Germaniya va Italiya: magʻlubiyatdan keyingi taraqqiyot
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
GERMANIYA
Fashizm va u boshlagan Ikkinchi jahon urushi boshqa xalqlar qatori nemis xalqiga ham juda katta musibat keltirdi. Germaniya mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lmay qoldi. Germaniya natsional-sotsializmining harbiy-siyosiy jihatdan barbod bo‘lishi mamlakatni demokratik qayta qurish istiqbollarini ochib berdi. Ammo buning uchun o‘ta noqulay sharoit vujudga kelgan edi.
ESGA OLING
“Kapitalizm” tushunchasiga ta’rif bering.
Germaniyaning okkupatsiya zonalariga bo‘linishi
1945-yili Germaniya hududi o‘ta achinarli qiyofada edi. Ittifoqchilar aviatsiyasi Hamburg, Drezden, Berlin, Myunxen, Nyurnberg va Rur ko‘mir-metallurgiya havzasi shaharlarini vayron qilib tashlagandi. Bombalar portlashlaridan hosil bo‘lgan xandaqlar, Gitler davrida qurilgan ulkan avtomagistrallar mamlakatning sharqiy qismini egallagan Qizil armiya soldatlaridan najot izlayotgan millionlab och qochoqlar, Polsha, Chexoslovakiya, Yugoslaviya va Vengriyadan quvilgan nemislar bilan to‘lib ketgandi. Gazetalar sahifalarida bosilgan rasmlar ahvolni o‘z-o‘zidan izohlab turardi: “Vayronalar oralab yegulik izlab timirskilanib yurgan, faqat qoq suyaklari qolgan bolalar, bir parcha ko‘mir uchun ko‘chada mushtlashayotgan odamlar, ochiq havoda uxlayotgan nemis asirlari...” Kechagina dunyoga hukmronlikni da’vo qilayotgan millatning bugungi ahvoli juda xarob edi. Germaniya urushda 6,5 mln aholisidan, urushdan oldingi o‘z hududining bir qismidan ayrildi. Aholining yashash darajasi keskin tushib ketdi. G‘olib davlatlar Germaniya hududini to‘rtta okkupatsiya zonalariga bo‘lib, mamlakatda hokimiyatni o‘z qo‘llariga oldilar. Berlin ham to‘rtta sektorga bo‘lindi. Ittifoqchilar deyarli barcha nemis idora va tashkilotlarini tarqatib yubordi.
XULOSA CHIQARING
Germaniyani tinchliksevar, demokratik davlatga aylantirish uchun sharoit yaratildi. Natsistlar tomonidan taqiqlangan partiyalar va jamoat tashkilotlari tiklandi. Birinchi bo‘lib yashirin holatdan kommunistlar va sotsial-demokratlar chiqdi. Ular birlashib, Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasini (GBSP) tashkil qildi. 1949-yilda Parlament kengashi Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonunini tasdiqladi. U GFRni demokratik, federativ davlat deb e’lon qildi, fuqarolarning asosiy huquq va siyosiy erkinliklarini belgilab berdi. 1949-yil 7-sentyabrda yangi davlat – Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil etilganligi e’lon qilindi. Bonn shahri yangi davlatning poytaxti bo‘ldi. Germaniyaning ko‘zga ko‘ringan siyosiy arbobi Konrad Adenauer kansler etib saylandi. 1949-yil 7-oktyabrda SSSRning okkupatsiya zonasi bo‘lgan sharqiy qismida Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tashkil qilindi. Sharqiy Berlin bu davlatning poytaxti deb e’lon qilindi. Germaniyaning ikkita davlatga bo‘lingan davri 40 yil davom etdi.
XULOSA CHIQARING
Konrad Adenauer
GFRda 1950–1960-yillari iqtisod jadal sur’atlar bilan rivojlandi. Harbiy xarajatlarning kamligi, “Marshall rejasi” bo‘yicha Amerikaning katta yordami, arzon chet el ishchi kuchidan unumli foydalanish, yangi uskunalarning keltirilishi mamlakat xo‘jaligining jadal sur’atlar bilan tiklanishini ta’minladi. GFR barcha qarzlaridan qutulib, ancha katta oltin-valyuta zaxirasini ham yaratdi. Kansler K. Adenauer 1955-yilgacha bir paytning o‘zida tashqi ishlar vaziri vazifasini ham bajardi. Xalqaro hamjamiyatga qaytish mutlaqo oson ish emas-
TARIXIY MUSHOHADA
1949-yilda Parlament kengashi Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonunini tasdiqladi.
1949-yil 7-sentyabrda yangi davlat – GFR tashkil qilindi.
1949-yil 7-oktyabrda SSSRning okkupatsiya zonasi bo‘lgan sharqiy qismda Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tashkil qilindi.
1955-yili GFR NATOga a’zo bo‘ldi.
di – german fashizmidan jafo chekkan mamlakatlarning yotsirashini yengib o‘tish kerak bo‘ldi. Bu GFR birinchi kansleri diplomatiyasining asosiy maqsadi bo‘lib qoldi. Mamlakat asta-sekin okkupatsiyadan qutulib, mustaqillikni qo‘lga kirita bordi. K. Adenauer Parij, Rim, London va Vashingtonga dastlabki rasmiy tashriflarni amalga oshirdi. Lyuksemburgda u repatriatsion to‘lovlar haqidagi shartnomaga imzo chekdi. Unda yosh Isroil davlatiga yordam berish ko‘zda tutilgan edi. GFR siyosiy raqiblarining qarama-qarshiliklarini yengib, 1955-yili NATOga a’zo bo‘ldi. Parij ahdnomasining kuchga kirishi tufayli GFR uchun okkupatsiya davri tugadi. Sharqdan ko‘chib kelayotganlar oqimi va kansler K. Adenauerning qulay iqtisodiy siyosati “Marshall rejasi” doirasida olgan salmoqli moliyaviy “darmon” bilan qo‘shilishi natijasida GFR 1955-yildayoq misli ko‘rilmagan taraqqiyotga erishdi. Germaniya eng qisqa tarixiy muddatda urush jarohatlarini tuzata oldi. 1963-yili K. Adenauer iste’foga chiqdi. Xristian-demokratik ittifoqi (XDI) raisi lavozimini egallagan Lyudvig Erhard “nemis iqtisodiy mo‘jizasining tan olingan otasi” edi.
TARIXIY MUSHOHADA
Dolzarb muammolarni hal qilish maqsadida L. Erhard o‘z dasturini e’lon qildi. Unda ozod, ochiq, dinamik, demokratik jamiyat qurish g‘oyasi ilgari surilgandi. Ammo bunday jamiyatni qurish uchun Germaniyada qulay sharoit mavjud emasdi, mamlakat iqtisodiy tushkunlik davriga kirib kelayotgan edi. L. Erhard mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy holatni barqarorlashtirishning uddasidan chiqolmadi, chet davlatlar aholisini GFRning tinchliksevarligiga ham ishontira olmadi. Shu kabi siyosiy va ijtimoiy muammolarga qaramasdan, butun 1960–1970-yillar iqtisodning jadal sur’atlarda o‘sish davri bo‘lib, u “nemis iqtisodiy mo‘jizasi” nomini oldi.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Ma’lumki, Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) hamda Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) deyarli bir paytda tashkil qilindi. Ammo taraqqiyot turlicha kechdi. Sizningcha, buning asl sabablari nimalardan iborat bo‘lgan? Sinfda kichik guruhlarga bo‘linib, AKTdan foydalangan holda taqdimot tayyorlang va fikringizni asoslang.
1980-yillar boshida siyosiy kuchlarda o‘zgarish yuz berdi. 1982-yili xristian-demokrat Gelmut Kol GFR kansleri etib saylandi. Uning davrida soliqlar qisqartirildi va davlat xarajatlari tartibga solindi, davlatning biznesga aralashuvini kamaytirish, raqobatni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirildi. 1989-yili GDRda inqilob boshlanib ketdi. Demokratiya tiklandi, ikki davlatni ajratib turgan, sovuq urush ramzi bo‘lgan Berlin devori buzib tashlandi. Germaniyaning ikki qismini birlashtirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlandi. 1990-yil 3-oktyabr kuni yagona Germaniya davlati tashkil topganligi e’lon qilindi. 1990-yilda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari saylovlarda yana G. Kol boshchiligidagi koalitsiya g‘alaba qozondi.
ITALIYA
Fashistik rejim va Ikkinchi jahon urushi italyan xalqiga juda katta musibatlar keltirdi. 330 mingga yaqin kishi halok bo‘ldi, bedarak yo‘qoldi, yuz minglab kishilar yarador bo‘ldi, millionlab kishilar boshpanasiz qoldi. Italiya o‘zining barcha mustamlakalaridan ayrildi, mamlakatga ingliz-amerika qo‘shinlari kiritildi. Urush tugashi bilan milliy birlik hukumati muhim islohotlarni amalga oshirdi: pomeshchiklarning foydalanilmayotgan yerlari dehqonlarga berildi; ish haqining narx-navoga qarab o‘sib borishi belgilab qo‘yildi; kasaba uyushmasi roziligisiz ishchilarni ishdan bo‘shatish taqiqlandi; korxonalarda ishchi kengashlari tuzildi.
De Gasperi hukumati olib borgan siyosat. “Italiya iqtisodiy mo‘jizasi”
1947 -yilda AQSH aralashuvi bilan Italiyada kommunistlar hukumatdan chiqarildi. Alchide de Gasperi hukumati G‘arbning yetakchi davlatlari bilan ittifoqchi bo‘lishga intildi. Italiya “Marshall rejasi”ga qo‘shildi, 1949-yili NATOga a’zo bo‘ldi, uning hududiga AQSHning harbiy bazalari joylashtirildi. Italiya hukumati Yevropa integratsiyasi g‘oyasini faol hayotga tatbiq etib bordi. 1957-yili Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini (YIH) tuzish to‘g‘risida Rim shartnomasi imzolandi. “Marshall rejasi”ga qo‘shilish, asosiy kapitalni yangilash, chet el xususiy sarmoyalarining oqib kelishi, ichki bozorda talabning yuqoriligi, xususiy monopoliyalarga davlat yordami, ishlab chiqarishga ilmiy-texnik yangiliklarni tatbiq qilish – bularning hammasi jadal iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashdi. 1950-yillar oxirida haqiqiy iqtisodiy inqilob boshlanib, bu “Italiya iqtisodiy mo‘jizasi” nomini oldi. “Iqtisodiy mo‘jiza” natijalaridan asosan mamlakatning sanoati rivojlangan shimoliy qismi foyda ko‘rdi. Janub kambag‘allik va ijtimoiy keskinlik manbai bo‘lib qolaverdi.
De Gasperi hukumati olib borgan siyosat. “Italiya iqtisodiy mo‘jizasi”
1974-yili Italiyada chuqur iqtisodiy inqiroz boshlandi. Ishlab chiqarishning o‘sishi deyarli to‘liq to‘xtadi, ishsizlar soni ko‘paydi, tashqi savdoda defitsit oshib ketdi. Narx-navo ko‘tarilib bordi. Bularning barchasi ayniqsa aholining kam daromadli qismi uchun juda og‘ir bo‘ldi. Tashqi siyosatda “Atlantik kurs” davom ettirildi, ammo sotsialistik mamlakatlar, jumladan, SSSR bilan ham iqtisodiy hamkorlik rivojlandi.
Alchide de Gasperi
1970-yillar oxiri – 1980-yillar boshlari Italiyada siyosiy inqirozning chuqurlashuvi, terrorizm to‘lqinining kuchayishi, 1980-yilgi zilzilada hukumatning faoliyatsizligi bilan xarakterlanadi. 1980-yillarga kelib koalitsion hukumat shakllandi. Biroq u barqaror emasdi va hukumatning tez-tez almashishi Italiyaning o‘ziga xos an’anasiga aylandi. Italiyada davlat institutlarining chuqur inqirozi mafiya faoliyati bilan ham bog‘liq edi. Davlat tizimidagi korrupsiyalashgan unsurlar bilan qo‘shilib ketgan mafiya Italiyada katta kuchga aylandi.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Mustaqil tarzda Italiya hukumatidagi siyosiy jarayonlarni tahlil qiling. “Mafiya – fuqarolik jamiyatining dushmani” mavzusida esse yozing.
Avtomobillar ishlab chiqarish jarayoni. Italiya, “FIAT” zavodi, 1950-yil
Mafiya aholiga dahshat solar, uni qo‘rqitar, talonchilik va qotillik qilar, pul undirar, doimiy pul to‘lab turgan boylarning daxlsizligini ta’minlardi. Kim mafiya bilan kelishmasa, doimiy ta’qib qilinardi, o‘ldirilardi. XX asrning 80–90-yillari Italiyada mafiyaga qarshi kurash davri bo‘ldi.
ATAMALAR MAZMUNI
Koalitsiya – 1) xalqaro munosabatlarning ayrim masalalarida birgalikda ish ko‘rish haqida o‘zaro ahdlashgan davlatlarning siyosiy yoki harbiy ittifoqi; 2) bir necha siyosiy partiyalarning shu partiyalar vakillaridan iborat hukumat tuzish to‘g‘risidagi kelishuvi.
Defitsit – 1) daromadga nisbatan xarajatlarning oshib ketishi; tanqislik; 2) yetishmaslik, kamchillik, taqchillik; 3) yetarli miqdorda bo‘lmagan, kam uchraydigan; kamchil, taqchil, kamyob.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1945-yili — 1945-yili Germaniya hududi o‘ta achinarli qiyofada edi.
- 1949-yilda — 1949-yilda Parlament kengashi Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonunini tasdiqladi.
- 1949-yil — 1949-yil 7-sentyabrda yangi davlat – Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) tashkil etilganligi e’lon qilindi. Bonn shahri yangi davlatning poytaxti bo‘ldi.
- 1949-yil — 1949-yil 7-oktyabrda SSSRning okkupatsiya zonasi bo‘lgan sharqiy qismida Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) tashkil qilindi. Sharqiy Berlin bu davlatning poytaxti deb e’lon qilindi.
- 1949-yil — 1949-yil 7-sentyabrda yangi davlat – GFR tashkil qilindi.
- 1949-yili — Italiya “Marshall rejasi”ga qo‘shildi, 1949-yili NATOga a’zo bo‘ldi, uning hududiga AQSHning harbiy bazalari joylashtirildi.
- 1950–1960-yillari — GFRda 1950–1960-yillari iqtisod jadal sur’atlar bilan rivojlandi.
- 1950-yillar — 1950-yillar oxirida haqiqiy iqtisodiy inqilob boshlanib, bu “Italiya iqtisodiy mo‘jizasi” nomini oldi.
- 1950-yil — Italiya, “FIAT” zavodi, 1950-yil
- 1955-yilgacha — Kansler K. Adenauer 1955-yilgacha bir paytning o‘zida tashqi ishlar vaziri vazifasini ham bajardi.
Bilimingizni sinang
Germaniya natsional-sotsializmining harbiy-siyosiy jihatdan barbod bo‘lishi nimaga yo‘l ochdi?
- Mamlakatni sotsialistik tuzum asosida birlashtirish istiqbollariga, garchi buning uchun sharoit qulay bo‘lsa-da
- Germaniyani agrar mamlakatga aylantirish va sanoatsizlantirishning to‘liq amalga oshirilishiga
- Mamlakatni demokratik qayta qurish istiqbollariga, garchi buning uchun sharoit o‘ta noqulay bo‘lsa-da
- Okkupatsiya zonalarining yagona nemis hukumatiga topshirilishiga, chunki g‘oliblar o‘zaro to‘liq kelishgan edi
To‘g‘ri javob: Mamlakatni demokratik qayta qurish istiqbollariga, garchi buning uchun sharoit o‘ta noqulay bo‘lsa-da. Natsizmning barbod bo‘lishi mamlakatni demokratik qayta qurish istiqbollarini ochgan, ammo buning uchun o‘ta noqulay sharoit vujudga kelgan edi.
Ikkinchi jahon urushida Germaniya qancha aholisidan ayrildi?
- 3,5 mln
- 12 mln
- 6,5 mln
- 8,5 mln
To‘g‘ri javob: 6,5 mln. Germaniya urushda 6,5 mln aholisidan ayrilgan.
Ikkinchi jahon urushida Germaniya aholisining qancha qismidan ayrildi?
- 2,5 mln
- 4 mln
- 6,5 mln
- 10 mln
To‘g‘ri javob: 6,5 mln. Germaniya urushda 6,5 mln aholisidan va hududining bir qismidan ayrilgan.
G‘olib davlatlar Germaniya hududini nechta okkupatsiya zonasiga bo‘lgan?
- To‘rtta
- Ikkita
- Uchta
- Oltita
To‘g‘ri javob: To‘rtta. Germaniya to‘rtta okkupatsiya zonasiga bo‘lingan, Berlin ham to‘rtta sektorga ajratilgan.
Urushdan keyin Germaniyada yashirin holatdan chiqqan kommunistlar va sotsial-demokratlar birlashib qaysi partiyani tashkil qildi?
- Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP)
- Germaniya Kommunistik partiyasi (GKP)
- Germaniya Milliy-demokratik partiyasi (GMDP)
- Xristian-demokratik ittifoq (XDI)
To‘g‘ri javob: Germaniya birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP). Kommunistlar va sotsial-demokratlar birlashib GBSPni tashkil qilgan.
Parlament kengashi Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonunini qaysi yilda tasdiqladi?
- 1952-yilda
- 1945-yilda
- 1949-yilda
- 1947-yilda
To‘g‘ri javob: 1949-yilda. Asosiy qonunni Parlament kengashi 1949-yilda tasdiqlagan.
1949-yilda Parlament kengashi tasdiqlagan, GFRni demokratik, federativ davlat deb e’lon qilgan hujjat qanday nomlanadi?
- Parij ahdnomasining maxsus qonuni
- Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonuni
- Potsdam konferensiyasining yakuniy bitimi
- Veymar Respublikasining Konstitutsiyasi
To‘g‘ri javob: Germaniya Federativ Respublikasining Asosiy qonuni. Parlament kengashi GFRning Asosiy qonunini tasdiqlagan, u GFRni demokratik, federativ davlat deb e’lon qilgan.
Bonn shahri poytaxt bo‘lgan yangi davlat – Germaniya Federativ Respublikasi (GFR) qaysi yili tashkil etilganligi e’lon qilindi?
- 1951-yil
- 1945-yil
- 1949-yil
- 1947-yil
To‘g‘ri javob: 1949-yil. GFR 1949-yil 7-sentyabrda tashkil etilgan, poytaxti Bonn bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash