XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · Jahon tarixi · 10-mavzu

Liberal-demokratik mamlakatlarda taraqqiyotning yangi muammolari

ESGA OLING

Savollar: Birinchi jahon urushi insoniyat uchun qanday oqibatlarga olib keldi?

Birinchi jahon urushi dunyoning siyosiy xaritasini o‘zgartirib yubordi va xalqaro munosabatlarga katta ta’sir ko‘rsatdi. Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmoniylar imperiyalari tarqalib ketdi. Urush tugashi bilan g‘olib davlatlar xalqaro munosabatlarda yangi tartib o‘rnatish, urushdan keyingi dunyoning qiyofasini belgilash uchun Parijga yig‘ildilar.

Versal shartnomasi

O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING

Savollar: Sizningcha, jahonda tinchlikni saqlash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xavfsizlik masalalari asosiy vazifalari qilib belgilangan Millatlar Ligasiga qanday vakolatlar berilishi lozim edi?

Parij yaqinidagi Versal saroyida 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha 27 davlat vakillari ishtirokida tinchlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya jarayonidagi uzoq kurashdan so‘ng Germaniya bilan sulh shartlari kelishildi. 1919-yil 28-iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi. Shartnomaga ko‘ra, Germaniya Birinchi jahon urushi boshlanishi uchun yagona javobgar davlat deb e’lon qilindi.

O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING

Urush liberal-demokratik davlatlar mavqeyini kuchaytirib yubordi. “Urushning maqsadi – dunyoni demokratiya uchun xavfsiz qilish”, deya ta’kidlashdi. Shundan kelib chiqib, 1919-yili xalqaro tashkilot – Millatlar Ligasi tashkil qilindi. Jahonda tinchlik uchun kurash, xalqlar o‘rtasida hamkorlik va xavfsizlik masalalari Millatlar Ligasining asosiy vazifalari qilib belgilandi.

Mag‘lub davlatlar – Germaniya va Turkiyaning mustamlakalari g‘olib davlatlar tomonidan bo‘lib olindi. Buni qonuniylashtirish uchun Millatlar Ligasi Ustaviga mandat tushunchasi kiritildi.

Uzoq Sharq va Tinch okeandagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash maqsadida 1921-yil noyabr – 1922-yil fevral oylarida Vashington konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Vashington konferensiyasida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya o‘rtasida shartnoma imzolandi.

O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING

1919–1923-yillari imzolangan shartnomalar va jahondagi kuchlarning yangi nisbati xalqaro munosabatlarning Versal-Vashington tizimi nomini oldi. Versal- Vashington tizimi bir guruh davlatlarning dunyoga hukmronligini, dunyo siyosatida AQSH ta’sirining sezilarli kuchayganligini aks ettirdi.

AMERIKA QO‘SHMA SHTATLARI

Birinchi jahon urushidan keyin liberal demokratiya mamlakatlarining yetakchisi AQSH bo‘lib qoldi. Ammo amerikacha gullab-yashnashning va ilg‘or kapitalistik mamlakatlar iqtisodiyotining bo‘sh tomoni ham bo‘lib, u doimiy yuz beradigan inqirozlarda namoyon bo‘ladi. 1929-yil 24-oktyabrda Nyu York fond birjasida boshlangan inqiroz tufayli barqaror rivojlanish davri tugadi. AQSHning ortidan butun kapitalistik dunyo jahon iqtisodiy inqirozi girdobiga sho‘ng‘idi. Bu inqiroz kapitalistik xo‘jalik shaklining XIX asr oxiri – XX asr boshlari uchun xos bo‘lgan tarixiy evolyutsiyasini yakunladi.

YODDA TUTING

Parij yaqinidagi Versal saroyida 1919-yil 18-yanvardan 1920-yil 21-yanvargacha 27 davlat vakillari ishtirokida tinchlik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

1919-yil 28-iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi.

Uzoq Sharq va Tinch okeandagi bahsli muammolarni hal qilish va dengizdagi qurollarni cheklash maqsadida 1921-yil noyabr – 1922-yil fevral oylarida Vashington konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

1930-yillarning boshiga kelib AQSH kapitalistik dunyoning tan olingan yetakchisiga, texnik taraqqiyotning yalovbardoriga aylandi. Iqtisodiy inqirozning butun qudrati ham shu yerda namoyon bo‘ldi. Xo‘jalikning an’anaviy tipi o‘z imkoniyatlarini yakunladi. 1929–1932-yillari sanoat ishlab chiqarish hajmi 50% ga qisqardi, 13 millionga yaqin kishi o‘z ish joylaridan mahrum bo‘ldi.

YODDA TUTING

1932-yil noyabrdagi saylovlarda Amerika xalqiga yangi kurs va’da qilgan Franklin Ruzvelt g‘olib chiqdi. “Yangi kurs” Amerika kapitalizmining xarakterini o‘zgartirib yubordi. U AQSH iqtisodini yangi, buyuk davlatchilik intilishlari avj olgan davrga mosladi. Shu tariqa 1930-yillarning ikkinchi yarmida AQSH va uning ortidan butun kapitalistik dunyo iqtisodiy inqirozdan chiqib oldi.

Parij tinchlik konferensiyasi

BILIB OLING

Versal-Vashington tizimi bu –...

1929-yil 24-oktyabrda...

1932-yil noyabrda...

1933-yili...

Tashqi siyosatda AQSH 1933-yili SSSR bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi; 1935–1936-yillari neytralitet haqida hamda urushayotgan davlatlarga qurol yetkazib berish va kredit ajratishni taqiqlash to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Ikkinchi jahon urushi boshlanguncha izolyatsionizm AQSH hukumatining ustuvor siyosati bo‘lib qoldi.

BUYUK BRITANIYA

Birinchi jahon urushidagi g‘alaba Buyuk Britaniya uchun juda qimmatga tushdi. Urushdan oldin kreditor bo‘lgan Buyuk Britaniya AQSHdan va o‘z dominionlaridan qarzdor bo‘lib qoldi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari juda past bo‘lib, inqiroz va turg‘unlik odatiy holga aylandi. Ishtashlash harakati jiddiy tus oldi. Ishchilar ish haqining oshirilishi va ish kunining qisqartirilishini talab qildilar.

Shunday sharoitda boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga unchalik katta ta’sir qilmadi. 1934-yildan boshlab mamlakat inqirozdan chiqa boshladi.

1937–1940-yillari hukumatga konservatorlar yetakchisi Nevill Chemberlen keldi. 1938-yili Myunxen kelishuvining imzolanishi natijasida Nevill Chemberlen 1940-yili hukumat boshlig‘i lavozimidan iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Hukumatni XX asr Buyuk Britaniya tarixida juda katta rol o‘ynagan siyosatchi Uinston Cherchill boshqardi.

FRANSIYA

Birinchi jahon urushida erishilgan g‘alaba Fransiyaga ham qimmatga tushdi. Bevosita urush harakatlari bo‘lib o‘tgan Fransiya hududining uchdan bir qismidagi sanoat korxonalari vayron bo‘ldi. Pul keskin qadrsizlandi, Fransiya AQSHdan qarzdor bo‘lib qoldi.

IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I

Mustaqil tarzda AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiyaning o‘rta asrlar tarixi bilan tanishing. Har bir davlatning taraqqiyotiga xos bo‘lgan jihatlarni tahliliy qamrab oling. Fikringizni kichik esse tarzida yozing.

Ammo, boshqa tomondan, Versal shartnomasiga binoan Fransiya Elzas va Lotaringiyani qaytarib oldi, Saar ko‘mir havzasini egalladi, Germaniya mustamlakalari hisobiga o‘z imperiyasi hududini kengaytirdi.

Inqiroz yillari Fransiyada ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari susayib, sanoat ishlab chiqarishi keskin pasayib ketdi. Sanoat ishlab chiqarishi 1930-yillar oxirida ham inqirozdan oldingi darajasiga yetmadi. Fransiyada hokimiyatga o‘nglar kelgandan so‘ng fashistik rejim o‘rnatilishi real xavfga aylandi. Mamlakatda fashistlar faollashgan bir paytda hukumat aralashmaslik siyosatini olib bordi. Bu siyosatni o‘sha davr fransuz siyosiy elitasining katta qismi qabul qildi. Aynan shu hol Uchinchi respublikani halokatga olib kelgan asosiy omillardan biri bo‘ldi.

ATAMALAR MAZMUNI

Izolyatsionizm bu – boshqa davlatlar, millatlar, xalqlar, etnik guruhlarning ishlariga aralashmaslik g‘oyasiga asoslangan tashqi siyosat yo‘nalishini belgilash.

Mandat – biror shaxsning vakolatini, muayyan narsaga huquqini tasdiqlovchi hujjat.

2. Versal-Vashington tizimi nima sababdan rejalashtirilganidek mustahkam emas edi?

Savollar: 3. Nyu York fond birjasida boshlangan inqiroz shu davr iqtisodiyoti uchun qanday oqibatlarga olib keldi?
Savollar: 4. Bu davrda AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya uchun tashqi siyosatda yo‘l qo‘yilgan eng katta kamchiliklar nimalardan iborat edi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Birinchi jahon urushi natijasida qaysi imperiyalar tarqalib ketdi?
  1. Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmoniylar imperiyalari
  2. Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya va Usmoniylar imperiyalari
  3. Germaniya, Avstriya-Vengriya, Fransiya va Yaponiya imperiyalari
  4. Rossiya, Usmoniylar, Buyuk Britaniya va Germaniya imperiyalari

To‘g‘ri javob: Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmoniylar imperiyalari. Germaniya, Avstriya-Vengriya, Rossiya va Usmoniylar imperiyalari urushdan so‘ng tarqalib ketgan.

Versal saroyidagi tinchlik konferensiyasi qaysi yilning 18-yanvarida boshlandi?
  1. 1919-yil
  2. 1918-yil
  3. 1921-yil
  4. 1920-yil

To‘g‘ri javob: 1919-yil. Parij yaqinidagi Versal saroyida tinchlik konferensiyasi 1919-yil 18-yanvardan boshlandi.

Germaniya Versal tinchlik shartnomasini qaysi yilning 28-iyunida imzoladi?
  1. 1919-yil
  2. 1917-yil
  3. 1920-yil
  4. 1918-yil

To‘g‘ri javob: 1919-yil. Germaniya Versal tinchlik shartnomasini 1919-yil 28-iyunda imzoladi.

1919-yilda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini qaysi sanada imzoladi?
  1. 28-iyun
  2. 28-iyul
  3. 18-yanvar
  4. 11-noyabr

To‘g‘ri javob: 28-iyun. Germaniya Versal tinchlik shartnomasini 1919-yil 28-iyunda imzoladi.

Parij yaqinidagi Versal saroyida o‘tgan tinchlik konferensiyasida nechta davlat vakillari ishtirok etdi?
  1. 14 ta
  2. 21 ta
  3. 27 ta
  4. 32 ta

To‘g‘ri javob: 27 ta. Konferensiya 27 davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

Germaniya Versal tinchlik shartnomasini qaysi sanada imzoladi?
  1. 1918-yil 11-noyabrda
  2. 1919-yil 18-yanvarda
  3. 1919-yil 28-iyunda
  4. 1920-yil 21-yanvarda

To‘g‘ri javob: 1919-yil 28-iyunda. Germaniya Versal tinchlik shartnomasini 1919-yil 28-iyunda imzolagan.

Versal shartnomasiga ko‘ra Germaniya Birinchi jahon urushi borasida qanday davlat deb e’lon qilindi?
  1. Mustamlakalarini saqlab qoladigan davlat
  2. Urushda neytral qolgan davlat
  3. Millatlar Ligasining doimiy a’zosi
  4. Urush boshlanishi uchun yagona javobgar davlat

To‘g‘ri javob: Urush boshlanishi uchun yagona javobgar davlat. Germaniya urush boshlanishi uchun yagona javobgar davlat deb e’lon qilingan.

Birinchi jahon urushidan keyingi tinchlik tartibi haqidagi hukmlarni baholang. I. Versal tinchlik konferensiyasi 27 davlat vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. II. Versal shartnomasiga ko‘ra, Germaniya urush boshlanishi uchun yagona javobgar deb e’lon qilindi. III. Millatlar Ligasi 1921-yilda tashkil qilindi. Qaysilari to‘g‘ri?
  1. Faqat I
  2. II va III
  3. I va II
  4. I, II va III

To‘g‘ri javob: I va II. Konferensiyada 27 davlat qatnashgan va Germaniya yagona javobgar deb e’lon qilingan; Millatlar Ligasi esa 1919-yilda tashkil qilingan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiBirinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlariKeyingi →Totalitar va avtoritar diktatura mamlakatlari: yangi urush oʻchogʻining paydo boʻlishi