XotirAI logotipiXotirAI
📜 10-sinf · Jahon tarixi · 21-mavzu

Janubiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari: diktatura va demokratiya

XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA

2. Shimoliy Yevropa mamlakatlariga qaysi davlatlar kiradi?

Savollar: 3. Davlat va huquq asoslari fanidan olgan bilimlaringizga tayanib “diktatura” atamasiga ta’rif bering. Diktaturaning belgilari nimalardan iborat?

Janubiy Yevropaning uchta mamlakati – Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya yuz yillar davomida jahon tarixi va xalqaro munosabatlarda katta rol o‘ynadi. Ammo XX asrning boshiga kelib bu davlatlar o‘zlarining avvalgi iqtisodiy va siyosiy qudratini yo‘qotdi, “Yevropaning chekka hududlari”ga aylanib qoldi.

ESGA OLING

Tarix fanidan olgan bilimlaringizga tayanib “demokratiya” tushunchasiga ta’rif bering.

ISPANIYA

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng mavjud sharoitga moslashib olgan Franko rejimi Ispaniyada yana o‘ttiz yil hokimiyatda turdi. Ispanlarning bir qismi Frankoni atoqli sarkarda, dono davlat arbobi va tashkilotchi sifatida qabul qilardi. Ular nazarida Franko ehtiyotkor va sovuqqon, qat’iyatli va bir so‘zli, taqvodor va kamsuqum kishi bo‘lib qolaverdi. Boshqa diktatorlardan farqli ravishda u olomonning olqishlariga befarq edi. Urushdan keyin dunyoda diktatorlik rejimlari birin-ketin qulagandan so‘ng Ispaniyada ham boshqaruv shaklini aniqlash va konstitutsion akt qabul qilish sari qadamlar tashlandi. Ispaniyaning xalqaro ahvoli juda murakkab bo‘lib, mamlakat yakkalab qo‘yilgandi. Potsdam konferensiyasi Franko hukumatini fashistik davlatlar yordamida hokimiyatga kelganligi uchun qoralardi. Shu sababli Ispaniya BMTga qabul qilinmadi. 1946-yili BMT Bosh Assambleyasi Ispaniyani xalqaro tashkilotlarga qabul qilmaslik to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi va tashkilotga a’zo bo‘lgan davlatlarga Ispaniya bilan diplomatik munosabatlarni uzish tavsiya etildi. G‘arb “Marshall rejasi” bo‘yicha Ispaniyaga yordam ko‘rsatishdan bosh tortdi. Bularning barchasi Ispaniyaning xalqaro holatinigina emas, iqtisodiy ahvolini ham qiyinlashtirdi.

ISPANIYA

Ispaniya diktatori Fransisko Franko

O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING

Savollar: Jahon tarixi va xalqaro munosabatlarda katta rol o‘ynagan Janubiy Yevropaning uchta mamlakati – Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya nega XX asr boshiga kelib o‘zlarining avvalgi iqtisodiy va siyosiy qudratini yo‘qotdi? Sizningcha, bunga sabab bo‘lgan omillar nimalardan iborat edi?

Faqat sovuq urush boshlanishi bilan Ispaniyaning tashqi siyosiy ahvoli yaxshi tomonga o‘zgardi. Mudofaa, iqtisodiy yordam va o‘zaro xavfsizlik maqsadlarida yordam ko‘rsatish to‘g‘risida Ispaniya-Amerika ikki tomonlama kelishuvi imzolandi. Ispaniya BMTga qabul qilindi. Iqtisodiy rivojlanishda ham ma’lum yutuqlarga erishildi. Ispaniya “ochiq iqtisod” kursi tomon yo‘l tutdi. 1975-yili Franko vafot etdi. Shu yili qirol Xuan Karlos I taxtga o‘tirdi va davlat boshlig‘i lavozimini egalladi. Shundan so‘ng o‘tkazilgan umummilliy referendumda yangi konstitutsiya ma’qullandi. U Franko davri qonunlarini bekor qildi, yangi davlat tuzumini qonunlashtirdi va demokratlashuv jarayonini boshlab berdi. Ispaniya G‘arb davlatlari bilan yanada yaqinlashish yo‘lini tutdi. 1982-yil mayda u NATOga, 1985-yili esa YIHga a’zo bo‘ldi. Ispaniyaning Yevropa hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayoni boshlandi va ancha murakkab kechdi.

PORTUGALIYA

Rasman “yangi davlat” deb atalgan Antonio Salazarning siyosiy rejimi Ikkinchi jahon urushidan keyin ham o‘zining konservativ, avtoritar-fashistik belgilarini saqlab qoldi. Portugaliyani sal kam qirq yil boshqargan Salazar Yevropa yangi tarixida eng uzoq hokimiyatda o‘tirgan diktator bo‘ldi. Jamiyat nazoratidan, muxolifatdan butunlay xoli bo‘lgan bunday avtoritar rejimda diktatorga yaqin bo‘lgan xushomadgo‘y va laganbardor boshqaruvchilar guruhi shakllanib, hokimiyatning yuqori qatlamlarida poraxo‘rlik, korrupsiya illatlari kuchaydi. Bunday tuzumda vaqt o‘tishi bilan diktator o‘zi yaratgan tuzum “yutuqlari”ning quliga aylanadi, ommaviy axborot vositalarida bu “yutuqlar” va uning “me’mori” zo‘r berib, to‘xtovsiz maqtaladi. Jamiyatda ma’naviy tanazzul yuz beradi.

PORTUGALIYA

A. Salazar davrida hukumatning ta’qiblari tufayli barcha siyosiy partiyalar o‘z faoliyatini to‘xtatdi. 1960-yillarning o‘rtalarigacha rivojlanishning iqtisodiy modeli avtarkiya bo‘lib qoldi. Yirik mustamlaka mulklari Portugaliyaga muntazam daromad keltirib turdi. Mustamlaka imperiyasini saqlab turish g‘oyasi Salazar rejimi rasmiy mafkurasining ajralmas qismi edi. Diktator kuchayib borayotgan ozodlik harakatiga qarshi terrordan boshqa narsani o‘ylab topa olmadi. Ko‘pchilik faollar, birinchi o‘rinda ziyolilar qatag‘on qilindi.

Antonio Salazar

1968-yili A. Salazar vafot etdi. Bosh vazir lavozimini egallagan Marselu Kaetanu diktatorlik rejimini saqlab qolishni o‘zining asosiy vazifasi deb bildi. M. Kaetanu uncha ahamiyatli bo‘lmagan o‘zgarishlarni amalga oshirdi. “Yangi davlat”ning nomini “ijtimoiy davlat”ga almashtirdi. A. Salazar davridagi bir qator rahbarlar ishdan chetlatildi. Bu o‘zgarishlar ichida eng ahamiyatlisi mustaqil kasaba uyushmalariga ruxsat berilishi bo‘ldi. A. Salazar dasturiga sodiqlik, mustamlaka urushlarini davom ettirish M. Kaetanu hukumatiga qarshi muxolifatni kuchaytirdi. Armiyada rejimga qarshi “Kapitanlar harakati” tashkiloti tuzildi. 1974-yili bir guruh ofitserlar M. Kaetanu hukumatini bir kunda, deyarli qon to‘kishlarsiz ag‘darib tashladi. General Antonio de Spinola boshchiligida Milliy qutqaruv kengashi tuzildi va u o‘z dasturini qabul qildi. De Spinola muvaqqat prezident deb e’lon qilindi. Milliy qutqaruv kengashi aholining eng qashshoq qismi yashash darajasini ko‘tarishga qaratilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. Minimal ish haqi, pensiyalar oshirildi, ko‘p bolali oilalarga nafaqa joriy qilindi, oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxining o‘sishi to‘xtatib qo‘yildi. Sanoat korxonalarining ko‘pchiligi natsionalizatsiya qilindi. Korxonalarda ishchi nazorati o‘rnatildi. Agrar islohot natijasida janubiy hududlardagi bir qism yerlar yersiz dehqonlar va batraklarga, yangidan tashkil qilingan davlat va kooperativ xo‘jaliklarga bo‘lib berildi. Afrikadagi mustamlakalarga mustaqillik berildi. Shu tariqa yangi hokimiyatning asosiy vazifasi Salazar rejimining qoldiqlarini yengib o‘tish bo‘ldi. Portugaliyada diktaturadan keyingi o‘tish davri boshlandi. 1976-yili qabul qilingan respublika konstitutsiyasi mamlakatda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni barqarorlashtirish uchun huquqiy asos bo‘ldi. Konstitutsiyaga binoan davlat boshlig‘i bo‘lgan prezident juda katta vakolatlarga ega bo‘ldi. 1986-yili mamlakat uchun muhim hodisa yuz berdi: prezident lavozimiga birinchi marta fuqaroviy arbob – taniqli siyosatchi, sobiq bosh vazir Mariu Suaresh saylandi. Bu diktaturadan demokratiyaga o‘tish jarayonining yakunlanganligini anglatar edi. Shu yili Portugaliya Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ga a’zo bo‘lib kirdi.

PORTUGALIYA

1974-yildagi “Chinnigullar inqilobi”. Portugaliya

YODDA TUTING

1946-yili BMT Bosh Assambleyasi Ispaniyani xalqaro tashkilotlarga qabul qilmaslik to‘g‘risida maxsus qaror e’lon qildi.

1982-yil mayda Ispaniya NATOga, 1985-yili esa YIHga a’zo bo‘ldi.

GRETSIYA

Urushdan keyin Gretsiya iqtisodiy qiyinchiliklar bilan birga og‘ir siyosiy inqirozga uchradi. 1946-yili o‘tkazilgan parlament saylovlari Gretsiyada fuqarolar urushining boshlanishiga olib keldi. So‘llar bilan monarxistlar o‘rtasidagi birinchi qurolli to‘qnashuvlar saylov kuniyoq yuz berdi. Mamlakatda favqulodda holat joriy qilindi. Hokimiyatga kelgan Konstantinos Saldaris monarxiyani tiklashga kirishdi. So‘l radikal kuchlar Gretsiya demokratik armiyasi (GDA) tuzilganligini e’lon qildi. Tomonlar butun mamlakat hududi bo‘ylab bir-biriga qarshi keng miqyosli harbiy operatsiyalarni boshlab yubordi. GDA SSSR yordamiga tayandi, Gretsiya hukumatini esa AQSH qo‘lladi. Fuqarolar urushi uch yildan ko‘proq vaqt davom etdi va 1947-yil yakunlandi. Mamlakatda siyosiy beqarorlik davom etdi. Bundan norozi bo‘lgan bir guruh harbiylar 1967-yil mayda hokimiyatni egallab olib, qamal holatini e’lon qildi, partiya, jamoat tashkilotlari tarqatib yuborildi, yig‘ilishlar va ishtashlashlar taqiqlandi. Isyonga uch nafar harbiy boshchilik qildi. Hokimiyatga kelgan rejim “qora polkovniklar” diktaturasi nomini oldi. Harbiylar kommunistik xavfga qarshi kurashni o‘zlarining asosiy vazifasi deb e’lon qildi. Ular kommunistlarga qarshi kurash, davlat apparatini mustahkamlashdan tashqari keng miqyosli iqtisodiy islohotlar ham o‘tkazdi. Bu islohotlarning asosiy qismi ijobiy natija berdi, natijada Gretsiya agrar-industrial mamlakatdan industrial-agrar mamlakatga aylandi. Ammo iqtisodiy yutuqlarga qaramasdan, mamlakatda ichki siyosiy holat beqarorligicha qolaverdi.

GRETSIYA

Gretsiya xalq ozodlik armiyasi yo‘q qildi, davlat apparatini harbiy rejim tarafdorlaridan tozaladi. 1981-yili Gretsiya YIH tashkilotining teng huquqli a’zosiga aylandi. Hukumat ichki siyosatda iqtisodiyot ustidan davlat nazoratini kuchaytirish, aholining kam ta’minlangan qatlamiga ijtimoiy yordamni oshirish uchun harakat qildi. Tashqi siyosatning maqsadi Gretsiyani AQSHga qaramlikdan xalos qilish ekanligi e’lon qilindi. Sotsialistlar boshqaruvi bahsli natijalarga olib keldi. 1980-yillar oxirida ham Gretsiya YIH davlatlari orasida eng kam taraqqiy etgani bo‘lib qolayotgan edi.

1974-yili harbiylar Kipr orolida harbiy to‘ntarishni amalga oshirib, orolning Gretsiyaga qo‘shilishiga qarshi bo‘lgan hukumatni ag‘darib tashlashdi. Bu orolda yashovchi grek va turk aholisi o‘rtasida ziddiyatni kuchaytirdi. Turkiya orolga qo‘shin kiritib, uning bir qismini Kipr Turkiya Respublikasi deb e’lon qildi, Gretsiya armiyasi esa ularga qarshi urushdan bosh tortdi. Bu inqiroz oqibatida “qora polkovniklar” harbiy xuntasi hokimiyatdan ketishga majbur bo‘ldi. Yangi hukumat konstitutsiyani tikladi, konsentratsion lagerlarni

YO‘NALTIRUVCHI SAVOLLAR

Savollar: Sizningcha, Ispaniya, Portugaliya va Gretsiyada taraqqiyotning boshqa Yevropa davlatlaridan farq qilishining asl sabablari nimalardan iborat?

IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I

Xaritadan Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya hududlarini ko‘zdan kechiring. Internet yordamida va darslik matnidan foydalanib mazkur davlatlarga virtual sayohat uyushtiring. Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya tarixidagi muhim voqealarni xronologiya shaklida daftaringizga yozing.

ATAMALAR MAZMUNI

Konferensiya – davlat yoki partiya, jamoat va olimlar vakillarining muayyan masalani muhokama etish uchun yig‘ilishi. Avtarkiya – mamlakatning o‘z-o‘zini ta’minlash qoidasiga asoslangan, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalardan uzilib qolgan biqiq xo‘jalik yuritish siyosati.

SAVOL VA TOPSHIRIQLAR

Savollar: 1. Qaysi davrga kelib Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya demokratik rivojlanish yo‘liga qaytdi? 2. Ispaniyada boshqaruv shaklini aniqlash va konstitutsion akt qabul qilish sari qadamlar qanday samara berdi? 3. “Yangi davlat” deb nomlangan Antonio Salazarning siyosiy rejimi Ikkinchi jahon urushidan keyin o‘zining konservativ, avtoritar-fashistik belgilarini saqlagan holda mamlakatda qanday ishlarni amalga oshirdi? 4. Qaysi yilda harbiylar tomonidan Kipr orolida harbiy to‘ntarish amalga oshirilib, orolning Gretsiyaga qo‘shilishiga qarshi bo‘lgan hukumat ag‘darildi?

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

XX asr boshiga kelib Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya qanday nom bilan atala boshlandi?
  1. “Yevropaning markaziy hududlari”
  2. “Yevropaning chekka hududlari”
  3. “Yevropaning sanoat markazlari”
  4. “Yevropaning dengiz davlatlari”

To‘g‘ri javob: “Yevropaning chekka hududlari”. Bu davlatlar avvalgi qudratini yo‘qotib, “Yevropaning chekka hududlari”ga aylanib qolgan.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sharoitga moslashib, Ispaniyada yana o‘ttiz yil hokimiyatda turgan rejim rahbari kim edi?
  1. Franko
  2. Antonio Salazar
  3. Benito Mussolini
  4. Ioannis Metaksas

To‘g‘ri javob: Franko. Franko rejimi Ikkinchi jahon urushidan keyin ham Ispaniyada yana o‘ttiz yil hokimiyatda turdi.

BMT Bosh Assambleyasi Ispaniyani xalqaro tashkilotlarga qabul qilmaslik to‘g‘risida qaysi yili qaror qabul qildi?
  1. 1944-yil
  2. 1946-yil
  3. 1948-yil
  4. 1950-yil

To‘g‘ri javob: 1946-yil. BMT Bosh Assambleyasi 1946-yili Ispaniyani xalqaro tashkilotlarga qabul qilmaslik haqida qaror qabul qildi.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Franko rejimi Ispaniyada yana necha yil hokimiyatda turdi?
  1. Besh yil
  2. O‘n yil
  3. Yigirma yil
  4. O‘ttiz yil

To‘g‘ri javob: O‘ttiz yil. Franko rejimi mavjud sharoitga moslashib, yana o‘ttiz yil hokimiyatda turgan.

Potsdam konferensiyasi Franko hukumatini nima uchun qoralagan?
  1. Fashistik davlatlar yordamida hokimiyatga kelgani uchun
  2. Monarxiyani bekor qilib, respublika e’lon qilgani uchun
  3. Mustamlakalarga mustaqillik berib, ularni ozod qilgani uchun
  4. Kommunistlarni qo‘llab-quvvatlab, SSSRga yaqinlashgani uchun

To‘g‘ri javob: Fashistik davlatlar yordamida hokimiyatga kelgani uchun. Franko fashistik davlatlar yordamida hokimiyatga kelgani uchun qoralangan.

1946-yili BMT Bosh Assambleyasi Ispaniyaga nisbatan qanday qaror qabul qildi?
  1. Uni Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo qilib qabul qildi
  2. Unga iqtisodiy yordam ajratib, xalqaro kredit taqdim etdi
  3. Uni xalqaro tashkilotlarga qabul qilmaslikni qaror qildi
  4. Unga qarshi harbiy sanksiya joriy qilib, qo‘shin kiritdi

To‘g‘ri javob: Uni xalqaro tashkilotlarga qabul qilmaslikni qaror qildi. 1946-yili Ispaniyani xalqaro tashkilotlarga qabul qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

G‘arb “Marshall rejasi” bo‘yicha Ispaniyaga qanday munosabat bildirdi?
  1. Yordam ko‘rsatdi
  2. Yordam ko‘rsatishdan bosh tortdi
  3. Reja doirasida qarz berdi
  4. Rejaga a’zo qilib qabul qildi

To‘g‘ri javob: Yordam ko‘rsatishdan bosh tortdi. G‘arb Marshall rejasi bo‘yicha Ispaniyaga yordam ko‘rsatishdan bosh tortgan, bu iqtisodiy ahvolni qiyinlashtirgan.

Voqealarni qadimiysidan yangisiga tartiblang.
  1. Gretsiyada “qora polkovniklar” hokimiyati, BMTning Ispaniya haqidagi qarori, Portugaliyada ofitserlar to‘ntarishi, Ispaniyaning NATOga a’zoligi
  2. Portugaliyada ofitserlar to‘ntarishi, BMTning Ispaniya haqidagi qarori, Gretsiyada “qora polkovniklar” hokimiyati, Ispaniyaning NATOga a’zoligi
  3. BMTning Ispaniya haqidagi qarori, Gretsiyada “qora polkovniklar” hokimiyati, Portugaliyada ofitserlar to‘ntarishi, Ispaniyaning NATOga a’zoligi
  4. BMTning Ispaniya haqidagi qarori, Portugaliyada ofitserlar to‘ntarishi, Gretsiyada “qora polkovniklar” hokimiyati, Ispaniyaning NATOga a’zoligi

To‘g‘ri javob: BMTning Ispaniya haqidagi qarori, Gretsiyada “qora polkovniklar” hokimiyati, Portugaliyada ofitserlar to‘ntarishi, Ispaniyaning NATOga a’zoligi. BMT qarori 1946, Gretsiyada xunta 1967, Portugaliya to‘ntarishi 1974, Ispaniya NATOga 1982-yilda.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiGʻarbiy Yevropada iqtisodiy va siyosiy integratsiya jarayonlariKeyingi →Sovet Ittifoqida islohotlar va inqiroz: imperiyaning tugatilishi