XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · Jahon tarixi · 4-mavzu

Sharqiy Yevropa va Rossiya: jamiyatni isloh qilish muammolari

3. Yangi davrda Rossiya imperiyasining ichki va tashqi siyosati haqida nimalarni bilasiz?

Avstriya-Vengriya imperatori Frans Iosif I va uning oilasi

SHARQIY YEVROPA MAMLAKATLARI

asr oxirida Sharqiy Yevropaga Bolqon mamlakatlari, shuningdek, Avstriya-Vengriya va Rossiya imperiyalarining bir qismi kirardi.

ESGA OLING

XIV–XV asrlarda Bolqon mamlakatlarida o‘rnatilgan Usmoniylar imperiyasi hukmronligi XIX asrgacha, ba’zi hududlarda XX asrgacha saqlanib qoldi. 1878-yili Rossiya yordamiga tayangan Serbiya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Shundan so‘ng Serbiya jadal rivojlandi va Rossiyaga yanada yaqinlashib bordi. Ammo aholisi serblardan iborat va Serbiya bilan birlashish azaliy orzusi bo‘lgan ikkita yirik viloyatlar – Bosniya va Gersegovina 1908-yili Avstriya tomonidan anneksiya qilindi.

Savollar: Rossiya imperiyasi qachon tashkil topgan?

Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yili ikki davlat – Avstriya va Vengriya hukmron doiralarining kelishuvi asosida tashkil topgan edi. Ungacha Chexiya, Moraviya, Galitsiya va Bukovina Avstriya tarkibiga, Slovakiya, Xorvatiya va Transilvaniya Vengriya davlati tarkibiga kirar edi.

ESGA OLING

Shu yili imperiya konstitutsiyasi qabul qilinib, unga binoan Avstriya imperatori birlashgan imperiya hukmdori bo‘ldi. Gabsburglar sulolasi 1918-yilgacha taxtda o‘tirdi.

XIX asrning oxirgi choragida Avstriya-Vengriya imperiyasi Yevropaning eng qoloq mamlakatlaridan biri bo‘lib, saqlanib qolgan feodal munosabatlar sanoat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan edi. Asr oxiriga kelib aholisining faqat uchdan bir qismi shaharlarda yashardi.

O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING

Avstriya-Vengriya imperiyasi Yevropaning eng qoloq mamlakatlaridan biri bo‘lib qolishiga sabab bo‘lgan omillarni toping. Fikringizni mantiqiy izchillikda infografika ko‘rinishida ifodalang.

Bu davrda Sharqiy Yevropaning imperiya tarkibiga kirgan xalqlari orasida milliy-ozodlik harakatlari ham avj oldi. 1912-yili boshlanib ketgan iqtisodiy inqiroz imperiyaning ahvolini yanada og‘irlashtirdi. Shunday holatda Avstriya-Vengriya Birinchi jahon urushiga kirib keldi.

ROSSIYA

Rossiyada XIX asrning 60–70-yillarida o‘tkazilgan islohotlar – krepostnoy huquqning bekor qilinishi, yer islohoti, moliya, universitet, maktab, matbuot islohotlari va boshqalar mamlakatning yangi – burjuacha taraqqiyot kursini belgilab berdi.

XIX asrning 80–90-yillarida Rossiya sanoat ishlab chiqarishida bir qator yutuqlarga erishdi. XIX asrning 90-yillariga kelib sanoat to‘ntarishi yakunlandi va mamlakat ishlab chiqarishning umumiy hajmi bo‘yicha dunyoning beshta eng yirik industrial davlatlari qatoriga qo‘shildi.

Rus imperatori Aleksandr II

1905–1907-yillardagi Birinchi rus inqilobi

1905 –1907-yillardagi Birinchi rus inqilobi Rossiyada rivojlanayotgan kapitalistik jamiyat bilan mustabid podsho tuzumi o‘rtasida katta ziddiyat mavjudligini, xalq endi eskicha yashashni istamasligini ko‘rsatdi.

Inqilob o‘z oldiga qo‘ygan vazifalariga ko‘ra burjua inqilobi bo‘lib, avvalo krepostnoylik qoldiqlarini yo‘q qilishga qaratilgan edi. Bu vazifalar juda muhim, zero, ular Rossiya aholisining barcha qatlamlari manfaatlariga to‘liq mos edi. Shu sababli inqilob jarayonida aholining juda keng qatlamlari ishtirok etdi.

Tuzum va ijtimoiy ahvol Inqilobgacha Inqilobdan so‘ng

Samoderjaviye Hech kim va hech narsa bilan cheklanmagan edi.

Davlat Kengashi va Davlat Dumasi bilan cheklandi.

Aholining asosiy qatlamlari

Siyosiy erkinliklardan mahrum edi.

Siyosiy erkinliklarga, jumladan, shaxs daxlsizligiga ega bo‘ldi.

Mehnat sharoitlari

Ishchilarni ekspluatatsiya qilish yuqori darajada edi.

Ish haqi oshirilib, ish vaqti 9–10 soatgacha qisqartirildi.

Tashqi siyosat

1905 –1907-yillardagi inqilob yakunlanmay qoldi. U o‘z oldiga qo‘ygan jiddiy muammolarni hal qilolmadi: podsho hokimiyatda qoldi, hukmron qatlam o‘zgarmadi, byurokratiya yo‘q bo‘lmadi, korrupsiya yanada kuchaydi, odamlarning yashash darajasi tushib ketdi va hokazo. Ammo bu inqilob Rossiyadagi ikkinchi – 1917-yilgi fevral inqilobi uchun muqaddima bo‘ldi, zero, ikkinchi inqilobning natijalari birinchi inqilobning davomi edi.

BILIB OLING

Gabsburglar sulolasi...

Rossiyada XIX asrning 60–70-yillarida o‘tkazilgan islohotlar –...

Yevropa yo‘lini takrorlash...

Madaniyat

Rossiya hayotida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida yuz bergan barcha o‘zgarishlar: islohotchilikka urinish, mamlakatni sanoatlashtirish uchun harakat, krepostnoy huquqqa qarshi kurash va uning bekor qilinishi, ijtimoiy ziddiyatlar va inqilobiy harakatlar – bularning barchasi adabiyot va san’atda o‘z aksini topdi. Agar qolgan barcha sohalarda Rossiya Yevropaning ortidan borayotgan bo‘lsa, XIX asrda rus adabiyoti va san’ati butun dunyoga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Bu davrda adabiyotda F. M. Dostoyevskiy, L. N. Tolstoy va A. P. Chexov singari daholar ijod qildi. Shu davrdagi rus kompozitorlari – M. P. Musorgskiy, P. I. Chaykovskiy va N. A. Rimskiy- Korsakovlarning asarlari jahon musiqa san’atining durdonalaridan hisoblanadi.

Madaniyat

Xullas, bu davrda Rossiya jamiyatidagi hal etilmagan dolzarb muammolar uni Birinchi jahon urushida ishtirok etishga undadi. Bu esa Rossiyaning demokratik rivojlanish yo‘lidan borish imkoniyatini yo‘qqa chiqardi va yetmish yil davom etgan kommunistik rejimga yo‘l ochib berdi.

ATAMALAR MAZMUNI

Anneksiya – boshqa bir davlat hududini butunlay yoki qisman egallab olish yoki o‘z davlatiga qo‘shib olish siyosati.

Byurokratiya – dastlab hukumat idoralarining rahbarlari va amaldorlari hokimiyatini, keyinchalik jamiyatning turli sohalarida paydo bo‘lgan yirik tashkilotlardagi xizmatchilar qatlamini ham ifodalagan.

Samoderjaviye – Rossiyada podshoning cheklanmagan mustabid hokimiyati va shunday hokimiyat asosiga qurilgan davlat tuzumi.

3. 1905–1907-yillardagi rus inqilobiga sabab bo‘lgan asosiy omillar nimalardan iborat?

4. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Rossiya madaniy hayotida yuz bergan asosiy o‘zgarishlar haqida so‘zlab bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Bolqon mamlakatlarida Usmoniylar imperiyasi hukmronligi qaysi asrlarda o‘rnatilgan?
  1. XII–XIII asrlarda
  2. XIV–XV asrlarda
  3. XVI–XVII asrlarda
  4. XVII–XVIII asrlarda

To‘g‘ri javob: XIV–XV asrlarda. Bolqon mamlakatlarida Usmoniylar hukmronligi XIV–XV asrlarda o‘rnatilgan.

Bolqon mamlakatlarida Usmoniylar imperiyasi hukmronligi ko‘pgina hududlarda qaysi asrgacha saqlanib qoldi?
  1. XVIII asrgacha
  2. XVI asrgacha
  3. XVII asrgacha
  4. XIX asrgacha

To‘g‘ri javob: XIX asrgacha. Usmoniylar hukmronligi XIX asrgacha, ba’zi hududlarda esa XX asrgacha saqlanib qoldi.

Rossiya yordamiga tayangan Serbiya o‘z mustaqilligini qaysi yili e’lon qildi?
  1. 1885-yili
  2. 1875-yili
  3. 1878-yili
  4. 1867-yili

To‘g‘ri javob: 1878-yili. Serbiya Rossiya yordamiga tayanib 1878-yili o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

1878-yili Rossiya yordamiga tayanib o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Bolqon davlati qaysi?
  1. Slovakiya
  2. Albaniya
  3. Xorvatiya
  4. Serbiya

To‘g‘ri javob: Serbiya. 1878-yili Rossiya yordamiga tayangan Serbiya o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

Bosniya va Gersegovina viloyatlari Avstriya tomonidan qaysi yili anneksiya qilindi?
  1. 1912-yili
  2. 1908-yili
  3. 1905-yili
  4. 1914-yili

To‘g‘ri javob: 1908-yili. Bosniya va Gersegovina 1908-yili Avstriya tomonidan anneksiya qilindi.

Aholisi serblardan iborat bo‘lib, 1908-yili Avstriya anneksiya qilgan viloyatlardan biri Gersegovina bo‘lsa, ikkinchisi qaysi?
  1. Slavoniya
  2. Makedoniya
  3. Bosniya
  4. Dalmatsiya

To‘g‘ri javob: Bosniya. Avstriya 1908-yili Bosniya va Gersegovina viloyatlarini anneksiya qildi.

1867-yili Avstriya va Vengriya hukmron doiralarining kelishuvi asosida qaysi imperiya tashkil topgan?
  1. Avstriya-Vengriya
  2. Rossiya
  3. Usmoniylar
  4. Germaniya

To‘g‘ri javob: Avstriya-Vengriya. Avstriya-Vengriya imperiyasi 1867-yili ikki davlat kelishuvi asosida tashkil topgan.

Avstriya-Vengriya tuzilgunga qadar Moraviya, Galitsiya va Bukovina bilan birga Avstriya tarkibiga kirgan hudud qaysi?
  1. Chexiya
  2. Transilvaniya
  3. Xorvatiya
  4. Slovakiya

To‘g‘ri javob: Chexiya. Chexiya, Moraviya, Galitsiya va Bukovina Avstriya tarkibida, Slovakiya, Xorvatiya va Transilvaniya Vengriya tarkibida edi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiFransiya va Germaniya: Yevropada yetakchilik uchun kurashKeyingi →Ikki xil Amerika: Shimoliy va Janubiy Amerikada taraqqiyot yoʻnalishlari