XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · Jahon tarixi · 11-mavzu

Totalitar va avtoritar diktatura mamlakatlari: yangi urush oʻchogʻining paydo boʻlishi

2. Birinchi jahon urushiga qadar bo‘lib o‘tgan dunyo ahamiyatiga molik qanday urushlarni bilasiz?

asrda modernizatsiya jarayonini boshlagan ko‘pchilik mamlakatlarda yangi tipdagi siyosiy rejimlar shakllandi va ular totalitarizm nomini oldi. Bu mamlakatlar jamiyat hayotida davlatning roli juda yuqoriligi, jamiyatda yagona qadriyatlar tizimi, mafkura, siyosiy dasturlar mavjudligi bilan ajralib turadi.

XX asrda bir-biriga qarama-qarshi turgan ikkita totalitar mafkuralar – fashizm va bolshevizm asosida totalitar davlatlar vujudga keldi.

ESGA OLING

Davlat va huquq asoslari fanidan olgan bilimlaringizga tayanib, davlatlar boshqaruv shakliga ko‘ra qanday turlarga bo‘linishini aniqlang. Mazkur tushunchalarga ta’rif bering.

ROSSIYADA BOLSHEVIKLAR HOKIMIYATINING O‘RNATILISHI

Oktyabr inqilobi

1917-yili Fevral inqilobi natijasida Rossiyada monarxiya ag‘darildi, ammo bu mamlakatda demokratik tartiblar o‘rnatilishiga olib kelmadi. 1917-yil 7-noyabrda amalga oshirilgan davlat to‘ntarishi natijasida sovet hokimiyati o‘rnatildi. V. Lenin boshchiligida bolsheviklar hukumati – Xalq komissarlari soveti tuzildi.

1917-yili bolsheviklar hokimiyatga kelishi bilan boshlangan fuqarolar urushi 1922-yilgacha davom etdi va unda 1 milliongacha kishi halok bo‘ldi. Turkistonda sovetlarga qarshi qurolli kurash 1930-yillarning o‘rtalarigacha davom etdi. Fuqarolar urushi davrida Antanta davlatlarining Rossiyaga qarshi bosqinchilik harakatlari ham bo‘lib o‘tdi, u chet el intervensiyasi nomini oldi.

ROSSIYADA BOLSHEVIKLAR HOKIMIYATINING O‘RNATILISHI

1918–1922-yillari Sovetlar respublikasida iqtisodni boshqarishning harbiy usuli – “harbiy kommunizm” siyosati o‘rnatildi. U fuqarolar urushida g‘alaba qozonish uchun mamlakatdagi barcha resurslarni safarbar qilishning favqulodda tizimi edi.

Bu davrda amalga oshirilgan muhim tadbirlardan biri 1922-yil 30-dekabr kuni sobiq Rossiya imperiyasi hududida Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi (SSSR)ning tashkil topishi bo‘ldi. Dastlab SSSRga Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Kavkazorti respublikalari kirdi. 1924-yili Kavkazorti va O‘rta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish siyosati o‘tkazilib, milliy sovet respublikalari tashkil qilindi.

ROSSIYADA BOLSHEVIKLAR HOKIMIYATINING O‘RNATILISHI

Bolsheviklar yetakchisi V. I. Lenin

1921-yili sovet davlati kuchli iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshidan kechirdi. Mamlakatni og‘ir inqiroz holatidan olib chiqish uchun bolsheviklar “harbiy kommunizm” siyosatidan voz kechib, yangi iqtisodiy siyosat (YIS) deb nom olgan kursga o‘tishga majbur bo‘ldi. YISning mohiyati bozor iqtisodiyotini qisman tiklash, uni iqtisodiy manfaatdorlik va xo‘jalik hisobi asosida rivojlantirishdan iborat edi. YIS xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirdi, iqtisodning o‘sishiga ko‘maklashdi. YIS mamlakat xalq xo‘jaligini tiklash, ishlab chiqarish va savdoni yo‘lga qo‘yish, og‘ir iqtisodiy holatdan chiqib olish imkonini berdi. Ammo YIS SSSRda bozor munosabatlarining o‘rnatilishiga olib kelmadi. 1920-yillarning o‘rtalaridan asta-sekin YISni bekor qilish boshlandi.

Sanoatlashtirish Kollektivlashtirish

1920 -yillar oxiri – 1930-yillar boshida amalga oshirilgan eng muhim tadbir mamlakatni sanoatlashtirish bo‘ldi. 1928–1932-yillarga mo‘ljallangan birinchi besh yillik sovet rejali iqtisodiyoti davrini boshlab berdi. Shu yillari 1500 ta yirik sanoat korxonalari qurildi. Birinchi besh yillikda sovet og‘ir sanoatining asoslari yaratildi.

1928 –1933-yillari SSSRda kollektivlashtirish deb nom olgan siyosat amalga oshirildi. Buning natijasida qishloqdagi o‘ziga to‘q dehqonlar, yer egalarining barchasi mulkidan mahrum qilindi, ko‘pchiligi quloq sifatida qamaldi, surgun qilindi, qatl etildi. 1933-yilgi dahshatli ocharchilikda Ukraina, Kuban, Volgabo‘yi, Qozog‘istonda 7 mln dan ortiq kishi vafot etdi.

YODDA TUTING

1917-yil Fevral inqilobi natijasida Rossiyada monarxiya ag‘darildi.

1921-yili sovet davlati kuchli iqtisodiy va siyosiy inqirozni boshidan kechirdi.

1928–1933-yillari SSSRda kollektivlashtirish deb nom olgan siyosat amalga oshirildi.

1933–1937-yillarni qamrab olgan ikkinchi besh yillikda sanoat gurkirab o‘sib, SSSR sanoat ishlab chiqarishi bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin – ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

MADANIY INQILOB

Savodsizlikni tugatish, yangi tipdagi sovet maktablari tizimini yaratish, xalq ziyoli kadrlarini tayyorlash, bolsheviklar nazorati ostida va markscha-lenincha mafkura asosida fan, adabiyot va san’atni rivojlantirish, xalqning turmush madaniyatini oshirish tarixda madaniy inqilob nomini oldi.

Madaniy inqilob, o‘zining barcha ziddiyatlariga qaramasdan, ko‘plab jiddiy muammolarni hal qildi. Aholining turmush madaniyatini oshirish sari muhim qadam tashlandi. Savodsizlikka qarshi kurashda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Ta’lim tizimi to‘liq isloh qilinib, 1930-yili majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy qilindi. Biroq bu jarayonlar aholi ongiga kommunistik mafkurani singdirish bilan qo‘shib olib borildi.

MADANIY INQILOB

Adolf Gitler (o‘ngda)

ITALIYA

Birinchi jahon urushidan keyingi umumiy inqiroz sharoitida Benito Mussolini boshchiligida 1919-yili tuzilgan fashistlar partiyasi faollashib ketdi. 1921-yili fashistlar harakati bir qadar rasmiy tus olib, davlatning siyosiy qudratini mustahkamlashga qaratilgan millatchilik tashviqotlari olib bordi. Fashistlar 1921-yilgi parlament saylovlarida 30 ta o‘ringa ega bo‘ldi. 1922-yil oktyabrda fashistik guruhlarning mashhur Rimga yurishidan so‘ng qirol Viktor Emmanuel III Mussolinini hukumat boshlig‘i etib tayinladi.

Italyan fashizmi maxsus diktatura sifatida totalitar va avtoritar belgilarga ega edi. Uning mafkuraviy tizimi katolitsizm, an’anaviylik, sotsializm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan millatchilik poydevori ustiga qurilgandi.

ITALIYA

Fashistlar barcha totalitar tuzumlarga xos bo‘lgan tajovuzkor siyosatni avj oldirdi. 1935–1936-yillarda Efiopiya, Eritreya va Somalining bir qismi Italiya mustamlakasiga aylantirildi. 1937-yili Italiya Millatlar Ligasidan chiqdi va Germaniya hamda Yaponiya bilan ittifoqqa birlashib, o‘zining tajovuzkor siyosatini davom ettirdi va Ikkinchi jahon urushining sababchilaridan biriga aylandi.

Fashistik guruhlarning

Rimga yurishi

GERMANIYA

Germaniya Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchradi. Urushdan keyin bu yerda inqilobiy voqealar sodir bo‘ldi. 1918-yil noyabrga kelib g‘alayonlar Germaniyaning barcha yirik shaharlarini qamrab oldi. Germaniya respublika deb e’lon qilindi. 1919-yil 31-iyul kuni Veymar shahrida Ta’sis majlisi inqilobiy ommaning demokratik talablarini qondiruvchi konstitutsiyani qabul qildi. Germaniya tarixida yangi – Veymar respublikasi davri boshlandi.

1919-yili Anton Dreksler Germaniya natsional-sotsialistik ishchi partiyasiga asos soldi va shu yildan unga Adolf Gitler boshchilik qildi. 1923-yil noyabrda Myunxen shahrida “Pivo isyoni” nomini olgan isyon ko‘tarildi. Bu Germaniyada natsistlarning hokimiyatga kelish uchun birinchi urinishi edi. Muvaffaqiyatsizlik bilan tugasa-da, aynan “Pivo isyoni” natsistik partiyani Germaniya miqyosidagi siyosiy kuchga aylantirdi.

TARIXIY MUSHOHADA

Savollar: Shu davrda Rossiya, Italiya, Germaniya va Yaponiya nima sababdan totalitar yoki avtoritar diktatura mamlakatlariga aylandi?
Savollar: Totalitar yoki avtoritar diktatura boshqaruvi yuqorida nomlari qayd etilgan davlatlar tarixida qanday oqibatlarga olib keldi?

1932-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda natsional-sotsialistlar g‘olib chiqib, eng yirik parlament partiyasiga aylandi. 1933-yil 30-yanvarda prezident Paul fon Gindenburg reyxstag (parlament)da eng katta fraksiyaga ega bo‘lgan natsional-sotsialistlar yo‘lboshchisi – Adolf Gitlerni reyxskansler (hukumat boshlig‘i) lavozimiga tayinladi. Veymar konstitutsiyasi bekor qilindi. 1934-yili prezident Gindenburg vafot etgandan so‘ng Gitler Germaniyaning fyureri (dohiysi) bo‘lib oldi.

TARIXIY MUSHOHADA

Gitler totalitar rejimining asosiy maqsadi “noraso irqlarni” bo‘ysundirish, katta hududlarni egallash uchun Germaniyani urushga tayyorlashdan iborat edi. 1936–1939-yillari Germaniya iqtisodiyoti to‘liq urush maqsadlariga bo‘ysundirildi, harbiy xarajatlar 10 barobar oshirildi, qo‘shinlar soni 1914-yil darajasiga yetkazildi, harbiy-dengiz floti isloh qilindi. 1935-yili umumiy harbiy majburiyat to‘g‘risidagi qonun kuchga kirdi. Germaniya katta urushga tayyorlana boshladi. Germaniya totalitar rejimiga Italiya va Yaponiyadagi shunday rejimlar ittifoqchi bo‘ldi.

YAPONIYA

asr boshlarida Yaponiya jahonning yetakchi davlatlariga qaram bo‘lib qolmagan, nisbatan yuqori darajadagi iqtisodiy va harbiy rivojlanishga erishgan Osiyo mintaqasidagi yagona davlat edi. Yaponiyada shakllangan totalitar tizim o‘ziga xos avtoritar-monarxistik shaklga ega edi.

1920-yillar o‘rtalariga kelib mamlakatda sanoat to‘ntarishi yuz berdi. 1925-yili sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish darajasi 1919-yilgi darajasidan oshib ketdi. Ishlab chiqarishni konsentratsiyalash jarayoni davom etdi. Og‘ir sanoatda “Mitsubisi” va “Sumitomo” konsernlari o‘z pozitsiyasini mustahkamlab oldi.

IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I

Mustaqil tarzda “Berlin – Rim – Tokio uchburchagi” tarixi bilan tanishing. Mazkur ittifoqning faoliyatini tahlil qiling. Fikringizni kichik esse tarzida yozing.

1929–1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi yapon iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi. Yaponiya hukumati inqirozdan chiqishning yo‘li sifatida iqtisodni militarizatsiyalash va tajovuzkorlikni tanladi. Yaponiya “Yosh ofitserlar” ta’siri ostida bosqinchilik yo‘lidan jadal ketdi.

1936-yili Yaponiya va Germaniya “Antikomintern pakti” deb ataluvchi hujjatni imzoladilar. 1937-yili unga Italiya qo‘shildi. Shu tariqa “Berlin – Rim – Tokio uchburchagi” deb ataluvchi tajovuzkor davlatlar ittifoqi vujudga keldi. Bu ittifoq Ikkinchi jahon urushining boshlanishida asosiy rol o‘ynadi.

IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I

Jahon urushlari oralig‘ida totalitar davlatlarda ichki va tashqi siyosat, iqtisod va mafkura yagona maqsadga – Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyat uchun o‘ch olish va dunyoni qaytadan bo‘lishga qaratildi. Bu yanada dahshatli fojia – Ikkinchi jahon urushiga olib keldi.

ATAMALAR MAZMUNI

Fashizm (“to‘da”, “birlashish”) – totalitar tipdagi siyosiy diktaturaga asoslangan hokimiyatning siyosiy konsepsiyasi.

Sotsializm (“ijtimoiy”) – xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi ta’limot.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Rossiyada 1917-yili bolsheviklar hokimiyatga kelishi bilan boshlangan fuqarolar urushi qanday yakunlandi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

XX asrda modernizatsiyani boshlagan ko‘pchilik mamlakatlarda shakllangan, davlatning roli juda yuqori va yagona mafkura bilan ajralib turuvchi yangi siyosiy rejimlar qanday nom oldi?
  1. federalizm
  2. totalitarizm
  3. parlamentarizm
  4. liberalizm

To‘g‘ri javob: totalitarizm. Davlat roli yuqori, yagona mafkurali yangi tipdagi siyosiy rejimlar totalitarizm nomini oldi.

XX asrda bolshevizm bilan bir-biriga qarama-qarshi turgan ikkita totalitar mafkuradan ikkinchisi qaysi?
  1. konservatizm
  2. fashizm
  3. liberalizm
  4. pasifizm

To‘g‘ri javob: fashizm. Totalitar davlatlar fashizm va bolshevizm mafkuralari asosida vujudga keldi.

XX asrda qaysi ikki bir-biriga qarama-qarshi totalitar mafkura asosida totalitar davlatlar vujudga keldi?
  1. Liberalizm va konservatizm
  2. Fashizm va bolshevizm
  3. Anarxizm va pasifizm
  4. Milliy-ozodlik va monarxizm

To‘g‘ri javob: Fashizm va bolshevizm. Matnga ko‘ra totalitar davlatlar fashizm va bolshevizm asosida vujudga kelgan.

Totalitar mamlakatlar jamiyat hayotida qanday jihat bilan ajralib turadi?
  1. Yagona qadriyatlar tizimi va mafkura mavjudligi bilan
  2. Ko‘p partiyaviylik va fikrlar xilma-xilligi bilan
  3. Davlat rolining pastligi bilan
  4. Federativ boshqaruv bilan

To‘g‘ri javob: Yagona qadriyatlar tizimi va mafkura mavjudligi bilan. Ular jamiyatda yagona qadriyatlar tizimi, mafkura va siyosiy dasturlar mavjudligi bilan farqlanadi.

Rossiyada monarxiya ag‘darilishiga olib kelgan Fevral inqilobi qaysi yilda sodir bo‘ldi?
  1. 1905-yili
  2. 1918-yili
  3. 1916-yili
  4. 1917-yili

To‘g‘ri javob: 1917-yili. Fevral inqilobi natijasida 1917-yili Rossiyada monarxiya ag‘darildi.

Rossiyada sovet hokimiyati o‘rnatilishiga olib kelgan 7-noyabrdagi davlat to‘ntarishi qaysi yilda amalga oshirildi?
  1. 1915-yil
  2. 1917-yil
  3. 1916-yil
  4. 1919-yil

To‘g‘ri javob: 1917-yil. 1917-yil 7-noyabrdagi davlat to‘ntarishi natijasida sovet hokimiyati o‘rnatildi.

Rossiyada bolsheviklar hokimiyatga kelishi bilan boshlangan fuqarolar urushi qaysi yilgacha davom etdi?
  1. 1924-yilgacha
  2. 1921-yilgacha
  3. 1922-yilgacha
  4. 1920-yilgacha

To‘g‘ri javob: 1922-yilgacha. Fuqarolar urushi 1922-yilgacha davom etdi va unda 1 milliongacha kishi halok bo‘ldi.

Turkistonda sovetlarga qarshi qurolli kurash qaysi o‘n yillikning o‘rtalarigacha davom etdi?
  1. 1940-yillarning
  2. 1910-yillarning
  3. 1920-yillarning
  4. 1930-yillarning

To‘g‘ri javob: 1930-yillarning. Turkistonda sovetlarga qarshi qurolli kurash 1930-yillarning o‘rtalarigacha davom etdi.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiLiberal-demokratik mamlakatlarda taraqqiyotning yangi muammolariKeyingi →Osiyo mamlakatlarida mustaqillik va taraqqiyot muammolari