Buyuk Britaniya va Fransiya: yangi Yevropani qurish
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
BUYUK BRITANIYA
Buyuk Britaniya Ikkinchi jahon urushini g‘olib va antigitler koalitsiyasining yetakchi davlatlaridan biri sifatida yakunladi. Urushda fashizm ustidan qozonilgan g‘alaba ingliz xalqida ijobiy o‘zgarishlarga ishonch, Britaniya imperiyasi xalqlarida esa ozodlikka kuchli intilish uyg‘otdi.
Urushdan keyingi dastlabki yillarda Buyuk Britaniya iqtisodiyoti ancha tez sur’atlar bilan rivojlandi, 1947-yil oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishining hajmi urushdan oldingi darajasiga yetdi. Britaniya iqtisodiyotining o‘sishiga leyboristlar hukumati tomonidan amalga oshirilgan davlat sektorining ancha kengayishi ham ta’sir ko‘rsatdi.
BUYUK BRITANIYA
1950-yillar Buyuk Britaniya iqtisodining sekin, ammo barqaror o‘sish davri bo‘ldi. O‘n yil ichida Buyuk Britaniyaning jahon ishlab chiqarishidagi hissasi ancha pasaydi va shunga qaramasdan, u kapitalistik dunyoda AQSHdan keyin – ikkinchi o‘rinni egallab turdi.
ESGA OLING
Geografiya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib G‘arbiy va Sharqiy Yevropa tushunchalariga ta’rif bering.
XULOSA CHIQARING
Bosh vazir U. Cherchill 1945-yil 8-may kuni Uaythollda xalqqa murojaat qilmoqda
1960-yillarda ham Buyuk Britaniya iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari pastligicha qoldi. Kapitalistik dunyo ishlab chiqarishida Buyuk Britaniyaning hissasi kamayib bordi. 1960-yillarning o‘rtalariga kelib Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) uni ikkinchi o‘rindan, 1970-yillarning boshiga kelib esa Yaponiya uchinchi o‘rindan ham surib chiqardi.
Margaret Tetcher davri, “tetcherizm”
1979 -yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda konservatorlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hukumatni Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta ayol kishi – Margaret Tetcher boshqardi.
Konservatorlar ijtimoiy-iqtisodiy kursining asoslari 1970-yillarning o‘rtalarida qabul qilingan “To‘g‘ri yondashuv” nomli dasturiy hujjatda o‘z aksini topgan edi. M. Tetcher hokimiyatga kelishi bilan bu dastur amalga oshirila boshlandi. Neokonservatizmning britaniyacha varianti bo‘lgan “tetcherizm” ijtimoiy-iqtisodiy strategiyasi o‘zining asosiy maqsadi qilib ishsizlikka emas, inflyatsiyaga qarshi kurashni tanladi. Bu davrda ingliz jamiyatining yana bir muammosi – imperiyachilik ongi qoldiqlarining chuqur ildiz otganligi va yashovchanligi namoyon bo‘ldi. Bu 1982-yili Janubiy Atlantikadagi uzoq Folklend (Malvin) orollarida yuz bergan voqealar munosabati bilan ayniqsa yaqqol ko‘zga tashlandi.
Margaret Tetcher davri, “tetcherizm”
Buyuk Britaniya bosh vaziri
Margaret Tetcher
1982-yili Argentina bahsli Folklend orollari ustidan o‘z suverenitetini o‘rnatishga urinib ko‘rdi. Britaniya hukumati Folklend orollariga harbiy eskadra jo‘natishga qaror qildi. BMTning muammoni tinch yo‘l bilan hal qilishga urinishiga qaramasdan, konservatorlar hukumati qat’iy pozitsiyani egalladi. 1982-yil ingliz qo‘shinlari Folklend orollariga hujum qilishni boshladi. Iyunda oroldagi Argentina qo‘shinlari taslim bo‘ldi.
1980-yillar oxiri – 1990-yillar boshlarida Buyuk Britaniyaning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tashvishli belgilar paydo bo‘ldi, inflyatsiya darajasi ortib bordi. So‘nggi o‘n yilda birinchi marta M. Tetcher hukumatining obro‘yi ham pasayib ketdi. 1990-yilgi saylovlarda Jon Meyjor bosh vazir etib saylandi va shu bilan “tetcherizm” davri tugadi.
YODDA TUTING
Buyuk Britaniyada 1947-yil oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishining hajmi urushdan oldingi darajasiga yetdi.
1960-yillari ham Buyuk Britaniya iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari pastligicha qoldi.
1979-yili bo‘lib o‘tgan saylovlarda Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta hukumatga ayol kishi – konservatorlar vakili Margaret Tetcher keldi.
1990-yilgi saylovlarda Jon Meyjor g‘alaba qozondi va M. Tetcher o‘rniga bosh vazir etib saylandi.
FRANSIYA
Ikkinchi jahon urushi Fransiyaga nihoyatda katta zarar yetkazdi. Urush, shuningdek, ocharchilik va kasalliklar tufayli Fransiya 3 mln kishisidan ayrildi. 1945-yilda Ta’sis majlisiga saylovlar o‘tkazildi. Unda so‘l kuchlar g‘alaba qozondi. Koalitsion hukumatni Fransiya ozodligi uchun kurash yetakchisi general Sharl de Goll boshqardi. U mamlakatda ulkan obro‘ga ega edi.
Ammo Ta’sis majlisida ko‘pchilik o‘rinlarni egallagan kommunistlar va sotsialistlar hukumat faoliyatini nazorat qilishni boshlaganda De Goll Ta’sis majlisi qaroriga bo‘ysunishni istamadi. Ta’sis majlisi a’zolarining ko‘pchiligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmagan De Goll iste’foga chiqdi.
To‘rtinchi respublika
u yili qabul qilingan yangi konstitutsiyaga ko‘ra, ikki palatali parlament umumiy ovoz berish yo‘li bilan 5 yil muddatga saylanadigan, prezidentni esa 7 yil muddatga parlament saylaydigan bo‘ldi. De Goll yana prezident etib saylandi. Konstitutsiya kuchga kirishi bilan Fransiya tarixida To‘rtinchi respublika davri boshlanib, u o‘n ikki yil (1946–1958) davom etdi. Koalitsiya o‘rtasidagi kelishmovchiliklar tufayli shu yili De Goll Milliy majlisni tarqatib yubordi. To‘rtinchi respublika barham topdi.
Fransiya prezidenti Sharl de Goll
Beshinchi respublika
1958 -yil sentyabrda o‘tkazilgan referendumda fransuzlar yangi konstitutsiyani ma’qulladi. Konstitutsiyaga muvofiq, Fransiya prezidentlik respublikasiga aylandi.
1958-yil dekabrda Sharl de Goll yana Fransiya prezidenti etib saylandi. Fransiyaning buyukligini tiklashga intilgan De Goll kuchli iqtisodiyot va mustaqil tashqi siyosatga ega bo‘lgan davlatni shakllantirishga kirishdi.
1958–1960-yillari Fransiyaning Afrikadagi mustamlakalari o‘z mustaqilliklarini e’lon qildi. Murakkab tortishuvlardan so‘ng 1962-yili Jazoirga ham mustaqillik berildi. Shu bilan fransuz mustamlaka imperiyasi to‘liq barham topdi.
BILIB OLING
1945-yili...
1950-yillarda …
1962-yili …
1958-yil dekabrda Sharl de Goll...
1960-yili...
Ko‘plab yutuqlarga qaramasdan, 1960-yillar oxirida Beshinchi respublikada inqiroz boshlandi. Davlatning qat’iy tartibga solish siyosati fransuz jamiyatining ko‘plab qatlamlarining noroziligiga sabab bo‘ldi. 1968-yil mayda Parij talabalarining namoyishi boshlandi. Namoyishning shafqatsiz bostirilishi mehnatkashlarning ishtashlashlariga ulanib ketdi.
Ozodlik uchun kurashning katta tajribasiga ega bo‘lgan fransuzlar – o‘z erkini hamma narsadan ustun qo‘yadigan millat hatto De Golldek milliy qahramonning ham nufuzi oldida bo‘ysunishni istamadi, uning avtoritar rejimini boshqa qabul qila olmadi. De Goll iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.
1970–1980-yillarda Fransiya
Fransiya prezidenti
Fransua Mitteran
1969 -yil oxirida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Jorj Pompidu respublika prezidenti etib saylandi. Islohotlar boshlanib, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning davlat tomonidan tartibga solinishi yumshadi, ijtimoiy qonunchilik takomillashdi. AQSH bilan munosabatlar yaxshilandi.
1981-yilgi saylovlarda birinchi marta sotsialist Fransua Mitteran Fransiya prezidenti etib saylandi. Shu yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovlarida ham Sotsialistik partiya juda katta yutuqqa erishdi.
So‘l kuchlarning hamkorlikdagi dasturida ko‘pchilik fransuzlar manfaatiga mos bo‘lgan muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ko‘zda tutildi. Banklar va sanoatning ko‘plab sohalari natsionalizatsiya qilindi. Ammo inflyatsiyani to‘xtatishning iloji bo‘lmadi. Jamiyatda norozilik kuchaydi.
1970–1980-yillarda Fransiya
1986-yilgi parlament saylovlarida o‘ng kuchlar g‘olib chiqdi. Ularning vakili Jak Shirak bosh vazir lavozimini egalladi. F. Mitteran prezident bo‘lib qoldi. Ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bilan hukumat shug‘ullandi.
1988-yilgi prezidentlik saylovlarida yana F. Mitteran g‘alaba qozondi. Shu yili navbatdan tashqari o‘tkazilgan parlament saylovlarida sotsialistlar g‘olib chiqib, yana besh yil hokimiyatni boshqardi.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
1958-yilda prezident bo‘lib saylangan, Fransiyaning buyukligini tiklashga intilgan De Goll kuchli iqtisodiyot va mustaqil tashqi siyosatga ega bo‘lgan davlatni shakllantirishga kirishdi.
“Fransiya De Goll hukumati yillarida” mavzusida esse yozing.
ATAMALAR MAZMUNI
Natsionalizatsiya – ayrim shaxs yoki birlashmalarning xususiy mulki bo‘lgan yer, ishlab chiqarish korxonalari, transport, banklarni davlat yoki jamiyat mulkiga aylantirish, davlat ixtiyoriga olish.
1. Ikkinchi jahon urushi Buyuk Britaniya uchun qanday yakunlandi?
MUSTAQIL ISH
Matndan foydalanib Buyuk Britaniyada Margaret Tetcher, Jon Meyjor, Fransiyada De Goll, Jorj Pompidu, Fransua Mitteranlar davridagi ichki va tashqi siyosatdagi muhim voqealarni jadval (yil, amalga oshirilgan ishlar) ko‘rinishida daftaringizga yozing.
Muhim sanalar
- 1945-yil — Bosh vazir U. Cherchill 1945-yil 8-may kuni Uaythollda xalqqa murojaat qilmoqda
- 1945-yilda — 1945-yilda Ta’sis majlisiga saylovlar o‘tkazildi.
- 1947-yil — Urushdan keyingi dastlabki yillarda Buyuk Britaniya iqtisodiyoti ancha tez sur’atlar bilan rivojlandi, 1947-yil oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishining hajmi urushdan oldingi darajasiga yetdi.
- 1947-yil — Buyuk Britaniyada 1947-yil oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishining hajmi urushdan oldingi darajasiga yetdi.
- 1950-yillar — 1950-yillar Buyuk Britaniya iqtisodining sekin, ammo barqaror o‘sish davri bo‘ldi.
- 1958-yil — 1958-yil dekabrda Sharl de Goll yana Fransiya prezidenti etib saylandi.
- 1958–1960-yillari — 1958–1960-yillari Fransiyaning Afrikadagi mustamlakalari o‘z mustaqilliklarini e’lon qildi.
- 1958-yilda — 1958-yilda prezident bo‘lib saylangan, Fransiyaning buyukligini tiklashga intilgan De Goll kuchli iqtisodiyot va mustaqil tashqi siyosatga ega bo‘lgan davlatni shakllantirishga kirishdi.
- 1960-yillarda — 1960-yillarda ham Buyuk Britaniya iqtisodiyotining o‘sish sur’atlari pastligicha qoldi.
- 1960-yillarning — 1960-yillarning o‘rtalariga kelib Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) uni ikkinchi o‘rindan, 1970-yillarning boshiga kelib esa Yaponiya uchinchi o‘rindan ham surib chiqardi.
Bilimingizni sinang
Urushdan keyin Buyuk Britaniyada sanoat ishlab chiqarishining hajmi urushdan oldingi darajasiga qaysi yil oxiriga kelib yetdi?
- 1951-yil
- 1947-yil
- 1949-yil
- 1945-yil
To‘g‘ri javob: 1947-yil. 1947-yil oxiriga kelib Britaniya sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga yetgan.
Urushdan keyin Britaniya iqtisodiyotining o‘sishiga davlat sektorini ancha kengaytirgan hukumat qaysi partiya vakillaridan iborat edi?
- Liberallar
- Leyboristlar
- Konservatorlar
- Yashillar
To‘g‘ri javob: Leyboristlar. Leyboristlar hukumati davlat sektorini kengaytirgan, bu iqtisodiy o‘sishga ta’sir qilgan.
Buyuk Britaniyada sanoat ishlab chiqarishi hajmi urushdan oldingi darajasiga qachon yetdi?
- 1947-yil oxirida
- 1945-yil oxirida
- 1950-yil boshida
- 1953-yil oxirida
To‘g‘ri javob: 1947-yil oxirida. 1947-yil oxiriga kelib sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajaga yetgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi dastlabki yillarda Britaniya iqtisodiyotining tez o‘sishiga qaysi omil ham ta’sir ko‘rsatgan?
- Leyboristlar hukumati tomonidan davlat sektorining ancha kengaytirilishi
- Konservatorlar hukumati tomonidan davlat sektorining xususiylashtirilishi
- Mustamlakalardan olinadigan daromadlarning ko‘payishi
- Inflyatsiyaga qarshi kurash dasturining qabul qilinishi
To‘g‘ri javob: Leyboristlar hukumati tomonidan davlat sektorining ancha kengaytirilishi. Matnga ko‘ra, o‘sishga leyboristlar hukumatining davlat sektorini kengaytirishi ham ta’sir ko‘rsatgan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang. I. Folklend orollari uchun urush II. Britaniya sanoat ishlab chiqarishining urushdan oldingi darajaga yetishi III. Jon Meyjorning bosh vazir etib saylanishi IV. Margaret Tetcherning bosh vazir bo‘lishi
- II–I–IV–III
- II–IV–I–III
- IV–II–I–III
- II–IV–III–I
To‘g‘ri javob: II–IV–I–III. Sanoat 1947-yil oxirida urushdan oldingi darajasiga yetdi, Tetcher 1979-yilda hokimiyatga keldi, Folklend urushi 1982-yilda bo‘ldi, Meyjor 1990-yilda saylandi.
Buyuk Britaniya iqtisodining sekin, ammo barqaror o‘sish davri bo‘lgan o‘n yillik qaysi?
- 1910-yillar
- 1920-yillar
- 1950-yillar
- 1930-yillar
To‘g‘ri javob: 1950-yillar. 1950-yillar Britaniya iqtisodining sekin, ammo barqaror o‘sish davri bo‘lgan.
1950-yillarda Buyuk Britaniya kapitalistik dunyoda qaysi davlatdan keyin ikkinchi o‘rinni egallab turdi?
- Germaniyadan
- AQSHdan
- Yaponiyadan
- Fransiyadan
To‘g‘ri javob: AQSHdan. U kapitalistik dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda turgan.
Bosh vazir U. Cherchill 8-may kuni Uaythollda xalqqa murojaat qilgan yil qaysi?
- 1944-yil
- 1945-yil
- 1943-yil
- 1946-yil
To‘g‘ri javob: 1945-yil. Cherchill Uaythollda xalqqa 1945-yil 8-mayda murojaat qilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash