Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari totalitarizm va demokratiya oraligʻida
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
2. Sharqiy Yevropa mamlakatlariga qaysi davlatlar kiradi?
Ikkinchi jahon urushi Markaziy va Sharqiy Yevropa (MSHY) mamlakatlariga juda katta kulfatlar, iqtisodiy va demografik yo‘qotishlar olib keldi. Urushdan keyin esa koalitsion hukumatlar tuzilib, ular tarkibiga kommunistik, sotsial-demokratik partiyalar, shuningdek, urushdan oldingi burjua va dehqonlar partiyalarining o‘z obro‘yini saqlab qolgan vakillari kirdi.
ESGA OLING
Geografiya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarini xaritadan toping.
Urushdan keyingi yillarda Varshavada yo‘llarni ta’mirlash
Urushdan oldingi siyosiy liderlardan okkupantlar rejimi bilan hamkorlik qilmagan va antifashistik kuchlar tomonida kurashganlari urushdan keyingi dastlabki yillarda ham ancha ta’sirli siyosiy lavozimlarni egalladi. Ammo hukumatlar koalitsiyalariga birlashgan siyosiy kuchlar o‘z davlatlarining kelajagi va taraqqiyot yo‘llari to‘g‘risida bir-biridan farqli, ko‘p jihatdan qarama-qarshi qarashlarga ega edi. Ularning bir qismi urushdan oldingi rejimlarni tiklash tarafdori bo‘lsa, boshqalari G‘arbiy Yevropaning demokratik modeliga havas bilan qarardi. Uchinchilari sovet namunasiga taqlid qilib, proletariat diktaturasi davlatini qurishni istardi. Urushdan keyin Markaziy va Sharqiy Yevropa davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy asoslari qaror topib borgani sari bu kuchlar o‘rtasidagi kurash ham keskinlashib bordi. 1947–1948-yillar bu kuchlar o‘rtasidagi kurashning hal qiluvchi yillari bo‘ldi. Tarixiy nuqtayi nazardan juda qisqa vaqt ichida ko‘pchilik Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida hokimiyat kommunistlar qo‘liga o‘tdi. Bu kommunistlarning hujumkor taktikasi va Sovet Ittifoqi tomonidan ularga ko‘rsatilgan yordamning natijasi edi. Shu yillari SSSR tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi urushdan keyin Markaziy va Sharqiy Yevropada shakllangan davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirish bo‘ldi. Polshada so‘l kuchlar g‘alabasining aniqligiga qaramasdan, yangi hokimiyatni qurish jarayoni shiddatli kurashlar ostida o‘tdi va ko‘plab qurbonlarga olib keldi. Mamlakatda katta antikommunistik kuchlar, jumladan, sobiq Krayova armiyasi (Vatan armiyasi) tarafdori bo‘lgan qurolli guruhlar ham faoliyat yuritayotgan edi. Chexoslovakiyada tub burilish 1948-yil fevralda yuz berdi. Bu paytga kelib kommunistlar bilan ularning siyosiy muxoliflari o‘rtasidagi ziddiyat eng keskin darajaga yetdi. Kommunistik partiya vakili Klement Gotvald boshqarayotgan hukumat tarkibidagi burjua partiyalari vakillari iste’foga chiqishdi. Yangi hukumatda asosiy rahbarlik o‘rinlarini kommunistlar egalladi. Shu tariqa tinch yo‘l bilan hokimiyat almashinuvi amalga oshirildi. 1948-yil iyunda K. Gotvald prezident etib saylandi. 1949-yilga kelib Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviyada kommunistik partiyalar to‘liq hokimiyatni egalladi. 1949-yili oktyabrda tashkil topgan Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) ham shu safga qo‘shildi.
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING!
Tarixiy nuqtayi nazardan juda qisqa vaqt ichida ko‘pchilik MSHY mamlakatlarida hokimiyat kommunistlar qo‘liga o‘tdi. Bu kommunistlarning hujumkor taktikasi va Sovet Ittifoqi tomonidan ularga ko‘rsatilgan yordamning natijasi edi. Sizningcha, Sovet Ittifoqi tashqi siyosatidagi bu o‘zgarishga sabab bo‘lgan omillar nimalardan iborat edi?
Bu mamlakatlarda kommunistlarning g‘alaba qozonishida ular hududida (Albaniya va Yugoslaviyadan tashqari) sovet armiyasi qo‘shinlarining joylashganligi va sovet maslahatchilarining yordami hal qiluvchi rol o‘ynadi. 1940-yillar oxirida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida o‘rnatilgan tuzum “xalq-demokratik”, keyin esa “sotsialistik” deb ataldi. Bir qator davlatlarda ko‘ppartiyali tizim mavjud bo‘lsa, Albaniya, Vengriya, Ruminiya va Yugoslaviyada bittadan partiya faoliyat yuritardi. Ularning dasturlarida jamiyatning barcha sohalarini – iqtisodiyotni, ijtimoiy munosabatlarni, ta’lim va madaniyatni rivojlantirish belgilab berilgandi. Sovet namunasi bo‘yicha sanoatlashtirish, qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish va madaniy inqilobni amalga oshirish belgilab olindi. Modernizatsiya jarayoni ham SSSRda birinchi besh yillikda amalga oshirilgan jarayonni ko‘chirish orqali, sotsialistik metodlar bilan amalga oshirildi. Markaziy va Sharqiy Yevropaning urushdan keyingi tarixi SSSRning qo‘llab-quvvatlashiga tayangan rejimlardan ozod bo‘lish uchun, sotsializmning mafkuraviy asoslarini qayta ko‘rib chiqish uchun kurashlar davri bo‘ldi. 1956-yili SSSRda Stalin shaxsiga sig‘inishning qoralanishi ko‘plab Sharqiy Yevropa mamlakatlarida Stalin davrida hokimiyatga kelgan va u tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rahbarlarning almashinishiga olib keldi. Stalinning vafoti tufayli “sotsialistik lager”ning
YODDA TUTING
1949-yilda Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya davlatlarida kommunistik partiyalar to‘liq hokimiyatni egalladi.
1956-yili Sharqiy Yevropa mamlakatlari tarixida Stalin davrida hokimiyatga kelgan va u tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rahbarlarning almashish jarayoni kuzatildi.
“Vatan armiyasi” askarlariga atab qurilgan haykallar yangilanishiga paydo bo‘lgan umid sababli GDRda namoyishlar boshlanib ketdi. Namoyishlar bostirildi. Bir necha o‘nlab kishilar halok bo‘ldi.
Poznanda ishchilar ish me’yorlarining oshirilishi va ish haqining pasaytirilishiga qarshi ishtashlash e’lon qildi. Bu yerga jo‘natilgan politsiya va harbiylar bilan to‘qnashuvlarda bir necha kishi halok bo‘ldi. 1956-yili Vengriyada Imre Nad boshchiligidagi yangi hukumat tomonidan hokimiyatning totalitar tizimini buzish, ko‘ppartiyaviylik tizimiga o‘tish uchun qilingan harakat totalitar rejimga qarshi demokratik inqilobga aylanib ketdi. Sovet rahbarlari qo‘zg‘olonni bostirish uchun keng miqyosdagi harbiy operatsiya o‘tkazishga qaror qildi. Bu qarorni ko‘pchilik Sharqiy Yevropa davlatlarining rahbarlari qo‘llab-quvvatladi. Asosiy janglar Budapeshtda bo‘lib o‘tdi. Unda minglab qo‘zg‘olonchilar halok bo‘ldi va yaralandi. Qo‘zg‘olon bostirilgandan so‘ng I. Nad va uning safdoshlari sud qilinib, o‘lim jazosiga hukm qilindi.
YODDA TUTING
Venger siyosatchisi Imre Nad
TARIXIY MUSHOHADA
Bu “xavfli yo‘nalish”ning oldini olish uchun Varshava shartnomasi ishtirokchi davlatlarining qo‘shinlari Chexoslovakiyaga kiritildi. Harbiy operatsiyaning birinchi kuniyoq Aleksandr Dubchek boshchiligidagi Chexoslovakiya kommunistik partiyasi (CHKP) rahbarlari qamoqqa olinib, Moskvaga olib ketildi. Qo‘zg‘olonni bostirish chog‘ida yuzga yaqin Chexoslovakiya fuqarolari halok bo‘ldi. “Praga bahori” nomini olgan inqilobiy harakat shu tariqa bostirildi.
TARIXIY MUSHOHADA
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti ekstensiv xarakterda edi. 1970-yillarning birinchi yarmida sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi barqaror ravishda yiliga 6–8% darajasida saqlanib qoldi. Ammo 1980-yillarda sotsialistik mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli yanada yomonlashdi. SSSR, Ruminiya va boshqa bir qator mamlakatlarda oziq-ovqat muammosi juda keskinlashdi, barcha sotsialistik mamlakatlarda aholining yashash darajasi sezilarli darajada pasaydi. Ayniqsa, Polshada ahvol og‘ir bo‘lib, ishchilar “Birdamlik” mustaqil ommaviy kasaba uyushmasini tuzdilar. Mamlakatda siyosiy inqiroz chuqurlashib bordi.
TARIXIY MUSHOHADA
Aleksandr Dubchek
1989-yili Polshada “Birdamlik” harakati vakillari hokimiyatga keldi. Vengriyada ham hokimiyatga kelgan yangi kuchlar iqtisodiy islohotlar va siyosiy tizimni takomillashtirish yo‘lini tanladi. 1990-yili Vengriya Xalq Respublikasi nomi Vengriya Respublikasi deb o‘zgartirildi. Bolgariyada ham 1991-yili muxolifat kuchlar hokimiyatga keldi. Ruminiyada kommunistik rejimning qulashi qo‘zg‘olon va jiddiy harbiy to‘qnashuv natijasida yuz berdi. Qo‘zg‘olon Ruminiyaga uzoq yillar rahbarlik qilgan diktator Nikolae Chaushesku va uning rafiqasini sud qilish, sudning hukmiga ko‘ra otib tashlash jarayoni televideniyeda to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish qilinishi bilan yakunlandi. Qo‘zg‘olon jarayonida mingdan oshiq kishi halok bo‘ldi. Albaniyani demokratik to‘lqin ta’siridan saqlab qolishning iloji bo‘lmadi. Hokimiyatda turgan kommunistlar juda tez o‘z ta’sirini yo‘qotib bordi. Antikommunistik kayfiyatning ifodachisi 1989-yili tuzilgan Albaniya demokratik partiyasi bo‘ldi. 1992-yilgi saylovlarda demokratik lider – Sali Berisha Albaniya prezidenti etib saylandi.
TARIXIY MUSHOHADA
Nikolae Chaushesku sovet qo‘shinlarining Chexoslovakiyaga kirishiga qarshi mitingda
YO‘NALTIRUVCHI SAVOLLAR
2. Vengriyada Imre Nad, Polshada “Birdamlik” harakati vakillari faoliyatining umumiy va farqli jihatlarini tahlil qiling.
Nikolae Chaushesku
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi o‘zgarishlarning Yugoslaviyaga ta’siri kam bo‘ldi. Ammo ijtimoiy tuzumning asoslarida yuz bergan o‘zgarishlar milliy munosabatlarga ham ta’sir etmasdan qolmadi. Ilgari har bir davlatni qat’iy markazlashgan tuzumlar yagona davlat tarzida birlashtirib turgandi. Bu tuzumlarning qulashi faqat millatlarning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi uchun emas, millatchi va ayirmachi kuchlarning faollashuvi uchun ham imkoniyat yaratdi. Sotsialistik mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy aloqalar tobora murakkablashib bordi. 1991-yili O‘zaro iqtisodiy yordam kengashi, keyin esa Varshava shartnomasi tashkiloti ham tarqalib ketdi. Xullas, 40 yildan oshiq faoliyat yuritgan sotsialistik hamdo‘stlik barham topdi.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridan birini tanlab, ushbu davlatda kommunistik rejimning qulash jarayonlarini qamrab olgan esse yozing.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Oyga qo‘yilgan ilk qadam
Amerikalik astronavt Nil Armstrong 1969-yil iyulda “Apollon-11” kosmik kemasida Oy ekspeditsiyasiga jo‘nadi. 1969-yil 21-iyulda Nil Armstrong Oy yuzasiga qadam qo‘ygan birinchi odam sifatida tarixda qoldi.
Nil Armstrong shunday degan edi: “Bu – inson uchun ki- chik bir qadam, lekin butun insoniyat uchun ulkan sakrash”.
Xitoydagi madaniy inqilob
“Madaniy inqilob”, to‘liq nomi “Buyuk proletar madaniy inqilobi” – 1966–1967-yillarda Xitoy rahbari Mao Szedun tomonidan amalga oshirilgan kampaniya. Uning maqsadi XXRda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan “kapitalizmni tiklash”ga qarshi chiqish bahonasida siyosiy muxolifatni obro‘sizlantirish va yo‘q qilish edi.
Afrikadagi aparteid
Aparteid – irqiy kamsitishning eng ashaddiy ko‘rinishi bo‘lib, muayyan aholi guruhlarini ularning irqiy mansubligiga qarab, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va fuqarolik huquqlaridan mahrum etishni, hududiy jihatdan yakkalatib qo‘yishgacha borishni anglatadi. Hozirgi xalqaro huquq aparteidni insoniyatga qarshi jinoyat deb hisoblaydi.
Muhim sanalar
- 1940-yillar — 1940-yillar oxirida Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida o‘rnatilgan tuzum “xalq-demokratik”, keyin esa “sotsialistik” deb ataldi.
- 1947–1948-yillar — 1947–1948-yillar bu kuchlar o‘rtasidagi kurashning hal qiluvchi yillari bo‘ldi.
- 1948-yil — Mamlakatda katta antikommunistik kuchlar, jumladan, sobiq Krayova armiyasi (Vatan armiyasi) tarafdori bo‘lgan qurolli guruhlar ham faoliyat yuritayotgan edi. Chexoslovakiyada tub burilish 1948-yil fevralda yuz berdi.
- 1948-yil — 1948-yil iyunda K. Gotvald prezident etib saylandi.
- 1949-yilga — 1949-yilga kelib Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviyada kommunistik partiyalar to‘liq hokimiyatni egalladi.
- 1949-yili — 1949-yili oktyabrda tashkil topgan Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) ham shu safga qo‘shildi.
- 1949-yilda — 1949-yilda Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya, Yugoslaviya davlatlarida kommunistik partiyalar to‘liq hokimiyatni egalladi.
- 1956-yili — 1956-yili SSSRda Stalin shaxsiga sig‘inishning qoralanishi ko‘plab Sharqiy Yevropa mamlakatlarida Stalin davrida hokimiyatga kelgan va u tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rahbarlarning almashinishiga olib keldi.
- 1956-yili — 1956-yili Sharqiy Yevropa mamlakatlari tarixida Stalin davrida hokimiyatga kelgan va u tomonidan qo‘llab-quvvatlangan rahbarlarning almashish jarayoni kuzatildi.
- 1956-yili — 1956-yili Vengriyada Imre Nad boshchiligidagi yangi hukumat tomonidan hokimiyatning totalitar tizimini buzish, ko‘ppartiyaviylik tizimiga o‘tish uchun qilingan harakat totalitar rejimga qarshi demokratik inqilobga…
Bilimingizni sinang
Ikkinchi jahon urushidan keyin Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida tuzilgan koalitsion hukumatlar tarkibiga qaysi kuchlar kirdi?
- Faqat kommunistlar, sotsial-demokratlar hamda sobiq harbiylar va ofitserlar vakillari
- Faqat monarxistlar, katolik partiyalar hamda yirik yer egalari va sanoatchilar vakillari
- Kommunistik va sotsial-demokratik partiyalar hamda burjua va dehqonlar partiyalari vakillari
- Faqat sobiq okkupantlar bilan hamkorlik qilgan kuchlar va ularning homiy davlat vakillari
To‘g‘ri javob: Kommunistik va sotsial-demokratik partiyalar hamda burjua va dehqonlar partiyalari vakillari. Koalitsion hukumatlar tarkibiga kommunistlar, sotsial-demokratlar va urushdan oldingi burjua hamda dehqonlar partiyalari vakillari kirgan.
Urushdan keyin qaysi mamlakatda so‘l kuchlar g‘alabasi aniq bo‘lishiga qaramay, yangi hokimiyatni qurish shiddatli kurashlar ostida o‘tib, ko‘plab qurbonlarga olib keldi?
- Polsha
- Vengriya
- Chexoslovakiya
- Ruminiya
To‘g‘ri javob: Polsha. Polshada yangi hokimiyatni qurish jarayoni shiddatli kurashlar ostida o‘tdi va ko‘plab qurbonlarga olib keldi.
Chexoslovakiyada kommunistlar hokimiyatiga olib kelgan tub burilish qaysi yilning fevralida yuz berdi?
- 1947-yil
- 1946-yil
- 1949-yil
- 1948-yil
To‘g‘ri javob: 1948-yil. Chexoslovakiyada tub burilish 1948-yil fevralda yuz berdi.
Urushdan keyingi Polshada faoliyat yuritgan antikommunistik qurolli guruhlar qaysi sobiq armiya tarafdori edi?
- Xalq armiyasi (Ludova armiyasi)
- Krayova armiyasi (Vatan armiyasi)
- Milliy mudofaa armiyasi
- Ozod Polsha armiyasi
To‘g‘ri javob: Krayova armiyasi (Vatan armiyasi). Polshadagi antikommunistik kuchlar orasida sobiq Krayova armiyasi (Vatan armiyasi) tarafdori qurolli guruhlar ham bor edi.
1948-yil fevralda Chexoslovakiyada hukumatni boshqargan kommunistik partiya vakili kim edi?
- Aleksandr Dubchek
- Klement Gotvald
- Gustav Husak
- Antonin Novotniy
To‘g‘ri javob: Klement Gotvald. Hukumatni kommunistik partiya vakili Klement Gotvald boshqargan, burjua partiyalari vakillari iste’foga chiqqan.
Klement Gotvald Chexoslovakiya prezidenti etib qaysi yilning iyunida saylandi?
- 1949-yil
- 1950-yil
- 1947-yil
- 1948-yil
To‘g‘ri javob: 1948-yil. Fevraldagi hokimiyat almashinuvidan keyin K. Gotvald 1948-yil iyunda prezident etib saylandi.
Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Chexoslovakiya va Yugoslaviyada kommunistik partiyalar to‘liq hokimiyatni qaysi yilga kelib egalladi?
- 1951-yilga
- 1949-yilga
- 1945-yilga
- 1947-yilga
To‘g‘ri javob: 1949-yilga. 1949-yilga kelib yetti davlatda kommunistik partiyalar to‘liq hokimiyatni egalladi.
Germaniya Demokratik Respublikasi qaysi yilning oktyabrida tashkil topdi?
- 1945-yil
- 1949-yil
- 1951-yil
- 1947-yil
To‘g‘ri javob: 1949-yil. GDR 1949-yil oktyabrda tashkil topib, kommunistik hokimiyatli davlatlar safiga qo‘shildi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash