Gʻarbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Xaritadan barcha materiklarni toping.
DEMOKRATIK ISLOHOTLAR
Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoning eng rivojlangan qismida yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar jamiyat hayotining muhim sohalarida davlat rolining yanada ortib borishini belgilab berdi. Markaziy va G‘arbiy Yevropada parlament demokratiyasi tiklandi.
G‘arb mamlakatlarida demokratiya deganda liberal demokratiyani tushuna boshlashdi. Liberal demokratiya uchun erkin va tez-tez o‘tkaziladigan saylovlar, qonun ustuvorligi, hokimiyatning bo‘linishi, shaxs huquq va erkinliklarining (so‘z, vijdon, mulk erkinligi kabilar) kafolatlanganligi xarakterli jihatlar bo‘lib qoldi.
ESGA OLING
Tarix fanidagi bilimlaringizga tayanib demokratiya, fashizm, parlament demokratiyasi tushunchalariga ta’rif bering.
“Umumiy farovonlik jamiyati”
Atlantika okeanining ikki qirg‘og‘i – G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada shakllangan sivilizatsiya XX asrda “Yevroatlantik sivilizatsiya” nomini oldi. Bu sivilizatsiya uchun liberal-demokratik qadriyatlar, jadal iqtisodiy rivojlanish va xalq farovonligini doimiy yuksaltirib borish kabi jihatlar xosdir. 1950-yillarda G‘arb davlatlaridagi iqtisodiy yuksalish tufayli Italiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Shvetsiya kabi mamlakatlar o‘z “iqtisodiy mo‘jiza”sini namoyish qildi. Ilmiy-texnik inqilob ta’sirida iqtisodiyotda ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ular G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida integratsion jarayonlarni tezlashtirib yubordi. 1960-yillarda G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida xalq farovonligini oshirishning davlat kafolatlari tizimi yaratildi, “umumiy farovonlik jamiyati”ni qurish g‘oyasi paydo bo‘ldi, uni amalga oshirish boshlandi. Iqtisodiy sohadagi muvaffaqiyatlar farovonlik davlati institutlari va mexanizmlarining uzil-kesil shakllanishi uchun sharoit yaratdi. Unda markaziy o‘rinni aholining kam ta’minlangan qismiga ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturlari, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarini qo‘llab-quvvatlash, pensiya ta’minoti egalladi. Davlat barcha ijtimoiy qatlamlar uchun teng imkoniyatlar yaratishning kafolatiga aylandi. Davlat siyosati aholi keng qatlamlarining turmush darajasini yuqori ta’minlangan qatlamning yashash
CHIQARING
darajasiga yetkazishga qaratildi. Bu siyosatning maqsadi hayotning eng muhim sohalarida ijtimoiy imtiyozlar yaratish orqali jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni bartaraf qilishdan iborat edi. Bu imtiyozlarga bolali oilalarga beriladigan nafaqalar tizimi, bepul maktab ta’limi, qarilik pensiyasi ta’minoti, ishsizlik va mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik uchun beriladigan nafaqalar tizimi va boshqa shu kabilar kiradi.
Bu tamoyillar Daniya, Norvegiya va Shvetsiyada amalga oshirilgan sotsializmning “skandinav modeli” yoki “shved modeli” deb ataluvchi shaklida o‘z aksini topdi.
YODDA TUTING
1960-yillarda G‘arb mamlakatlarida liberal demokratiyaning takomillashuv jarayoni davom etdi.
1968-yil mayda Parij talabalarining namoyishi boshlandi.
1960-yillarda radikalizmga qarshi reformizm
asrning 60-yillari butun G‘arb mamlakatlarini qamrab olgan shiddatli evrilishlar davri ayni paytda liberal islohotchilikning eng avj pallasi sifatida tarixga kirdi. Bu davrda amalga oshirilgan yirik ijtimoiy o‘zgarishlar G‘arb jamiyatining qiyofasini o‘zgartirib yubordi, uning yangi bosqichga o‘tishi uchun imkoniyat yaratdi va ayni paytda liberalizm imkoniyatlarining chegarasini ham belgilab berdi, radikalizm faollashdi.
AQSHda 1960-yillari fuqarolar tengligi uchun harakat qizg‘in tus oldi. Ko‘plab joylarda qora tanlilarning namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bunga qarshi o‘ta o‘ng harakat vakillari siyosiy qotilliklarni amalga oshira boshladilar.
1960-yillarda radikalizmga qarshi reformizm
Fransiyada davlatning qat’iy tartibga solish siyosati fransuz jamiyatining ko‘plab qatlamlarini norozi qildi. 1968-yil mayda Parij talabalarining namoyishi boshlandi. Prezident tashabbusi bilan o‘tkazilgan referendumda saylovchilarning ko‘pchiligi prezidentni qo‘llamadi. Sharl de Goll iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
TARIXIY MUSHOHADA
XX asr davomida G‘arb mamlakatlarida qaror topgan rivojlanish modeli 1970-yillar oxiri – 1980-yillar boshlariga kelib o‘z imkoniyatlarini tugatib bo‘ldi va chuqur inqiroz holatiga kirib keldi.
BILIB OLING
Bu inqirozning nishonasi 1970–1980-yillardagi neokonservativ to‘lqin bo‘lib, u ko‘plab mamlakatlarda so‘l siyosiy partiyalar va harakatlar o‘z mavqeyini yo‘qotishi, o‘ng va konservativ kuchlar g‘alaba qozonishi bilan xarakterlanadi.
“Yevroatlantik sivilizatsiya” –...
1970-yillar –...
1980-yili AQSHda...
1980-yili AQSHda Ronald Reyganning hokimiyatga kelishi va 1984-yili qayta saylanishi, Buyuk Britaniyada Margaret Tetcher boshchiligidagi konservativ partiyaning qatorasiga uch marta g‘alaba qozonishi, GFR, Italiya va Fransiyadagi mahalliy va parlament saylovlari natijalari bu kuchlar tomonidan ilgari surilgan shiorlar aholining keng qatlami istaklari bilan hamohang ekanligini ko‘rsatdi.
BILIB OLING
Buyuk Britaniyada M. Tetcher...
Ilmiy-texnik inqilob
Dunyodagi birinchi kompyuter
Ilmiy-texnik taraqqiyotning birinchi to‘lqini (1940-yillar oxiri – 1950-yillar) iqtisodiy infratuzilmaga inqilobiy o‘zgarishlarni olib keldi. Iqtisodiyotning aviakosmik, radiotelevizion va robot texnikasi kabi yangi, ilmtalab, mehnat va energiya sarfini tejovchi sohalari paydo bo‘ldi. Butun urushdan keyingi davr uchun xos bo‘lgan jihat harbiy-sanoat kompleksining keng miqyosda rivojlanishi edi.
1970-yillarning ikkinchi yarmida ilmiy-texnik taraqqiyotning informatsion yoki telekommunikatsion inqilob nomini olgan yangi to‘lqini boshlanishi bilan zamonaviy kapitalizm o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga kirdi. Bu inqilob natijasida elektron hisoblash mashinalaridan foydalanish, iqtisodiyotni axborotlashtirish va kompyuterlashtirish, ishlab chiqarishni robotlashtirish, integral sxemalarni joriy qilish kabi mutlaqo yangi sohalar yo‘lga qo‘yildi.
Industrial sivilizatsiyadan postindustrial sivilizatsiya sari
ostindustrial jamiyat” atamasini 1962-yili amerikalik sotsiolog Daniel Bell muomalaga kiritgan. Postindustrial jamiyatning o‘ziga xos jihati – bu jamiyatda sanoat emas, axborot ishlab chiqarishning ustuvor ekanligi.
O‘tgan asrning 60-yillarida D. Bellning postindustrial jamiyat haqidagi g‘oyasi odamlarga utopiya bo‘lib tuyulgandi. Bugungi kunda esa bu g‘oyaning ko‘plab jihatlari amaliyotda o‘z tasdig‘ini topdi. Shu sababli tarixiy taraqqiyotning hozirgi bosqichini industrial jamiyatdan postindustrial jamiyatga o‘tish davri deb atash mumkin.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Xaritadan foydalanib G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlari hududlarini ko‘zdan kechiring. Daftaringizga har bir davlatning rivojlanishi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yozib, ularning har birini sharhlang.
ATAMALAR MAZMUNI
Referendum bu – fuqarolarning davlat, viloyat yoki mahalliy ko‘lamda eng muhim masalalar bo‘yicha ovoz berish yo‘li orqali o‘z fikrlarini bevosita bildirishlari.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1940-yillar — Ilmiy-texnik taraqqiyotning birinchi to‘lqini (1940-yillar oxiri – 1950-yillar) iqtisodiy infratuzilmaga inqilobiy o‘zgarishlarni olib keldi.
- 1950-yillarda — 1950-yillarda G‘arb davlatlaridagi iqtisodiy yuksalish tufayli Italiya, Germaniya Federativ Respublikasi, Shvetsiya kabi mamlakatlar o‘z “iqtisodiy mo‘jiza”sini namoyish qildi.
- 1950-yillar — Ilmiy-texnik taraqqiyotning birinchi to‘lqini (1940-yillar oxiri – 1950-yillar) iqtisodiy infratuzilmaga inqilobiy o‘zgarishlarni olib keldi.
- 1960-yillarda — 1960-yillarda G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida xalq farovonligini oshirishning davlat kafolatlari tizimi yaratildi, “umumiy farovonlik jamiyati”ni qurish g‘oyasi paydo bo‘ldi, uni amalga oshirish boshlandi.
- 1960-yillarda — 1960-yillarda G‘arb mamlakatlarida liberal demokratiyaning takomillashuv jarayoni davom etdi.
- 1960-yillari — AQSHda 1960-yillari fuqarolar tengligi uchun harakat qizg‘in tus oldi.
- 1962-yili — ostindustrial jamiyat” atamasini 1962-yili amerikalik sotsiolog Daniel Bell muomalaga kiritgan.
- 1968-yil — 1968-yil mayda Parij talabalarining namoyishi boshlandi.
- 1970-yillar — XX asr davomida G‘arb mamlakatlarida qaror topgan rivojlanish modeli 1970-yillar oxiri – 1980-yillar boshlariga kelib o‘z imkoniyatlarini tugatib bo‘ldi va chuqur inqiroz holatiga kirib keldi.
- 1970–1980-yillarda — Bu inqirozning nishonasi 1970–1980-yillardagi neokonservativ to‘lqin bo‘lib, u ko‘plab mamlakatlarda so‘l siyosiy partiyalar va harakatlar o‘z mavqeyini yo‘qotishi, o‘ng va konservativ kuchlar g‘alaba qozonishi bilan…
Bilimingizni sinang
Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Liberal demokratiyada hokimiyat bo‘linmagan bo‘ladi
- Liberal demokratiyada saylovlar kamdan-kam o‘tkaziladi
- Liberal demokratiyada qonun ustuvorligi cheklangan bo‘ladi
- Liberal demokratiya uchun hokimiyatning bo‘linishi xarakterli
To‘g‘ri javob: Liberal demokratiya uchun hokimiyatning bo‘linishi xarakterli. Liberal demokratiya uchun erkin saylovlar, qonun ustuvorligi va hokimiyatning bo‘linishi xosdir.
Italiya, Germaniya Federativ Respublikasi va Shvetsiya kabi mamlakatlar o‘z iqtisodiy mo‘jizasini qaysi o‘n yillikda namoyish qildi?
- 1950-yillarda
- 1940-yillarda
- 1970-yillarda
- 1930-yillarda
To‘g‘ri javob: 1950-yillarda. G‘arb davlatlaridagi iqtisodiy yuksalish tufayli 1950-yillarda “iqtisodiy mo‘jiza” ro‘y bergan.
1950-yillarda G‘arb davlatlaridagi iqtisodiy yuksalish tufayli Italiya, Germaniya Federativ Respublikasi va Shvetsiya nimani namoyish qildi?
- iqtisodiy mo‘jiza
- yashil inqilob
- sanoat inqilobi
- iqtisodiy inqiroz
To‘g‘ri javob: iqtisodiy mo‘jiza. Bu mamlakatlar 1950-yillarda o‘z “iqtisodiy mo‘jiza”sini namoyish qilgan.
G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida xalq farovonligini oshirishning davlat kafolatlari tizimi qaysi o‘n yillikda yaratildi?
- 1930-yillarda
- 1960-yillarda
- 1950-yillarda
- 1980-yillarda
To‘g‘ri javob: 1960-yillarda. Davlat kafolatlari tizimi 1960-yillarda yaratilgan.
1960-yillarda G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida davlat kafolatlari tizimi yaratilib, qanday jamiyatni qurish g‘oyasi paydo bo‘ldi?
- axborot jamiyati
- umumiy farovonlik jamiyati
- sanoat jamiyati
- fuqarolik jamiyati
To‘g‘ri javob: umumiy farovonlik jamiyati. 1960-yillarda umumiy farovonlik jamiyatini qurish g‘oyasi paydo bo‘lgan.
Atlantika okeanining ikki qirg‘og‘ida — G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada shakllangan sivilizatsiya XX asrda qanday nom olgan?
- Industrial sivilizatsiya
- Yevroatlantik sivilizatsiya
- Postindustrial sivilizatsiya
- Sharq-g‘arb sivilizatsiyasi
To‘g‘ri javob: Yevroatlantik sivilizatsiya. Bu sivilizatsiya XX asrda “Yevroatlantik sivilizatsiya” nomini olgan.
1950-yillarda G‘arb davlatlaridagi iqtisodiy yuksalish tufayli qaysi davlat o‘zining “iqtisodiy mo‘jiza”sini namoyish qilgan?
- Germaniya Federativ Respublikasi
- Polsha Sotsialistik Respublikasi
- Chexoslovakiya Xalq Respublikasi
- Ruminiya Sotsialistik Respublikasi
To‘g‘ri javob: Germaniya Federativ Respublikasi. Iqtisodiy mo‘jizani Italiya, GFR va Shvetsiya kabi mamlakatlar namoyish qilgan.
“Umumiy farovonlik jamiyati”ni qurish g‘oyasi G‘arbning rivojlangan mamlakatlarida qaysi yillarda paydo bo‘lgan?
- 1930-yillarda
- 1950-yillarda
- 1960-yillarda
- 1980-yillarda
To‘g‘ri javob: 1960-yillarda. 1960-yillarda xalq farovonligining davlat kafolatlari tizimi yaratilib, bu g‘oya amalga oshirila boshlagan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash