Sovet Ittifoqida islohotlar va inqiroz: imperiyaning tugatilishi
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
URUSHDAN KEYIN TOTALITAR TUZUMNING KUCHAYISHI
Sovet xalqlariga juda katta kulfat olib kelgan Ikkinchi jahon urushi yakunlandi. Urushda 26,5 mln sovet fuqarolari halok bo‘ldi, millionlab kishilar nogiron bo‘lib qoldi, mamlakat juda katta iqtisodiy zarar ko‘rdi.
Odamlar tinch hayotga qaytdi. Ammo urushdan keyingi vayrongarchilik, xo‘jalikni tiklash mashaqqatlari ustiga 1946-yilgi qurg‘oqchilik ham qo‘shilib, ahvolni yanada murakkablashtirdi. Bir million kishi ochlikdan vafot etdi. Ammo ocharchilik rasman tan olinmadi. Iosif Stalin qishloq xo‘jaligiga asosan sanoat va shaharlarni tiklash uchun manba sifatida qaradi, dehqonlarning ayanchli ahvoliga e’tibor qaratmadi.
URUSHDAN KEYIN TOTALITAR TUZUMNING KUCHAYISHI
1948–1952-yillari “Marshall rejasi” bo‘yicha yordam olgan G‘arb davlatlaridan farqli ravishda SSSR iqtisodiyotni to‘liq ichki resurslar hisobiga o‘z kuchi bilan tikladi. Faqat Germaniya to‘lagan reparatsiya sezilarli rol o‘ynadi, bu pullar sanoatda o‘rnatilgan uskunalar xarajatining yarmini ta’minladi va boshqa sohalarda ilmiy-texnik taraqqiyotga turtki bo‘ldi. Millionlab kishilarning fidokorona mehnati va resurslarni bir maqsad sari yo‘naltirish tufayli 1948-yilga kelib SSSRda sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajasiga yetdi. Juda katta siyosiy-ma’muriy bosim, yengil sanoat va qishloq xo‘jaligini talash
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING
ESGA OLING
Urushdan keyin sovet davlatida og‘ir sanoatning yuksalishi hisobiga hamda mehnatkash ommaning tashabbusini mafkuraviy rag‘batlantirish tufayli minglab sanoat korxonalari tiklandi va qayta qurildi. Ammo totalitar tuzumning xarakteri o‘zgarmadi. Konsentratsion lagerlar bu davrda ham Stalin rejimining ajralmas qismi bo‘lib qolaverdi. Ulardagi millionlab kishilar mehnatidan urushdan keyingi tiklash jarayonida foydalanildi. Totalitar rejim Stalinning o‘limigacha kuchayib bordi. Bir qator sud jarayonlari o‘tkazilib, yuz minglab sovet fuqarolari qatag‘on qilindi.
ILIQLIK DAVRI
1953 -yil 5-mart kuni I. Stalin vafot etdi. Hokimiyatni boshqa shaxsga o‘tkazishning legitim yo‘li bo‘lmaganligi sababli uni egallash uchun kurash avj oldi. Hokimiyatga rasman diktatorning eng yaqinlaridan iborat kollektiv rahbariyat keldi. Ammo ular o‘rtasida hokimiyat, ayni paytda jamiyatdagi o‘zgarishlar yo‘nalishini tanlash uchun kurash avj oldi. Bu kurashda Nikita Xrushchyov g‘olib chiqdi.
Shu yili yangi iqtisodiy dastur e’lon qilinib, u sovet davlati tarixida birinchi marta yengil sanoatning xalq iste’moli mollari ishlab chiqarishdagi ustuvorligini belgiladi. Ijtimoiy sohalarga yo‘naltirilgan iqtisod xalq iste’mol buyumlari ishlab chiqarishning ko‘payishida, uy-joylar qurilishida, maoshlarning oshishida juda tez namoyon bo‘ldi. Yangi iqtisodiy dasturning boshqa bir bandi oziq-ovqat muammosini hal qilish, qishloq xo‘jaligini uzoq davom etgan inqiroz holatidan olib chiqishga qaratildi. Mamlakatda siyosiy islohotlar ham boshlandi. 1956-yil fevralda KPSS XX syezdida N. Xrushchyov “Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida” degan mavzuda nutq so‘zladi. Bu nutq sovet totalitar tuzumining xarakterini, Stalin va uning sheriklari amalga oshirgan jinoyatlar ko‘lamini anglash jarayonini boshlab berdi. Jamiyatda, o‘ta ochiq bo‘lmasa-da, bu muammolar keng miqyosda muhokama qilina boshlandi. Ayni paytda XX syezd xalqaro kommunistik harakatning inqirozini boshlab berdi va sotsialistik tizim oxirigacha bu inqirozdan chiqa olmadi. Diktatorning o‘limidan so‘ng davlat boshqaruvi tizimini desentralizatsiyalash, ommaning faolligini rag‘batlantirish, ba’zi boshqaruv funksiyalariga ularni jalb qilish sari yo‘l tutildi. Ittifoqdosh respublikalarning vakolatlari ham biroz kengaydi. Ilgari Ittifoq vazirliklari ixtiyorida bo‘lgan ko‘plab korxonalar respublikalar vazirliklari ixtiyoriga o‘tkazildi. Bu tadbirlar kishilarda qandaydir tarixiy, olamshumul voqealarga daxldorlik hissini paydo qildi. Bular ommaning g‘ayrat-shijoati va tashabbuskorligini avj
ILIQLIK DAVRI
Nikita Xrushchyov oldirdi. 1961-yil 12-aprelda dunyoda birinchi kosmonavt Yuriy Gagarinning koinotga parvozi odamlarni sovet xalqi uddalay olmaydigan vazifa yo‘qligiga ishontirdi.
YODDA TUTING
Ammo 1960-yillar boshlarida mamlakatda iqtisodiy qiyinchiliklar, avvalo, oziq-ovqat tanqisligi bilan bog‘liq keskinlik vujudga keldi. 1963-yildan SSSR chetdan g‘alla sotib olishni boshladi. Bu davrda bir qator namoyishlar bo‘lib, ularning barchasi shafqatsiz bostirildi. Mamlakatdagi ahvol N. Xrushchyovning mavqeyini tushirdi. 1964-yili oktyabrda bo‘lib o‘tgan KPSS Markaziy Komiteti plenumi uni barcha lavozimlaridan ozod qildi. KPSS MK Birinchi sekretari etib Leonid Brejnev, SSSR Ministrlar Soveti Raisi etib Aleksey Kosigin tayinlandi.
1948–1952-yillari “Marshall rejasi” bo‘yicha yordam olgan G‘arb davlatlaridan farqli ravishda SSSR iqtisodiyotni to‘liq ichki resurslar hisobiga o‘z kuchi bilan tikladi.
YODDA TUTING
1961-yil 12-aprelda kosmonavt Yuriy Gagarin koinotga parvoz qildi.
Hokimiyatga kelgan L. Brejnev jamoasi yagona harakat dasturiga ega emasdi. Ular jamiyat va partiyani demokratizatsiyalash sari qilingan harakatlarni, shaxsga sig‘inishning bundan buyongi tanqidini to‘xtatishga intildi. Zotan, Stalinni yanada fosh qilish totalitar tizimning asoslarini yemirar edi. L. Brejnev ma’muriyati nazariy yo‘riqlarining asl mohiyati va natijasi 1977-yili qabul qilingan SSSRning yangi – rivojlangan sotsializm konstitutsiyasida o‘z aksini topdi. Unda “Kommunistik partiya – jamiyatning yo‘naltiruvchi va rahbar kuchi, siyosiy tuzumning yadrosi”, deyilgan bo‘lib, bu KPSSning siyosiy tizimdagi yakkahukmronlik mavqeyini mustahkamladi. Bunday modda hatto 1937-yilgi konstitutsiyada ham yo‘q edi. 1980-yillarga SSSR jamiyatning chuqur inqirozi holatida kirib keldi. Bu davrda jamiyatning axloqiy buzilish jarayoni yuz berdi. Proteksionizm, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya kabi illatlar tuzumning poydevorini yemirdi, uning intihosini yaqinlashtirdi. 1980-yillari kommunizm qurish to‘g‘risidagi reja barbod bo‘lib, odamlar endi kommunizm safsatasiga ishonmay qo‘ydi. Aholining katta qismi “boriga baraka” deb, shukur qilib yashardi.
YODDA TUTING
Birinchi kosmonavt Yuriy Gagarin
Leonid Brejnev
SSSRda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati ham juda past bo‘lib, korxonalarda ularning turlarini yangilash uchun mablag‘ yetishmasdi. Kamyob tovarlar ro‘yxati yildan yilga oshib, chayqovchilik ham avjiga chiqib bordi. Shunday mahsulotlarni “xufiya ishlab chiqarish” va “qora bozor”da sotish rivojlanib ketdi. Sovet iqtisodining neft zaxirasiga “o‘tirib qolishi” aholi katta qismining ichkilikbozlikka berilishi bilan qo‘shilib ketdi. Shunday sharoitda uy-joy qurilishi, ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalariga ajratiladigan mablag‘lar yil sayin kamayib bordi. Jamiyatda befarqlik, ilojsizlik kayfiyati qaror topdi. Ziyolilarning bir qismidan tashqari mutlaq ko‘pchilik aholi loqayd tomoshabinga aylanib, ahvolning yaxshi tomonga o‘zgarishidan umidlarini uzib bo‘lgandi.
Leonid Brejnev
1982-yili L. Brejnev vafot etdi. Sovet jamiyatining inqirozi chuqurlashgan sharoitda saylangan yangi Bosh kotib Yuriy Andropov bu illatlarga qarshi jadal kurash boshladi. Ammo Y. Andropov ham shu tizimning, mavjud muhitning “mahsuli” edi. U boshqarishda qattiqo‘llik, avtoritar, buyruqbozlik usullaridan foydalandi. 1984-yil fevralda Y. Andropov vafot etgandan so‘ng hokimiyatga kelgan Konstantin Chernenko keksa va kasalmand kishi bo‘lib, uning saylanishi katta xato, tugab borayotgan SSSRning ramzi bo‘ldi.
QAYTA QURISH
1985 -yil 10-martda K. Chernenko vafot etdi. Bu paytga kelib partiya va davlat boshqaruvidagi hatto eng konservativ kuchlar ham “intellektual va siyosiy jihatdan zaif, qarashlari qoloq bo‘lgan yana bitta Chernenkoga mamlakat bardosh bera olmaydi” degan yakdil xulosaga keldi. Bir kundan so‘ng bo‘lib o‘tgan KPSS MK Plenumi Mixail Gorbachyovni Bosh kotib qilib sayladi. 1980-yillarning o‘rtalarida SSSR tashqaridan juda qudratli davlat bo‘lib ko‘rinar edi. Mamlakat nisbatan kuchli iqtisodiyot, cheksiz tabiiy boyliklar va mustahkam mudofaa qudratiga ega edi. Aslida esa mamlakatda ko‘plab hal qilinmagan muammolar to‘planib qolgan bo‘lib, iqtisodiy rivojlanishning sifat ko‘rsatkichlari yil sayin pasayib borardi. Mehnat unumdorligi amalda o‘sishdan to‘xtagan edi. KPSS MKning 1985-yil aprel plenumida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish dasturi “yangi rahbariyat va butun sovet jamiyatining maqsadi” deb e’lon qilindi. Shu yil may oyidan ichkilikbozlikka qarshi keng kampaniya boshlanib, ma’muriy taqiq va mafkuraviy yo‘llar bilan qisqa vaqt ichida rus xalqining asrlar davomida shakllangan an’anasini va uning boshqa sovet xalqlariga ko‘rsatgan salbiy ta’sirini yo‘q qilish ko‘zda tutildi.
QAYTA QURISH
KPSSning 28-syezdi. Moskva, 1990-yil 2–13-iyul
KPSS Markaziy Komitetining 1987-yil yanvar plenumida M. Gorbachyov “Qayta qurish va partiyaning kadrlar siyosati” mavzusida ma’ruza qildi. Unda ijtimoiy hayotni demokratizatsiyalash vazifasini qo‘ydi va oshkoralik kursini e’lon qildi.
Qayta qurishning inqirozi
Jamiyatda ilk ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar paydo bo‘ldi. Demokratik ittifoq o‘zini KPSSga muxolifatdagi partiya deb e’lon qildi. Ommaviy siyosiy tashkilotlar – xalq frontlari paydo bo‘ldi. Dastlab Boltiqbo‘yi respublikalarida paydo bo‘lgan bunday tashkilotlar keyin boshqa Ittifoq respublikalarida ham tuzildi. Bu demokratik jarayonlar ta’sirida Kommunistik partiya va uning rahbari bo‘lib turgan M. Gorbachyovning obro‘yi tushib bordi. Bu obro‘sizlanishning o‘rnini qoplash uchun SSSRda prezidentlik lavozimini joriy qilishga qaror qilindi. Aholi orasida partiya faoliyatiga nisbatan ommaviy noroziliklar, korxonalarda ishtashlashlar boshlanib ketdi. Buning ustiga ittifoqdosh respublikalar birin-ketin o‘z mustaqilligini talab qila boshladi. M. Gorbachyov boshchiligidagi guruh yangi Ittifoq shartnomasi ustida ishlashni davom ettirdi. Ammo jamiyatda demokratik harakatlar va liberallar kuchayib borgani sari ularga qarshi konservativ kuchlarning ham jipslashuvi yuz berdi. Ular 1991-yil 19-avgustga o‘tar kechasi Favqulodda holat davlat komiteti (GKCHP) tuzilganligi to‘g‘risida e’lon qilishdi. GKCHP mamlakatning bir qator hududlarida favqulodda holat e’lon qildi, 1977-yilgi konstitutsiyaga xilof ravishda faoliyat yuritayotgan hokimiyat tizimlari tarqatib yuborildi, muxolifatdagi partiya va harakatlar faoliyati to‘xtatildi, ommaviy axborot vositalari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi, Moskvaga qo‘shin kiritildi. GKCHPga qarshi harakatga demokratik kuchlar yetakchilik qildi. Ular 19-avgust kuni Rossiya fuqarolariga murojaat qilib, GKCHP harakati g‘ayrikonstitutsion to‘ntarish, uning qarorlari noqonuniy deb e’lon qilishdi. Mamlakatning bir qator mintaqalari GKCHP qarorlarini bajarishdan bosh tortdi. 21-avgust kuni Rossiya Oliy Sovetining favqulodda sessiyasi ochildi. Ertasi kuni GKCHP a’zolari qamoqqa olindi. Avgust voqealaridan keyin obro‘yi tushib ketgan KPSS faoliyati to‘xtatildi.
Qayta qurishning inqirozi
Avgustdagi davlat to‘ntarishidan keyin ko‘plab respublikalar Ittifoq shartnomasini imzolashdan bosh tortdi. 8-dekabr kuni Minsk shahrida Rossiya, Ukraina, Belarus rahbarlari (SSSRni ta’sis qilgan davlatlar) 1922-yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qildi.
ATAMALAR MAZMUNI
Desentralizatsiyalash – markazlashgan tizimdan markazlashmagan tizimga o‘tish yoki o‘tkazish.
Demokratizatsiyalash – demokratik tamoyillarni siyosiy tizimga, madaniyatga, turmush tarziga va boshqalarga joriy etish.
2. Stalinning vafot etishi mamlakatda qanday jarayonlarning boshlanishiga sabab bo‘ldi?
Muhim sanalar
- 1922-yilgi — 8-dekabr kuni Minsk shahrida Rossiya, Ukraina, Belarus rahbarlari (SSSRni ta’sis qilgan davlatlar) 1922-yilgi Ittifoq shartnomasini bekor qilib, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tuzilganligini e’lon qildi.
- 1937-yilgi — Bunday modda hatto 1937-yilgi konstitutsiyada ham yo‘q edi.
- 1946-yilgi — Ammo urushdan keyingi vayrongarchilik, xo‘jalikni tiklash mashaqqatlari ustiga 1946-yilgi qurg‘oqchilik ham qo‘shilib, ahvolni yanada murakkablashtirdi.
- 1948–1952-yillari — 1948–1952-yillari “Marshall rejasi” bo‘yicha yordam olgan G‘arb davlatlaridan farqli ravishda SSSR iqtisodiyotni to‘liq ichki resurslar hisobiga o‘z kuchi bilan tikladi.
- 1948-yilga — Millionlab kishilarning fidokorona mehnati va resurslarni bir maqsad sari yo‘naltirish tufayli 1948-yilga kelib SSSRda sanoat ishlab chiqarishi urushdan oldingi darajasiga yetdi.
- 1956-yil — Mamlakatda siyosiy islohotlar ham boshlandi. 1956-yil fevralda KPSS XX syezdida N. Xrushchyov “Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida” degan mavzuda nutq so‘zladi.
- 1960-yillar — Ammo 1960-yillar boshlarida mamlakatda iqtisodiy qiyinchiliklar, avvalo, oziq-ovqat tanqisligi bilan bog‘liq keskinlik vujudga keldi.
- 1961-yil — Nikita Xrushchyov oldirdi. 1961-yil 12-aprelda dunyoda birinchi kosmonavt Yuriy Gagarinning koinotga parvozi odamlarni sovet xalqi uddalay olmaydigan vazifa yo‘qligiga ishontirdi.
- 1961-yil — 1961-yil 12-aprelda kosmonavt Yuriy Gagarin koinotga parvoz qildi.
- 1963-yilda — 1963-yildan SSSR chetdan g‘alla sotib olishni boshladi.
Bilimingizni sinang
Ikkinchi jahon urushida sovet fuqarolaridan qancha kishi halok bo‘ldi?
- 26,5 mln
- 30 mln
- 14,5 mln
- 20 mln
To‘g‘ri javob: 26,5 mln. Urushda 26,5 mln sovet fuqarolari halok bo‘ldi, millionlab kishilar nogiron bo‘lib qoldi.
Urushdan keyingi SSSRda ahvolni yanada murakkablashtirgan va ocharchilikka sabab bo‘lgan qurg‘oqchilik qaysi yilda yuz berdi?
- 1944-yilgi
- 1946-yilgi
- 1950-yilgi
- 1948-yilgi
To‘g‘ri javob: 1946-yilgi. Urushdan keyingi vayronagarchilikka 1946-yilgi qurg‘oqchilik qo‘shilib, ahvolni murakkablashtirdi.
Urushdan keyin ocharchilik rasman tan olinmagan davrda qishloq xo‘jaligiga asosan sanoat va shaharlarni tiklash manbai sifatida qaragan sovet rahbari kim?
- Iosif Stalin
- Georgiy Malenkov
- Vyacheslav Molotov
- Nikita Xrushchyov
To‘g‘ri javob: Iosif Stalin. Iosif Stalin qishloq xo‘jaligiga sanoat va shaharlarni tiklash uchun manba sifatida qaradi, dehqonlar ahvoliga e’tibor bermadi.
Ikkinchi jahon urushida qancha sovet fuqarosi halok bo‘lgan?
- 26,5 mln
- 12 mln
- 7 mln
- 40 mln
To‘g‘ri javob: 26,5 mln. Urushda 26,5 mln sovet fuqarolari halok bo‘lgan.
1946-yilda urushdan keyingi vayrongarchilik ustiga qaysi tabiiy ofat ahvolni yanada murakkablashtirgan?
- Zilzila
- Qurg‘oqchilik
- Suv toshqini
- Epidemiya
To‘g‘ri javob: Qurg‘oqchilik. 1946-yilgi qurg‘oqchilik ahvolni murakkablashtirib, ocharchilikka olib kelgan.
Iosif Stalin qishloq xo‘jaligiga qanday nazar bilan qaragan?
- Dehqonlarni ilg‘or texnika bilan ta’minlash manbai sifatida
- Chet elga oziq-ovqat sotuvchi tarmoq sifatida
- Sanoat va shaharlarni tiklash uchun manba sifatida
- Mustaqil kichik xo‘jaliklar maydoni sifatida
To‘g‘ri javob: Sanoat va shaharlarni tiklash uchun manba sifatida. Stalin qishloq xo‘jaligiga asosan sanoat va shaharlarni tiklash manbai sifatida qaragan.
Urushdan keyingi vayronagarchilik va 1946-yilgi qurg‘oqchilik sharoitida bir million kishining ochlikdan o‘lishida davlat siyosatining qaysi jihati hal qiluvchi rol o‘ynadi?
- G‘alla ishlab chiqarish butunlay to‘xtatilib, dehqonlar yengil sanoatga ommaviy ko‘chirildi va qishloqlar bo‘shab qoldi
- Qishloq xo‘jaligi sanoat va shaharlarni tiklash uchun manba sifatida ko‘rilib, dehqonlar ahvoliga e’tibor berilmadi
- Davlat xorijiy g‘alla yordamini rad etib, qishloqlarga ajratilgan barcha mablag‘ni armiyaga yo‘naltirdi
- Marshall rejasi doirasida olingan oziq-ovqat yordami faqat shaharlar aholisiga taqsimlandi, qishloqlar esa unutildi
To‘g‘ri javob: Qishloq xo‘jaligi sanoat va shaharlarni tiklash uchun manba sifatida ko‘rilib, dehqonlar ahvoliga e’tibor berilmadi. Stalin dehqonlarning ayanchli ahvoliga e’tibor qaratmay, qishloqni sanoat va shaharlarni tiklash manbai deb bildi; ocharchilik rasman tan olinmadi.
“Marshall rejasi” bo‘yicha G‘arb davlatlari yordam olgan qaysi yillarda SSSR iqtisodiyotni to‘liq ichki resurslar hisobiga tikladi?
- 1946–1950-yillari
- 1945–1948-yillari
- 1948–1952-yillari
- 1950–1954-yillari
To‘g‘ri javob: 1948–1952-yillari. 1948–1952-yillari SSSR iqtisodiyotni o‘z kuchi bilan, ichki resurslar hisobiga tikladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash