XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · Jahon tarixi · 17-mavzu

AQSH: yangi liderning paydo boʻlishi

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA

ESGA OLING

Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasi tushunchalariga ta’rif bering.

AQSH prezidenti Duayt Eyzenhauer

Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda AQSH taraqqiyoti uchun juda qulay sharoit vujudga keldi. Urush AQSH iqtisodining tez sur’atlar bilan rivojlanishini ta’minladi. Urush yillari AQSHning ishlab chiqarish quvvatlari ikki barobar, eksport hajmi besh barobar, yalpi milliy mahsuloti hajmi ikki barobar o‘sdi. Shu tariqa AQSH iqtisodiy va harbiy jihatdan dunyoning eng qurdatli davlatiga, yangi lideriga aylandi.

Eyzenhauer va Kennedi: respublikachilar va demokratlar

1952 -yilgi saylovlarda respublikachilar partiyasi g‘alaba qozondi. Ikkinchi jahon urushi qahramoni, urush yillari AQSHning Yevropadagi qo‘shinlari qo‘mondoni bo‘lgan general Duayt Eyzenhauer AQSH prezidenti etib saylandi.

Siyosatda realist bo‘lgan D. Eyzenhauer iqtisodiyot va ijtimoiy sohada davlatning rolini oshirish lozimligini juda tez anglab yetdi. Shu sababli uning ma’muriyati ichki siyosatda, ayniqsa, ijtimoiy sohada o‘zidan oldingi demokratlarning siyosatini biroz o‘zgarishlar bilan davom ettirdi.

1960-yilgi prezidentlik saylovlarida demokratik partiya nomzodi Jon Kennedining g‘alabasi urushdan keyingi Amerika tarixida muhim voqea bo‘ldi. J. Kennedi o‘zining “Yangi marralar” deb nom olgan islohotchilik dasturini ilgari surdi, iqtisodni barqarorlashtirish va ijtimoiy yordam dasturini kengaytirish bo‘yicha juda ko‘plab tadbirlar ishlab chiqdi va amalga oshirdi.

Eyzenhauer va Kennedi: respublikachilar va demokratlar

J. Kennedi 1963-yil 22-noyabrda ikkinchi marta prezident bo‘lish uchun saylovoldi tashviqoti doirasidagi tadbirda ishtirok etayotgan chog‘ida yollanma qotil tomonidan o‘ldirildi. Bu fojia Amerikaning o‘zida ham, butun dunyoda ham ko‘pchilikni chuqur iztirobga soldi.

1964-yilgi saylovlarda Lindon Jonson g‘alaba qozondi va AQSH prezidenti lavozimini egalladi.

YODDA TUTING

1952-yilgi saylovlarda 1932-yildan beri muxolifatda bo‘lib kelayotgan respublikachilar partiyasi g‘alaba qozondi.

1960-yilgi prezidentlik saylovlarida demokratik partiya nomzodi – Jon Kennedining g‘alabasi urushdan keyingi Amerika tarixida muhim voqea bo‘ldi.

J. Kennedi 1963-yil 22-noyabrda ikkinchi marta prezident bo‘lish uchun Texas shtatining Dallas shahrida saylovoldi tashviqoti doirasidagi tadbirda ishtirok etayotgan chog‘ida yollanma qotil tomonidan o‘ldirildi.

Fuqarolar huquqlari uchun harakatlar, yangilanayotgan jamiyat

asrning 60-yillari AQSHda ommaviy norozilik harakatlari avj oldi. Ijtimoiy va siyosiy hayotning turli sohalarida saqlanib qolayotgan afroamerikaliklarning kamsitilishi qarshilik harakatining asosiy sababi edi.

1960-yillar o‘rtalarida afroamerikaliklar harakatida o‘z huquqlari uchun kurashda kuch ishlatish yo‘lini tanlagan guruh paydo bo‘ldi. 1968-yil 4-aprel kuni Memfis shahrida fuqarolar tengligi uchun harakatning eng mashhur rahbari, afroamerikalik tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, ruhoniy Martin Lyuter King o‘ldirildi. Ruhoniyni ko‘mish marosimi afroamerikalik aholiga nisbatan zo‘ravonliklarga qarshi norozilik namoyishiga aylanib ketdi.

Martin Lyuter King

Savollar: 1968-yil 4-aprel kuni Memfis shahrida fuqarolar tengligi uchun harakatning eng mashhur rahbari, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati, ruhoniy Martin Lyuter Kingning o‘ldirilishi AQSH jamiyatida qanday muammolar mavjud ekanligini ko‘rsatdi?

R. Niksondan R. Reygangacha:

unday murakkab sharoitda 1968-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda respublikachilar partiyasi vakili – Richard Nikson AQSH prezidenti etib saylandi. R. Niksonning hokimiyatga kelishi bilan Amerika tarixida respublikachilarning navbatdagi davri boshlandi.

R. Niksonga ancha og‘ir meros qoldi. Iqtisodiy inqirozni bartaraf etish maqsadida 1971-yili R. Nikson “yangi iqtisodiy siyosat”ni e’lon qildi.

AQSH prezidenti Ronald Reygan

BILIB OLING

1960-yilgi prezidentlik saylovlarida...

1968-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda...

1974-yil avgustda...

1979-yilgi...

“Reyganomika” –...

AQSH qo‘shinlarining Vyetnamga kirishi

1976-yili Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘z mustaqilligining 200 yilligini katta tantanalar bilan nishonladi. Shu yili o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida demokratik partiya vakili – Jimmi Karter g‘alaba qozondi.

J. Karter to‘rt yillik prezidentlik davrida o‘zining saylovoldi va’dalaridan ko‘pchiligini bajarishga erisha olmadi. Uning prezidentlik davrini, ayniqsa, olib borgan tashqi siyosatini muvaffaqiyatli deb bo‘lmaydi. Qo‘shma Shtatlar siyosati va obro‘yiga berilgan juda katta zarbalardan biri 1979-yilgi Eron inqilobi bo‘ldi.

BILIB OLING

Umuman, 1980-yillarga AQSH ancha sust ichki va tashqi pozitsiya bilan kirib keldi. Mamlakatning moliyaviy ahvoli yomonlashdi. Iqtisodda uzoq muddatli salbiy tendensiyalar paydo bo‘ldi. 1980-yilgi prezidentlik saylovlarida respublikachilar partiyasidan nomzod – Ronald Reygan g‘alaba qozondi. Demokratlar senatda va vakillar palatasida ham ko‘plab o‘rinlaridan ajraldi.

R. Reyganning ijtimoiy-iqtisodiy dasturi “Reyganomika” nomi bilan mashhur bo‘ldi. R. Reygan iqtisodiy tushkunlikni yengib o‘tishga, ishsizlikni qisqartirishga, daromad solig‘ini pasaytirishga, iqtisodiy o‘sish sur’atlarini jadallashtirishga, ish tashlash harakatini jilovlashga erishdi. Bular va boshqa bir qator omillar uning 1984-yili ikkinchi muddatga prezident etib saylanishini ta’minladi. R. Reygan siyosatidagi ijobiy o‘zgarishlar 1988-yilgi navbatdagi prezidentlik saylovlarida respublikachilar partiyasi vakili – Jorj Bushga prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonish imkonini berdi.

Tashqi siyosat

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng qudratli davlatga aylangan AQSH SSSR bilan sovuq urushga kirishdi, Koreya, Vyetnam va Osiyoning boshqa hududlarida bir qator urushlar olib bordi.

1973-yili Vyetnamdagi urush to‘xtatildi. Vyetnam uzil-kesil yagona davlatga birlashdi. Bu Janubi-sharqiy Osiyoda Amerika tajovuzining to‘liq mag‘lubiyatga uchraganini anglatar edi.

1980-yillar oxiri – 1990-yillar boshiga kelib xalqaro maydonda yuz bergan sovuq urushning yakunlanishi, yadro urushi xavfining kamayishi, SSSR va sotsialistik hamdo‘stlikning tarqalib ketishi, Germaniyaning birlashishi kabi voqealar AQSH siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. AQSH dunyoning yagona va umumiy tan olingan yetakchisiga aylandi. Bu AQSHni bir qutbli dunyo tartibini yaratish mumkinligi to‘g‘risidagi o‘ta jozibador, ammo ziddiyatli fikrga olib keldi.

ATAMALAR MAZMUNI

Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti dunyoda tinchlik o‘rnatishga ulkan hissa qo‘shgan shaxslar yoki tashkilotlarga beriladi.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda AQSH taraqqiyotida qanday jarayonlar kuzatildi? 2. AQSHning ichki siyosatida har bir prezidentning qaysi jihatlarini e’tirof etish lozim? 3. AQSHning tashqi siyosatida murakkablik kuzatilgan davr haqida nimalarni bilasiz? 4. 1980-yillar oxiri – 1990-yillar boshiga kelib xalqaro maydonda sodir bo‘lgan eng asosiy voqealar nimalardan iborat edi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Ikkinchi jahon urushi yillarida AQSHning eksport hajmi necha barobar o‘sdi?
  1. Besh barobar
  2. Ikki barobar
  3. Uch barobar
  4. O‘n barobar

To‘g‘ri javob: Besh barobar. Urush yillari eksport hajmi besh barobar, yalpi milliy mahsulot ikki barobar o‘sgan.

Ikkinchi jahon urushi yillari AQSHning Yevropadagi qo‘shinlari qo‘mondoni bo‘lgan general, 1952-yilda prezident etib saylangan shaxs kim?
  1. Garri Truman
  2. Jorj Marshall
  3. Duayt Eyzenhauer
  4. Duglas Makartur

To‘g‘ri javob: Duayt Eyzenhauer. Urush qahramoni, general Duayt Eyzenhauer AQSH prezidenti etib saylandi.

Demokratik partiya nomzodi Jon Kennedining g‘alabasi urushdan keyingi Amerika tarixida muhim voqea bo‘lgan prezidentlik saylovlari qaysi yil o‘tkazilgan?
  1. 1964-yil
  2. 1960-yil
  3. 1952-yil
  4. 1956-yil

To‘g‘ri javob: 1960-yil. Jon Kennedi 1960-yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi.

1960-yilgi AQSH prezidentlik saylovlarida demokratik partiya nomzodi sifatida g‘alaba qozongan shaxs kim?
  1. Lindon Jonson
  2. Jon Kennedi
  3. Adlai Stivenson
  4. Xubert Xamfri

To‘g‘ri javob: Jon Kennedi. 1960-yilgi saylovlarda demokratlar nomzodi Jon Kennedi g‘alaba qozondi.

AQSH prezidenti Jon Kennedi o‘zi ilgari surgan islohotchilik dasturini qanday nom bilan atagan?
  1. Yangi kelishuv
  2. Yangi yo‘nalish
  3. Buyuk jamiyat
  4. Yangi marralar

To‘g‘ri javob: Yangi marralar. J. Kennedi Yangi marralar deb nom olgan islohotchilik dasturini ilgari surdi.

1952-yilgi saylovlarda g‘alaba qozonib, AQSH prezidenti etib saylangan general kim?
  1. Jon Kennedi
  2. Lindon Jonson
  3. Duayt Eyzenhauer
  4. Richard Nikson

To‘g‘ri javob: Duayt Eyzenhauer. Yevropadagi qo‘shinlar qo‘mondoni general Duayt Eyzenhauer 1952-yilda prezident etib saylangan.

Jon Kennedi ilgari surgan islohotchilik dasturi qanday nom olgan?
  1. “Yangi marralar”
  2. “Yangi iqtisodiy siyosat”
  3. “Reyganomika”
  4. “Buyuk jamiyat”

To‘g‘ri javob: “Yangi marralar”. Kennedi islohotchilik dasturi “Yangi marralar” deb nom olgan.

Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Kennedining o‘ldirilishi; 2) Eyzenhauerning prezident etib saylanishi; 3) Niksonning “yangi iqtisodiy siyosat”ni e’lon qilishi; 4) Karterning prezidentlik saylovida g‘alaba qozonishi.
  1. 2–3–1–4
  2. 2–1–3–4
  3. 1–2–3–4
  4. 2–1–4–3

To‘g‘ri javob: 2–1–3–4. Eyzenhauer 1952-yilda saylangan, Kennedi 1963-yilda o‘ldirilgan, Nikson siyosati 1971-yilda e’lon qilingan, Karter 1976-yilda g‘alaba qozongan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishining asosiy yoʻnalishlariKeyingi →Buyuk Britaniya va Fransiya: yangi Yevropani qurish