 72 kunlik qizg‘in faoliyatidan so‘ng 28-may kuni quladi. O‘n minglab kishilar o‘ldirildi, qamaldi, surgun qilindi. Umumiy hisobda Parij o‘zining 100 ming o‘g‘il-qizidan ayrildi.

Fransiya imperatori Napoleon III

Parij kommunasidan keyin Fransiyada respublika tuzumi uzil-kesil o‘rnatildi. Monarxiyaga qaytish endi mumkin emasdi: xalq va burjuaziyaning katta qismi biron-bir shakldagi monarxiyani boshqa xohlamasdi. Shu sababli Fransiyada 1870-yil 4-sentyabrda e’lon qilingan Uchinchi respublika Ikkinchi jahon urushigacha mavjud bo‘ldi.

ESGA OLING

1875-yilgi Fransiya konstitutsiyasining xarakteri oxir-oqibatda mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida yuz bergan o‘zgarishlar bilan belgilandi. Bu o‘zgarishlar orasida yirik mashina sanoatiga o‘tishning yakunlanganligi alohida ahamiyat kasb etib, u yangi tarixiy davrning kirib kelayotganligidan darak berardi.

CHIQARING

Savollar: Fransiya-Prussiya urushi hamda Parij kommunasining 72 kunlik faoliyati Yevropa tarixida qanday o‘rin tutadi?

Butun XIX asr davomida Fransiya sanoat ishlab chiqarishining darajasi bo‘yicha Angliyadan keyin – ikkinchi o‘rinni egallab keldi. Asr oxiriga kelib esa yosh kapitalizm mamlakatlari bo‘lgan AQSH va Germaniyadan ham ortda qolib ketdi. Taraqqiyot darajasining sekinlashuvi Fransiya iqtisodiyotining belgilaridan biriga aylandi. Shunga qaramasdan, Fransiya banklari asr oxirida juda katta moliya kapitaliga egalik qilardi. Bu holat banklarning konsentratsiyalashuvi, ularning sanoat bilan qo‘shilib ketishi va moliya kapitalining shakllanishiga olib keldi. Moliya oligarxiyasi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida asosiy kuchga aylandi.

YODDA TUTING

Parij kommunasi 72 kunlik qizg‘in faoliyat olib bordi.

1870-yil 4-sentyabrda Fransiyada Uchinchi respublika e’lon qilindi.

Parij kommunasi yig‘ilishi

XX asr boshlariga kelib Fransiya dunyoning eng qudratli davlatlari qatoriga kirsa-da, inqiloblar va urushlardagi juda katta yo‘qotishlar tufayli rivojlanish sur’atlari tobora pasayib borayotgan edi.

GERMANIYA

Fransiya-Prussiya urushi prussiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlangandan so‘ng, 1871-yil yanvarda Prussiya imperatori Vilgelm I Versal saroyining serhasham oynaband zalida Germaniya imperatori deb e’lon qilindi. Mamlakatni birlashtirish uchun olib borilgan uzoq yillik kurash yakunlandi.

Nemislar tantana qilardi. Bismark mamlakatni birlashtirishni uddaladi. Janubiy german davlatlari bilan shartnomalar imzolandi. 1871-yil bahorida birinchi imperiya reyxstagi konstitutsiya qabul qildi. Konstitutsiya Prussiyaning imperiyadagi yetakchilik rolini mustahkamladi. Germaniya jadal rivojlanayotgandi, uning sanoat mollari barcha qit’alardagi bozorlarga kirib borgandi. Xo‘sh, bunday muvaffaqiyat siri nimada edi?

GERMANIYA

Eng avvalo, bu mamlakatning birlashtirilishi va natijada yagona ichki bozorning shakllanishi bilan bog‘liq edi. Bojxona chegaralari yo‘q bo‘ldi, yagona pul birligi, og‘irlik va uzunlikning yagona o‘lchov tizimi joriy qilindi. 1871-yildan 1875-yilgacha mamlakatda juda ko‘plab sanoat kompaniyalari va banklar paydo bo‘ldi.

XIX asrning 90-yillarida Germaniya katta iqtisodiy sakrashni amalga oshirdi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmi bo‘yicha agar 1870-yili jahonda to‘rtinchi o‘rinda bo‘lsa, 1880-yili uchinchi, 1913-yili esa AQSHdan keyingi – ikkinchi o‘ringa chiqib oldi. Yirik sanoat banklari va korporatsiyalarni tashkil qilish jarayoni davom etdi. Ulardan ba’zilari monopoliyalarga aylandilar. Yirik korporatsiyalar eng avvalo og‘ir sanoatda tashkil qilindi. Sanoatning bitta yoki bir nechta sohasini nazorat qiluvchi sanoat magnatlari va uddaburon bankirlar paydo bo‘ldilar.

GERMANIYA

Qishloqlarda tabaqalashuv jarayoni jadal davom etdi. Ko‘plar shaharlarga ketishga majbur bo‘ldi. Agar 1871-yili Germaniya aholisining 1/3 qismi shaharlarda yashagan bo‘lsa, 1910-yilga kelib 2/3 qismi shaharlarda istiqomat qilardi.

Germaniya industrial mamlakatga aylandi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Germaniya faol mustamlakachilik siyosatini olib bordi. Imperator Vilgelm II “yangi kurs”ni e’lon qildi. Yevropada hukmronlikka intilish, Afrika, Osiyo va Okeaniyada ta’sir doiralarini qayta bo‘lish bu kursning asosini tashkil qildi. Germaniya mustamlakalar “adolatsiz” bo‘lingan deb hisoblardi. U eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin egalladi va mustamlakalardan o‘z iqtisodiy qudrati va siyosiy mavqeyiga mos ulush talab qila boshladi. Buni esa katta urushsiz hal qilishning iloji yo‘q edi.

GERMANIYA

Shu tariqa Germaniya katta urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.

Napoleon III ning taslim bo‘lishi

TARIXIY MUSHOHADA

Savollar: XIX asrning 70-yillarida Germaniyaning jadal rivojlanishi qanday omillar sabab yuz berdi?

Germaniya imperatori Vilgelm I

ATAMALAR MAZMUNI

Parij kommunasi – 1871-yilning 18-martidan 28-mayigacha Fransiyani boshqargan muvaqqat hukumat.

Dekret – oliy hokimiyat yoki boshqaruv organi chiqargan va qonun kuchiga ega bo‘lgan muhim qaror.

Konsentratsiya (lotincha con – “birga” va centrum – “markaz”) – biror narsaning muayyan joyda to‘planishi.

1. Fransiya-Prussiya urushi har ikki davlat uchun qanday yakunlandi?

Savollar: 2. Parij kommunasi amalga oshirgan islohotlar Fransiyaning keyingi rivojlanishi uchun qanday ahamiyatga ega bo‘ldi?
Savollar: 3. Qaysi tarixiy voqea bilan Germaniyani birlashtirish uchun olib borilgan uzoq yillik kurash yakunlandi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Fransiyada Ikkinchi imperiya qaysi yilgacha mavjud bo‘ldi?
  1. 1870-yilgacha
  2. 1848-yilgacha
  3. 1852-yilgacha
  4. 1871-yilgacha

To‘g‘ri javob: 1870-yilgacha. Ikkinchi imperiya 1870-yilgacha yashagan.

Fransiya-Prussiya urushida fransuzlar taslim bo‘lgach, qaysi Fransiya imperatori asir olindi?
  1. Vilgelm I
  2. Napoleon III
  3. Napoleon I
  4. Lyudovik XVI

To‘g‘ri javob: Napoleon III. Og‘ir janglardan so‘ng imperator Napoleon III asir olingan.

Fransiyada Ikkinchi imperiya qaysi yilgacha yashadi?
  1. 1848-yilgacha
  2. 1866-yilgacha
  3. 1870-yilgacha
  4. 1875-yilgacha

To‘g‘ri javob: 1870-yilgacha. Ikkinchi imperiya 1870-yilgacha, Fransiya-Prussiya urushi boshlangan yilgacha yashagan.

Fransiya-Prussiya urushining dastlabki janglaridan so‘ng fransuz imperatorlaridan qaysi biri asir olingan?
  1. Napoleon III
  2. Vilgelm I
  3. Bismark
  4. Napoleon Bonapart

To‘g‘ri javob: Napoleon III. Bir necha og‘ir janglardan so‘ng imperator Napoleon III asir olingan.

Prussiya armiyasi qamal qilgan Parij aholisi qaysi yil martda qo‘zg‘olon boshladi?
  1. 1875-yil
  2. 1871-yil
  3. 1848-yil
  4. 1870-yil

To‘g‘ri javob: 1871-yil. Parij aholisi 1871-yil martda qo‘zg‘olon boshlagan.

1871-yil martda Parijda milliy gvardiyaga birlashgan proletariat qaysi hokimiyatni ta’sis qildi?
  1. Konvent
  2. Senat
  3. Direktoriya
  4. Kommuna

To‘g‘ri javob: Kommuna. Milliy gvardiyaga birlashgan proletariat Kommunani ta’sis etgan.

“Milliy mudofaa hukumati” Prussiya bilan har qanday yon berishlar evaziga kelishishga nima uchun tayyor bo‘lgan?
  1. Armiya g‘alabaga to‘la ishongani uchun
  2. Prussiya Parijni allaqachon egallagani uchun
  3. Monarxiyani tiklashni xohlagani uchun
  4. Inqilobiy holatdan qo‘rqqani uchun

To‘g‘ri javob: Inqilobiy holatdan qo‘rqqani uchun. Iqtisodiy vayronagarchilik va qashshoqlikdan kelib chiqqan inqilobiy holatdan hukumat qo‘rqqan.

1871-yil martdagi qo‘zg‘olonda Parij Kommunasini kim ta’sis qilgan?
  1. Milliy mudofaa hukumati siyosatchilari
  2. Milliy gvardiyaga birlashgan proletariat
  3. Prussiya armiyasi zobitlari
  4. Burjuaziya va senatorlar

To‘g‘ri javob: Milliy gvardiyaga birlashgan proletariat. Milliy gvardiyaga birlashgan proletariat Kommunani ta’sis qilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← Oldingi“Yanada Buyuk Britaniya” uchun: yangi iqtisodiy va mafkuraviy tizimning paydo boʻlishiKeyingi →Sharqiy Yevropa va Rossiya: jamiyatni isloh qilish muammolari