Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya: Osiyo sivilizatsiyasi qadriyatlari va Gʻarb ishlab chiqarish usuli uygʻunligi
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya davlatlarini dunyo siyosiy xaritasidan toping.
BOZOR IQTISODIYOTIGA O‘TISH.
ESGA OLING
Yaponiyada hokimiyat general Duglas Makartur boshchiligidagi AQSH okkupatsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi. Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlagan amerikaliklar ikkita maqsadni: birinchidan, Yaponiyaning demokratik davlatga aylanishi va hech qachon boshqalarga xavf solmasligini; ikkinchidan, yaponlarning ming yillik jangchilik an’analariga ega bo‘lgan jangovarlik ruhini sindirishni ko‘zlagan edilar. D. Makartur Yaponiyada agrar islohotlarni o‘tkazish to‘g‘risida direktiva chiqardi. O‘z yer-mulkida yashamaydigan yirik yer egalari shu mulkka egalik qilish huquqidan mahrum qilindi, yer unda ishlaydiganlarga berildi. Aholining asosiy qatlami fermerlar bo‘lib qoldi.
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING
Ammo sanoatda tiklanish juda sekin yuz berdi. Osiyocha tafakkur va mehnat an’analariga ega bo‘lgan yaponlarni g‘arbcha mehnat usullariga ko‘niktirish oson kechmadi. Amerikaliklar yaponlarni eng zamonaviy biznes usullari bilan tanishtirdi, kadrlar tayyorlashning amerikacha standartlari joriy qilindi. 1950-yillar o‘rtalariga kelib Yaponiyada bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllandi. “Yapon iqtisodiy mo‘jizasi” degan davr boshlandi. Bu davrda sanoatning o‘sishi ham juda yuqori bo‘lib, asosan og‘ir sanoat va kimyo ishlab chiqarishi evaziga yuz berdi. Bunga avvalo mehnat unumdorligining jadal sur’atlar bilan o‘sishi tufayli erishildi. 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya yalpi ichki mahsulotning hajmi bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin – ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Postindustrial iqtisodiy modelning shakllanishi
1970 –1980-yillardagi iqtisodiy rivojlanish natijasida Yaponiyada shakllangan iqtisodiy model postindustrial sivilizatsiyaga asos bo‘ldi. Yangi iqtisodiy tizimda uchinchi sektor deb ataluvchi sohalar – savdo, xizmat ko‘rsatish, moliya, ijtimoiy soha, fan, informatika, infratuzilmalar asosiy o‘rin egalladi. Bu sohalarning asosini ilmiy yangiliklar, dizayn, nou-hau va shu kabilar tashkil qildi. 1980-yillardan Yaponiyada 26 ta texnopolislar tashkil qilindi. Bu zamonaviy infratuzilma, transport va informatsion tizimga ega bo‘lgan namunaviy shaharlar edi. Natijada Yaponiya jahon bozoriga yangi turdagi mahsulotlar – mikroprotsessorlar, shaxsiy kompyuterlar, sanoat robotlari va tez o‘zgaruvchan ishlab chiqarish tizimlari bilan chiqdi. Eksportning katta qismini xalq iste’moli mollari – televizorlar, videomagnitofonlar, mikserlar, mikroto‘lqinli pechlar va shu kabilar tashkil qildi.
Postindustrial iqtisodiy modelning shakllanishi
Xullas, Yaponiya yangiliklar bilan an’analarni ajoyib tarzda uyg‘unlashtirishga qodir ekanligini namoyish qildi. Bu mamlakatning eng yangi tarixi G‘arbning texnik yutuqlari bilan Sharqning gumanistik etikasini muvaffaqiyatli uyg‘unlashtirishga yorqin misol bo‘la oladi.
YODDA TUTING
1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya yalpi ichki mahsulotning hajmi bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin – ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
XITOYDA FUQAROLAR URUSHI
“Yuzta gul” siyosati, fikr va so‘z erkinligi, birinchi besh yillik reja (1953–1957)
“Katta sakrash”, ikkinchi besh yillik reja (1958–1962)
SSSR bilan munosabatlarda taranglik
“Madaniy inqilob” (1966–1976), xunveybinlar va szaofanlar
AQSH bilan yaqinlashuv, Prezident R. Niksonning XXRga tashrifi
Xitoy Xalq Respublikasi Mao Szedun davrida
1945 -yil avgustda SSSR va AQSH vositachiligida Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) va Gomindan o‘zaro dushmanlik harakatlarini to‘xtatishga kelishdi. XKP o‘z nazorati ostidagi hududlarda agrar islohot o‘tkazib, yerni qayta taqsimlashni amalga oshirdi. Gomindan esa tinchlik haqidagi kelishuvni bekor qilib, o‘z qo‘shinlarini yig‘a boshladi. 1946-yil iyunda kutilmaganda Xitoyda kommunistlar bilan gomindanchilar o‘rtasida fuqarolar urushi qaytadan boshlandi.
XITOYDA FUQAROLAR URUSHI
1949-yil sentyabrda Janubiy Xitoyning deyarli barcha hududlari kommunistlar nazoratiga o‘tdi. 1-oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) e’lon qilindi. Gomindan ma’muriyati Tayvan oroliga ko‘chib o‘tdi. Shunday qilib, butun mamlakat bitta davlatga birlashtirildi. Hokimiyatga kommunistlar kelib, Mao Szedun XXR raisi lavozimini egalladi – u oliy hokimiyat ramziga aylandi.
Siyosiy tizimning shakllanishi. “Katta sakrash” va “Madaniy inqilob”
1950 -yil Xitoyda SSSR yordamida sotsializm qurish boshlandi. Ammo 1956-yildan ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlar buzildi. 1958-yili qabul qilingan reja Xitoyda muddatidan oldin sotsializm qurishni nazarda tutgan edi. Bu reja sanoat ishlab chiqarishi va qishloq xo‘jaligining jadal o‘sishini ko‘zda tutdi. U “Katta sakrash” siyosati deb atalib, uning tarkibiy qismi “texnik inqilob” bo‘ldi. Mehnat samaradorligini oshirish “Uch yil matonatli mehnat – uch ming yil baxt-saodat” shiori ostida olib borildi. 12 soatlik ish kuni o‘rnatildi, odamlar dam olish kunlarisiz va ta’tilsiz mehnat qildi. Bu va shunga o‘xshash ko‘plab tadbirlardan ko‘zlangan maqsad “Katta sakrash” orqali kommunizm qurish bo‘lib, juda katta tashabbuskorlik ruhiga qaramasdan, bu rejalar asosan qog‘ozda qolib ketdi. “Katta sakrash” siyosati shu tariqa muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 1966-yili Xitoyda byurokratiyaga qarshi kurash jarayoni “Madaniy inqilob” nomini oldi. U mamlakatda Mao Szedunning shaxsiy hokimiyatini o‘rnatish, muxolifatni bartaraf etish uchun olib borilgan siyosiy jarayon edi. “Madaniy inqilob” ziyolilarga qarshi keng miqyosli qatag‘onlarga aylanib ketib, madaniyat va ta’limga juda katta zarar yetkazdi, feodal urf-odat va an’analarga qarshi kurash shiori ostida ko‘plab madaniyat yodgorliklari yo‘q qilindi, tashqi siyosiy kurs keskin o‘zgarib, mamlakatda antisovetizm kuchaydi.
YODDA TUTING
Den Syaopin islohotlarining boshlanishi
1976 -yil 9-sentyabrda Mao Szedun vafot etdi va “Madaniy inqilob” rasman yakunlandi. Hokimiyatga kelgan Den Syaopin pragmatik islohotlarning yangi konsepsiyasini ishlab chiqdi. Konsepsiyada “to‘rtta modernizatsiya” islohoti – qishloq xo‘jaligi, sanoat, fan-texnika va harbiy sohani isloh qilish belgilab olindi. Xitoy iqtisodiga chet el investitsiyalari ham oqib kela boshladi. Ayniqsa, chet ellarda yashayotgan xitoylar faol investitsiya kiritdi. Chet el kapitalini jalb qilish uchun Xitoy janubida 4 ta erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi. Qo‘shma korxonalar va chet el qarzlari to‘g‘risida qonun qabul qilindi. 1980-yillar oxiriga kelib Xitoy taraqqiyotning yangi bosqichiga chiqib oldi.
KOREYA RESPUBLIKASI: IQTISODIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA SIYOSIY HOKIMIYAT MUAMMOLARI
Shimol armiyasi Janubga bostirib kirishi
Xitoy KXDRga yordam bera bilan birodarkushlik boshladi.
urushi boshlandi.
Iyun
Janubda Koreya Respublikasi tashkil topdi, bunga javoban Shimolda KXDR tuzilgani e’lon qilindi.
AQSH Janub armiyasiga yordam yubordi.
Noyabr
Urush tugadi, 38-parallel bo‘ylab chegara o‘tkazildi.
1945 -yil avgustda Yaponiyaning Koreyadagi qo‘shinlari taslim bo‘ldi. Ularni qurolsizlantirish bahonasida SSSR va AQSH Koreya hududini vaqtincha ikkiga bo‘lib oldi. Shu tariqa Koreya ikkiga bo‘linib ketdi: janubiy qismiga AQSH, shimoliy qismiga SSSR o‘z qo‘shinlarini kiritdi.
Janubiy Koreya taraqqiyoti bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi. Avvalo agrar islohot o‘tkazilib, uning natijasida yer dehqonlarga xususiy mulk qilib berildi. 1960-yillar davomida mamlakatda industrlashtirish siyosati amalga oshirildi. 1970-yillarni o‘z ichiga olgan uchinchi bosqichda og‘ir sanoat, avva-
Noyabr
Janubiy va Shimoliy Koreya
BILIB OLING
D. Makartur Yaponiyada … 1950-yillar o‘rtalarida … 1956-yildan … “Katta sakrash” bu –... “Madaniy inqilob” bu –... Mao Szedun vafoti... Mehnat samaradorligini oshirish … lo, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati rivojlantirildi. Yirik metallurgiya kombinatlari qurilib, mamlakat po‘lat quyish bo‘yicha Osiyoda Yaponiyadan keyingi ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
Koreya Respublikasining siyosiy rivojlanishi ham juda murakkab kechdi. Mamlakatda bir nechta harbiy to‘ntarishlar amalga oshirildi. Shunga qaramasdan, Koreya Respublikasi 1980-yillar oxiriga kelib dunyoning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri bo‘lib qoldi.
BADIIY ASAR BILAN ISHLASHGA DOIR TOPSHIRIQ
Geografiya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib Yaponiya, Xitoy, Janubiy Koreya va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarining poytaxtlari, pul birliklari hamda huquq fanidan olgan bilimlaringizga tayanib davlat boshqaruvi va siyosiy partiyalarining jamiyatdagi o‘rni haqidagi ma’lumotlarni jadval ko‘rinishida daftaringizga qayd qiling.
Daron Ajemo‘g‘li va Jeyms Alan Robinson qalamiga mansub “Mamlakatlar tanazzuli sabablari: qudrat, farovonlik va kambag‘allik manbalari” asarini o‘qing.
“Mamlakatlar tanazzulining sabablari mening nazarimda” mavzusida esse yozing.
ATAMALAR MAZMUNI
Direktiva – yuqori rahbar organlar tomonidan berilgan va bajarilishi majburiy sanalgan rasmiy yo‘l-yo‘riq, dastur, ko‘rsatma.
Postindustrial sivilizatsiya – rivojlangan mamlakatlarda XX asrning ikkinchi yarmidan ijtimoiy taraqqiyotda vujudga kela boshlagan yangi bosqich.
Antisovetizm – sovet hokimiyati, sovet turmush tarziga yoki Sovet Ittifoqiga qarshi qaratilgan qarashlar tizimi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1946-yil — 1946-yil iyunda kutilmaganda Xitoyda kommunistlar bilan gomindanchilar o‘rtasida fuqarolar urushi qaytadan boshlandi.
- 1949-yil — 1949-yil sentyabrda Janubiy Xitoyning deyarli barcha hududlari kommunistlar nazoratiga o‘tdi. 1-oktyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) e’lon qilindi.
- 1950-yillar — 1950-yillar o‘rtalariga kelib Yaponiyada bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllandi.
- 1956-yilda — Ammo 1956-yildan ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlar buzildi. 1958-yili qabul qilingan reja Xitoyda muddatidan oldin sotsializm qurishni nazarda tutgan edi.
- 1958-yili — Ammo 1956-yildan ikki mamlakat o‘rtasida munosabatlar buzildi. 1958-yili qabul qilingan reja Xitoyda muddatidan oldin sotsializm qurishni nazarda tutgan edi.
- 1960-yillarning — 1960-yillarning oxiriga kelib Yaponiya yalpi ichki mahsulotning hajmi bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyin – ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.
- 1960-yillar — 1960-yillar davomida mamlakatda industrlashtirish siyosati amalga oshirildi.
- 1966-yili — “Katta sakrash” siyosati shu tariqa muvaffaqiyatsiz yakunlandi. 1966-yili Xitoyda byurokratiyaga qarshi kurash jarayoni “Madaniy inqilob” nomini oldi.
- 1970 –1980-yillarda — 1970 –1980-yillardagi iqtisodiy rivojlanish natijasida Yaponiyada shakllangan iqtisodiy model postindustrial sivilizatsiyaga asos bo‘ldi.
- 1970-yillarni — 1970-yillarni o‘z ichiga olgan uchinchi bosqichda og‘ir sanoat, avva-
Bilimingizni sinang
Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiyada hokimiyat qaysi general boshchiligidagi AQSH okkupatsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi?
- Omar Bredli
- Duayt Eyzenxauer
- Jorj Marshall
- Duglas Makartur
To‘g‘ri javob: Duglas Makartur. Yaponiyada hokimiyat general Duglas Makartur boshchiligidagi AQSH okkupatsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi.
Yaponiyada hokimiyat qaysi general boshchiligidagi AQSH okkupatsion qo‘shinlari shtabiga o‘tdi?
- Duglas Makartur
- Duayt Eyzenxauer
- Jorj Patton
- Omar Bredli
To‘g‘ri javob: Duglas Makartur. Hokimiyat general Duglas Makartur boshchiligidagi AQSH qo‘shinlari shtabiga o‘tgan.
Yaponiyadagi agrar islohotda yer qanday taqsimlandi?
- Barcha yerlar davlat kolxozlariga topshirildi
- Yirik yer egalariga qo‘shimcha yer ajratildi
- Yirik egalardan olinib, ishlaydiganlarga berildi
- Yer AQSH kompaniyalariga ijaraga berildi
To‘g‘ri javob: Yirik egalardan olinib, ishlaydiganlarga berildi. Yirik yer egalari mulkdan mahrum qilinib, yer unda ishlaydiganlarga berilgan.
Amerikaliklarning Yaponiyadagi demokratik jarayonlarni boshlashdan ikkinchi maqsadi nima edi?
- Yaponiyani AQSHning yangi shtatiga aylantirish
- Yaponlarning ming yillik jangovarlik ruhini sindirish
- Yaponlarni qishloq xo‘jaligidan butunlay ajratish
- Yapon tilini ta’limdan butunlay chiqarib tashlash
To‘g‘ri javob: Yaponlarning ming yillik jangovarlik ruhini sindirish. Ikkinchi maqsad jangchilik an’analariga ega yaponlarning jangovarlik ruhini sindirish edi.
Amerikaliklar Yaponiyada demokratik jarayonlarni boshlashda qanday ikki maqsadni ko‘zlagan edi?
- Yaponiyani boshqalarga xavf solmaydigan demokratik davlatga aylantirish va yaponlarning jangovarlik ruhini sindirish
- Yaponiyani AQSHning harbiy ittifoqchisiga aylantirish va uning sanoatini butunlay yo‘q qilib, agrar mamlakat qoldirish
- Yaponiyada monarxiyani tiklash va yirik yer egalarining mulkini mustahkamlash, qo‘shinni saqlab qolish
- Yaponiyani ikki davlatga bo‘lib, shimolga SSSR ta’sirini o‘tkazish va sanoat markazlarini to‘liq ko‘chirish
To‘g‘ri javob: Yaponiyani boshqalarga xavf solmaydigan demokratik davlatga aylantirish va yaponlarning jangovarlik ruhini sindirish. Amerikaliklar Yaponiyani demokratik, xavfsiz davlatga aylantirishni va ming yillik jangovarlik ruhini sindirishni ko‘zlagan.
D. Makartur direktivasi bilan o‘tkazilgan agrar islohot Yaponiyaning ijtimoiy tarkibini qanday o‘zgartirdi?
- Yer davlat mulkiga aylantirilib, dehqonlar ijarachiga aylandi, yirik yer egalari esa kuchayib, o‘z mavqeini butun qishloqda saqlab qoldi
- Yer faqat sobiq harbiylarga taqsimlanib, fermerlar soni keskin kamaydi va qishloqda yirik xo‘jaliklar hukmron bo‘lib qolaverdi, ijtimoiy tarkib o‘zgarmadi
- Yirik yer egalari saqlanib qolib, fermerlar shaharlarga ommaviy ko‘chib ketdi, qishloq aholisining asosiy qatlami esa ishchilar bo‘lib qoldi
- O‘z yerida yashamaydigan yirik yer egalari mulkdan mahrum bo‘ldi, yer ishlovchilarga berildi va aholining asosiy qatlami fermerlar bo‘lib qoldi
To‘g‘ri javob: O‘z yerida yashamaydigan yirik yer egalari mulkdan mahrum bo‘ldi, yer ishlovchilarga berildi va aholining asosiy qatlami fermerlar bo‘lib qoldi. Yer egaligi huquqidan mahrum qilingan yirik yer egalarining yerlari unda ishlaydiganlarga berildi.
Yaponiyada bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi qaysi davrning o‘rtalariga kelib shakllandi?
- 1930-yillar
- 1950-yillar
- 1960-yillar
- 1940-yillar
To‘g‘ri javob: 1950-yillar. 1950-yillar o‘rtalariga kelib Yaponiyada bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllangan.
Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi shakllangach, Yaponiyada sanoat o‘sishi juda yuqori bo‘lgan davr qanday nom oldi?
- Yapon iqtisodiy mo‘jizasi
- Yangi kurs davri
- Yapon sanoat inqilobi
- Meydzi tiklanishi
To‘g‘ri javob: Yapon iqtisodiy mo‘jizasi. 1950-yillar o‘rtalaridan boshlangan davr “Yapon iqtisodiy mo‘jizasi” deb atalgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash