XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · Jahon tarixi · 6-mavzu

Yaponiya, Xitoy va Hindiston: islohotlarning osiyocha yoʻli

3. Hindiston tarixida Boburiylar sulolasi qanday o‘rin tutadi?

asr oxiri – XX asr boshlari “Osiyo uyg‘onishi” davri bo‘lib, unda Sharqning an’anaviy jamiyatlarida sanoatlashtirish kurtaklari ko‘rina boshladi. Bu bir tomondan sharqona an’analar saqlanib qolgan, boshqa tomondan Sharq mamlakatlarida iqtisodiyotni modernizatsiyalash boshlangan ziddiyatli davr edi.

ESGA OLING

Modernizatsiya –...

Bu davrdagi “g‘arblashish”, ya’ni yevropa-amerikacha davlat boshqaruviga, qonunchilik, ta’lim tizimi, kiyinish va yurish-turish madaniyati modeliga taqlid qilish, ularni ko‘chirish – bularning barchasi Sharq mamlakatlarini mustamlakalashtirishning oqibatlari edi.

Meydzi inqilobining sodir bo‘lishi

YAPONIYA

Yaponiya ikki asr davomida G‘arb mamlakatlari uchun “yopiq” bo‘lib qolayotgan edi. G‘arb mamlakatlarining savdo aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun qilgan barcha urinishlari syogunlik tomonidan qat’iy rad etildi. 1868-yili harbiy-feodal hukumat – Tokugava syogunligi ag‘darildi. Syogun qo‘shinlari jangsiz taslim bo‘ldi va o‘zining otameros mulkiga jo‘nab ketdi. Biroq Tokugava tarafdorlariga qarshi harbiy harakatlar davom ettirilib, 1869-yili syogunlik butunlay tugatildi. Bu yillardagi voqealar Yaponiya tarixida Meydzi inqilobi nomini oldi. Bu nom shuning bilan bog‘liqki, imperator Mutsuxito hukmronligi rasman Meydzi deb atalib, u ma’rifatli boshqaruv ma’nosini anglatadi. Meydzi davri 1868–1912-yillarni o‘z ichiga oladi.

XULOSA CHIQARING

Savollar: Meydzi – “ma’rifatli boshqaruv” davrida Yaponiyada amalga oshirilgan barcha islohotlar yapon jamiyati uchun qanday yakun topdi?

1871 -yilda mamlakatning yagona davlatga birlashish jarayoni yakunlandi. Feodal yer mulklari tugatildi va to‘g‘ridan to‘g‘ri markaziy hukumatga bo‘ysunuvchi prefekturalar joriy qilindi, tabaqalar soni uchtagacha qisqartirildi: unvonli aslzodalar, zodagonlar va oddiy xalq.

“Yangi Yaponiya”ni qurish aynan imperator hokimiyatining tiklanishi bilan bog‘liq. Bu inqilobni amalga oshirganlar jadallik bilan mamlakatni qayta qurishga kirishdilar. Yaponlar o‘ziga xos mo‘jiza yaratdilar: ular aholi bir paytning o‘zida ham G‘arbda, ham Sharqda yashaydigan – ikki xil sivilizatsiyaga asoslangan mamlakatni qurdilar.

XULOSA CHIQARING

Iqtisodiy va harbiy jihatdan kuchayishi bilan Yaponiyaning mustamlakachilik intilishlari ham avj olib bordi. 1904– 1905-yillardagi rus-yapon urushidan keyin Yaponiya Janubiy Manchjuriya va Koreya ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatib, Koreyaning tashqi siyosatini ham belgilay boshladi. 1910-yildan Koreya rasman Yaponiyaning mustamlakasi bo‘lib qoldi.

Yapon imperatori Mutsuxito (Meydzi)

Madaniyat

Modernizatsiya jarayonida G‘arb madaniyatiga taqlid qilish, undan ilg‘or fan va texnika yutuqlarini qabul qilish mamlakatning umumiy madaniy darajasini oshirishga xizmat qildi. Hukumatning madaniyatni yanada yevropalashtirish talabi aholining bir qismi, ayniqsa, ziyolilar o‘rtasida norozilikni keltirib chiqardi. San’at namoyandalari orasida yapon milliy madaniyatini, o‘ziga xos san’atini tiklash g‘oyasi kuchaydi.

XITOY

Ikkinchi afyun urushi (1856–1860)dagi mag‘lubiyatdan keyin Xitoyning hukmron doiralari mamlakatni G‘arb davlatlarining daromad manbaiga aylanib qolish xavfidan xalos qilishga yana bir bor urinib ko‘rdilar. Natijada “o‘z-o‘zini kuchaytirish” (“szi syan”) nomini olgan taraqqiyotning yangicha yo‘li ishlab chiqildi. Bu yo‘l jiddiy o‘zgarishlarsiz 1895-yilgacha amalga oshirildi. Shunga qaramasdan, aholi soni jihatidan dunyoning eng katta mamlakati chet davlatlarning yarim mustamlakasi bo‘lib qolayotgan edi. XX asr boshlarida mamlakatning 400 mln aholisidan 90% i savodsiz edi.

Ana shunday murakkab tarixiy vaziyatda Sun Yatsen boshchiligida Sinxay inqilobi boshlanadi. U xitoyliklar taqvimi bo‘yicha “sinxay” yilida boshlangani uchun shunday nom oladi. 1911–1912-yillardagi inqilob natijasida manchjurlar sulolasi taxtdan ag‘dariladi, Xitoy respublika deb e’lon qilinadi, ammo mamlakat siyosiy tarqoq holga tushib qoladi. 1912-yili Sun Yatsen Gomindan (“Milliy partiya”) partiyasiga asos soladi.

XITOY

Sun Yatsen

Respublika tuzumiga o‘tgan Xitoyda burjuacha taraqqiyot jadallashdi. XIX asr oxirlarida madaniy sohada bir-biriga zid yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Bir tomondan adabiyotda, ayniqsa, she’riyatda mumtoz namunalarga taqlid qilish kuzatilsa, boshqa tomondan jamiyatning faqat o‘qimishli qismigagina tushunarli bo‘lgan venyan – eski adabiy tilni asta-sekin siqib chiqarayotgan, aholining keng qatlamlariga tushunarli bo‘lgan bayxua adabiy tilining tobora keng tarqalishi yuz berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida xitoy tilida o‘nlab gazeta va jurnallar paydo bo‘ldi.

YODDA TUTING

1889-yil boshlarida qabul qilingan Yaponiya konstitutsiyasiga binoan mamlakat konstitutsion monarxiyaga aylandi.

Xullas, XIX asrning boshlarida hali buyuk davlat sanalgan Xitoy asr o‘rtalariga kelib G‘arb davlatlari, so‘ng esa AQSH, Rossiya va Yaponiyaning ham mustamlakachilik manfaatlari kesishgan eng muhim hududga aylandi. Xitoyning iqtisodiy va harbiy jihatdan qoloqligi, uning o‘z-o‘zicha saqlanib qolayotgan buyuk davlat maqomiga qaramasdan, uni G‘arb davlatlarining yarim mustamlakasiga aylantirdi.

Xitoy tarixida ikkinchi “afyun urushi” 1856–1860-yillarda bo‘lib o‘tgan.

HINDISTON

asrning oxirlariga kelib Hindistonda Buyuk Britaniyaning mustamlakachilik zulmi yanada kuchaydi. Mustamlakachilar hind iqtisodiyotini Angliyaning industrial jamiyati ehtiyojlari uchun moslashtirishga harakat qildilar. Inglizlarning bevosita ishtirokida hind qishloq jamoasi barham topdi va Hindistonda kapitalistik munosabatlar yangi asosda rivojlana boshladi.

XIX asrning ikkinchi yarmidan Hindistonga ingliz kapitali kirib kela boshladi. Birinchi yirik sarmoya kiritilgan soha temiryo‘l qurilishi bo‘ldi. Temiryo‘l qurilishiga sarmoya sarflagan kompaniyalar juda katta daromad oldilar.

Kapital kiritishning keyingi sohasi plantatsiya xo‘jaligi bo‘ldi. Angliya hukumati Hindistonda choy, qahva, kauchuk plantatsiyalarini ko‘paytirish va turli imtiyozlar orqali qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratdi. Ingliz kapitalistlari fabrika-zavodlar qurilishi va tog‘-kon sanoatiga ham yirik sarmoyalar kiritdilar.

HINDISTON

Kapitalizm bilan birga Hindistonda milliy mafkura ham shakllanib bordi. Milliy yangilanish mafkurasining dastlabki vakillari sifatida Ramakrishna Paramahamsa va uning shogirdi Svami Vivekananda Hindistonda va chet ellarda ham mashhur edi. Hindiston milliy-ozodlik harakati g‘oyasini targ‘ib qilishda Vivekanandaning o‘rni beqiyos. U hozirgi zamon Hindiston milliy harakatining asoschilaridan biri edi.

Faylasuf Svami Vivekananda

1885-yil dekabrda Bombeyda mamlakat tarixida birinchi nodiniy, umummilliy, amalda parlament tashkiloti – Hindiston milliy kongressi (HMK) tashkil qilindi. Hind vatanparvarlarining forumida Britaniya hukumati va parlamentiga kongresschilarning asosiy talablari shakllantirildi.

TARIXIY MUSHOHADA

Savollar: XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Yaponiya, Xitoy va Hindiston uchun umumiy bo‘lgan islohotlarning osiyocha yo‘lining kamchilik va yutuqlari nimalardan iborat?

1906–1907-yillari hind musulmonlarining partiyasi – Musulmon ligasi ham tashkil qilindi. XX asr boshlarida mavjud Hindistonning siyosiy maqomi va parlament islohotlari masalasida ushbu partiya va HMK o‘rtasida jiddiy kelishmovchilik mavjud emasdi.

Savollar: Islohotlar Yaponiya, Xitoy va Hindiston jamiyati uchun nima berdi?

Madaniyat

Bu davrdagi Hindiston madaniyati o‘zining ko‘p ming yillik an’analarini davom ettirish bilan birga ayni paytda ingliz madaniyatining ta’sirini ham o‘zida aks ettirdi. Hindlar sevadigan musiqa, qo‘shiqchilik, raqs san’atida ko‘proq xalq an’analari saqlanib qolgan bo‘lsa, adabiyot, tasviriy san’at kabi sohalar juda tez zamonaviylashib bordi. Hind adabiyotining eng yirik namoyandalaridan biri Rabindranath Thakur ham shu davrda ijod qildi. U “Gitanjali” (“Qurbonlik qo‘shiqlari”) turkum she’rlari uchun 1913-yili adabiyot sohasida Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.

BILIB OLING

“Yopiq” mamlakat –...

1912-yili Sun Yatsen...

Shunday qilib, XIX asr oxiri – XX asr boshlari Hindistonning iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Sekinlik bilan bo‘lsa-da, kapitalizm rivojlandi. Milliy-ozodlik harakati paydo bo‘ldi va ingliz mustamlakachiligi hukmronligiga qarshi kurash yagona g‘oyasi ostida birlashdi.

Rabindranath Thakur

Mustaqil tarzda Rabindranath Thakur ijodi bilan tanishing. Uning ijodida Hindistondagi hayotning qaysi jihatlari qamrab olingan? Fikringizni esse tarzida yozing.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Sharq mamlakatlarida boshlangan iqtisodiyotni modernizatsiyalashning qanday ziddiyatli tomonlari mavjud edi?
Savollar: 2. Meydzi islohotlari Yaponiya uchun nimalar berdi? Mazkur islohotlarni sohalarga ajratib, jadval holatiga keltiring.

3. Xitoyda Sun Yatsen boshchiligidagi inqilob qanday yakunlandi?

Savollar: 4. Hindiston milliy kongressi mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurashish uchun asosiy e’tiborini qaysi jihatlarga qaratdi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

XIX asr oxiri – XX asr boshlari Sharq tarixida qanday davr nomini olgan?
  1. “Osiyo uyg‘onishi” davri
  2. “Buyuk ko‘chish” davri
  3. “Yopiq eshiklar” davri
  4. “Qizil bayroq” davri

To‘g‘ri javob: “Osiyo uyg‘onishi” davri. Bu davrda Sharqning an’anaviy jamiyatlarida sanoatlashtirish kurtaklari ko‘rina boshlagan.

Sharqdagi “g‘arblashish”, ya’ni Yevropa-Amerika modeliga taqlid qilish qaysi jarayonning oqibati edi?
  1. G‘arb bilan teng huquqli ittifoq tuzilishining
  2. Sharq mamlakatlarini mustamlakalashtirishning
  3. Sharqda sanoat inqilobi yakunlanishining
  4. Xalqaro savdo erkinlashuvining

To‘g‘ri javob: Sharq mamlakatlarini mustamlakalashtirishning. G‘arblashishning barchasi Sharq mamlakatlarini mustamlakalashtirishning oqibatlari edi.

Yaponiyada harbiy-feodal hukumat – Tokugava syogunligi qaysi yili ag‘darildi?
  1. 1868-yili
  2. 1858-yili
  3. 1853-yili
  4. 1871-yili

To‘g‘ri javob: 1868-yili. 1868-yili Tokugava syogunligi ag‘darildi, syogun qo‘shinlari jangsiz taslim bo‘ldi.

1868-yili Yaponiyada qaysi harbiy-feodal hukumat ag‘darildi?
  1. Tokugava syogunligi
  2. Meydzi hukumati
  3. Kamakura syogunligi
  4. Ashikaga syogunligi

To‘g‘ri javob: Tokugava syogunligi. 1868-yili ag‘darilgan harbiy-feodal hukumat Tokugava syogunligi edi.

Yaponiyada Tokugava tarafdorlariga qarshi harbiy harakatlar natijasida syogunlik qaysi yili butunlay tugatildi?
  1. 1873-yili
  2. 1869-yili
  3. 1867-yili
  4. 1871-yili

To‘g‘ri javob: 1869-yili. Harbiy harakatlar davom ettirilib, 1869-yili syogunlik butunlay tugatildi.

1868–1869-yillarda Tokugava syogunligi ag‘darilgan va tugatilgan voqealar Yaponiya tarixida qanday nom oldi?
  1. Taypin qo‘zg‘oloni
  2. Sinxay inqilobi
  3. Sipoylar qo‘zg‘oloni
  4. Meydzi inqilobi

To‘g‘ri javob: Meydzi inqilobi. Bu yillardagi voqealar Yaponiya tarixida Meydzi inqilobi nomini oldi.

Hukmronligi rasman Meydzi deb atalgan Yaponiya imperatori kim edi?
  1. Komey
  2. Mutsuxito
  3. Xirohito
  4. Yoshixito

To‘g‘ri javob: Mutsuxito. Imperator Mutsuxito hukmronligi rasman Meydzi, ya’ni ma’rifatli boshqaruv deb atalgan.

Imperator Mutsuxito hukmronligi rasman nima deb atalgan?
  1. Meydzi
  2. Syova
  3. Xeysey
  4. Taysyo

To‘g‘ri javob: Meydzi. Mutsuxito hukmronligi rasman Meydzi deb atalgan va ma’rifatli boshqaruv ma’nosini anglatadi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiIkki xil Amerika: Shimoliy va Janubiy Amerikada taraqqiyot yoʻnalishlariKeyingi →Islom sivilizatsiyasi mamlakatlarida anʼanaviylik va islohotchilik oʻrtasidagi kurash