Islom sivilizatsiyasi mamlakatlarida anʼanaviylik va islohotchilik oʻrtasidagi kurash
3. Jahon madaniyatiga islom sivilizatsiyasi nimalar bergan?
Islom sivilizatsiyasi tarixida XIII–XIV asrlardan boshlangan intellektual tushkunlik XVI asrga kelib iqtisodiy va siyosiy inqirozni ham boshlab berdi. Bir paytlar jahon taraqqiyotining yalovbardori bo‘lgan islom sivilizatsiyasi XVII asrga kelib chuqur intellektual inqirozga yuz tutdi va islom mamlakatlaridagi ta’lim va madaniyat markazlarining ko‘pchiligi tor fikrli mutaassiblar va murosasiz jaholatparastlar o‘chog‘iga aylanib qoldi. XIX asr oxiri – XX asr boshlariga kelib islom sivilizatsiyasi mamlakatlari G‘arbdan ancha orqada qolib ketgan edi.
ESGA OLING
Tarix fanidagi bilimlaringizga tayanib an’anaviylik va islohotchilik tushunchalariga ta’rif bering.
Sulton Abdulhamid II
CHIQARING
Bir vaqtlar Usmoniylar imperiyasi islom dunyosining eng qudratli davlati bo‘lib, u sultonning yakka hukmronligiga asoslangan monarxiya edi. Iqtisodiyotining asosini juda qoloq qishloq xo‘jaligi tashkil qilganligi uchun ocharchiliklar bo‘lib turardi. Usmoniylar hukumatining islohotchilik kursi ham puchga chiqdi. Barcha harakatlarga qaramasdan, XIX asrning oxirgi choragiga kelib Turkiya yarim mustamlaka, chet el kapitaliga qaram mamlakatga aylanib qolgan edi.
Ana shunday vaziyatda jamiyatning ilg‘or qatlamlari orasida mavjud holatga qarshi norozilik kayfiyati kuchaya boshladi. 1865-yili Istanbulda maxfiy siyosiy tashkilot tuzilib, uning a’zolari o‘zlarini “yangi usmoniylar” deb atadilar. Yevropada bu tashkilot “Yosh Turkiya”, uning ishtirokchilari “yosh turklar” nomini oldi. Ularning harakati tufayli Turkiyada islohotlar boshlandi.
CHIQARING
1876-yili taxtga Abdulhamid II keldi, Midhat posho esa buyuk vazir lavozimini egalladi va bo‘lg‘usi konstitutsiya loyihasini tayyorlashga ruxsat oldi. Yosh turklarga bunday yon berilishi imperiyaning o‘sha davrlardagi og‘ir ahvolidan kelib chiqqan zarurat edi. Sulton Abdulhamid II ham shu sababli konstitutsiyani qabul qilishga majbur bo‘ldi.
1876-yil dekabrda qabul qilingan “Midhat konstitutsiyasi” Turkiyani konstitutsion monarxiya deb e’lon qildi. Unda ikki palatali parlament tuzilishi ham ko‘zda tutilgandi. Imperiyaning barcha fuqarolari usmoniylar deb atalib, qonun oldida teng hisoblanadi. Bu konstitutsiya o‘zining barcha kamchiliklariga qaramasdan, agar hayotga tatbiq qilinganida, o‘sha davrdagi Turkiya uchun progressiv ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi.
CHIQARING
1877-yil bahorda Rossiya-Turkiya urushi boshlandi. 1878-yil boshida Turkiyaning harbiy holati og‘ir, armiya tor-mor qilingan, ruslar imperiya poytaxtiga yaqinlashayotgan edi. Sulton Abdulhamid II esa bu halokatli vaziyatdan foydalanib parlamentni tarqatib yubordi va “Midhat konstitutsiyasi”ni bekor qiladi. Deputatlarning bir qismini qamoqqa olib, mamlakatni yakka o‘zi boshqarishini e’lon qildi. 1878-yil martda Istanbul yaqinidagi San Stefano nomli joyda ruslar bilan sulh imzolandi. Sulhning asosiy sharti mustaqil Bolgariya davlatini tuzish bo‘ldi.
Birinchi Usmoniylar imperiyasi parlamentining ochilishi
YODDA TUTING
1871-yili sulton Abdulazizning bosh vaziri Mahmud Nadim posho ta’qib qilingan “yosh turklar”ning afv etilishiga erishdi.
Sulton Abdulaziz
1876-yil dekabrda Turkiya konstitutsion monarxiya deb e’lon qilindi.
1908-yili “Yosh turklar” partiyasidan bo‘lgan zobitlar qo‘zg‘olon ko‘tardi. Yosh turklar inqilobi nomini olgan bu inqilobiy voqealar Turkiyada feodal-mustabid tuzumni ag‘darib tashladi va konstitutsiyani tikladi. Shu tariqa 1908-yilgi Turkiya inqilobi g‘alaba qozondi.
Bir necha harbiy to‘ntarishlardan so‘ng 1913-yili hokimiyatga “Yosh turklar” partiyasining vakillari – Anvar posho, Tal’at posho va Jamol posholardan iborat uchlik keldi. Ular Birinchi jahon urushi arafasidagi murakkab xalqaro sharoitda Antantaga zid ravishda Germaniya bilan yaqinlashish siyosatini olib borishdi. 1914-yil avgustda o‘ta maxfiy holatda Germaniya bilan shartnoma imzolandi. Mazkur shartnomaning imzolanishi Usmoniylar imperiyasi halokatining muhim sabablaridan bir bo‘ldi.
FORS DAVLATI
asrning ikkinchi yarmi Yevropa davlatlarining, birinchi navbatda, Angliya va Rossiyaning Forsda faol mustamlakachilik ekspansiyasi davri bo‘ldi. Hokimiyatda turgan qojarlar sulolasi vakillari o‘z xalqining talabidan ko‘ra chet davlatlarning talabini bajarishni afzal ko‘rdi. Forsni qaram qilishda chet el kapitali evaziga turli xil konsessiyalar olish va Tehronga pul qarz berish kabi usullardan keng foydalanildi. Natijada Fors Yevropa davlatlarining xomashyo bazasiga aylanib bordi.
TARIXIY MUSHOHADA
Mamlakat iqtisodiyotidan tashqari davlat boshqaruvining ba’zi sohalari ham chet elliklarning nazoratiga o‘tib ketdi. 1879-yili rus ofitserlari boshchiligida tuzilgan kazaklar polki keyinchalik brigadaga aylantirildi va Fors armiyasining yagona jangovar qismi sifatida shoh rejimining Rossiyaga qaramligini kuchaytirishga xizmat qildi.
Mamlakatdagi og‘ir ahvol va Muzaffariddin shohning siyosati 1905–1911-yillardagi burjua-demokratik inqilobiga olib keldi va u milliy-ozodlik harakati bilan qo‘shilib ketdi. Inqilob jarayonida majlis (parlament) tuzildi, konstitutsiya qabul qilindi. Bu o‘zgarishlarga qaramasdan, oxir-oqibatda qojarlar hokimiyati tiklandi va mamlakat Rossiya hamda Angliya tomonidan ta’sir hududlariga bo‘lib olindi. Natijada Fors kuchli davlatlarning yarim mustamlakasiga aylantirildi.
TARIXIY MUSHOHADA
Xullas, XIX asr oxiri – XX asr boshlari Yevropa davlatlari, AQSH va Yaponiyaning mustamlakachilik ekspansiyasi eng avj olgan davr bo‘ldi. Islom dunyosi ham yirik hududlarga egalik qilayotgan metropoliyalar tomonidan deyarli to‘liq bo‘lib olindi; Turkiya, Fors singari mamlakatlar iqtisodiy zulm ostida qoldi, yarim mustamlakalarga aylantirildi.
Bu davrda boshqa mustamlakalar singari islom mamlakatlarida ham iqtisodiy hayotning nisbatan barqarorlashuvi yuz berdi. Infratuzilmalarni yaratish faol olib borildi: temiryo‘llar, dengiz portlari, irrigatsiya inshootlari qurildi. Islom mamlakatlarida mustamlakachi hukumatlar tomonidan bir qator eskirgan urf-odat va holatlar (qul savdosi, bolalar savdosi, ko‘pxotinlik) bekor qilindi. 1870–1914-yillari mustamlakalar, jumladan, islom mamlakatlariga investitsiyalar kiritish ham keskin ortdi. Turkiya, Misr va Yaqin Sharq mamlakatlariga kiritilgan investitsiyalar hajmi barcha investitsiyalarning 50–60% ini tashkil qildi.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Mustaqil tarzda dunyo sivilizatsiyalari tarixi bilan tanishing. Har bir sivilizatsiyaning kishilik jamiyati taraqqiyoti uchun qo‘shgan hissasini tahliliy qamrab oling. Fikringizni esse tarzida yozing.
Islom mamlakatlarining madaniy rivojlanishida an’anaviylik bilan modernizm o‘rtasidagi keskin kurash asosiy rol o‘ynadi. Agar bir qator boshqa mamlakatlar, masalan, Yaponiyada an’anaviylik va modernizmni uyg‘unlashtirgan o‘ziga xos muhit shakllangan bo‘lsa, islom mamlakatlarida G‘arbning madaniy ta’siriga qarshi kuchli harakatlar olib borildi.
MUSTAQIL ISH
Xaritadan XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi Turkiya va Eron hududlarini toping.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1865-yili — 1865-yili Istanbulda maxfiy siyosiy tashkilot tuzilib, uning a’zolari o‘zlarini “yangi usmoniylar” deb atadilar.
- 1870–1914-yillari — 1870–1914-yillari mustamlakalar, jumladan, islom mamlakatlariga investitsiyalar kiritish ham keskin ortdi.
- 1871-yili — 1871-yili sulton Abdulazizning bosh vaziri Mahmud Nadim posho ta’qib qilingan “yosh turklar”ning afv etilishiga erishdi.
- 1876-yili — 1876-yili taxtga Abdulhamid II keldi, Midhat posho esa buyuk vazir lavozimini egalladi va bo‘lg‘usi konstitutsiya loyihasini tayyorlashga ruxsat oldi.
- 1876-yil — 1876-yil dekabrda qabul qilingan “Midhat konstitutsiyasi” Turkiyani konstitutsion monarxiya deb e’lon qildi.
- 1876-yil — 1876-yil dekabrda Turkiya konstitutsion monarxiya deb e’lon qilindi.
- 1877-yil — 1877-yil bahorda Rossiya-Turkiya urushi boshlandi.
- 1878-yil — 1878-yil boshida Turkiyaning harbiy holati og‘ir, armiya tor-mor qilingan, ruslar imperiya poytaxtiga yaqinlashayotgan edi.
- 1878-yil — 1878-yil martda Istanbul yaqinidagi San Stefano nomli joyda ruslar bilan sulh imzolandi.
- 1879-yili — 1879-yili rus ofitserlari boshchiligida tuzilgan kazaklar polki keyinchalik brigadaga aylantirildi va Fors armiyasining yagona jangovar qismi sifatida shoh rejimining Rossiyaga qaramligini kuchaytirishga xizmat qildi.
Bilimingizni sinang
Islom sivilizatsiyasida XIII–XIV asrlardan boshlangan intellektual tushkunlik qaysi asrga kelib iqtisodiy va siyosiy inqirozni ham boshlab berdi?
- XVII asrga
- XVIII asrga
- XVI asrga
- XV asrga
To‘g‘ri javob: XVI asrga. Intellektual tushkunlik XVI asrga kelib iqtisodiy va siyosiy inqirozni ham boshlab berdi.
Istanbulda a'zolari o'zlarini "yangi usmoniylar" deb atagan maxfiy siyosiy tashkilot qaysi yili tuzilgan?
- 1856-yili
- 1871-yili
- 1876-yili
- 1865-yili
To‘g‘ri javob: 1865-yili. Istanbulda 1865-yili maxfiy siyosiy tashkilot tuzilgan, uning a'zolari o'zlarini "yangi usmoniylar" deb atagan.
1865-yili Istanbulda tuzilgan maxfiy siyosiy tashkilotning a'zolari o'zlarini qanday atashgan?
- ulug' usmoniylar
- yangi sanjaklar
- islohotchi muhojirlar
- yangi usmoniylar
To‘g‘ri javob: yangi usmoniylar. Maxfiy tashkilot a'zolari o'zlarini "yangi usmoniylar" deb atashgan.
Yevropada "yangi usmoniylar" tashkiloti ishtirokchilari qanday nom bilan mashhur bo'lgan?
- yosh arablar
- yosh bolgarlar
- yosh misrliklar
- yosh turklar
To‘g‘ri javob: yosh turklar. Yevropada bu tashkilot "Yosh Turkiya", ishtirokchilari esa "yosh turklar" nomini olgan.
Istanbulda “yangi usmoniylar” deb atalgan maxfiy siyosiy tashkilot qaysi yili tuzilgan?
- 1865-yil
- 1876-yil
- 1871-yil
- 1878-yil
To‘g‘ri javob: 1865-yil. Maxfiy tashkilot 1865-yili Istanbulda tuzilgan va Yevropada “Yosh Turkiya” nomini olgan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga tartiblang: A) Midhat konstitutsiyasining qabul qilinishi; B) “Yosh turklar” tashkilotining tuzilishi; C) Yosh turklar inqilobi; D) Germaniya bilan maxfiy shartnoma.
- A–B–C–D
- B–C–A–D
- B–A–C–D
- A–C–B–D
To‘g‘ri javob: B–A–C–D. Tashkilot 1865-yil, konstitutsiya 1876-yil, inqilob 1908-yil, shartnoma 1914-yilda.
Yosh turklarning maxfiy tashkiloti tuzilgan yildan “Midhat konstitutsiyasi” qabul qilingan yilgacha necha yil o‘tgan?
- 9 yil
- 11 yil
- 13 yil
- 21 yil
To‘g‘ri javob: 11 yil. Tashkilot 1865-yilda, konstitutsiya esa 1876-yilda qabul qilingan; 1876 − 1865 = 11.
Abdulhamid II taxtga kelgan va Midhat posho buyuk vazir lavozimini egallagan yil qaysi?
- 1873-yili
- 1881-yili
- 1876-yili
- 1878-yili
To‘g‘ri javob: 1876-yili. 1876-yili taxtga Abdulhamid II keldi, Midhat posho esa buyuk vazir bo'ldi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash