Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining har biridan kamida o‘ntadan davlatni dunyo siyosiy xaritasidan toping.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng sobiq mustamlakalar o‘rnida tashkil topgan o‘nlab davlatlar uchun modernizatsiya va rivojlanish kabi o‘zaro bog‘liq muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. Bu muammolar va ularni hal qilish usullarida bir qator o‘xshash jihatlar mavjud, ular Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlariga yagona birlik sifatida qarash imkonini beradi.
ESGA OLING
OZODLIK VA TARAQQIYOT MUAMMOLARI
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropa davlatlari mustamlakachi imperiyalarining qulashi, mustamlaka xalqlarining ozod bo‘lish jarayoni boshlandi. Bu jarayon barcha mamlakatlarda ham tinch yo‘l bilan amalga oshmadi. Buyuk Britaniya Malayyada, Fransiya Hindixitoy va Jazoirda, Portugaliya Angola va Mozambikda milliy-ozodlik harakatlarini shafqatsizlarcha bostirish siyosatini olib borib, bu mamlakatlarga juda katta talafot yetkazdi. 1960-yil tarixga “Afrika yili” sifatida kirdi. Shu yili qit’adagi 17 ta mustamlaka mamlakat o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Tarixda oxirgi mustamlakachi imperiya – Portugaliya 1975-yili quladi.
CHIQARING
Mojaro va inqirozlar
Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida paydo bo‘lgan ko‘plab davlatlarning chegaralari etnik, diniy chegaralar bilan mos tushmadi, bu esa ko‘plab ichki va davlatlararo mojarolarga sabab bo‘ldi. Hindiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, u diniy belgi asosida 1947-yili ikkita davlatga – Hindiston Ittifoqi va Pokistonga ajralib ketdi, millionlab kishilar qochoqlarga aylandi, ikki davlat o‘rtasida bir necha marta harbiy mojarolar bo‘lib o‘tdi. 1947-yili Falastinning arab va yahudiy davlatlariga bo‘linishi Yaqin Sharqda doimiy tanglik o‘chog‘ini vujudga keltirdi.
Janubi-sharqiy Osiyodagi Filippin, Koreya, Vyetnam kabi mamlakatlar ham mustaqillikning dastlabki davrlarida ichki va tashqi urushlarni boshdan kechirdi. Xitoyda fuqarolar urushi 1949-yil 1-oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilinishi bilan yakunlandi.
Mojaro va inqirozlar
1950-yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko‘pchiligida demokratik yo‘nalishdagi hukumatlar faoliyat boshladi. Bu hukumatlar chet el, avvalo, AQSH kapitalining ta’sirini kamaytirish uchun kurashdi. Ammo 1960–1970-yillari ko‘pchilik Lotin Amerikasi mamlakatlarida davlat to‘ntarishlari yuz berib, hokimiyatga harbiy xuntalar keldi.
MODERNIZATSIYANING MURAKKAB YO‘LI
Mustaqil taraqqiyot yo‘liga kirgan mamlakatlarda modernizatsiya yo‘lini tanlash murakkab jarayonga aylandi. Bir qism davlatlar kechagi mustamlakachilarga ergashishni istamadi va mustaqil modernizatsiya yo‘lini tanladi. Ularning ko‘pchiligida hali o‘ta qoloq ijtimoiy munosabatlar hukmron edi. Ishga yaroqli aholining juda katta (ba’zi mamlakatlarda 90% gacha) qismi qishloq xo‘jaligida band edi. Texnika bilan ta’minlanganlik darajasi ham juda past edi. Aholi sonining ko‘pligi va jadal o‘sishi, arzon ishchi kuchi ham modernizatsiya uchun katta yordam bermadi. Shunga qaramasdan, sobiq mustamlakalarning mustaqillikka erishishi, yarim mustaqil mamlakatlarda milliy rejimlarning hokimiyatga kelishi natijasida qoloqlikni yengib o‘tish, jadal taraqqiyot yo‘lini tanlash g‘oyalari ustuvor g‘oyaga aylandi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning ayrimlari juda katta iqtisodiy yutuqlarga erishdi.
YODDA TUTING
1947-yili Hindiston Ittifoqi va Pokiston vujudga keldi.
1947-yili Falastinning arab va yahudiy davlatlariga bo‘linishi Yaqin Sharqda doimiy tanglik o‘chog‘ini vujudga keltirdi.
1949-yil 1-oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topdi.
Portugaliya mustamlakachi imperiyasi 1975-yili quladi.
Islom mamlakatlarida modernizatsiyaning o‘ziga xos yo‘llari
Yaqin va O‘rta Sharq hamda Shimoliy Afrika mamlakatlarida islom dini alohida o‘ringa ega. Ushbu mamlakatlar xalqlari tarixida, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida islom dini muhim rol o‘ynagan. Dastlabki milliy-ozodlik harakatlari ham islom bayrog‘i ostida amalga oshirilgan. Shu sababli islom dini bu mamlakatlardagi modernizatsiya jarayoniga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Aksariyat musulmon mamlakatlarida modernizatsiya jarayoni diniy urf-odatlarni hisobga olgan holda amalga oshirilgani uchun aholi tomonidan katta qarshiliklarsiz qabul qilindi va ijobiy natijalarga olib keldi.
Ayrim islom mamlakatlarida o‘tkazilgan islohotlar jarayonida shu omilni inobatga olmaslikning oqibatlarini Erondagi modernizatsiya jarayoni yaqqol ko‘rsatib berdi. 1979-yili an’anaviy islom qadriyatlariga va hayot tarziga qaytish shiori ostida boshlangan harakat butun mamlakatni qamrab oldi. Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy chet elga qochishga majbur bo‘ldi, hokimiyat din peshvolari qo‘liga o‘tdi. Shu sababli islom dini ta’siri kuchli bo‘lgan bir qator mamlakatlarda hokimiyat aholining hayot tarzi va an’analarini o‘zgartirishga harakat qilmadi. Ular jamiyatda mutaassiblik kayfiyatining o‘sishiga qarshilik qilmasdan, islom birdamligi g‘oyasiga tayanishdi. Bunday birdamlikka imkoniyatlari cheklangan mamlakatlarda hozircha jamiyatni modernizatsiya qilish va ichki barqarorlikni ta’minlashning yagona yo‘li sifatida qaralmoqda.
Islom mamlakatlarida modernizatsiyaning o‘ziga xos yo‘llari
Muhammad Rizo Pahlaviy
Avtoritar rejimlar: modernizatsiya tajribasi
Avtoritarizm – bitta shaxs (yoki guruh) hokimiyatining almashmasligiga asoslangan nodemokratik siyosiy rejim. Unda fuqarolarning ma’lum iqtisodiy, siyosiy va boshqa huquqlari saqlanib qoladi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko‘pchiligida mustaqillik yillari avtoritar rejimlar o‘rnatildi. Bu ko‘pchilik hollarda ushbu mamlakatlarda shakllangan rivojlanish modeli va diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq. Bir qator davlatlarda avtoritar rejimlar modernizatsiya jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. Braziliya, Argentina, Chili o‘rtacha rivojlanish darajasiga yetdi. Ammo Osiyo va Afrikadagi aksariyat avtoritar rejimlar jamiyatning inqiroziga, iqtisodiy tanazzulga, ko‘plab odamning nobud bo‘lishiga olib keldi.
TARIXIY MUSHOHADA
Mazkur davrda ba’zi davlatlar rivojlangan davlatlarga ergashishni istamadi va mustaqil modernizatsiya yo‘lini tanladi.
YO‘NALTIRUVCHI SAVOLLAR
1. Mustaqil tarzda Ikkinchi jahon urushidan keyingi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyoti bilan tanishing.
2. Geografiya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining poytaxtlari, pul birliklari, iqlimi va boshqa bilish kerak bo‘lgan ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida daftaringizga qayd qiling.
Xullas, XX asrning ikkinchi yarmi Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko‘pchiligi uchun taraqqiyot yo‘nalishini tanlash davri bo‘ldi. Bu davrda siyosiy mustaqillikka erishgan davlatlarning bir qismida tanlash davri hamon davom etmoqda.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
“O‘zbekistonni rivojlantirishning maqbul yo‘li mening nazarimda” mavzusida esse yozing.
ATAMALAR MAZMUNI
Imperiya – 1) imperator, podshoh, qirol boshqaradigan davlat; 2) bir qancha mustamlaka hududlariga ega bo‘lgan, totalitar tuzumga asoslangan davlat.
Harbiy xunta – davlat to‘ntarishi orqali hokimiyatga kelgan, odatda zo‘rovonlik va diktatorlik usullari bilan davlatni boshqaradigan harbiylar hokimiyati.
Modernizatsiya, modernizatsiyalash (fransuzcha moderne – “eng yangi”, “zamonaviy”) – biror narsani yangilash, zamonaviy talablar va me’yorlarga muvofiq o‘zgartirish.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1947-yili — Hindiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, u diniy belgi asosida 1947-yili ikkita davlatga – Hindiston Ittifoqi va Pokistonga ajralib ketdi, millionlab kishilar qochoqlarga aylandi, ikki davlat o‘rtasida bir necha…
- 1947-yili — 1947-yili Falastinning arab va yahudiy davlatlariga bo‘linishi Yaqin Sharqda doimiy tanglik o‘chog‘ini vujudga keltirdi.
- 1947-yili — 1947-yili Hindiston Ittifoqi va Pokiston vujudga keldi.
- 1949-yil — Xitoyda fuqarolar urushi 1949-yil 1-oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilinishi bilan yakunlandi.
- 1949-yil — 1949-yil 1-oktyabrda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topdi.
- 1950-yillari — 1950-yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarining ko‘pchiligida demokratik yo‘nalishdagi hukumatlar faoliyat boshladi.
- 1960-yil — 1960-yil tarixga “Afrika yili” sifatida kirdi.
- 1960–1970-yillari — Ammo 1960–1970-yillari ko‘pchilik Lotin Amerikasi mamlakatlarida davlat to‘ntarishlari yuz berib, hokimiyatga harbiy xuntalar keldi.
- 1975-yili — Tarixda oxirgi mustamlakachi imperiya – Portugaliya 1975-yili quladi.
- 1975-yili — Portugaliya mustamlakachi imperiyasi 1975-yili quladi.
Bilimingizni sinang
Qaysi yil tarixga “Afrika yili” sifatida kirgan?
- 1958-yil
- 1960-yil
- 1955-yil
- 1964-yil
To‘g‘ri javob: 1960-yil. 1960-yil tarixga “Afrika yili” sifatida kirdi, shu yili ko‘plab mustamlaka mustaqillik e’lon qildi.
“Afrika yili” (1960) da qit’adagi nechta mustamlaka mamlakat o‘z mustaqilligini e’lon qildi?
- 25 ta
- 21 ta
- 12 ta
- 17 ta
To‘g‘ri javob: 17 ta. 1960-yili Afrikadagi 17 ta mustamlaka mamlakat mustaqilligini e’lon qildi.
Tarixda oxirgi mustamlakachi imperiya hisoblangan Portugaliya qaysi yili quladi?
- 1968-yil
- 1980-yil
- 1975-yil
- 1960-yil
To‘g‘ri javob: 1975-yil. Oxirgi mustamlakachi imperiya Portugaliya 1975-yili quladi.
1960-yil tarixga qanday nom bilan kirgan?
- “Osiyo yili”
- “Mustamlakalar yili”
- “Afrika yili”
- “Hind yili”
To‘g‘ri javob: “Afrika yili”. 1960-yilda Afrikadagi ko‘plab mustamlakalar mustaqillik e’lon qilgani uchun u “Afrika yili” deb atalgan.
1960-yilda Afrika qit’asida nechta mustamlaka mamlakat o‘z mustaqilligini e’lon qilgan?
- 17 ta
- 7 ta
- 27 ta
- 37 ta
To‘g‘ri javob: 17 ta. Matnga ko‘ra shu yili qit’adagi 17 ta mustamlaka mustaqillik e’lon qilgan.
Tarixda oxirgi mustamlakachi imperiya deb qaysi davlat atalgan?
- Ispaniya
- Gollandiya
- Belgiya
- Portugaliya
To‘g‘ri javob: Portugaliya. Matnda Portugaliya oxirgi mustamlakachi imperiya bo‘lib, 1975-yili qulagani aytilgan.
Quyidagi hukmlardan qaysi biri to‘g‘ri?
- Fransiya Angola va Mozambikda, Portugaliya Hindixitoy va Jazoirda milliy-ozodlik harakatlarini bostirgan
- Fransiya Hindixitoy va Jazoirda, Portugaliya Angola va Mozambikda milliy-ozodlik harakatlarini bostirgan
- Buyuk Britaniya Jazoirda, Fransiya Malayyada milliy-ozodlik harakatlarini bostirgan
- Portugaliya Malayyada, Buyuk Britaniya Mozambikda milliy-ozodlik harakatlarini bostirgan
To‘g‘ri javob: Fransiya Hindixitoy va Jazoirda, Portugaliya Angola va Mozambikda milliy-ozodlik harakatlarini bostirgan. Fransiya Hindixitoy va Jazoirda, Portugaliya Angola va Mozambikda, Britaniya esa Malayyada harakatlarni bostirgan.
Quyidagi hukmlardan qaysilari to‘g‘ri? I. 1960-yilda Afrikada 17 ta mustamlaka mamlakat mustaqilligini e’lon qildi. II. Portugaliya Angola va Mozambikda milliy-ozodlik harakatlarini shafqatsizlarcha bostirish siyosatini olib bordi. III. Buyuk Britaniya Jazoirda, Fransiya esa Malayyada milliy-ozodlik harakatlarini bostirdi.
- faqat I
- II va III
- I va II
- I, II va III
To‘g‘ri javob: I va II. Birinchi ikki hukm matnga mos; Buyuk Britaniya Malayyada, Fransiya esa Hindixitoy va Jazoirda harakatlarni bostirgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash