Gʻarbiy Yevropada iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlari
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
1. Birinchi jahon urushidan keyin Yevropa xaritasida qanday davlatlar paydo bo‘ldi?
Ikkinchi jahon urushidan keyin G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida iqtisodiyotning yuqori samaradorligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni hal etish imkoniyatini oshirishning eng muhim omili sifatida integratsion jarayonlarni rivojlantirishga e’tibor qaratildi. Urushdan keyin Yevropa mamlakatlari tashqi savdo aylanmasining o‘sish sur’atlari iqtisodiy o‘sish sur’atlaridan ikki barobar yuqori bo‘ldi. Ko‘plab G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida iste’molning 50 foizdan ortig‘ini boshqa hududlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar tashkil qilardi.
ESGA OLING
G‘ARBIY YEVROPADA INTEGRATSIYA BOSQICHLARI
Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv
Jahon savdo tashkiloti
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
arbiy Yevropada integratsiya jarayoni bir necha bosqichlardan o‘tdi. 1947-yili dunyoning rivojlangan davlatlari o‘rtasida Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK) imzolandi. Bu kelishuvda ishtirok etgan davlatlar import mahsulotlariga boj solig‘ini kamaytirish hisobiga tashqi savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish majburiyatini oldilar. Natijada TSBK doirasi kengayib, G‘arbiy Yevropa chegaralaridan chiqdi va unga Osiyo, Afrika hamda Lotin Amerikasining ko‘plab mamlakatlari ham qo‘shildi. Keyinchalik TSBK Jahon savdo tashkiloti (JST)ga aylantirildi. 1948-yili Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YIHT) tuzildi. Dastlab bu tashkilotning vazifasi urushdan keyingi iqtisodiyotni tiklash uchun “Marshall rejasi” bo‘yicha AQSH Yevropa mamlakatlariga ko‘rsatgan yordamni taqsimlashdan iborat edi. Keyin u ko‘ptomonlama iqtisodiy ma’lumotlarni almashish, iqtisodiy maslahatlar forumiga aylandi. 1960-yili YIHT Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) deb qayta nomlandi va uning faoliyatiga Yaponiya ham qo‘shildi.
G‘ARBIY YEVROPADA INTEGRATSIYA BOSQICHLARI
Iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ilmiy, huquqiy va ma’muriy sohalarda G‘arbiy Yevropaning o‘zaro kelishilgan siyosat yuritishiga ko‘maklashuvchi dastlabki tashkilot Yevropa
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING
Kengashi (YK) deb ataldi. 1949-yili Belgiya, Daniya, Fransiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandlar qirolligi, Norvegiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya YKning ta’sischilari bo‘ldi. Fransiya tashqi ishlar vaziri Robert Shuman Germaniya va Fransiyaning iqtisodiy imkoniyatlarini birlashtirish tashabbusi bilan chiqdi. Bu tashabbus rivojlantirilib, 1951-yili GFR, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandlar qirolligi, Lyuksemburg ishtirokida Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (YKPB) nomli tashkilot tuzildi. Unda ko‘mir va metallurgiya sanoatining umumiy bozorini tashkil qilish, o‘zaro boj to‘lovlarini bekor qilish, YKPBga kirmagan davlatlar mahsulotlariga nisbatan yagona boj siyosatini yuritish ko‘zda tutildi. YKPBning bosh boshqaruvchisi tashkilot ishtirokchilari bo‘lgan mamlakatlar hududida qonun kuchiga ega bo‘lgan kelishuv doirasida qarorlar qabul qilish huquqiga ega bo‘ldi. 1957-yili YKPB a’zolari tomonidan Yevropa birligini rivojlantirish uchun juda muhim bo‘lgan ikkita hujjat: Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ni tuzish haqida Rim shartnomasi va Atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati (YEVROATOM)ni tuzish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Barcha mahsulotlarning umumiy bozori yaratilib, unda tovarlar, kapital, xizmat ko‘rsatish va ishchi kuchining erkin harakati tamoyili qo‘llandi. Birinchi marta millatlararo tashkilotlar: qonunchilik organi sifatida Yevropa Kengashi, ijro organi sifatida Yevropa hamjamiyati komissiyasi va Maxsus sud tashkil qilindi.
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING
Fransiya tashqi ishlar vaziri
Robert Shuman
YODDA TUTING
1948-yili Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YIHT) tuzildi.
1949-yili Belgiya, Daniya, Fransiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandlar qirolligi, Norvegiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya Yevropa kengashi (YK)ning ta’sischilari bo‘ldi.
1951-yili GFR, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandlar qirolligi, Lyuksemburg ishtirokida Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (YKPB) nomli tashkilot tuzildi.
Bu tashkilotlar qabul qilgan integratsiya masalalariga oid qarorlar to‘g‘ridan to‘g‘ri kuchga kirar, milliy hukumatlar va parlamentlar tomonidan tasdiqlanishi shart emasdi. Rim shartnomasi bandlarini amalga oshirish integratsiyada ishtirok etayotgan mamlakatlar tovar ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida raqobatni pasaytirib, uni tashqi bozorga yo‘naltirish imkonini berdi. Bir xil turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchilar o‘z kapitallarini birlashtirish yoki ishlab chiqarish hajmiga kvotalar o‘rnatilishiga rozilik berishga majbur bo‘ldilar. Bunda ayniqsa Fransiya, Italiya va Germaniya fermerlari va vino ishlab chiqaruvchilari o‘rtasidagi raqobatni yengib o‘tishga alohida e’tibor qaratildi. Ishlab chiqarishni cheklovchi kvotalar bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga YIH byudjeti hisobidan yuqori xarid narxlari o‘rnatildi. Shimoliy Yevropa mamlakatlari integratsiyaning muqobil modelini yaratishga harakat qildilar. Ular Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YESA)ni ta’sis etdilar. Unga Buyuk Britaniya, Avstriya, Daniya, Irlandiya, Norvegiya, Shvetsiya, Shveytsariya va Portugaliya a’zo bo‘lib kirdi. YESAning maqsadi faqat sanoat mahsulotlariga boj to‘lovlarini bosqichma-bosqich kamaytirish qilib belgilandi, ammo millatlararo organni tashkil qilish, qonunchilikni bir xillashtirish nazarda tutilmadi.
YODDA TUTING
1957-yil 25-martda Belgiya, Fransiya, GFR, Italiya, Lyuksemburg va Niderlandlar qirolligi vakillari tomonidan Rim shartnomasining imzolanishi
Yevropada integratsiya jarayonining natijalari
Kapital, tovarlar, xizmat ko‘rsatish va ishchi kuchining erkin harakatlanishi G‘arbiy Yevropa mamlakatlari rivojlanishi va aholi yashash darajasining ancha tez yaqinlashuviga olib keldi. Ishchi kuchining nisbatan boy mamlakatlarga mavsumiy va shartnoma asosida kelishi nisbatan kam taraqqiy etgan mamlakatlarda bandlik va ishsizlik muammolarini hal etish imkonini berdi. Qoloq mintaqalarni rivojlantirish Umumyevropa dasturi ham jadal iqtisodiy rivojlanish omili bo‘ldi. Integratsiya ta’sirida rivojlangan Yevroatlantika mamlakatlarida asta-sekin yagona iqtisodiy siyosat modeli shakllanib bordi. Ular o‘rtasidagi asosiy farq iqtisodiyot ustidan davlat nazoratining darajasi, unga ta’sir ko‘rsatish usullari bilan bog‘liq edi.
Yevropada integratsiya jarayonining natijalari
Ikkinchi model iqtisodiyotning asosiy sohalarini davlatning o‘zi tomonidan rivojlantirishni ko‘zda tutardi. Masalan, Fransiyada sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish imkonini bergan modernizatsiya natijasida ko‘mir va gaz ishlab chiqarish, aviatsiya, avtomobilsozlik sanoatlarining katta qismi davlat mulkiga aylantirildi. 1980-yillari iqtisodiyotning muhim sohalarini davlat tomonidan nazorat qilishga intilish va yuqori soliqlar oqibatida transmilliy korporatsiyalar o‘z kapitalini Fransiyadan chiqarib keta boshlashdi. Oqibatda iqtisodiy o‘sish sur’atlari pasaydi. Kapitalning chiqib ketishini to‘xtatish uchun Fransiya neokonservatizm tajribasiga murojaat qilib, davlat korxonalarini qisman xususiylashtirdi, soliqlarni pasaytirdi. Bu sal oldin Buyuk Britaniyada boshlangan, GFR va G‘arbiy Yevropaning boshqa mamlakatlarida olib borilayotgan siyosatga mos edi. Bryusseldagi Yevropa Ittifoqi parlamenti binosi
TARIXIY MUSHOHADA
Shu davrdan integratsiya jarayonida ishtirok etayotgan davlatlarning alohida ijtimoiy va iqtisodiy siyosat olib borishi mumkin bo‘lmay qoldi. Muammolarni hal etishning muvaffaqiyatli usullari integratsiya jarayonida ishtirok etayotgan barcha davlatlar tomonidan tezda qo‘llana boshlandi. Shuningdek, integratsiyaning har bir ishtirokchisi millatlararo tashkilotlar qarorini bajarishi shart bo‘lib, bu, o‘z navbatida, alohida davlatda ijtimoiy-iqtisodiy tajribalar o‘tkazish xavfini pasaytirdi. Bu G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida barcha siyosiy partiyalarning g‘oyaviy-siyosiy o‘ziga xosligidan qat’i nazar, ijtimoiy taraqqiyotning muhim masalalari bo‘yicha ularning qarashlarini yaqinlashtiruvchi muhim omil bo‘ldi.
YO‘NALTIRUVCHI SAVOLLAR
1. Mustaqil tarzda Yevropada integratsiya jarayonlari bilan tanishing.
Natijada integratsiya jarayonlari Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarning siyosiy jabhasiga ham tarqaldi. Dastlab faqat YIH mamlakatlari parlamentlari a’zolarining munozara maydoni bo‘lgan Yevropa parlamentining obro‘yi ortdi. Yagona Yevropa aktiga binoan YIH Yevropa Ittifoqi (YI) sifatida qayta tashkil qilindi. U endi “ichki chegaralarsiz makon” bo‘lishi lozim edi. Xullas, Yevropa uning bag‘rida boshlagan va faqat Yevropa xalqlariga emas, yer yuzidagi barcha xalqlarga juda katta kulfat keltirgan Ikkinchi jahon urushidan muhim xulosa chiqardi: u taraqqiyotning tinch, ilmiy-texnik inqilobga va hamkorlikka asoslangan demokratik yo‘lini tanladi. Bu zamonaviy Yevropa Ittifoqining tuzilishiga olib keldi. 1980-yillar oxirida yuz bergan olamshumul voqealar – Yevropada sotsialistik tizimning inqirozi, SSSR va sotsialistik hamdo‘stlikning tarqalib ketishi Yevropada integratsiya jarayonlarining imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Kechagi sotsialistik mamlakatlar ham endi YIga intila boshladi. YI dunyoning boshqa hududlarida yuz berayotgan shunday integratsion jarayonlar uchun o‘ziga xos tajriba bo‘lib xizmat qilmoqda.
ATAMALAR MAZMUNI
Forum – ommaviy yig‘in, majlis, kengash, yirik anjuman. Korporatsiya (uyushma, hamjamiyat) – rivojlangan yirik aksiyadorlar jamiyati, biron-bir faoliyat uchun uyushgan yuridik va jismoniy shaxslar majmui.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1947-yili — 1947-yili dunyoning rivojlangan davlatlari o‘rtasida Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK) imzolandi.
- 1948-yili — 1948-yili Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YIHT) tuzildi.
- 1949-yili — 1949-yili Belgiya, Daniya, Fransiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandlar qirolligi, Norvegiya, Shvetsiya va Buyuk Britaniya YKning ta’sischilari bo‘ldi.
- 1951-yili — Bu tashabbus rivojlantirilib, 1951-yili GFR, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandlar qirolligi, Lyuksemburg ishtirokida Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (YKPB) nomli tashkilot tuzildi.
- 1951-yili — 1951-yili GFR, Fransiya, Italiya, Belgiya, Niderlandlar qirolligi, Lyuksemburg ishtirokida Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (YKPB) nomli tashkilot tuzildi.
- 1957-yili — 1957-yili YKPB a’zolari tomonidan Yevropa birligini rivojlantirish uchun juda muhim bo‘lgan ikkita hujjat: Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ni tuzish haqida Rim shartnomasi va Atom energiyasi bo‘yicha Yevropa…
- 1957-yil — 1957-yil 25-martda Belgiya, Fransiya, GFR, Italiya, Lyuksemburg va Niderlandlar qirolligi vakillari tomonidan Rim shartnomasining imzolanishi
- 1960-yili — 1960-yili YIHT Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) deb qayta nomlandi va uning faoliyatiga Yaponiya ham qo‘shildi.
- 1980-yillari — 1980-yillari iqtisodiyotning muhim sohalarini davlat tomonidan nazorat qilishga intilish va yuqori soliqlar oqibatida transmilliy korporatsiyalar o‘z kapitalini Fransiyadan chiqarib keta boshlashdi.
- 1980-yillar — 1980-yillar oxirida yuz bergan olamshumul voqealar – Yevropada sotsialistik tizimning inqirozi, SSSR va sotsialistik hamdo‘stlikning tarqalib ketishi Yevropada integratsiya jarayonlarining imkoniyatlarini yanada…
Bilimingizni sinang
Ikkinchi jahon urushidan keyin Yevropa mamlakatlari tashqi savdo aylanmasining o‘sish sur’atlari iqtisodiy o‘sishga nisbatan qanday bo‘ldi?
- Ikki barobar yuqori
- Teng darajada
- Ikki barobar past
- Uch barobar yuqori
To‘g‘ri javob: Ikki barobar yuqori. Tashqi savdo aylanmasining o‘sish sur’atlari iqtisodiy o‘sish sur’atlaridan ikki barobar yuqori bo‘lgan.
1947-yili rivojlangan davlatlar o‘rtasida imzolangan va import mahsulotlariga boj solig‘ini kamaytirishni ko‘zda tutgan kelishuv qanday nomlanadi?
- Yevropa iqtisodiy hamjamiyatini tuzish shartnomasi
- Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi shartnomasi
- Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK)
- Marshall rejasi bo‘yicha yordam taqsimoti kelishuvi
To‘g‘ri javob: Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK). 1947-yildagi TSBK ishtirokchilari boj solig‘ini kamaytirish hisobiga tashqi savdoni rivojlantirishga ko‘maklashish majburiyatini oldi.
“Marshall rejasi” bo‘yicha AQSH yordamini taqsimlash vazifasi bilan 1948-yili qaysi tashkilot tuzildi?
- Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi (YKPB)
- Yevropa kengashi (YK)
- Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YIHT)
- Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YESA)
To‘g‘ri javob: Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YIHT). 1948-yili tuzilgan YIHTning dastlabki vazifasi “Marshall rejasi” yordamini taqsimlash edi.
YIHT qaysi yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) deb qayta nomlandi?
- 1956-yil
- 1964-yil
- 1968-yil
- 1960-yil
To‘g‘ri javob: 1960-yil. 1960-yili YIHT IHTT deb qayta nomlandi va unga Yaponiya ham qo‘shildi.
1960-yili YIHT qanday nomdagi tashkilot sifatida qayta nomlandi?
- Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasi (YESA)
- Yevropa kengashi (YK)
- Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)
- Jahon savdo tashkiloti (JST)
To‘g‘ri javob: Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT). 1960-yili YIHT Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) deb qayta nomlandi.
Tariflar va savdo bo‘yicha bosh kelishuv (TSBK) qaysi yili imzolandi?
- 1944-yili
- 1947-yili
- 1951-yili
- 1957-yili
To‘g‘ri javob: 1947-yili. TSBK 1947-yili dunyoning rivojlangan davlatlari o‘rtasida imzolangan.
TSBK ishtirokchi davlatlar qanday majburiyatni olgan edi?
- Yagona valyutani barcha davlatlarda joriy etish
- Chegaralarni to‘liq ochib, bojxonani bekor qilish
- Import boj solig‘ini kamaytirib, savdoni rivojlantirish
- Xom ashyo narxlarini davlatlar o‘rtasida qat’iy belgilash
To‘g‘ri javob: Import boj solig‘ini kamaytirib, savdoni rivojlantirish. Davlatlar boj solig‘ini kamaytirish hisobiga tashqi savdoni rivojlantirishga ko‘maklashishni o‘z zimmasiga olgan.
Yevropa iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (YIHT) qaysi yili tuzildi?
- 1948-yili
- 1949-yili
- 1951-yili
- 1960-yili
To‘g‘ri javob: 1948-yili. YIHT 1948-yili tuzilgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash