Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari va oqibatlari
1. Somma jangi haqida nimalarni bilasiz?
2. Verden jangi haqida bilganlaringizni so‘zlab bering.
ESGA OLING
1933 -yil yanvarda Germaniyada Adolf Gitler boshchiligidagi natsional-sotsialistik ishchi partiyasi hokimiyatga keldi. U Germaniyaning Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati uchun o‘ch olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan urush partiyasi edi.
Adolf Gitler
1938-yilgi Myunxen kelishuvi
vstriya anshlyus (qo‘shib olish) qilingandan so‘ng Germaniya Chexoslovakiyani bosib olishga tayyorlana boshladi. Chexoslovakiyaning Sudet viloyati aholisining ko‘pchiligi nemis millatiga mansub edi. Gitler bu viloyat Germaniyaga berilishini talab qildi.
Buyuk Britaniya va Fransiya bosimi ostida Chexoslovakiya hukumati Germaniyaning talabini bajarishga majbur bo‘ldi. Chexoslovakiyaning kapitulyatsiyasi 1938-yil 29-sentyabr kuni Myunxenda rasmiylashtirildi. Myunxen kelishuvidan keyin Germaniya bilan SSSRning manfaatlari vaqtincha bir-biriga mos tushdi. Bu 1939-yil 23-avgustda 10 yil muddatga o‘zaro urushmaslik to‘g‘risida Sovet-German paktining (Molotov-Ribbentrop pakti) imzolanishiga olib keldi.
Ikkinchi jahon urushining boshlanishi
1939 -yil 1-sentyabr kuni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi va 1945-yil 2-sentyabrgacha davom etdi. Polshaga yordam berishni va’da qilgan Buyuk Britaniya va Fransiya 3-sentyabr kuni Germaniyaga urush e’lon qildi.
1939-yil 17-sentyabr kuni Polshaga sovet qo‘shinlari kiritildi. Germaniya bilan SSSR o‘rtasida do‘stlik shartnomasi imzolanib, unda Polsha davlati siyosiy xaritadan butunlay o‘chirib tashlandi.
1939–1940-yilllarda sovet-fin urushi bo‘lib o‘tdi. Sovetlar juda katta yo‘qotishlar evaziga Kareliyani SSSR tarkibiga qo‘shib oldi. SSSR tajovuzkor davlat sifatida Millatlar
TARIXIY MUSHOHADA
Ligasi tarkibidan chiqarildi. 1940-yil martda SSSR Finlandiya bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi.
1940-yil sentyabrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv – Uchlar pakti imzolandi. Tez orada bu paktga Vengriya, Ruminiya, Slovakiya va Bolgariya ham qo‘shildi.
Stalingrad jangi
Islandiya
1939-yil noyabr
Finlandiya
1939-yil
BOLTIQ DENGIZI
1940-yil iyun
Latviya
Sovet Ittifoqi
Niderlandiya
1939-yil sentyabr
Belgiya
1939-yil sentyabr 1940-yil
1940-yil sentyabr
Slovakiya
1940-yil 1941-yil
Ruminiya Vengriya
1941-yil
Yugoslaviya
1940-yil
Italiya
Germaniya bilan SSSR o‘rtasidagi urush muqarrar bo‘lib, G‘arbiy Yevropaning egallanishini Gitler o‘zining asosiy rejasi – Sharqqa yurish uchun tayyorgarlik sifatida qarayotgan edi. Gitler SSSRni shiddat bilan tor-mor qilishni ko‘zda tutgan “Barbarossa” rejasini tasdiqladi.
1941-yili 22-iyunda Germaniya SSSRga hujum boshladi. Urushning to‘satdan boshlanishi shunga olib keldiki, sovet aviatsiyasining katta qismi havoga ko‘tarilishga ulgurmasdan aerodromlarda yo‘q qilindi, qo‘shinni boshqarish va ta’minlash tizimi izdan chiqdi.
O‘RTA YER DENGIZI
1940-yil
Italiyaning hujumlari
Gretsiya 1940-yil
Antigitler koalitsiyasining tuzilishi
Germaniya SSSRga hujum boshlashi bilan Buyuk Britaniya bosh vaziri U. Cherchill va AQSH prezidenti F. D. Ruzvelt sovetlar bilan birdamligini e’lon qildi.
1941-yil avgustda AQSH va Buyuk Britaniya urush payti va undan keyingi hamkorlik tamoyillari to‘g‘risida deklaratsiya – Atlantik xartiyani imzoladilar. Bu hujjatni imzolagan tomonlar hududiy va boshqa boyliklarni egallab olishga intilmaslik, xalqlarning o‘z boshqaruv shaklini erkin tanlash huquqini hurmat qilish, zo‘ravonlik yo‘li bilan suverenitetidan mahrum qilingan xalqlarning o‘z huquqlarini tiklashga intilishini qo‘llab-quvvatlash majburiyatlarini o‘z zimmasiga oldilar. 1941-yil sentyabrda SSSR Atlantik xartiyaning asosiy tamoyillarini qabul qildi.
Antigitler koalitsiyasining tuzilishi
Tinch okeanda Yaponiya boshlagan jangovar harakatlar AQSHning urushga qo‘shilishini va antigitler koalitsiyasining batamom shakllanishini tezlashtirdi.
Qrim konferensiyasi (o‘tirganlar: chapda U. Cherchill, o‘rtada F. D. Ruzvelt, o‘ngda I. V. Stalin)
Urushning borishi
QSH urushga qo‘shilishi bilan antigitler koalitsiya davlatlari moddiy va insoniy resurslarda so‘zsiz ustunlikka erishdi. Biroq urushning borishida burilish birdaniga yuz bermadi. 1941-yil dekabrda nemis qo‘shinlari Moskva ostonalarida jangni boy berdi va urushdagi dastlabki jiddiy mag‘lubiyatga uchradilar. Ammo ularning hujumkorlik ruhi hali sindirilmagan edi. 1942-yil bahor-kuzida nemis qo‘shinlari Volga daryosiga va Shimoliy Kavkazga yetib keldilar. Afrikada german-italyan qo‘shinlari hamon Misrga xavf solib turardi. Malayya, Birma, Filippin, Indoneziyani bosib olgan yapon qo‘shinlari esa Hindiston va Avstraliya bo‘sag‘asida turardi.
Urushning borishi
1942-yil noyabrda sovet qo‘shinlari Stalingrad ostonalarida qarshi hujumga o‘tib, nemis qo‘shinlarining katta guruhini qurshab oldi. Qurshovdagi nemis qo‘shinlari 1943-yil fevralda taslim bo‘ldi.
1944-yili Sovet Ittifoqi o‘z hududini to‘liq ozod qildi, sovet qo‘shinlari Sharqiy Yevropaga kirib bordi.
O‘sha yili ittifoqchilar Fransiyaning shimoli-g‘arbiga qo‘shin tushirib, Fransiya va Belgiyani ozod qildi. Urush Germaniyaning o‘z hududlariga yetib keldi.
Fashizmga qarshi kurashda italyan-german qo‘shinlari tomonidan zabt etilgan hududlardagi milliy-vatanparvar kuchlar – general Sharl de Goll boshchiligidagi “Ozod Fransiya” qarshilik harakati, I. B. Tito boshchiligidagi Yugoslaviya ozodlik harakati katta rol o‘ynadi.
Urushning borishi
Urush yillari gitlerchilarga qarshi koalitsiya davlatlarining o‘zaro munosabatlariga oid asosiy masalalar SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya liderlarining uchrashuvlarida hal qilindi. Urush davomida shunday uchrashuvlar uch marta: Tehron (1943), Qrim (Yalta, 1945-yil fevral) va Potsdam shaharlarida (1945-yil iyul-avgust) bo‘lib o‘tdi.
Reyxstag ustiga SSSR bayrog‘ining o‘rnatilishi
BILIB OLING
Versal tinchlik shartnomasi...
Millatlar Ligasi…
1945 -yil 16-apreldan 2-maygacha Berlin operatsiyasi amalga oshirilib, bu vaqt ichida Germaniya poytaxti o‘rab olindi va shturm bilan zabt etildi. Reyxstag ustiga sovetlarning qizil bayrog‘i o‘rnatildi.
1945-yil 8-may kuni Oliy bosh qo‘mondon o‘rinbosari G. K. Jukov Sovet Ittifoqi nomidan Germaniyaning so‘zsiz taslim bo‘lganligi to‘g‘risidagi aktni imzoladi. 9-may SSSRda G‘alaba kuni deb e’lon qilindi.
Yaponiyaning taslim bo‘lishi va Ikkinchi jahon urushining yakunlanishi
1945 -yil 6-avgust kuni AQSH Yaponiyaning Xirosima va 9-avgust kuni Nagasaki shaharlariga atom bombalarini tashladi. Atom bombalari portlashi natijasida yuz minglab tinch aholi halok bo‘ldi.
1945-yili Sovet Ittifoqi Yaponiyaga qarshi urushga kirdi. 1945-yil 2-sentyabr kuni Yaponiya so‘zsiz taslim bo‘lish to‘g‘risidagi paktni imzoladi. Ikkinchi jahon urushi tugadi. Asosini fashistik Germaniya, Italiya va militaristik Yaponiya tashkil qilgan tajovuzkor davlatlar bloki tor-mor qilindi.
Ikkinchi jahon urushining oqibatlari
Ikkinchi jahon urushi qariyb olti yil davom etdi va insoniyatga juda katta kulfatlar keltirdi. 110 mln kishi urushga safarbar qilindi. 65–70 mln kishi halok bo‘ldi, ular orasida harbiy xizmatchilar bilan birga millionlab tinch aholi ham bor edi.
Nyurnberg sudi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi
Ma’lumki, Birinchi jahon urushidan so‘ng jahonda tinchlikni saqlash uchun 1919-yili tuzilgan “Millatlar Ligasi” deb nomlangan xalqaro tashkilot Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotdi. Ikkinchi jahon urushi yillarida antigitler koalitsiyasi mamlakatlarining rahbarlari o‘rtasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ni tuzish g‘oyasi paydo bo‘ldi. Bu g‘oya dastlab to‘rtta davlat – AQSH, Buyuk Britaniya, SSSR va Xitoy tomonidan 1942-yil imzolangan deklaratsiyada o‘z aksini topdi. BMT Ustavi 1945-yil San Fransisko (AQSH) shahrida tasdiqlandi va shu yil 24-oktyabrda kuchga kirdi. Bu sana har yili BMT kuni sifatida butun dunyoda nishonlanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining tuzilishi
O‘zbekiston Respublikasi 1992-yili BMTga a’zo bo‘lgan.
Nyurnberg va Tokio sud jarayonlari
Germaniyaning Nyurnberg shahrida 1945-yil noyabrdan 1946-yil oktyabrgacha fashist hokimiyati rahbarlari ustidan sud jarayoni bo‘lib o‘tdi. Unda Germaniyaning asosiy siyosiy va harbiy rahbarlari jazoga hukm qilindi. Tribunal natsistlar partiyasining rahbariyatini, SS, SD kabi hujumkor otryadlarni va gestaponi (siyosiy politsiya) jinoyatchi tashkilotlar deb e’lon qildi.
1946-yil maydan 1948-yil noyabrgacha Yaponiya poytaxti Tokio shahrida yapon agressiyasidan aziyat chekkan davlatlar vakillaridan tashkil topgan Xalqaro harbiy tribunal urushda aybdor deb topilgan yapon harbiy jinoyatchilari ustidan hukm chiqardi.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
1. O‘tkir Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar” asaridan olingan quyidagi satrlarni o‘qing hamda mavzu bilan bog‘lagan holda esse yozing: “Urushda g‘olib va baxtli podshoh, g‘olib va baxtli qo‘shin, g‘olib va baxtli davlat, g‘olib va baxtli tuzum bo‘lishi mumkin. Ammo g‘olib va baxtli odam bo‘lmaydi. Negaki urush odamni odam o‘ldirishga majbur qiladi. Odam o‘ldirgan odam esa hech qachon baxtli bo‘lmaydi”.
2. O‘zingiz istiqomat qilayotgan hudud (shahar, qishloq, mahalla)dagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va faxriylari haqida taqdimot tayyorlang.
1. Fashistlarning tor-mor qilinishida dunyo davlatlari qanday o‘rin tutdi?
4. BMTning tuzilishi urushdan keyin dunyoda tinchlikni saqlashda qanday rol o‘ynadi?
6. “Ikkinchi jahon urushi oqibatlari” mavzusida videorolik tayyorlang.
Sovuq urush
Sovuq urush bu – ochiq harbiy to‘qnashuvga erishmagan SSSR va AQSH boshchiligidagi ikki harbiy-siyosiy blok o‘rtasidagi global qarama-qarshilik. “Sovuq urush” tushunchasi 1945–1947-yillarda matbuotda paydo bo‘ldi va asta-sekin siyosiy lug‘atga kirib bordi.
Karib inqirozi
Karib inqirozi 1962-yilning ikkinchi yarmida SSSR va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashuvining bir ko‘rinishi bo‘lib, dunyoni yadro urushi xavfi ostiga qo‘ydi. Buning sababi AQSHning Turkiyada yadro qurolini joylashtirishiga javoban yadroviy bombalarga ega sovet raketalarining Kuba hududida yashirin tarzda joylashtirilishi edi.
Berlin devori
Berlin devori GDRning G‘arbiy Berlin bilan mustahkamlangan davlat chegarasi bo‘lib, sovuq urush va temir parda ramzi hisoblanadi. U balandligi 3,6 m va umumiy uzunligi 106 km bo‘lgan beton panjara edi. Berlin devori bo‘ylab 302 ta qo‘riqchi-minoralar va boshqa chegara inshootlari qurilgan.
Muhim sanalar
- 1919-yili — Ma’lumki, Birinchi jahon urushidan so‘ng jahonda tinchlikni saqlash uchun 1919-yili tuzilgan “Millatlar Ligasi” deb nomlangan xalqaro tashkilot Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotdi.
- 1938-yil — Chexoslovakiyaning kapitulyatsiyasi 1938-yil 29-sentyabr kuni Myunxenda rasmiylashtirildi.
- 1939-yil — Bu 1939-yil 23-avgustda 10 yil muddatga o‘zaro urushmaslik to‘g‘risida Sovet-German paktining (Molotov-Ribbentrop pakti) imzolanishiga olib keldi.
- 1939-yil — 1939-yil 17-sentyabr kuni Polshaga sovet qo‘shinlari kiritildi.
- 1939–1940-yil — 1939–1940-yilllarda sovet-fin urushi bo‘lib o‘tdi.
- 1939-yil — 1939-yil sentyabr 1940-yil
- 1940-yil — 1940-yil martda SSSR Finlandiya bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi.
- 1940-yil — 1940-yil sentyabrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv – Uchlar pakti imzolandi.
- 1940-yil — 1939-yil sentyabr 1940-yil
- 1941-yili — 1941-yili 22-iyunda Germaniya SSSRga hujum boshladi.
Bilimingizni sinang
1933-yil yanvarda Germaniyada hokimiyatga kelgan natsional-sotsialistik ishchi partiyasiga kim boshchilik qilgan?
- Benito Mussolini
- Adolf Gitler
- Pol fon Gindenburg
- Gustav Shtrezeman
To‘g‘ri javob: Adolf Gitler. Partiya Adolf Gitler boshchiligida 1933-yil yanvarda hokimiyatga kelgan.
Chexoslovakiyaning kapitulyatsiyasi Myunxenda qaysi yilda rasmiylashtirildi?
- 1938-yil
- 1937-yil
- 1939-yil
- 1936-yil
To‘g‘ri javob: 1938-yil. Myunxen kelishuvi 1938-yil 29-sentyabrda rasmiylashtirilgan.
Sovet-German pakti (Molotov-Ribbentrop pakti) qaysi yilda imzolandi?
- 1941-yil
- 1940-yil
- 1938-yil
- 1939-yil
To‘g‘ri javob: 1939-yil. Pakt 1939-yil 23-avgustda 10 yil muddatga imzolangan.
Aholisining ko‘pchiligi nemis millatiga mansub bo‘lgan Sudet viloyati qaysi davlat tarkibida edi?
- Avstriya davlati
- Polsha davlati
- Vengriya davlati
- Chexoslovakiya
To‘g‘ri javob: Chexoslovakiya. Sudet viloyati Chexoslovakiyaga qarashli bo‘lib, Gitler uni Germaniyaga berishni talab qilgan.
Chexoslovakiyaning kapitulyatsiyasi 1938-yil 29-sentyabr kuni qaysi shaharda rasmiylashtirilgan?
- Myunxen
- Versal
- Potsdam
- Berlin
To‘g‘ri javob: Myunxen. Kapitulyatsiya Myunxenda rasmiylashtirilgan.
Sovet-German pakti (Molotov–Ribbentrop pakti) necha yil muddatga o‘zaro urushmaslik haqida imzolangan?
- 5 yil
- 7 yil
- 10 yil
- 15 yil
To‘g‘ri javob: 10 yil. Pakt 1939-yil 23-avgustda 10 yil muddatga imzolangan.
Myunxen kelishuvidan keyin Germaniya va SSSR munosabatlarida qanday voqea yuz berdi?
- Manfaatlari vaqtincha mos tushgach, 1939-yil 23-avgustda o‘zaro urushmaslik pakti imzolandi
- Ikki davlat Chexoslovakiyani bo‘lib olish uchun harbiy ittifoq tuzdi
- SSSR Germaniyaga urush e’lon qilib, Sudet viloyatini egalladi
- SSSR Buyuk Britaniya va Fransiya bilan birgalikda Germaniyaga iqtisodiy blokada e’lon qildi
To‘g‘ri javob: Manfaatlari vaqtincha mos tushgach, 1939-yil 23-avgustda o‘zaro urushmaslik pakti imzolandi. Germaniya va SSSR manfaatlari vaqtincha mos tushdi va bu Molotov–Ribbentrop paktiga olib keldi.
1939-yilning qaysi kuni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi?
- 1-avgust
- 1-oktyabr
- 1-sentyabr
- 28-avgust
To‘g‘ri javob: 1-sentyabr. Ikkinchi jahon urushi 1939-yil 1-sentyabrda Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan boshlandi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash