Hindiston va Pokistonda mustaqillikning murakkab yoʻli
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Hindiston va Pokiston davlatlarini dunyo siyosiy xaritasidan toping.
2. Hindiston va Pokiston hududlarida mavjud bo‘lgan o‘rta asr davlatlaridan qaysilarini bilasiz?
3. Xaritadan Boburiylar sulolasining Akbarshoh davridagi hududlarini toping.
MUSTAQILLIKNING E’LON QILINISHI
Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan Hindistondagi hind va musulmon diniy jamoalari o‘rtasida kelishmovchiliklar yanada keskinlashdi. Buning ustiga urushdan keyingi oziq-ovqat inqirozi Hindistonni deyarli ocharchilik holatiga olib kelib, ahvolni yanada murakkablashtirdi. Shunday murakkab sharoitda 1947-yil 15-avgust kuni ikkita mustaqil davlat – Hindiston va Pokiston tashkil topganligi e’lon qilindi. Hindiston hukumatini Javoharlal Neru, Pokiston hukumatini esa Liakat Alixon boshqardi. Ammo Hindistonning bo‘linishi paytidagi mojarolarda odamlarning ommaviy o‘ldirilishi uzoq yillar davom etgan Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi o‘zaro dushmanlik hissini shakllantirdi. O‘z yurtini tashlab, boshqa hududlarga ko‘chish ham millionlab kishilar hayotiga ta’sir qildi.
ESGA OLING
Javoharlal Neru
MANTIQIY XULOSA
asrda mustaqillikka erishgan Osiyo va Afrika mamlakatlari ichida Hindiston parlament demokratiyasini shakllantira olgan yagona davlat bo‘ldi. 1949-yili Hindistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga binoan, Hindiston dunyoviy respublika deb e’lon qilindi. Konstitutsiya asosiy demokratik erkinliklar, inson huquqlari, kastalar tengligi, hokimiyatning bo‘linish tamoyillarini e’lon qildi. Hindiston avtonom huquqlarga ega bo‘lgan katta shtatlar va hududlar ittifoqi federatsiyasiga aylandi. Har bir shtat o‘zining qonun chiqaruvchi majlisiga va hukumatiga ega bo‘ldi. Mustamlaka davridan Hindistonga og‘ir iqtisod meros qolgandi. J. Neru hukumati iqtisodiy muammolarni hal qilish, modernizatsiyani amalga oshirishning yo‘li sifatida iqtisodiyotda davlatning rolini oshirishni tanladi. Mamlakat moliya siyosati, umummilliy miqyosdagi yirik korxonalar va infratuzilma obyektlari, tashqi siyosat, mudofaa va shu kabilar markaziy hokimiyat tasarrufiga kirdi. Hindiston lingvistik belgiga qarab shtatlarga bo‘lindi. 1964-yili J. Neru olamdan o‘tganidan so‘ng uning o‘rnini Lal Bahadur Shastri egalladi. 1966-yili yanvarda Toshkentda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng “Toshkent deklaratsiyasi” imzolandi. Shu munosabat bilan Toshkentga kelgan L. B. Shastri to‘satdan vafot etdi.
CHIQARING
YODDA TUTING
1947-yil 15-avgust kuni ikkita mustaqil davlat – Hindiston va Pokiston tashkil topdi.
1949-yili Hindistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
1966-yili yanvarda Toshkentda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng “Toshkent deklaratsiyasi” imzolandi.
Hokimiyatga J. Neruning qizi Indira Gandi keldi. U mamlakatda “yashil inqilob” deb atalgan yangi agrar siyosatni amalga oshirdi. Natijada 1970-yili g‘alla va sholi hosildorligi keskin o‘sdi. G‘alla, sholi va qandning ulgurji savdosi to‘liq natsionalizatsiya qilindi. Natsionalizatsiya jarayoni sanoatda ham amalga oshirildi. Ammo mamlakatda I. Gandi siyosatidan norozilik kayfiyati kuchayib bordi. Hindiston hamon ommaviy qashshoqlik mamlakati bo‘lib qolayotgan edi. Hukumat kambag‘allik darajasini asta-sekin pasaytirish tadbirlarini amalga oshirdi. Natijada kambag‘allik darajasining keskin kamayishiga erishildi. 1990-yillar boshlarida Hindistonning iqtisodiy ahvoli yomonlashdi. Hokimiyatga kelgan Narasimha Rao hukumati bozor islohotlarining yangi bosqichini boshlashga majbur bo‘ldi.
TARIXIY MUSHOHADA
POKISTON
1947 -yili Hindistonning bo‘linishi natijasida nomigagina Buyuk Britaniya nazorati ostida bo‘lgan yangi davlat – Pokiston dominioni tashkil topdi. Yangi davlat tarkibiga bugungi Pokiston hududidan tashqari, Sharqiy Bengaliya ham kirib, u yangi davlat – Bangladesh sifatida 1971-yil ajralib chiqdi. Pokiston asosan musulmon aholi yashaydigan, bir-biri bilan bog‘lanmagan bir qancha hududlarga ega bo‘ldi. Bunday bo‘linish ikki davlat o‘rtasida doimiy chegaraviy muammolarni keltirib chiqardi.
1951-yili Pokiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1956-yil Ta’sis majlisi konstitutsiyani qabul qildi. Unga binoan, Pokiston Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi. Ammo mamlakatdagi siyosiy kuchlar o‘rtasida yakdillik yo‘q edi. Oqibatda siyosiy qarama-qarshilik bir necha harbiy to‘ntarishlarga olib keldi.
POKISTON
Pokistonda beqaror siyosiy holat saqlanib qoldi. 1977-yili navbatdagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng harbiylar jamiyatni islomlashtirish orqali umumiy tenglik va farovonlik davlatini qurishga urindi. Shariat sudi tashkil qilinib, u qabul qilinayotgan qonunlarning Qur’on va shariatga mosligi ustidan nazorat o‘rnatdi. Iqtisodiyotni ham islomlashtirish boshlandi. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilindi, butun mamlakat hududi 5 ta hududga bo‘linib, ularga harbiy rahbarlar tayinlandi. Tartib saqlash uchun tribunallar tashkil qilindi.
BILIB OLING
1964-yili... 1951-yili... 1980-yillarning ikkinchi yarmida... 1977-yili... 1990-yillar boshlarida... General Ziyo ul-Haq faoliyati...
1988-yili harbiy diktator – general Ziyo ul-Haq parlamentni tarqatib yubordi, bosh vazirni vazifasidan ozod qildi va erkin saylovlar tayinladi. Ammo shu yili u aviahalokat oqibatida halok bo‘ldi. Shundan so‘ng bo‘lib o‘tgan saylovlar natijasida Benazir Bhutto mamlakat bosh vaziri bo‘ldi. U harbiy rejim davrida qamoqqa olingan barcha siyosiy arboblarga amnistiya berdi. Pokistondagi beqaror siyosiy holat mamlakat iqtisodiyotiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Pokiston rivojlanayotgan agrar-industrial mamlakat bo‘lib, aholining katta qismi qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanardi. Eksport qilinadigan asosiy tovarlariga tekstil, teri mahsulotlari, sport buyumlari, kimyoviy moddalar va gilamlar kiradi.
DEMOKRATIYA B. BHUTTO
Britaniya imperiyasi tarkibidagi monarxiya, ilk bosh vazir –
Liakat Alixon (1947–1951)
1970-yil ilk demokratik saylovlarning o‘tkazilishi; Pokistonning bo‘linishi; Zulfiqor Bhutto
G‘ulom Is’hoqxon prezidentligi; Benazir
Bhutto va Pokiston
Xalq partiyasining g‘alabasi oradan ikki yil o‘tib M. Ayyubxon bosh- chiligida harbiy to‘ntarish
RESPUBLIKA DIKTATURA
1956-yili Pokistonning respublikaga aylanishi;
Ziyo ul-Haq rejimi; Afg‘onistondagi urushning Pokiston siyosatiga ta’siri; 1973-yilgi konstitutsiyaning tiklanishi
Pokistondagi siyosiy kurash solnomasi
YO‘NALTIRUVCHI SAVOLLAR
1. Mustaqil tarzda Ikkinchi jahon urushidan keyin Hindiston va Pokistonning iqtisodiy taraqqiyoti bilan tanishing.
2. Geografiya fanidan olgan bilimlaringizga tayanib Hindiston va Pokistonning geografik joylashuvi, poytaxtlari, pul birliklari hamda huquq fanidan olgan bilimlaringizga tayanib davlat boshqaruvi va siyosiy partiyalari yoki hokimiyati tepasiga kelgan shaxslarning amalga oshirgan ishlarini jadval ko‘rinishida daftaringizga qayd qiling.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Ikkinchi jahon urushidan keyingi murakkab sharoitda tashkil topgan Hindiston va Pokiston davlatlari iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotining muhim jihatlarini tahlil qiling.
“Hindiston va Pokiston taraqqiyoti hamda muammolari mening nazarimda” mavzusida esse yozing.
ATAMALAR MAZMUNI
Kasta tizimi – hind jamoasiga xos murakkab ijtimoiy tizim bo‘lib, tabaqalanishni ifodalaydi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1947-yil — Shunday murakkab sharoitda 1947-yil 15-avgust kuni ikkita mustaqil davlat – Hindiston va Pokiston tashkil topganligi e’lon qilindi.
- 1947-yil — 1947-yil 15-avgust kuni ikkita mustaqil davlat – Hindiston va Pokiston tashkil topdi.
- 1949-yili — 1949-yili Hindistonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1951-yili — 1951-yili Pokiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
- 1956-yil — 1956-yil Ta’sis majlisi konstitutsiyani qabul qildi.
- 1956-yili — 1956-yili Pokistonning respublikaga aylanishi;
- 1964-yili — 1964-yili J. Neru olamdan o‘tganidan so‘ng uning o‘rnini Lal Bahadur Shastri egalladi. 1966-yili yanvarda Toshkentda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng “Toshkent deklaratsiyasi” imzolandi.
- 1966-yili — 1964-yili J. Neru olamdan o‘tganidan so‘ng uning o‘rnini Lal Bahadur Shastri egalladi. 1966-yili yanvarda Toshkentda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng “Toshkent deklaratsiyasi” imzolandi.
- 1966-yili — 1966-yili yanvarda Toshkentda Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng “Toshkent deklaratsiyasi” imzolandi.
- 1970-yili — Natijada 1970-yili g‘alla va sholi hosildorligi keskin o‘sdi.
Bilimingizni sinang
Hindiston va Pokiston mustaqil davlatlar sifatida 1947-yilning qaysi kuni e’lon qilindi?
- 15-avgust
- 1-sentyabr
- 14-iyul
- 9-may
To‘g‘ri javob: 15-avgust. 1947-yil 15-avgust kuni ikkita mustaqil davlat – Hindiston va Pokiston tashkil topgani e’lon qilingan.
1947-yilda mustaqillikka erishgan Hindiston hukumatini kim boshqardi?
- Mahatma Gandi
- Muhammad Ali Jinna
- Javoharlal Neru
- Liakat Alixon
To‘g‘ri javob: Javoharlal Neru. Hindiston hukumatini Javoharlal Neru boshqargan.
Hindiston va Pokiston ikkita mustaqil davlat sifatida qaysi sanada e’lon qilindi?
- 1945-yil 9-may
- 1947-yil 15-avgust
- 1949-yil 26-yanvar
- 1951-yil 1-yanvar
To‘g‘ri javob: 1947-yil 15-avgust. 1947-yil 15-avgust kuni Hindiston va Pokiston tashkil topgani e’lon qilingan.
Mustaqillik e’lon qilingan paytda Hindiston hukumatini kim boshqargan?
- Liakat Alixon
- Lal Bahadur Shastri
- Indira Gandi
- Javoharlal Neru
To‘g‘ri javob: Javoharlal Neru. Hindiston hukumatini Javoharlal Neru, Pokiston hukumatini Liakat Alixon boshqargan.
Hindistonning bo‘linishi paytidagi ommaviy o‘ldirishlar qanday uzoq muddatli oqibatga olib keldi?
- Hindiston va Pokiston o‘rtasida o‘zaro dushmanlik hissi shakllandi
- Ikki davlat o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy ittifoq shakllandi
- Ikki davlat yagona valyutaga o‘tib, chegaralarni ochib qo‘ydi
- Pokiston Hindistonga qayta qo‘shilib, yagona davlat tiklandi
To‘g‘ri javob: Hindiston va Pokiston o‘rtasida o‘zaro dushmanlik hissi shakllandi. Mojarolardagi ommaviy o‘ldirishlar uzoq yillar davom etgan o‘zaro dushmanlikni shakllantirgan.
1947-yil 15-avgustda Hindiston va Pokiston mustaqilligi murakkab sharoitda e’lon qilindi. Ahvolni qaysi omillar yanada murakkablashtirgan edi?
- Britaniya qo‘shinlarining yangidan joylashtirilishi, soliqlarning oshirilishi va Ost-Indiya kompaniyasining qaytishi
- Hind va musulmon jamoalari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning keskinlashuvi hamda urushdan keyingi oziq-ovqat inqirozi
- Ost-Indiya kompaniyasi faoliyatining qayta tiklanishi hamda kasta tizimining bekor qilinishi sababli norozilik
- Iqtisodiyotda davlat rolining oshirilishi va shtatlarning lingvistik belgi bo‘yicha bo‘linishi hamda soliq islohoti
To‘g‘ri javob: Hind va musulmon jamoalari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning keskinlashuvi hamda urushdan keyingi oziq-ovqat inqirozi. Urushdan keyin diniy jamoalar o‘rtasidagi kelishmovchilik keskinlashgan va oziq-ovqat inqirozi Hindistonni deyarli ocharchilik holatiga olib kelgan.
Hindistonning bo‘linishi paytidagi mojarolar va ommaviy o‘ldirilishlar keyinchalik qanday uzoq muddatli oqibat qoldirdi?
- Ikki davlat o‘rtasida darhol yagona iqtisodiy ittifoq tuzilib, chegaralar ochildi va ko‘chish jarayoni tinchlik bilan yakunlandi
- Hindiston Buyuk Britaniya dominioni sifatida qolishga majbur bo‘ldi, millionlab kishi esa tez orada o‘z uyiga qaytib keldi
- Pokiston Hindiston tarkibiga qaytishga rozi bo‘ldi, mojarolar butunlay tugadi va ikki xalq o‘rtasida mustahkam do‘stlik shakllandi
- Ikki davlat o‘rtasida uzoq yillar davom etgan o‘zaro dushmanlik hissi shakllandi, millionlab kishi esa yurtini tashlab ko‘chdi
To‘g‘ri javob: Ikki davlat o‘rtasida uzoq yillar davom etgan o‘zaro dushmanlik hissi shakllandi, millionlab kishi esa yurtini tashlab ko‘chdi. Ommaviy o‘ldirilishlar o‘zaro dushmanlik hissini shakllantirdi, millionlab kishi esa boshqa hududlarga ko‘chishga majbur bo‘ldi.
Rahbarlarni ular bilan bog‘liq voqea yoki faoliyat bilan moslashtiring. I. Liakat Alixon. II. Indira Gandi. III. Benazir Bhutto. A) “Yashil inqilob” deb atalgan agrar siyosatni amalga oshirgan. B) Harbiy rejim davrida qamalgan siyosiy arboblarga amnistiya bergan. C) 1947-yilda Pokiston hukumatini boshqargan.
- I–A, II–B, III–C
- I–C, II–A, III–B
- I–C, II–B, III–A
- I–B, II–C, III–A
To‘g‘ri javob: I–C, II–A, III–B. Liakat Alixon Pokiston hukumatini boshqargan, Indira Gandi “yashil inqilob”ni o‘tkazgan, Benazir Bhutto amnistiya bergan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash