XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · Jahon tarixi · 9-mavzu

Birinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

1. Demokratiya va monarxiya atamalariga misollar bilan ta’rif bering.

3. Xalqaro ziddiyatlar keskinlashuvining o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat?

asr boshlariga kelib dunyo taraqqiyotining asosiy belgilaridan biri ilg‘or industrial davlatlarning notekis rivojlanishi, tashqi siyosatda kapitalistik monopoliyalar va moliya oligarxiyasi manfaatlarining ustuvorligi hamda dunyoni qaytadan bo‘lib olish uchun davlatlar o‘rtasida kurashning kuchayishi bo‘lib qoldi.

ESGA OLING

“Respublika” atamasiga ta’rif bering.

Uchlar ittifoqi imperatorlari: yuqorida Viktor Emmanuel III, chapda Vilgelm II, o‘ngda Frans Iosif I

UCHLAR ITTIFOQI VA ANTANTANING VUJUDGA KELISHI

asrning oxirgi 30 yilida rivojlanish sur’atlari keskin tezlashgan AQSH va Germaniya ilg‘or industrial davlatlar qatoriga kirib oldilar. Bu davlatlarning jadal rivojlanishi natijasida ularning harbiy-iqtisodiy imkoniyatlari bilan dunyoning ta’sir doiralarga bo‘linishi o‘rtasida nomutanosiblik vujudga keldi. Dunyoni qaytadan bo‘lib olish uchun kurash jahon siyosatining mazmunini belgilovchi eng muhim omilga aylandi.

1882-yili Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya Uchlar ittifoqi harbiy-siyosiy blokini tashkil qildi. Bu Yevropaning qarama-qarshi lagerlarga bo‘linishini boshlab berdi va Birinchi jahon urushining boshlanishida alohida rol o‘ynadi.

UCHLAR ITTIFOQI VA ANTANTANING VUJUDGA KELISHI

1904–1907-yillari Germaniya blokiga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o‘rtasida harbiy-siyosiy blok shakllandi va u Antanta nomi bilan tarixga kirdi. Birinchi jahon urushi asosan shu ikki harbiy-siyosiy ittifoqlar o‘rtasida bo‘ldi.

YODDA TUTING

1882-yili Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya Uchlar ittifoqi harbiy-siyosiy blokini tashkil qildi.

1904–1907-yillari Uchlar ittifoqiga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o‘rtasida harbiy-siyosiy blok shakllandi va u Antanta nomi bilan tarixga kirdi.

Gavrilo Prinsipning qo‘lga olinishi Frontdagi askarlar

BIRINCHI JAHON URUSHINING BOSHLANISHI

1914 -yil 28-iyunda Avstriya-Vengriya taxtining vorisi – shahzoda Frans Ferdinand va uning xotini Bosniyaning Sarayevo shahrida “Mlada Bosna” (“Yosh Bosniya”) tashkilotining a’zosi Gavrilo Prinsip tomonidan otib o‘ldirildi. Gavrilo Prinsipning bu qilmishi mudhish oqibatlarga olib keldi. Avstriya-Vengriya imperatori Vilgelm II o‘z hukumatidan bu qotillikka javoban urush e’lon qilishni talab qildi. 23-iyulda Avstriya-Vengriya Serbiyaga ultimatum e’lon qildi, uni qabul qilish Serbiya uchun o‘z mustaqilligini yo‘qotish bilan barobar edi. Shunga qaramasdan, Serbiya deyarli barcha talablarni qondirishga rozi bo‘ldi, ammo 28-iyul kuni Avstriya-Vengriya Serbiyaga urush e’lon qildi.

BIRINCHI JAHON URUSHINING BOSHLANISHI

Serbiyani aniq halokat holatiga tashlab qo‘yish Rossiyaning imperiyachilik manfaatlariga zarar yetkazardi hamda slavyan va pravoslav birdamligi an’analariga xilof edi. Shu sababli Rossiyada umumiy safarbarlik e’lon qilindi. Germaniya hukumati Rossiyaga ultimatum e’lon qilib, safarbarlikni to‘xtatishni talab qildi. Rossiya bu ultimatumga javob bermadi. Shundan so‘ng Germaniya 1-avgust kuni Rossiyaga, 3-avgust kuni esa Fransiyaga urush e’lon qildi. 4-avgust kuni Angliya Germaniyaga urush e’lon qildi.

Urush umumyevropa xarakteriga ega bo‘lib, tezda Yevropa chegaralaridan chiqib ketdi. Yaponiya urushdan Xitoyni bo‘ysundirishda, Tinch okeandagi Germaniya mustamlakalarini egallab olishda hamda Uzoq Sharqda o‘z hukmronligini o‘rnatishda foydalanmoqchi bo‘ldi. 1914-yil avgustda Yaponiya Germaniyaga urush e’lon qildi. Germaniya va uning ittifoqchilari tomonda Turkiya ham urushga qo‘shildi. Urush shu tariqa kengayib, Yevropa, Osiyo va Afrika davlatlarini qamrab oldi va jahon urushiga aylandi.

BIRINCHI JAHON URUSHINING BOSHLANISHI

Birinchi jahon urushi o‘zining kelib chiqishi, xarakteri va natijalariga ko‘ra, Serbiya, Chernogoriya, Belgiya va ozodlik uchun kurashyotgan boshqa xalqlardan tashqari barcha unda qatnashayotgan davlatlarning g‘arazli manfaatlarini ifodalovchi imperialistik, bosqinchilik xarakteridagi urush edi. Bunday xarakter urush olib borayotgan davlatlarning bosqinchilik maqsadlaridan kelib chiqardi.

IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I 1916–1918-yillardagi urush harakatlari

1916 -yilning boshiga kelib cho‘zilib ketgan urush Germaniyani muqarrar halokatga olib kelayotganligi aniq bo‘lib qoldi. Mamlakat ichkarisida ham norozilik kayfiyati hukm surardi.

Bunday holatda Germaniya butun e’tiborini yana G‘arbga qaratishga majbur bo‘ldi. Ammo butun front bo‘ylab umumiy operatsiya o‘tkazish uchun endi Germaniyaning kuchi yetarli emasdi. Shunda nemislar bitta muhim joyda fransuzlarga zarba berishga qaror qildilar.

Savollar: Mustaqil tarzda adabiyotlardan Birinchi jahon urushida ishtirok etgan davlatlarning ichki va tashqi siyosati bilan tanishing. Ishtirokchi davlatlar ichki va tashqi siyosatda qaysi jihatlarga e’tibor qaratgan?

IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I 1916–1918-yillardagi urush harakatlari

Fikringizni esse tarzida yozing.

Shunday joy fransuzlar himoyasining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan Verden edi. Verdenda katta kuchlarini to‘plagan nemislar 1916-yil fevralda hujum boshladilar. Bu yerda Germaniya 600 ming kishidan ayrildi, fransuzlar esa 360 ming kishini yo‘qotdi. Verdendagi o‘n oylik jang maqsadsiz qirg‘inning ramziga aylanib qoldi.

Urushning yakuniy bosqichi

1917 -yil bahorda Antanta davlatlari urushda burilish yasash uchun samarasiz harakat qildilar. Urushayotgan tomonlarning holdan toyganligi aniq bo‘lib qolgan edi. Germaniyada urushga qarshi chiqishlar boshlanib ketdi. Rossiya armiyasida 1917-yil Fevral inqilobidan so‘ng jangovarlik susayib ketdi. 1917-yil yozda Fransiya armiyasida ham tartibsizliklar boshlandi. Angliya, Fransiya, Italiyada ishchilar urushga qarshi shiorlar bilan chiqa boshladilar.

TARIXIY MUSHOHADA

Savollar: Birinchi jahon urushiga oid muhim ma’lumotlar qayd qilingan quyidagi jadvalga yana nimalarni qo‘shimcha qilish lozim deb hisoblaysiz?

Bunday vaziyatda AQSHning Antanta tomonidan urushga kirishi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1918-yilning o‘rtalariga kelib AQSH Yevropaga 1 mln ga yaqin qo‘shin kiritgan edi. Avgust oyida Antanta davlatlari tashabbusni o‘z qo‘llariga olib, barcha frontlarda hujumga o‘tdilar. Germaniya taslim bo‘ldi.

1918-yil 11-noyabr kuni Germaniya delegatsiyasi Antanta davlatlari tomonidan qo‘yilgan shartlarni imzoladi va urush yakunlanganligi e’lon qilindi.

1914–1918-yillardagi Birinchi jahon urushi shu tariqa yakunlandi. Germaniya va uning ittifoqchilari mag‘lub bo‘ldi. G‘olib davlatlar tomonidan Germaniyaning talanishi, uni tiz cho‘ktirish uchun qilingan harakatlar – bularning hammasi ularga qarshi reaksiya sifatida revanshizmning paydo bo‘lishiga olib keldi va fashistlarning hokimi-

BIRINCHI JAHON URUSHIGA OID MUHIM KO‘RSATKICHLAR

Urushning davomiyligi 4 yil-u 3,5 oy Safarbar qilingan

74 mln dan ortiq

Urushda qatnashgan

davlatlar soni 38 ta Halok bo‘lganlar soni

13,6 mln dan ortiq

Urushayotgan davlatlar aholisining umumiy soni 1,5 mlrd Yaralangan va nogi

20 mln dan ortiq

AvstriyaVengriyadagi ozchilik guruhlari

yatga kelishini osonlashtirdi. Aslida millionlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan, ulkan halokatga olib kelgan urushdan deyarli hech bir davlat to‘g‘ri xulosa chiqarmagan edi. Bu esa birinchisidan ham dahshatli gumanitar halokatga – Ikkinchi jahon urushining sodir bo‘lishiga olib keldi.

IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I

Dunyo hamjamiyati uchun urushlarning, xususan, Birinchi jahon urushining salbiy oqibatlarini o‘zida aks ettiruvchi videorolik tayyorlang.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Birinchi jahon urushi boshlanishiga qanday voqea bahona bo‘ldi? Urushning boshlanish sabablari nimalardan iborat edi?

2. Yaponiya birinchi jahon urushida qay tariqa ishtirok etdi?

3. 1916–1918-yillardagi urush harakatlarining asosiy jihatlari haqida so‘zlab bering.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

1882-yili Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya tashkil qilgan harbiy-siyosiy blok qanday nomlangan?
  1. Uchlar ittifoqi
  2. Balkan ittifoqi
  3. Antanta
  4. Muqaddas ittifoq

To‘g‘ri javob: Uchlar ittifoqi. 1882-yili Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya Uchlar ittifoqini tashkil qilgan.

Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya Uchlar ittifoqi harbiy-siyosiy blokini qaysi yili tashkil qildi?
  1. 1882-yili
  2. 1892-yili
  3. 1904-yili
  4. 1907-yili

To‘g‘ri javob: 1882-yili. Uchlar ittifoqi 1882-yili tashkil qilingan.

Quyidagilardan qaysi davlatlar 1882-yilda tuzilgan Uchlar ittifoqi tarkibiga kirgan?
  1. Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya
  2. Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya
  3. Germaniya, Fransiya, Italiya
  4. Avstriya-Vengriya, Rossiya, Turkiya

To‘g‘ri javob: Germaniya, Avstriya-Vengriya, Italiya. Uchlar ittifoqini Germaniya, Avstriya-Vengriya va Italiya tuzgan.

Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Verden jangi; 2) Antantaning shakllanishi; 3) Frans Ferdinandning Sarayevoda o‘ldirilishi; 4) Uchlar ittifoqining tuzilishi.
  1. 2–4–3–1
  2. 4–3–2–1
  3. 4–2–1–3
  4. 4–2–3–1

To‘g‘ri javob: 4–2–3–1. Uchlar ittifoqi 1882-yilda, Antanta 1904–1907-yillarda, Sarayevo qotilligi 1914-yilda, Verden jangi esa 1916-yilda bo‘lgan.

Germaniya blokiga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o'rtasida harbiy-siyosiy blok (Antanta) qaysi yillarda shakllangan?
  1. 1894-1897-yillarda
  2. 1882-1885-yillarda
  3. 1911-1914-yillarda
  4. 1904-1907-yillarda

To‘g‘ri javob: 1904-1907-yillarda. Antanta 1904–1907-yillarda shakllangan.

1904-1907-yillarda Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o'rtasida Germaniya blokiga qarshi shakllangan harbiy-siyosiy blok qanday nom bilan tarixga kirgan?
  1. Uchlar ittifoqi
  2. Balkan ittifoqi
  3. Antanta
  4. Muqaddas ittifoq

To‘g‘ri javob: Antanta. Bu blok Antanta nomi bilan tarixga kirgan.

Germaniya blokiga qarshi Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o‘rtasida Antanta bloki qaysi yillarda shakllandi?
  1. 1882–1885-yillar
  2. 1894–1899-yillar
  3. 1904–1907-yillar
  4. 1911–1914-yillar

To‘g‘ri javob: 1904–1907-yillar. Antanta 1904–1907-yillarda shakllangan.

Antanta harbiy-siyosiy bloki qaysi davlatlar o‘rtasida shakllandi?
  1. Germaniya, Italiya, Turkiya
  2. Fransiya, Italiya, Yaponiya
  3. Rossiya, Serbiya, Avstriya-Vengriya
  4. Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya

To‘g‘ri javob: Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya. Antanta Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya o‘rtasida shakllangan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiAfrika mamlakatlarida mustamlakachilik va taraqqiyot muammolariKeyingi →Liberal-demokratik mamlakatlarda taraqqiyotning yangi muammolari