Osiyo mamlakatlarida mustaqillik va taraqqiyot muammolari
1. Osiyo davlatlaridan qaysilarini bilasiz?
2. “Mustaqillik” tushunchasiga ta’rif bering.
ESGA OLING
Yangi davrda G‘arbiy Yevropada Fransiya va Germaniya munosabatlari keskinlashuviga sabab bo‘lgan jihatlarni toping.
Birinchi jahon urushidan so‘ng Osiyoning Turkiya, Eron, Xitoy, Hindiston, Afg‘oniston kabi mamlakatlarida milliy-ozodlik harakatlari kuchaydi. Bu davrda Turkistonda ham milliy-ozodlik harakati davom etdi. Milliy kuchlarning g‘alabasi Osiyo geosiyosiy xaritasining jiddiy o‘zgarishiga olib keldi. Yarim mustamlakachilik tizimi bekor qilindi, Usmoniylar imperiyasi parchalanib ketdi, o‘rnida yangi davlatlar, jumladan, Turkiya Respublikasi paydo bo‘ldi. Bir qator Osiyo mamlakatlarida G‘arb andozasidagi modernizatsiya jarayonlari amalga oshirildi.
TURKIYA
Usmoniylar imperiyasi Birinchi jahon urushida mag‘lubiyatga uchradi. Imperiya hududi okkupatsiya qilindi. Antanta mamlakatlari Usmoniylar imperiyasiga qarashli yerlarni bo‘lib olish rejasini tuza boshladilar. Imperiyaning o‘z hududidan tashqaridagi barcha yerlari anneksiya qilindi va Millatlar Ligasining mandati ostiga o‘tdi. Mamlakatda qarshilik harakati boshlandi. Harakatga general Mustafo Kamol posho rahbarlik qildi.
Uzoq davom etgan janglardan so‘ng 1922-yil oktyabrda M. Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi. 1922-yil 1-noyabr kuni Turkiya Buyuk Millat majlisi monarxiyani bekor qildi. Sulton Mehmed VI taxtdan ag‘darildi va mamlakatni tark etdi. 1923-yili Lozannada Bu-
TURKIYA
Sulton Mehmed VI Vahideddin yuk Britaniya, Fransiya va boshqa bir qator davlatlar bilan M. Kamol hukumati imzolagan yakuniy shartnomaga ko‘ra, Turkiya o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlab qoldi.
1923-yil 29-oktyabrda Turkiya respublika deb e’lon qilindi, M. Kamol respublika prezidenti etib saylandi. Mamlakatda uzoqni ko‘zlab amalga oshirilgan islohotlar boshlandi.
XULOSA CHIQARING
Prezident Mustafo Kamol (Otaturk)
“Islohotlarning bosh maqsadi – mamlakatni modernizatsiyalash”, deb e’lon qilindi. Bu Yevropa sivilizatsiyasining barcha taraqqiyparvar qadriyatlarini qabul qilish va ularni Turkiya sharoitiga moslashtirishni anglatar edi. Mentalitet, aqidaparastlik va jaholat islohotlar uchun asosiy to‘siq ekanligini M. Kamol yaxshi tushunardi. U islohotlarni dindan boshladi.
1924-yil Buyuk millat majlisi xalifalikni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu bilan dunyo musulmonlarini birlashtirib turuvchi tizim yo‘q qilindi, darveshlik ordenlari va darveshxonalar tarqatib yuborildi. Din va vaqf ishlari bo‘yicha vazirlik tugatildi, vaqf mulklari davlat mulkiga aylantirildi. Shariat sudlari bekor qilindi. Madrasalar yopilib, barcha maktablar Maorif vazirligi ixtiyoriga o‘tkazildi. Arab alifbosidan voz kechilib, lotin alifbosi joriy qilindi. Yevropacha nasab kiritilib, Buyuk millat majlisi M. Kamolga rasman “Otaturk” degan nasabni berdi.
XULOSA CHIQARING
Otaturk tashqi siyosatining asosiy vazifasi Turkiyaning xalqaro obro‘sini oshirishga qaratildi. 1932-yili Millatlar Ligasiga a’zo bo‘lgan Turkiya barcha davlatlar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatishga harakat qildi.
M. Kamol Germaniya bilan munosabatlarga alohida e’tibor qaratdi. Turkiya tashqi savdosining yarmidan ko‘prog‘i Germaniya hissasiga to‘g‘ri kelardi. 1941-yili Germaniya bilan do‘stlik shartnomasi imzolandi. Turkiya Ikkinchi jahon urushida rasman betaraf qolgan bo‘lsa-da, hukmron doiralarning katta qismi Germaniyaga xayrixoh edi.
XITOY
Sun Yatsenning prezidentlik lavozimiga kirishishi
1919 -yil Parij konferensiyasida Xitoy o‘z talablari bilan ishtirok etdi. Bu talablar yapon qo‘shinlari tomonidan Xitoy hududini bosib olishni to‘xtatish, Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishdan iborat edi. G‘arb davlatlari bunga rozi bo‘lmadi va Xitoyga rasman rad javobi berildi.
TARIXIY MUSHOHADA
Bundan g‘azablangan xitoylik talabalar 1919-yil 4-may kuni Pekinda namoyish boshladilar. Talabalar harakati butun Xitoyni larzaga soldi va juda katta ijobiy natijalarga olib keldi.
1920-yil iyulda Pekindagi hukumat ag‘darilib, hokimiyatga Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan U Peyfu keldi. Natijada 1921–1922-yillari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada barcha ishtirokchi davlatlar Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatladilar.
Xitoy inqilobini tashkil qilishda Sun Yatsenning roli beqiyos. 1921-yili u Xitoy Respublikasi prezidenti lavozimiga saylandi. Biroq mamlakat shimoli va chet el davlatlari Sun Yatsen hukumatini tan olmadilar. 1925-yili Sun Yatsen vafot etgandan so‘ng mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashtirish imkoniyati yo‘qqa chiqdi.
TARIXIY MUSHOHADA
1925-yil bahorda shanxaylik burjuaziya, talabalar va ishchilar vakillari mamlakatdagi inglizlarga qarshi harakat boshladilar. Bu vatanparvarlik harakati “30-may harakati” nomini oldi va Xitoyning suverenitetini tiklash shiori ostida o‘tdi. Inqilobga Gomindan partiyasi rahbarlik qildi. 1928-yil oxiriga kelib butun mamlakat rasman Pekindagi Gomindan hukumati boshchiligida birlashdi.
Shu davrda gomindanchilar bilan kommunistlar o‘rtasida ajralish yuz berdi. Kommunistlar Xitoyda sotsializm qurish rejasini ilgari surdi. Ular 1931-yili Xitoy Sovet respublikasini e’lon qildi va Mao Szedun uning raisi etib saylandi. Gomindan bilan kommunistlar o‘rtasidagi kurash yigirma yil davom etgan fuqarolar urushiga aylanib ketdi.
HINDISTON
Hind yetakchisi Mahatma Gandi
BILIB OLING
Inglizlarning mustamlaka hukumati Birinchi jahon urushi yillarida Hindistonga o‘zini o‘zi boshqarish huquqini va’da qilgan edi. Ammo hind xalqining umidi ro‘yobga chiqmadi, Hindistonning maqomi o‘zgarmadi.
Shundan so‘ng 1920–1940-yillardagi hindlarning zo‘ravonliklarsiz ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandining roli beqiyos bo‘ldi. Jahon urushlari oralig‘ida Gandi Hindiston Milliy kongressi (HMK) partiyasining g‘oyaviy rahbari, xalq harakatining yetakchisiga aylandi. U ishlab chiqqan zo‘ravonliklarsiz qarshilik ko‘rsatish taktikasi qurolli to‘qnashuvlardan, millionlab kishilarni o‘limdan saqlab qoldi.
BILIB OLING
M. Kamol –...
1941-yili...
1921-yili Xitoyda...
1931-yil sentyabrda...
1932-yil 1-martda...
Mahatma Gandi
Mustaqil tarzda Mahatma Gandi faoliyati bilan tanishing. “Hindiston tarixida Mahatma Gandi” mavzusida xronologiya tuzing. “Mahatma Gandi” nomli o‘quv loyiha tayyorlang.
ATAMALAR MAZMUNI
Okkupatsiya (lotincha occupatio – “egallash”, “bosib olish”) – urush olib borayotgan tomon qurolli kuchlarining boshqa davlat yerlarini bosib olib, vaqtincha egallab turishi.
Anneksiya – boshqa bir davlat hududini butunlay yoki qisman egallab olish yoki o‘z davlatiga qo‘shib olish siyosati.
Aqidaparastlik – muayyan sharoitda biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonib, uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, vaziyatni hisobga olmagan holda ko‘r-ko‘rona qo‘llash yoki shunga urinish.
1. Birinchi jahon urushi Turkiya uchun qanday yakunlandi?
3. Xitoyda uzoq yillar davom etgan fuqarolar urushining kelib chiqish sabablari haqida so‘zlab bering.
Muhim sanalar
- 1919-yil — Bundan g‘azablangan xitoylik talabalar 1919-yil 4-may kuni Pekinda namoyish boshladilar.
- 1920-yil — 1920-yil iyulda Pekindagi hukumat ag‘darilib, hokimiyatga Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan U Peyfu keldi.
- 1920–1940-yillarda — Shundan so‘ng 1920–1940-yillardagi hindlarning zo‘ravonliklarsiz ommaviy chiqishlarini tashkil qilishda hind xalqining buyuk farzandi Mahatma Gandining roli beqiyos bo‘ldi.
- 1921–1922-yillari — Natijada 1921–1922-yillari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada barcha ishtirokchi davlatlar Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini kafolatladilar.
- 1921-yili — 1921-yili u Xitoy Respublikasi prezidenti lavozimiga saylandi.
- 1922-yil — Uzoq davom etgan janglardan so‘ng 1922-yil oktyabrda M. Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi. 1922-yil 1-noyabr kuni Turkiya Buyuk Millat majlisi monarxiyani bekor qildi. Sulton Mehmed VI taxtdan…
- 1923-yili — Uzoq davom etgan janglardan so‘ng 1922-yil oktyabrda M. Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini ozod qildi. 1922-yil 1-noyabr kuni Turkiya Buyuk Millat majlisi monarxiyani bekor qildi. Sulton Mehmed VI taxtdan…
- 1923-yil — 1923-yil 29-oktyabrda Turkiya respublika deb e’lon qilindi, M. Kamol respublika prezidenti etib saylandi.
- 1924-yil — 1924-yil Buyuk millat majlisi xalifalikni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
- 1925-yili — Biroq mamlakat shimoli va chet el davlatlari Sun Yatsen hukumatini tan olmadilar. 1925-yili Sun Yatsen vafot etgandan so‘ng mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashtirish imkoniyati yo‘qqa chiqdi.
Bilimingizni sinang
Birinchi jahon urushidan keyingi milliy kuchlarning g‘alabasi Usmoniylar imperiyasi taqdiriga qanday ta’sir qildi?
- Imperiya Antanta mandati ostida saqlanib qoldi, sultonlik kuchayib, xalifalik yangi poytaxtga ko‘chdi
- Imperiya parchalanib, uning o‘rnida yangi davlatlar, jumladan, Turkiya Respublikasi paydo bo‘ldi
- Imperiya Eron bilan birlashib, yagona islom davlatini tuzdi va Arab yerlari ustidan nazoratni saqladi
- Imperiya hududi to‘liq Britaniya mustamlakasiga aylantirilib, Turkiya mustaqilligi tan olinmadi
To‘g‘ri javob: Imperiya parchalanib, uning o‘rnida yangi davlatlar, jumladan, Turkiya Respublikasi paydo bo‘ldi. Milliy kuchlarning g‘alabasi Osiyo xaritasini o‘zgartirdi: Usmoniylar imperiyasi parchalandi va Turkiya Respublikasi vujudga keldi.
Birinchi jahon urushidan keyin Usmoniylar imperiyasi hududidagi qarshilik harakatiga kim rahbarlik qildi?
- Enver posho
- Mustafo Kamol posho
- Ismat Inyonyu
- Jamol posho
To‘g‘ri javob: Mustafo Kamol posho. Qarshilik harakatiga general Mustafo Kamol posho rahbarlik qilgan.
Mustafo Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini qaysi yilda ozod qildi?
- 1922-yil
- 1923-yil
- 1921-yil
- 1920-yil
To‘g‘ri javob: 1922-yil. Uzoq davom etgan janglardan so‘ng 1922-yil oktyabrda Turkiya hududi to‘liq ozod qilingan.
Birinchi jahon urushidan so‘ng Turkiyada boshlangan qarshilik harakatiga kim rahbarlik qilgan?
- Sulton Mehmed VI Vahideddin
- General Mustafo Kamol posho
- Harbiy vazir Enver posho
- Sadr-a’zam Ahmad Tavfiq posho
To‘g‘ri javob: General Mustafo Kamol posho. Mamlakatda boshlangan qarshilik harakatiga general Mustafo Kamol posho rahbarlik qilgan.
M. Kamol qo‘shinlari butun Turkiya hududini qaysi yilning oktyabrida ozod qildi?
- 1918-yil
- 1920-yil
- 1921-yil
- 1922-yil
To‘g‘ri javob: 1922-yil. Uzoq janglardan so‘ng 1922-yil oktyabrda butun Turkiya hududi ozod qilingan.
1922-yil 1-noyabrda Turkiya Buyuk Millat majlisi nimani bekor qildi?
- Monarxiyani
- Xalifalikni
- Shariat sudlarini
- Vaqf mulklarini
To‘g‘ri javob: Monarxiyani. Majlis monarxiyani bekor qildi va Sulton Mehmed VI taxtdan ag‘darildi.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Xalifalikning tugatilishi to‘g‘risida qaror qabul qilinishi 2) Turkiyaning respublika deb e’lon qilinishi 3) M. Kamol qo‘shinlarining butun Turkiya hududini ozod qilishi 4) Monarxiyaning bekor qilinishi
- 3–4–1–2
- 4–3–2–1
- 3–4–2–1
- 3–2–4–1
To‘g‘ri javob: 3–4–2–1. Tartib: 1922-yil oktyabr (ozod qilish), 1922-yil 1-noyabr (monarxiya bekor), 1923-yil 29-oktyabr (respublika), 1924-yil (xalifalik tugatildi).
Turkiya qaysi yilda respublika deb e’lon qilindi?
- 1922-yil
- 1923-yil
- 1921-yil
- 1920-yil
To‘g‘ri javob: 1923-yil. Turkiya 1923-yil 29-oktyabrda respublika deb e’lon qilindi va M. Kamol prezident etib saylandi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash