SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
1. SSSR qachon tashkil topgan edi?
2. Xaritadan Sharqiy Yevropa mamlakatlarini toping.
URUSHDAN KEYINGI TIKLANISH VA RIVOJLANISH
arqiy Yevropaning ko‘pchilik davlatlari – Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya jahon siyosiy xaritasida Birinchi jahon urushidan so‘ng paydo bo‘lgan edi.
ESGA OLING
Fashizm tor-mor qilingandan so‘ng Sharqiy Yevropa mamlakatlarida hokimiyatga antifashist yo‘nalishdagi partiyalar (kommunistlar, sotsial-demokratlar, liberallar va boshqalar) vakillaridan iborat koalitsion hukumatlar keldi.
Sovuq urush boshlanishi bilan Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ham siyosiy kuchlarning qarama-qarshi tomonlarga, G‘arb va sovetlar tarafdorlariga ajralishi yuz berdi. Ko‘pchiligida sovet qo‘shinlari joylashgan bu mamlakatlarda 1947–1948-yillari kommunistik qarashlarni yoqlamaganlar hukumatlar tarkibidan chiqarildi.
SSSRning iqtisodiy va harbiy-siyosiy qudrati yuksalishi bilan sovet rahbarlarida dunyoning bir qismiga yetakchilik qilish da’vosi ham ortib bordi. SSSR sotsializm qurish yo‘liga kirgan mamlakatlarga moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsata boshladi.
XULOSA CHIQARING
SOVUQ URUSH
Yevropaning ikki guruhga – AQSH bilan yaqinlashuv yo‘lini tanlagan hamda SSSR bilan hamkorlikni tanlagan davlatlarga bo‘linishi 1980-yillar oxirigacha davom etdi va bu qarama-qarshilik jahon tarixida “sovuq urush” nomini oldi. Yevropa qit’asida, keyin esa butun dunyo miqyosida bir-biriga qarama-qarshi turgan harbiy-siyosiy va iqtisodiy ittifoqlar tizimi shakllandi. Dunyoning eng katta davlatlari – AQSH va SSSR bu ittifoqlarning markazlariga aylandi.
SOVET ITTIFOQI
1947-yili AQSH tomonidan “Marshall rejasi” taklif qilindi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida 1947–1948-yillari kommunistik qarashlarni yoqlamaganlar hukumatlar tarkibidan chiqarildi.
1949-yili O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYK) tuzildi.
BOLGARIYA
1949-yil yanvarda SSSR va Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik davlatlari iqtisodiy ittifoq – O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYK) tuzilganligini e’lon qildilar. O‘z navbatida, G‘arb davlatlari 1949-yil aprelda Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) deb ataluvchi harbiy-siyosiy tashkilotni tuzdilar.
Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga javob tariqasida 1955-yili SSSR bilan unga do‘st bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi – Varshava Shartnomasi Tashkiloti tuzildi.
TARIXIY MUSHOHADA
Shimoliy Atlantika Shartnomasi (NATO) va Varshava Shartnomasi tashkilotlari qanday maqsadda va qaysi davlatlar ishtirokida tuzilganligini asoslang.
Yevropada ikkita bir-biriga qarama-qarshi turuvchi harbiy-siyosiy ittifoqning vujudga kelishi faqat SSSR bilan AQSH o‘rtasida dunyoga hukmronlik qilish uchun kurashning natijasi emasdi. Ulardan har biri o‘zining milliy-davlat manfaatlari bilan bog‘liq qarashlaridan kelib chiqadigan dunyo modelini, xalqlarning o‘ziga xos yashash tarzini himoya qilardi.
Kommunistik jamiyat g‘oyasi, totalitar sotsializm va uning inqirozi
1956 -yil fevralda bo‘lib o‘tgan Sovet Ittifoqi kommunistik partiyasi (KPSS)ning XX syezdida Nikita Xrushchyov nutq so‘zlab, Stalin davrida shakllangan shaxsga sig‘inishni qoraladi. XX syezd sovet totalitar davlatining xarakterini anglash jarayonini, xalqaro kommunistik harakatning inqirozini boshlab berdi va sotsialistik tizim oxirigacha bu inqirozdan chiqa olmadi.
Qayta qurish yillari kirib kelgan oshkoralik sovet jamiyatining poklanishi yo‘lida katta qadam bo‘ldi, u stalinizmning, sovet totalitar tuzumining jinoyatlarini ochib tashladi. Endi ko‘pchilik, ayniqsa, ilg‘or ziyolilar bu tuzumni isloh qilish emas, undan voz kechish lozimligini anglab yetdilar.
Kommunistik jamiyat g‘oyasi, totalitar sotsializm va uning inqirozi
SSSRdagi kommunistik mafkura inqirozi butun dunyoda kommunistik harakat, umuman, so‘l mafkuraning inqiroziga olib keldi.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Xaritadan foydalanib Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) va Varshava Shartnomasi Tashkiloti tarkibidagi hududlarni ko‘zdan kechiring. Daftaringizga har bir davlatning tashkilotga nima munosabat bilan qabul qilinganini yozing va sharhlang.
ATAMALAR MAZMUNI
Kommunist bu – kommunizm tamoyillarini qo‘llab-quvvatlaydigan yoki unga ishonadigan odam. Liberal – 1) hur fikrli, erkin shaxs; murosasoz, kelishuvchi; 2) liberalizm tarafdori.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1947–1948-yillari — Ko‘pchiligida sovet qo‘shinlari joylashgan bu mamlakatlarda 1947–1948-yillari kommunistik qarashlarni yoqlamaganlar hukumatlar tarkibidan chiqarildi.
- 1947-yili — 1947-yili AQSH tomonidan “Marshall rejasi” taklif qilindi.
- 1947–1948-yillari — Sharqiy Yevropa mamlakatlarida 1947–1948-yillari kommunistik qarashlarni yoqlamaganlar hukumatlar tarkibidan chiqarildi.
- 1949-yili — 1949-yili O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYK) tuzildi.
- 1949-yil — 1949-yil yanvarda SSSR va Sharqiy Yevropaning ko‘pchilik davlatlari iqtisodiy ittifoq – O‘zaro Iqtisodiy Yordam Kengashi (O‘IYK) tuzilganligini e’lon qildilar.
- 1949-yil — O‘z navbatida, G‘arb davlatlari 1949-yil aprelda Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) deb ataluvchi harbiy-siyosiy tashkilotni tuzdilar.
- 1955-yili — Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkilotiga javob tariqasida 1955-yili SSSR bilan unga do‘st bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlarining harbiy-siyosiy ittifoqi – Varshava Shartnomasi Tashkiloti tuzildi.
- 1980-yillar — Yevropaning ikki guruhga – AQSH bilan yaqinlashuv yo‘lini tanlagan hamda SSSR bilan hamkorlikni tanlagan davlatlarga bo‘linishi 1980-yillar oxirigacha davom etdi va bu qarama-qarshilik jahon tarixida “sovuq urush”…
Bilimingizni sinang
Polsha, Chexoslovakiya, Vengriya jahon siyosiy xaritasida qaysi voqeadan so‘ng paydo bo‘lgan?
- Birinchi jahon urushidan so‘ng
- Ikkinchi jahon urushidan so‘ng
- Sovuq urush boshlanishidan so‘ng
- Marshall rejasi qabul qilinganidan so‘ng
To‘g‘ri javob: Birinchi jahon urushidan so‘ng. Matnda bu davlatlar Birinchi jahon urushidan so‘ng paydo bo‘lgani aytilgan.
Sharqiy Yevropa mamlakatlarida kommunistik qarashlarni yoqlamaganlar hukumat tarkibidan qaysi yillarda chiqarildi?
- 1952–1953-yillari
- 1947–1948-yillari
- 1949–1950-yillari
- 1945–1946-yillari
To‘g‘ri javob: 1947–1948-yillari. Sovet qo‘shinlari joylashgan mamlakatlarda 1947–1948-yillari kommunistik qarashlarni yoqlamaganlar hukumatdan chiqarildi.
Fashizm tor-mor etilgach, Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qanday hukumatlar hokimiyatga keldi?
- Faqat kommunistlardan iborat bir partiyaviy hukumatlar
- Antifashist partiyalardan iborat koalitsion hukumatlar
- Monarxiya tarafdorlaridan iborat konservativ hukumatlar
- Harbiy xunta boshchiligidagi diktatorlik hukumatlari
To‘g‘ri javob: Antifashist partiyalardan iborat koalitsion hukumatlar. Kommunistlar, sotsial-demokratlar, liberallar vakillaridan koalitsion hukumatlar tuzilgan.
Sharqiy Yevropada kommunistik qarashlarni yoqlamaganlar hukumat tarkibidan qaysi yillari chiqarildi?
- 1945–1946-yillari
- 1949–1950-yillari
- 1947–1948-yillari
- 1955–1956-yillari
To‘g‘ri javob: 1947–1948-yillari. Sovet qo‘shinlari joylashgan mamlakatlarda 1947–1948-yillari kommunistlarga qarshilar hukumatdan chiqarilgan.
Sovuq urush boshlanishi bilan Sharqiy Yevropada, ayniqsa sovet qo‘shinlari joylashgan mamlakatlarda 1947–1948-yillari hukumatlar tarkibida qanday o‘zgarish yuz berdi?
- Kommunistlar hukumat tarkibidan chiqarilib, koalitsiyaga liberallar va sotsial-demokratlar boshchilik qildi
- Hukumatlar tarkibi kengaytirilib, G‘arb tarafdorlari ham yetakchi lavozimlarga qo‘yildi
- Kommunistik qarashlarni yoqlamaganlar hukumatlar tarkibidan chiqarildi
- Sovet qo‘shinlari olib chiqilib, hukumatlar betaraflik siyosatini e’lon qildi
To‘g‘ri javob: Kommunistik qarashlarni yoqlamaganlar hukumatlar tarkibidan chiqarildi. Sovuq urush boshlanishi bilan kommunistik qarashlarni yoqlamaganlar hukumatlar tarkibidan chiqarilgan.
Yevropaning AQSH va SSSR tarafdorlariga bo‘linishi qaysi yillarning oxirigacha davom etdi?
- 1960-yillar
- 1950-yillar
- 1970-yillar
- 1980-yillar
To‘g‘ri javob: 1980-yillar. Yevropaning ikki guruhga bo‘linishi 1980-yillar oxirigacha davom etdi.
AQSH va SSSR tarafdorlari o‘rtasidagi, 1980-yillar oxirigacha davom etgan qarama-qarshilik jahon tarixida qanday nom oldi?
- Sovuq urush
- Yarim urush
- Uzoq muzokaralar davri
- Qurolli betaraflik
To‘g‘ri javob: Sovuq urush. Yevropaning ikki guruhga bo‘linishi va qarama-qarshilik sovuq urush nomini oldi.
Yevropaning ikki guruhga bo‘linishidan kelib chiqqan va 1980-yillar oxirigacha davom etgan qarama-qarshilik tarixda qanday nom oldi?
- Qayta qurish
- Sovuq urush
- Yadro poygasi
- Marshall rejasi
To‘g‘ri javob: Sovuq urush. Bu qarama-qarshilik jahon tarixida “sovuq urush” nomini oldi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash