Afrika mamlakatlarida mustamlakachilik va taraqqiyot muammolari
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
3. Yangi davr boshlarida Afrika mamlakatlari taraqqiyotining orqada qolish sabablarini sanab o‘ting.
XIX ASR OXIRIDA AFRIKA
Yangi davrning eng sharmandali hodisalaridan biri qulchilik va qul savdosi bo‘ldi. Qul savdosi Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH kabi davlatlarda rasman XIX asrning birinchi yarmidayoq taqiqlangan edi. 1889–1890-yillardagi Bryussel konferensiyasi qul savdosini taqiqladi va Afrikadan qullarni maxfiy olib ketishga qarshi kurash boshlandi.
Qul savdosi u bilan shug‘ullanuvchilar va savdogarlarga juda katta foyda keltirardi. Yevropa va Amerikadagi shaharlar – Bristol, Liverpul, Manchester, London, Nant, Ruan, Amsterdam, Nyu York, Yangi Orlean, Rio de Janeyro va boshqalarning jadal rivojlanishi va gullab-yashnashi qul savdosi bilan bog‘liq edi. Qariyb to‘rt asr ichida yevropaliklar Amerikaga 15–16 million qul olib kelishdi. Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul savdosi jarayonlarida taxminan 60–70 million kishi halok bo‘ldi. Qul savdosi Afrikaning sillasini quritish evaziga Yevropa va Amerika mamlakatlarining iqtisodiy gullab-yashnashiga xizmat qildi.
XIX ASR OXIRIDA AFRIKA
Berlin konferensiyasi
XIX asrning 70-yillarigacha davom etgan qul savdosining Afrika uchun eng og‘ir oqibatlaridan biri psixologik holat bo‘ldi: inson hayoti qadrsizlandi, quldorlar va qullarning degradatsiyasi (tanazzulga uchrashi) yuz berdi. Qulchilikning eng g‘ayriinsoniy ko‘rinishi – rasizm (irqchilik) mafkurasi shakllandi. To‘rt asr davomida ko‘pchilikning, avvalo yevropaliklarning tasavvurida qul deganda afrikalik, ya’ni qora tanli odam aks etadigan bo‘lib qoldi. Ko‘plab avlod Gana, Songay, Benin, Monomotapa kabi o‘ziga xos sivilizatsiyalar haqida ma’lumotga ega ham bo‘lmasdan, Afrikani faqat qul savdosi va qul tushunchalari orqaligina tasavvur qildi. Qul savdosi Afrika xalqlarining notarixiyligi, yuqori aqliy qobiliyatga ega emasligi to‘g‘risidagi g‘ayriilmiy konsepsiyalarni keltirib chiqardi. Yevropaliklar Afrikani zabt etish va mustamlakalarga bo‘lib olishdagi o‘zlarining g‘ayriinsoniy va axloqsiz harakatlarini oqlash uchun bu konsepsiyalardan ustalik bilan foydalandilar.
CHIQARING
1884 –1885-yillardagi Berlin konferensiyasi Afrikani mustamlakaga aylantirish davridagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Konferensiya Yevropa davlatlari ishtirokida “Qora qit’a” taqdirini muhokama qilishga bag‘ishlangan birinchi maxsus yig‘ilish bo‘ldi. Yig‘ilish Germaniya va Fransiya tashabbusi bilan chaqirilib, unda 12 ta Yevropa davlati hamda AQSH va Turkiya qatnashdi. Konferensiyada Afrikaga Yevropa davlatlari mustamlakachilik va iqtisodiy ekspansiyasining obyekti sifatida qaraldi.
Afrikaliklar nuqtayi nazarida Berlin konferensiyasi xalqlarning huquqlarini poymol qiluvchi imperialistik siyosatning namoyishi bo‘ldi. Tropik Afrikadagi gazetalardan biri “Lagos observer” 1885-yili: “Dunyo hali hech qachon bunday katta miqyosdagi va surbetlarcha qilingan talonchilikka guvoh bo‘lmagan edi. Biroq Afrika qarshilik qilishga ojiz”, – deb yozgan edi.
YODDA TUTING
Yevropa va Amerikadagi shaharlar – Bristol, Liverpul, Manchester, London, Nant, Ruan, Amsterdam, Nyu York, Yangi Orlean, Rio de Janeyro va boshqalarning jadal rivojlanishi va gullab-yashnashi qul savdosi bilan bog‘liq edi.
Berlin konferensiyasida Afrika Yevropa davlatlari mustamlakachilik va iqtisodiy ekspansiyasining obyekti sifatida qaraladi.
AFRIKANING BO‘LIB OLINISHI
Qit’ani mustamlakalarga bo‘lib olish XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada kapitalizm taraqqiyotining natijasi bo‘ldi. 1876-yilgacha Yevropa davlatlari tomonidan Afrika qit’asining faqat 10% i egallangan edi. 1900-yilga kelib Afrika qit’asining 9/10 qismi mustamlakachi bosqinchilar qo‘liga o‘tdi. Buyuk Britaniya qit’aning katta qismini bosib olgan bo‘lib, bu hududlarda Afrika umumiy aholisining qariyb yarmi istiqomat qilardi.
Fransiya ham Afrika qit’asining katta qismini egallab olgan bo‘lib, bu hududlarda Afrika aholisining qariyb uchdan bir qismi yashardi. Fransiya mustamlakalarining asosiy qismi G‘arbiy va Ekvatorial Afrikada joylashgan va ancha qismi Sahroyi Kabirga to‘g‘ri kelardi. Qolgan hududlar Belgiya, Portugaliya, Ispaniya, Germaniya va Italiya o‘rtasida taqsimlangan edi.
AFRIKANING BO‘LIB OLINISHI
Barcha mustamlakalardagi yevropaliklar faoliyatining umumiy belgisi Afrika xalqlarini shafqatsiz ekspluatatsiya qilish va bu yerdagi boyliklarni talash bo‘ldi.
QARSHI KURASHLARI
Mustaqillik uchun kurash yillarida Afrika vatanparvarlarining ajoyib qobiliyatlari namoyon bo‘ldi. Qarshilik ko‘rsatish harakatlariga asosan katta-kichik davlatlar va davlat birikmalarining hukmdorlari, qabilalar boshliqlari rahbarlik qildilar. Ular orasida, ayniqsa, Samori, Behanzin, Raboh, Muhammad ibn Abdulla kabilar o‘z jasoratlari va uddaburonliklari bilan mashhur bo‘lganlar.
TARIXIY MUSHOHADA
Tropik Afrika mamlakatlarida milliy mafkuraning shakllanishida yangi, o‘qimishli ijtimoiy qatlamning paydo bo‘lishi katta rol o‘ynadi. Odatda bu qatlamni mustamlaka rejimiga xizmat qilayotgan kichik amaldorlar, o‘qituvchilar, ruhoniylar, shifokorlar va yuristlar tashkil qilardi. Ko‘p hollarda bu afrikaliklar an’anaviy shakllangan ajdodlar dinidan voz kechishardi. Xristianlikni qabul qilganlaridan so‘ng ularni bog‘lab turgan qabilaviy aloqalar susayib, yevropacha madaniyatga intilish kuchayib borardi. Ana shu yangi qatlam doirasida milliy intelligensiya (ziyolilar) shakllanib bordi.
BILIB OLING
XIX asrning 70-yillarigacha...
1884–1885-yillardagi Berlin konferensiyasi...
XIX asr oxirida Tunis aholisi
1876-yilgacha Yevropa davlatlari...
Xullas, Birinchi jahon urushi arafasida imperialistik davlatlarning Afrikani bo‘lib olish jarayoni yakunlandi. O‘z vatanini va mustaqilligini himoya qilgan yuz minglab afrikaliklar mustamlakachilar bilan bo‘lgan tengsiz janglarda halok bo‘ldilar. Mustamlakachilar esa qit’aning tabiiy boyliklarini talash, aholisini shafqatsiz ekspluatatsiya qilish evaziga cheksiz boyliklar orttirib, Yevropani yuksaltirishga hissa qo‘shdilar.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Afrika tarixida o‘z jasoratlari va uddaburonliklari bilan mashur bo‘lgan Samori, Behanzin, Raboh, Muhammad ibn Abdulla kabi xalq rahnamolari faoliyatidan hozirgi voyaga yetgan avlod nimalar o‘rganishi mumkinligi haqida fikr yuriting.
Mazkur shaxslar faoliyatiga bag‘ishlangan o‘quv loyihasi yarating.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
(1914-yil 28-iyul – 1918-yil 11-noyabr)
Bosniyalik serb yigit – Gavrilo Prinsip tomonidan Avstriya-Vengriya taxti vorisi – Frans Ferdinand va rafiqasining o‘ldirilishi urushga bir bahona bo‘ldi. Urushayotgan mamlakatlar armiyalariga 74 milliondan ortiq kishi safarbar etildi. 1919-yil 28-iyun kuni g‘olib davlatlar tomonidan tashkil etilgan Parij tinchlik konferensiyasida Germaniya Birinchi jahon urushini rasman yakunlagan Versal shartnomasini imzolashga majbur bo‘ldi.
Holokost
Holokost Ikkinchi jahon urushi davrida Germaniya va uning ittifoqchilari hududida, ular tomonidan bosib olingan hududlarda yashovchi yahudiylarning ta’qib va ommaviy qirg‘in qilinishidir. Qirg‘in natijasida 6 millionga yaqin odam o‘lim lagerlarida halok bo‘lgan.
(1939-yil 1-sentyabr – 1945-yil 2-sentyabr)
Insoniyat tarixidagi fashistik Germaniya, Italiya va militaristik Yaponiya hamda antifashistik koalitsiya mamlakatlari o‘rtasidagi eng yirik urush. Urushda 62 davlat qatnashdi. 40 davlat hududida janglar olib borildi.
Muhim sanalar
- 1876-yilgacha — 1876-yilgacha Yevropa davlatlari tomonidan Afrika qit’asining faqat 10% i egallangan edi.
- 1884 –1885-yillarda — 1884 –1885-yillardagi Berlin konferensiyasi Afrikani mustamlakaga aylantirish davridagi muhim voqealardan biri bo‘ldi.
- 1885-yili — Tropik Afrikadagi gazetalardan biri “Lagos observer” 1885-yili: “Dunyo hali hech qachon bunday katta miqyosdagi va surbetlarcha qilingan talonchilikka guvoh bo‘lmagan edi.
- 1889–1890-yillarda — 1889–1890-yillardagi Bryussel konferensiyasi qul savdosini taqiqladi va Afrikadan qullarni maxfiy olib ketishga qarshi kurash boshlandi.
- 1900-yilga — 1900-yilga kelib Afrika qit’asining 9/10 qismi mustamlakachi bosqinchilar qo‘liga o‘tdi.
- 1919-yil — 1919-yil 28-iyun kuni g‘olib davlatlar tomonidan tashkil etilgan Parij tinchlik konferensiyasida Germaniya Birinchi jahon urushini rasman yakunlagan Versal shartnomasini imzolashga majbur bo‘ldi.
- XIX asrning — Qul savdosi Buyuk Britaniya, Fransiya, AQSH kabi davlatlarda rasman XIX asrning birinchi yarmidayoq taqiqlangan edi.
- XIX asrning — XIX asrning 70-yillarigacha davom etgan qul savdosining Afrika uchun eng og‘ir oqibatlaridan biri psixologik holat bo‘ldi: inson hayoti qadrsizlandi, quldorlar va qullarning degradatsiyasi (tanazzulga uchrashi) yuz…
- 70-yillarigacha — XIX asrning 70-yillarigacha davom etgan qul savdosining Afrika uchun eng og‘ir oqibatlaridan biri psixologik holat bo‘ldi: inson hayoti qadrsizlandi, quldorlar va qullarning degradatsiyasi (tanazzulga uchrashi) yuz…
- XIX asrning — Qit’ani mustamlakalarga bo‘lib olish XIX asrning ikkinchi yarmida Yevropada kapitalizm taraqqiyotining natijasi bo‘ldi.
Bilimingizni sinang
Qul savdosi Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSH kabi davlatlarda rasman qaysi davrda taqiqlangan edi?
- XVIII asrning oxirida
- XIX asrning birinchi yarmida
- XIX asrning ikkinchi yarmida
- XVIII asrning boshlarida
To‘g‘ri javob: XIX asrning birinchi yarmida. Qul savdosi bu davlatlarda rasman XIX asrning birinchi yarmidayoq taqiqlangan.
Qul savdosini taqiqlagan Bryussel konferensiyasi qaysi yillarda bo'lib o'tgan?
- 1876-1877-yillarda
- 1895-1896-yillarda
- 1884-1885-yillarda
- 1889-1890-yillarda
To‘g‘ri javob: 1889-1890-yillarda. Bryussel konferensiyasi 1889–1890-yillarda qul savdosini taqiqlagan.
Qariyb to'rt asr ichida yevropaliklar Amerikaga qancha qul olib kelishgan?
- 5-6 million
- 40-45 million
- 15-16 million
- 25-26 million
To‘g‘ri javob: 15-16 million. Qariyb to'rt asrda yevropaliklar Amerikaga 15–16 million qul olib kelgan.
Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul savdosi jarayonlarida taxminan qancha kishi halok bo'lgan?
- 10-20 million
- 60-70 million
- 100-110 million
- 30-40 million
To‘g‘ri javob: 60-70 million. Atlantika orqali qul savdosida taxminan 60–70 million kishi halok bo'lgan.
Qul savdosini taqiqlagan 1889–1890-yillardagi konferensiya qaysi shaharda bo‘lib o‘tdi?
- Berlinda
- Bryusselda
- Parijda
- Londonda
To‘g‘ri javob: Bryusselda. Qul savdosini 1889–1890-yillardagi Bryussel konferensiyasi taqiqlagan.
Yevropaliklar qariyb to‘rt asr ichida Amerikaga necha million qul olib kelishgan?
- 15–16 million
- 5–6 million
- 25–30 million
- 60–70 million
To‘g‘ri javob: 15–16 million. Qariyb to‘rt asrda Amerikaga 15–16 million qul keltirilgan.
Atlantika okeani orqali amalga oshirilgan qul savdosi jarayonlarida taxminan necha kishi halok bo‘lgan?
- 15–16 million
- 40–50 million
- 60–70 million
- 100 million
To‘g‘ri javob: 60–70 million. Matnga ko‘ra, qul savdosida taxminan 60–70 million kishi halok bo‘lgan.
Quyidagilarni sodir bo‘lish tartibida joylashtiring: 1) Bryussel konferensiyasining qul savdosini taqiqlashi; 2) Berlin konferensiyasi; 3) Birinchi jahon urushi arafasida Afrikaning bo‘lib olinishi jarayonining yakunlanishi; 4) Yevropa davlatlari Afrikaning faqat 10 foizini egallab turgan davr.
- 2–4–1–3
- 4–2–1–3
- 4–1–2–3
- 4–2–3–1
To‘g‘ri javob: 4–2–1–3. 1876-yilgacha 10 foiz egallangan, Berlin konferensiyasi 1884–1885-yillarda, Bryussel konferensiyasi 1889–1890-yillarda bo‘lgan, bo‘lib olish urush arafasida yakunlangan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash