Afrikada milliy uygʻonish va mustaqillik gʻoyalarining paydo boʻlishi
ESGA OLING
Shimoliy, Janubiy va Markaziy Afrika tushunchalariga izoh bering.
Afrika qit’asini keng ma’noda ikkita mintaqaga bo‘lish mumkin: Shimoliy va Tropik Afrika. Afrika qit’asining shimoliy qismi arab-islom sivilizatsiyasining bir bo‘lagiga aylandi. Bu hudud doim Yaqin Sharqqa intilib yashaydi va shu bilan Afrikaning qolgan qismidan farq qiladi. Shimoliy Afrikada Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Liviya joylashgan.
Farhod Abbos
SHIMOLIY AFRIKA
1922 -yil fevralda Buyuk Britaniya o‘z protektoratini bekor qilib, Misrning to‘liq mustaqilligini tan oldi. 1923-yili qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, Misr monarxiya deb e’lon qilindi.
1941-yili Misr hududiga Germaniya va Italiya qo‘shinlari kiritildi. Jazoir, Tunis va Marokash Fransiyaning mustamlakalari bo‘lib, Birinchi jahon urushidan keyin ham shu holat saqlanib qoldi. Jahon urushlari oralig‘ida Jazoirda Farhod Abbos, Tunisda Habib Burg‘iba, Marokashda Abdul Karim boshchiligida milliy-ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar g‘alaba qozonmagan bo‘lsa-da, mintaqa xalqlari milliy va siyosiy ongining o‘sishida katta rol o‘ynadi.
SHIMOLIY AFRIKA
Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab musulmonlar Fransiyani qo‘llab-quvvatladi, fransuz armiyasi safiga kirdi. 1940-yili Fransiya mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Jazoir va Tunis Germaniya va Italiyaning xomashyo bazasiga aylantirildi.
CHIQARING
Birinchi jahon urushidan keyin Italiya Liviyaga ko‘p ming kishilik qo‘shin kiritdi. Liviya qarshilik harakati otryadlari Italiya qo‘shinlariga qarshi kurash olib bordi. 1931-yili qarshilik harakati bostirilib, uning rahbarlari qatl qilindi. Liviya Italiyaning mustamlakasiga aylantirildi.
TROPIK AFRIKA
asrning boshlarigacha Afrika tarixi yevropaliklar nazarida faqat qul savdosi va iqtisodiy talonchilik bilan bog‘liq edi. 1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan Qullik haqida konvensiyada qullik va qul savdosiga ta’rif berilib, ular qoralandi.
BILIB OLING
Afrikada metropoliyalar...
Tropik Afrika bu –...
Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikaning janubiy va markaziy qismida joylashgan hududlar Buyuk Britaniyaga qarashli bo‘lib, uning mustamlakalarida Afrika umumiy aholisining yarmidan ko‘pi istiqomat qilardi.
1922-yil fevralda...
1931-yili …
Afrika qit’asining eng katta hududini Fransiya egallagan bo‘lib, qolgan hududlarni Belgiya, Portugaliya, Ispaniya va Italiya o‘zaro bo‘lishib olgandi.
Afrikada metropoliyalar siyosatining o‘ziga xos tomonlari
Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikada infratuzilma obyektlari: temiryo‘llar, bandargohlar, aloqa tizimi, shuningdek, Yevropa tipidagi ma’muriy tashkilotlar, maktablar, kasalxonalar qurildi. Missionerlik faoliyati orqali xristian dini tarqaldi. Afrikani modernizatsiyalash uchun intilishlar paydo bo‘ldi, Afrika an’anaviy jamiyatiga yevropacha unsurlar kirib keldi.
Iqtisodda aholining katta qismi avvalgiday an’anaviy usulda kun kechirish bilan band edi, qishloq xo‘jaligi ibtidoiy usulda olib borilardi, bir qism aholi hunarmandchilik, ovchilik bilan shug‘ullanib, muntazam mehnat qilish malakasiga ega emasdi.
Ijtimoiy sohada eski tuzum (katta oila, urug‘, jamoa, qabila), qabila va jamoa boshliqlarining avvalgi iyerarxiyasi, urug‘lar va qabilalar o‘rtasidagi munosabatlarning murakkab tizimi, qulchilik saqlanib qoldi; mahalliy tabib va kohinlarning obro‘si hali ham juda yuqori edi.
Afrikada metropoliyalar siyosatining o‘ziga xos tomonlari
Siyosiy sohada hatto yangi siyosiy institutlar paydo bo‘lgan joylarda ham ular eski siyosiy tizim asosiga qurildi, ularda qabila boshliqlari, kohinlar va shu kabilar asosiy rol o‘ynadi.
Madaniy sohadagi muvaffaqiyatlar ko‘pincha faqat tashqi ko‘rinish edi xolos: xristianlik rasmiyat uchun qabul qilindi, mahalliy aholining ongi va xulqida avvalgiday an’anaviy madaniyat va ibtidoiy tasavvurlar hukmron bo‘lib qolaverdi.
Shu yillari ozodlik harakati mafkurasining shakllanishida, uning faollashuvida panafrikanizm katta rol o‘ynadi. Birinchi Panafrika konferensiyasi 1900-yili Londonda bo‘lib o‘tgan edi, ammo harakat 1919-yili I Ta’sis kongressida rasmiylashtirildi. Kongress Afrika xalqlarining siyosiy faollashuvida katta rol o‘ynadi.
Afrikada metropoliyalar siyosatining o‘ziga xos tomonlari
1920-yili Afrikada birinchi siyosiy partiya – Afrika milliy kongressi (AMK) tashkil topdi. Shundan so‘ng qit’aning barcha hududlarida partiyalar va kasaba uyushmalariga o‘xshash tashkilotlar paydo bo‘ldi.
YODDA TUTING
1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan Qullik haqida konvensiya qabul qilingan.
1920-yili Afrika milliy kongressi (AMK) tashkil topdi.
1939-yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Afrika urush ishtirokchilarining rejalarida muhim strategik ahamiyat kasb etdi. Yuz minglab afrikaliklar Shimoliy Afrika, G‘arbiy Yevropa va boshqa hududlardagi urush harakatlarida qatnashdi. Afrikaliklardan tashkil qilingan milliy harbiy qismlar keyinchalik mustaqillik uchun kurashda muhim rol o‘ynadi.
Irqchilik rejimining qaror topishi
1910 -yili Buyuk Britaniyaning o‘zini o‘zi boshqaruvchi dominioni sifatida Janubiy Afrika Ittifoqi (JAI) tuzilganligi e’lon qilindi. Janubiy Afrika to‘g‘risidagi akt Janubiy Afrika Ittifoqining konstitutsiyasi bo‘ldi. U yana 50 yil amal qilib, dunyodagi eng irqchi konstitutsiya sifatida tarixda qoldi.
TARIXIY MUSHOHADA
Mustaqil tarzda Afrika xalqlari sivilizatsiyalari tarixi bilan tanishing. Afrika xalqlari sivilizatsiyalarining kishilik jamiyati taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini tahlil qiling. Fikringizni asoslab esse yozing.
XX asr boshlarida Afrika xalqlari rivojlanishi uchun umumiy bo‘lgan salbiy va ijobiy jihatlarni tasniflang.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1900-yili — Birinchi Panafrika konferensiyasi 1900-yili Londonda bo‘lib o‘tgan edi, ammo harakat 1919-yili I Ta’sis kongressida rasmiylashtirildi.
- 1919-yili — Birinchi Panafrika konferensiyasi 1900-yili Londonda bo‘lib o‘tgan edi, ammo harakat 1919-yili I Ta’sis kongressida rasmiylashtirildi.
- 1920-yili — 1920-yili Afrikada birinchi siyosiy partiya – Afrika milliy kongressi (AMK) tashkil topdi.
- 1920-yili — 1920-yili Afrika milliy kongressi (AMK) tashkil topdi.
- 1923-yili — 1922 -yil fevralda Buyuk Britaniya o‘z protektoratini bekor qilib, Misrning to‘liq mustaqilligini tan oldi. 1923-yili qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, Misr monarxiya deb e’lon qilindi.
- 1926-yili — asrning boshlarigacha Afrika tarixi yevropaliklar nazarida faqat qul savdosi va iqtisodiy talonchilik bilan bog‘liq edi. 1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan qabul qilingan Qullik haqida konvensiyada qullik va qul…
- 1926-yili — 1926-yili Millatlar Ligasi tomonidan Qullik haqida konvensiya qabul qilingan.
- 1931-yili — Liviya qarshilik harakati otryadlari Italiya qo‘shinlariga qarshi kurash olib bordi. 1931-yili qarshilik harakati bostirilib, uning rahbarlari qatl qilindi.
- 1939-yili — 1939-yili Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan Afrika urush ishtirokchilarining rejalarida muhim strategik ahamiyat kasb etdi.
- 1940-yili — 1940-yili Fransiya mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Jazoir va Tunis Germaniya va Italiyaning xomashyo bazasiga aylantirildi.
Bilimingizni sinang
Misrni monarxiya deb e’lon qilgan konstitutsiya qaysi yilda qabul qilingan?
- 1927-yil
- 1922-yil
- 1925-yil
- 1923-yil
To‘g‘ri javob: 1923-yil. Misr 1923-yil qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra monarxiya deb e’lon qilingan.
Misr hududiga Germaniya va Italiya qo‘shinlari qaysi yilda kiritildi?
- 1945-yil
- 1939-yil
- 1943-yil
- 1941-yil
To‘g‘ri javob: 1941-yil. Misr hududiga Germaniya va Italiya qo‘shinlari 1941-yil kiritilgan.
Qaysi mamlakatlar Fransiya mustamlakalari bo‘lib, Birinchi jahon urushidan keyin ham shu holatda qoldi?
- Efiopiya, Liberiya va Somali
- Misr, Liviya va Sudan
- Jazoir, Tunis va Marokash
- Nigeriya, Gana va Keniya
To‘g‘ri javob: Jazoir, Tunis va Marokash. Jazoir, Tunis va Marokash Fransiyaning mustamlakalari bo‘lib qoldi.
Jahon urushlari oralig‘ida Jazoirdagi milliy-ozodlik harakatiga kim boshchilik qildi?
- Farhod Abbos
- Habib Burg‘iba
- Abdul Karim
- Sa’d Zag‘lul
To‘g‘ri javob: Farhod Abbos. Jazoirda milliy-ozodlik harakatiga Farhod Abbos boshchilik qilgan.
Jahon urushlari oralig‘ida Tunisdagi milliy-ozodlik harakatiga kim boshchilik qildi?
- Habib Burg‘iba
- Abdul Karim
- Farhod Abbos
- Sa’d Zag‘lul
To‘g‘ri javob: Habib Burg‘iba. Tunisda milliy-ozodlik harakatiga Habib Burg‘iba boshchilik qilgan.
Buyuk Britaniya o‘z protektoratini bekor qilib, Misrning to‘liq mustaqilligini qaysi yili tan oldi?
- 1919-yil
- 1922-yil
- 1923-yil
- 1926-yil
To‘g‘ri javob: 1922-yil. 1922-yil fevralda Britaniya protektoratni bekor qilib, Misr mustaqilligini tan olgan.
1923-yili qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra Misr qanday davlat deb e’lon qilindi?
- Respublika
- Britaniya dominioni
- Fransiya protektorati
- Monarxiya
To‘g‘ri javob: Monarxiya. 1923-yilgi konstitutsiyaga ko‘ra Misr monarxiya deb e’lon qilingan.
Jahon urushlari oralig‘ida Tunisda milliy-ozodlik harakatiga kim boshchilik qilgan?
- Habib Burg‘iba
- Farhod Abbos
- Abdul Karim
- Mustafo Kamol
To‘g‘ri javob: Habib Burg‘iba. Tunisda Habib Burg‘iba, Jazoirda Farhod Abbos, Marokashda Abdul Karim boshchilik qilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash