Ikki xil Amerika: Shimoliy va Janubiy Amerikada taraqqiyot yoʻnalishlari
2. Janubiy Amerika mamlakatlari qaysi Yevropa davlatlarining mustamlakalari hisoblangan?
AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI
AQSH prezidenti
Vudro Vilson
QSHda 1861–1865-yillarda bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushi o‘z mohiyatiga ko‘ra burjua-demokratik inqilob edi. U AQSHning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti masalalarini, ular ichida eng muhimlaridan biri bo‘lgan qulchilikning taqdirini burjuacha ruhda hal qildi. Natijada sanoat jadal rivojlandi, qishloq xo‘jaligida esa kapitalizm rivojlanishining erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” yo‘li qaror topdi.
Fuqarolar urushidan so‘ng G‘arbdagi keng hududlarni o‘zlashtirish va bu jarayon bilan bog‘liq temiryo‘l va shosse yo‘llar, kanallar va portlar qurilishi sanoatning o‘sishiga, keng ichki bozorning shakllanishiga olib keldi. Amerika burjuaziyasi Yevropa kapitali va ilg‘or mamlakatlarning texnik yutuqlaridan unumli foydalandi. Yevropa va Osiyodan kelayotgan millionlab immigrantlar sanoatni zarur ishchi kuchi bilan ta’minlab turdi. Sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlari 1894-yili barcha rivojlangan mamlakatlarni quvib o‘tdi va dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi.
ESGA OLING
AQSH “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning muallifi...
AQSH “progressiv era” yillarida
Yangi asrga AQSH iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida birinchilikka intilayotgan, jadal rivojlanayotgan mamlakat sifatida kirib keldi. 1901-yili AQSHda prezidentlik lavozimini Teodor Ruzvelt egalladi. Ko‘p vaqtdan beri mamlakatni bunday dadil, yorqin va zabardast shaxs boshqarmagan edi. U o‘z faoliyatini mamlakatda islohotlar o‘tkazish zarurligiga xalqni ishontirishdan boshladi.
1912-yilgi saylovlarda demokratlar vakili, taniqli tarixchi, davlatchilik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis Vudro Vilson g‘olib chiqdi. U qat’iy islohotlar tarafdori sifatida juda tez tanildi, jamiyatga o‘zining yangi erkinlik deb atalgan siyosiy dasturini taklif qildi.
AQSH “progressiv era” yillarida
V. Vilson dasturining muhokamasi Yevropada Birinchi jahon urushi boshlanishiga to‘g‘ri keldi. AQSH hali urushga bevosita jalb qilinmagan bo‘lsa-da, urush omili ichki siyosatga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.
O‘YLAB KO‘RING VA
zining katta ichki imkoniyatlari va Rossiyadan sotib olingan Alyaska yarimorolini o‘zlashtirish bilan band bo‘lgan AQSH mustamlakalarni egallash va o‘z ta’sir doirasini kengaytirishga Yevropa davlatlaridan keyinroq kirishdi. Bunda AQSH o‘z e’tiborini Lotin Amerikasi, Karib dengizi va Tinch okean qirg‘oqlarida joylashgan mamlakatlarga qaratdi.
CHIQARING
AQSH taraqqiyotiga sabab bo‘lgan asosiy omillarni toping. Fikringizni mantiqiy izchillikda chizma ko‘rinishda ifoda eting.
1889-yili AQSH tashabbusi bilan Vashingtonda I Panamerika konferensiyasi chaqirildi. Konferensiya yakunida Amerika respublikalari yig‘ini xalqaro assotsiatsiyasi tashkil qilindi. Shu tariqa AQSHning G‘arbiy yarimshar mamlakatlari ustidan yagona hukmronligiga qaratilgan panamerika siyosati shakllandi.
Shundan so‘ng AQSH Tinch okeandagi Osiyoga eltuvchi yo‘llarning chorrahasida joylashgan Gavayi orollarini bosib oldi va XIX asr oxirida jahonning yirik dengiz mamlakatiga aylandi. 1898-yili Ispaniya bilan bo‘lgan urushda g‘olib chiqib, Puerto Riko, Guam orollarini o‘ziga qo‘shib oldi, shuningdek, Filippin AQSH mustamlakasiga aylandi, Kuba ustidan ham AQSH nazorati o‘rnatildi.
Madaniyat
QSHda madaniyat mamlakatning etnik xilmaxilligiga mos ravishda shakllandi. Unga Irlandiya, Germaniya, Italiya, Polshadan kelgan emigrantlar, Afrikadan keltirilgan qullarning avlodlari, shuningdek, Amerika hindulari va Gavayi orollari aholisi katta ta’sir ko‘rsatdi. Ammo AQSH madaniyatining asosini inglizzabon aholi belgiladi. Ularning tili, huquq tizimi va madaniy yutuqlari bu yerda keng tarqaldi va Amerika sivilizatsiyasi shakllanishida asosiy omilga aylandi.
XIX asrning 60–90-yillari Amerika madaniyati rivojlanishining ikkinchi bosqichi bo‘lib, bu davrda adabiyotda Uolt Uitmen va Mark Tvenlar, tasviriy san’atda Uinslou Homer, Tomas Ikins va Jeyms Uistler kabi buyuk ijodkorlar faoliyat yuritdi. XX asrdan boshlab Amerika madaniyatining o‘ziga xos jihati unda ommaviy madaniyatning ustuvorligi bo‘lib qoldi.
Madaniyat
1880–1890-yillarda Nyu York shahrining ko‘rinishi
MAMLAKATLARI
asr oxiri – XX asr boshlarida Lotin Amerikasi iqtisodiyotiga chet el kapitalining kirib kelishi keskin faollashdi. Bu borada XIX asrda Angliya yetakchilik qilgan bo‘lsa, asr oxiriga kelib Germaniya va ayniqsa AQSH investorlari juda faollashdilar.
XIX asr oxirida Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko‘pchiligi, jumladan, mintaqaning eng katta davlati Braziliya ham o‘ta qoloq ijtimoiy tuzumga ega edi. Plantatsiyalardagi ishlab chiqarish asosan qullar mehnatiga asoslangan bo‘lib, Braziliyada qulchilik faqat 1888-yili bekor qilindi va 1891-yili Braziliya respublika deb e’lon qilindi.
Lotin Amerikasi jamiyatining rivojlanishi va xarakteriga bu yerdagi etnik jarayonlar katta ta’sir ko‘rsatdi. Turli xalqlar – hindular, qora tanlilar, yevropaliklar madaniyati va an’analari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir bu mamlakatlarda juda xilma-xil va o‘ziga xos etnopsixologik jamoalarning shakllanishiga olib keldi. Bu esa, o‘z navbatida, siyosiy madaniyatning, butun siyosiy jarayonlarning xarakterini belgilab berdi va ular jamiyatdagi siyosiy beqarorlikka, tez-tez bo‘lib turadigan davlat to‘ntarishlariga, qo‘zg‘olonlarga, inqiloblarga, siyosiy kurashning g‘irrom usullaridan keng foydalanishga olib keldi. Ko‘plab davlatlarda o‘z faoliyatida armiyaga tayangan avtoritar rejimlar o‘rnatildi.
TARIXIY MUSHOHADA
Meksika inqilobi (1910–1917)
1910 -yilda boshlangan inqilob Lotin Amerikasining eng yirik davlatlaridan bo‘lgan Meksikaning keyingi taraqqiyotiga juda katta ta’sir ko‘rsatdi. Inqilob oldingi tuzumdan saqlanib kelayotgan qoloq ijtimoiy munosabatlarni bartaraf etib, Meksika jamiyatining gurkirab o‘sishida, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida, mintaqadagi yetakchi davlatga aylanishida hal qiluvchi rol o‘ynadi.
1911-yili Meksikada diktator Dias hokimiyati ag‘darildi. Shu yili oktyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Madero g‘olib chiqdi. Ammo ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilishda hukumatning qat’iyatsizligi va unga qarshi kuchlarning AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi Madero hukumatining inqiroziga olib keldi. 1913-yili fevralda boshlangan qo‘zg‘olon natijasida hokimiyatga general Uerta keldi. Madero qamoqqa olinib, otib tashlandi. Bu voqea fuqarolar urushining qaytadan avj olishiga sabab bo‘ldi.
Meksika inqilobi (1910–1917)
1916-yili AQSH hukumati chegaradagi tushunmovchilikni bahona qilib Meksikaga qo‘shin kiritdi. Tashqi xavf oldida barcha inqilobiy kuchlar birlashdi, hukumatning Meksika hududidagi chet elliklar, avvalo amerikaliklar mulkiga nisbatan munosabati keskinlashdi. Interventlar bilan kurash qariyb bir yilga cho‘zildi va 1917-yil fevralda AQSH qo‘shinlarining Meksikadan olib chiqilishi bilan yakunlandi. Inqilob g‘alaba qozondi.
Madaniyat
Mintaqa mamlakatlarida mahalliy hindular va afrikaliklar avlodlarining to‘liq mifologik tasavvurlariga asoslangan madaniy qarashlari bilan yevropaliklarning ratsionalistik madaniyati aralashib, o‘ziga xos Lotin Amerikasi madaniyatini shakllantirdi. XX asr boshlarida adabiyotda Sezar Valyexo, Gabrila Mistral, tasviriy san’atda Diyego Rivera, Xose Orosko, David Sikeyros kabi ijodkorlar faoliyat yuritdi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, XX asr boshlariga kelib Lotin Amerikasida mustamlakachilik davrida yaratilgan xo‘jalik asta-sekin kapitalistik xo‘jalikka aylanib bordi. Yirik shaharlar – sanoat va madaniyat markazlari paydo bo‘ldi. Jamiyatda industrial sivilizatsiya belgilari yaqqol ko‘rina boshladi.
ATAMALAR MAZMUNI
Avtoritar rejim – siyosiy hokimiyat birgina hukmdor shaxs yoki bir guruh shaxslarning irodasi, markazlashgan hokimiyatiga asoslangan davlat boshqaruvi usuli.
Intervent – intervensiya uyushtiruvchi yoki unda qatnashuvchi. Intervensiya – bir yoki bir necha davlatning boshqa bir davlat ichki ishlariga zo‘rlik bilan aralashuvi, uning hududiy yaxlitligi, siyosiy mustaqilligiga qarshi qaratilgan harakatlari.
1. 1861–1865-yillarda AQSHda bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushi qanday natijalar bilan yakunlandi?
Muhim sanalar
- 1861–1865-yillarda — QSHda 1861–1865-yillarda bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushi o‘z mohiyatiga ko‘ra burjua-demokratik inqilob edi.
- 1880–1890-yillarda — 1880–1890-yillarda Nyu York shahrining ko‘rinishi
- 1888-yili — Plantatsiyalardagi ishlab chiqarish asosan qullar mehnatiga asoslangan bo‘lib, Braziliyada qulchilik faqat 1888-yili bekor qilindi va 1891-yili Braziliya respublika deb e’lon qilindi.
- 1889-yili — 1889-yili AQSH tashabbusi bilan Vashingtonda I Panamerika konferensiyasi chaqirildi.
- 1891-yili — Plantatsiyalardagi ishlab chiqarish asosan qullar mehnatiga asoslangan bo‘lib, Braziliyada qulchilik faqat 1888-yili bekor qilindi va 1891-yili Braziliya respublika deb e’lon qilindi.
- 1894-yili — Sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Amerika Qo‘shma Shtatlari 1894-yili barcha rivojlangan mamlakatlarni quvib o‘tdi va dunyoda birinchi o‘ringa chiqib oldi.
- 1898-yili — 1898-yili Ispaniya bilan bo‘lgan urushda g‘olib chiqib, Puerto Riko, Guam orollarini o‘ziga qo‘shib oldi, shuningdek, Filippin AQSH mustamlakasiga aylandi, Kuba ustidan ham AQSH nazorati o‘rnatildi.
- 1901-yili — 1901-yili AQSHda prezidentlik lavozimini Teodor Ruzvelt egalladi.
- 1911-yili — 1911-yili Meksikada diktator Dias hokimiyati ag‘darildi.
- 1912-yilgi — 1912-yilgi saylovlarda demokratlar vakili, taniqli tarixchi, davlatchilik va xalqaro munosabatlar bo‘yicha mutaxassis Vudro Vilson g‘olib chiqdi.
Bilimingizni sinang
AQSHda mohiyatiga ko‘ra burjua-demokratik inqilob bo‘lgan fuqarolar urushi qaysi yillarda bo‘lib o‘tgan?
- 1871–1875-yillarda
- 1851–1855-yillarda
- 1861–1865-yillarda
- 1846–1848-yillarda
To‘g‘ri javob: 1861–1865-yillarda. AQSHdagi fuqarolar urushi 1861–1865-yillarda bo‘lib o‘tgan.
Fuqarolar urushidan keyin AQSH qishloq xo‘jaligida erkin fermerlikka asoslangan kapitalizm rivojlanishining qanday yo‘li qaror topdi?
- Amerikacha yo‘l
- Inglizcha yo‘l
- Fransuzcha yo‘l
- Prussiyacha yo‘l
To‘g‘ri javob: Amerikacha yo‘l. Qishloq xo‘jaligida erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” yo‘l qaror topdi.
AQSH sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha barcha rivojlangan mamlakatlarni qaysi yili quvib o‘tdi?
- 1904-yili
- 1894-yili
- 1884-yili
- 1874-yili
To‘g‘ri javob: 1894-yili. AQSH 1894-yili sanoat hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi.
AQSHda 1861–1865-yillarda bo‘lib o‘tgan fuqarolar urushi o‘z mohiyatiga ko‘ra qanday inqilob edi?
- burjua-demokratik inqilob
- sotsialistik inqilob
- milliy-ozodlik inqilobi
- agrar-feodal inqilob
To‘g‘ri javob: burjua-demokratik inqilob. Fuqarolar urushi o‘z mohiyatiga ko‘ra burjua-demokratik inqilob bo‘lib, qulchilik taqdirini burjuacha ruhda hal qilgan.
Fuqarolar urushi natijasida AQSH qishloq xo‘jaligida kapitalizm rivojlanishining qanday yo‘li qaror topdi?
- plantatsiyalarda qul mehnatiga asoslangan yo‘l
- erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” yo‘l
- yirik yer egaligiga asoslangan “prussiyacha” yo‘l
- jamoa xo‘jaliklariga asoslangan yo‘l
To‘g‘ri javob: erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” yo‘l. Urushdan so‘ng qishloq xo‘jaligida erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” yo‘l qaror topgan.
AQSH sanoat mahsulotlari hajmi bo‘yicha qaysi yili barcha rivojlangan mamlakatlarni quvib o‘tib, dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi?
- 1865-yili
- 1889-yili
- 1894-yili
- 1898-yili
To‘g‘ri javob: 1894-yili. Amerika Qo‘shma Shtatlari 1894-yili sanoat mahsulotlari hajmi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqqan.
AQSHda 1861–1865-yillardagi fuqarolar urushi qulchilik taqdirini hal qilgach, qishloq xo‘jaligida qanday yo‘l qaror topdi?
- Kapitalizm rivojlanishining erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” yo‘li
- Yirik plantatsiyalarda qullar mehnatiga tayangan agrar rivojlanish yo‘li
- Davlat mulkiga asoslangan jamoa xo‘jaliklari orqali rivojlanish yo‘li
- Yirik yer egalari hukmronligini saqlab qolgan, fermerlarni tobe qilgan an’anaviy yo‘l
To‘g‘ri javob: Kapitalizm rivojlanishining erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” yo‘li. Urush burjuacha ruhda hal bo‘lgach, sanoat jadal rivojlandi, qishloqda esa erkin fermerlikka asoslangan “amerikacha” yo‘l qaror topdi.
Fuqarolar urushidan so‘ng G‘arbdagi hududlarni o‘zlashtirish, temiryo‘l, kanal va portlar qurilishi AQSH iqtisodiyotiga qanday ta’sir qildi?
- Qullar mehnatiga asoslangan plantatsiya xo‘jaligining qayta tiklanishiga olib keldi
- Immigrantlar oqimining to‘xtashi va ishchi kuchi yetishmasligiga olib keldi
- Sanoatning o‘sishiga va keng ichki bozorning shakllanishiga olib keldi
- Yevropa kapitalidan butunlay voz kechib, yopiq iqtisodiyot shakllanishiga olib keldi
To‘g‘ri javob: Sanoatning o‘sishiga va keng ichki bozorning shakllanishiga olib keldi. G‘arbni o‘zlashtirish va yo‘llar qurilishi sanoat o‘sishiga hamda keng ichki bozor shakllanishiga olib kelgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash