Turkiya, Eron va Afg‘oniston: diniy qadriyatlar va zamonaviy sivilizatsiya muammolari
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
2. Ikkinchi jahon urushi Eron iqtisodiyotiga qay darajada ta’sir ko‘rsatgan?
3. Xaritadan Afg‘oniston bilan chegaradosh davlatlarni ko‘rsating.
1945–1980-YILLARDA TURKIYA
Turkiya prezidenti Ismet Inyonyu Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Otaturkning yo‘lini davom ettirdi, mamlakatda bitta partiya diktaturasi saqlanib qoldi.
TARIXIY MUSHOHADA
Sovuq urush yillarida Turkiya G‘arb bilan birga bo‘ldi. Buyuk Britaniya, keyin AQSH Turkiyaga moliyaviy va iqtisodiy yordam ko‘rsatdi. Turkiya “Marshall rejasi”ga kiritildi, NATOga a’zo bo‘ldi. G‘arb davlatlari bilan hamkorlik va ularning yordamiga qaramasdan, 1980-yillargacha Turkiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlari past bo‘ldi. Demokratik jarayonlar sekin rivojlanib, siyosatda armiyaning roli yuqoriligicha qoldi. Bu bir qator harbiy to‘ntarishlarga olib keldi.
1980-yil sentyabrda general Kenan Evren navbatdagi harbiy to‘ntarish o‘tkazdi, hokimiyat yana harbiylar qo‘liga o‘tdi. O‘ta qattiq, hatto dahshatli usullar bilan bo‘lsa-da, mamlakatda tartib o‘rnatildi. 1982-yil noyabrda o‘tkazilgan referendum yangi konstitutsiyani tasdiqladi. 1983-yili Turkiya bosh vaziri bo‘lgan Turg‘ut O‘zol Turkiyada XX asrning oxirlarida amalga oshirilgan islohotlarda juda katta rol o‘ynadi. U Turkiyada zudlik bilan iqtisodiy islohotlar boshlab yubordi. Iqtisodda davlatning roli pasaydi, davlat sektorini keng xususiylashtirish boshlandi, eksportni rag‘batlantirish to‘g‘risida, erkin iqtisodiy zonalarni tuzish to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi. Natijada Turkiya jadal rivojlanish yo‘liga tushdi. Iqtisodda davlat sektorining ustunligi urushdan keyingi Turkiyaning xarakterli jihati edi. Faqat T. O‘zol islohotlari bunga chek qo‘ydi, mamlakatda siyosiy holatning ham ijobiy tomonga o‘zgarishi yuz berdi. 1989-yilgi saylovlarda T. O‘zol Turkiya Respublikasi prezidenti etib saylandi. 1990-yildan bosh vazir lavozimini boshqa bir tajribali siyosatchi – Sulaymon Demirel egalladi.
ERON
1946 -yili ingliz va sovet qo‘shinlari Erondan olib chiqib ketildi. 1950-yillarning birinchi yarmida Eron siyosati asosan mamlakat neft sanoatini natsionalizatsiya qilishga qaratildi.
Eron shohi Muhammad Rizo Pahlaviy zamonaviy, o‘qimishli kishi edi. U mamlakatda korrupsiyaga qarshi, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish uchun bir qator tadbirlarni amalga oshirdi. 1963-yili referendum o‘tkazilib, unda shoh mamlakatda islohotlar o‘tkazish taklifini kiritdi. Referendumda aholi shoh takliflarini qo‘lladi. Bu islohotlar umumiy nom bilan “Oq inqilob” deb ataldi. “Oq inqilob”ning o‘n yilida Eron iqtisodiy o‘sish bo‘yicha dunyoda eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. Eronning neftdan oladigan daromadi ham keskin oshdi. Sanoatning mashinasozlik, stanoksozlik va boshqa sohalari jadal rivojlandi.
Shoh hokimiyatining ag‘darilishi
Islohotlarda erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramasdan, shoh rejimidan norozilar ancha edi. Bu hol g‘alayonlarga olib keldi. Oqibatda 1979-yil fevralda hukumat iste’foga chiqdi. Shoh rejimi ag‘darildi, Eron Islom Respublikasi deb e’lon qilindi. Dindor shaxslardan tuzilgan Kengash yangi konstitutsiyani ishlab chiqishga kirishdi. Xulq-atvorning diniy normalari joriy qilindi, alkogol iste’mol qilish taqiqlandi. Ayollar islom an’analari bo‘yicha kiyinishga majbur qilindi. G‘arb mamlakatlari Eronga qarshi sanksiyalar e’lon qildi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli og‘irlashib bordi. Shunday holatda 1980-yili Iroq qo‘shinlari Eronga bostirib kirdi. Boshlangan Eron-Iroq urushi 1988-yilgacha davom etdi. Eronda oziq-ovqat qiyinchiligi boshlanib, kartochka tizimi joriy qilindi, iqtisod tanazzulga yuz tutdi. 1990-yillarda iqtisod barqarorlashib, YIMning o‘sish sur’atlari jadallashdi.
AFG‘ONISTON
Afg‘oniston shohi Muhammad Zohirshoh ilmli kishi bo‘lib, afg‘on jamiyatini yaxshi bilar va modernizatsiyalashning muhimligini chuqur his etardi.
Bu davrda ijtimoiy hayotda o‘zgarishlar sekin kechdi, keskin islohotlar amalga oshirilmadi. Bu holat shohni ag‘darish tarafdorlarini faollashtirib yubordi. Shoh 1973-yili taxtdan ag‘darildi. Muhammad Dovudxon prezident deb e’lon qilindi.
M. Dovud bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Ammo bular afg‘on xalqining juda kam qismiga ta’sir qildi xolos. Eng muhim tadbirlardan biri savodsizlikni tugatish bo‘yicha davlat boshqarmasini tuzish bo‘ldi. 1977-yili yangi konstitutsiya qabul qilinib, unga ko‘ra, M. Dovud umrbod prezident deb e’lon qilindi. Ammo M. Dovud armiya ustidan o‘z hukmronligini o‘rnata olmadi. 1978-yil 27-aprelda Afg‘onistonda harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirib, M. Dovudni hokimiyatdan chetlatdi. Inqilobiy kengash tuzildi. Kengashga Nur Muhammad Taraqqiy boshchilik qildi. Hokimiyatga kelgan guruh ichida ham birlik yo‘q edi. Natijada N. M. Taraqqiy o‘ldirildi. Hokimiyatni Hafizullo Amin o‘z qo‘liga oldi. U SSSRga murojaat qilib, Afg‘onistonga sovet qo‘shinlarini kiritishni so‘radi. Shunday sharoitda 1979-yil dekabrda Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritildi. H. Amin o‘ldirildi. Mamlakatda ahvol og‘irlashdi. Millionlab och kishilar mamlakatni tark etib, qo‘shni mamlakatlarda qochoqqa aylandi. Afg‘oniston Xalq demokratik partiyasi (AXDP)ga raqib bo‘lgan jangari mujohidlar mamlakatning katta qismini nazorat qilardi.
AFG‘ONISTON
Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga kirib kelishi
1986-yili hokimiyatga Muhammad Najibullo keldi. Uning siyosati ancha muvaffaqiyatli bo‘ldi. 1989-yili SSSR o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketdi, AQSH va Pokiston esa isyonchilarga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi. M. Najibullo hokimiyatni saqlab qoldi.
Muhammad Dovudxon ning hukumatga kelishi
Davlat to‘ntarishi:
Dovudxon prezidentligining boshlanishi
1978– 1979
Amir Zohirshohning mamlakatni mustaqil boshqarishga o‘tishi
Mamlakatda demokratik konstitutsiya qabul qilinishi
Savr inqilobi; Sovet armiyasining Afg‘onistonga kiritilishi
Afg‘onistonning sovuq urush davri solnomasi
ATAMALAR MAZMUNI
Internet manbalaridan Aziz Nesinning “G‘aroyib bolalar” romanini topib o‘qing, u bo‘yicha kichik o‘quv loyihasi tayyorlab, to‘garak mashg‘ulotida taqdimot o‘tkazing.
“Oq inqilob” – 1963–1979-yillarda shoh Muhammad Rizo Pahlaviy tomonidan Eronda amalga oshirilgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar majmui. Ular madaniyat va agrar sektordagi o‘zgarishlar, aholining saylov huquqlarini kengaytirish va mamlakatni sanoatlashtirishni o‘z ichiga oladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1950-yillarning — 1950-yillarning birinchi yarmida Eron siyosati asosan mamlakat neft sanoatini natsionalizatsiya qilishga qaratildi.
- 1963-yili — 1963-yili referendum o‘tkazilib, unda shoh mamlakatda islohotlar o‘tkazish taklifini kiritdi.
- 1963–1979-yillarda — “Oq inqilob” – 1963–1979-yillarda shoh Muhammad Rizo Pahlaviy tomonidan Eronda amalga oshirilgan siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar majmui.
- 1973-yili — Shoh 1973-yili taxtdan ag‘darildi. Muhammad Dovudxon prezident deb e’lon qilindi.
- 1977-yili — Eng muhim tadbirlardan biri savodsizlikni tugatish bo‘yicha davlat boshqarmasini tuzish bo‘ldi. 1977-yili yangi konstitutsiya qabul qilinib, unga ko‘ra, M. Dovud umrbod prezident deb e’lon qilindi.
- 1978-yil — Ammo M. Dovud armiya ustidan o‘z hukmronligini o‘rnata olmadi. 1978-yil 27-aprelda Afg‘onistonda harbiylar davlat to‘ntarishini amalga oshirib, M. Dovudni hokimiyatdan chetlatdi.
- 1979-yil — Oqibatda 1979-yil fevralda hukumat iste’foga chiqdi.
- 1979-yil — Shunday sharoitda 1979-yil dekabrda Afg‘onistonga sovet qo‘shinlari kiritildi.
- 1980-yillargacha — G‘arb davlatlari bilan hamkorlik va ularning yordamiga qaramasdan, 1980-yillargacha Turkiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlari past bo‘ldi.
- 1980-yil — 1980-yil sentyabrda general Kenan Evren navbatdagi harbiy to‘ntarish o‘tkazdi, hokimiyat yana harbiylar qo‘liga o‘tdi.
Bilimingizni sinang
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Otaturkning yo‘lini davom ettirgan, bitta partiya diktaturasi saqlanib qolgan Turkiya prezidenti kim edi?
- Jaloliddin Bayor
- Ismet Inyonyu
- Sulaymon Demirel
- Turg‘ut O‘zol
To‘g‘ri javob: Ismet Inyonyu. Turkiya prezidenti Ismet Inyonyu urushdan so‘ng Otaturk yo‘lini davom ettirdi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Turkiya prezidenti kim bo‘lib, Otaturkning yo‘lini davom ettirdi?
- Ismet Inyonyu
- Kenan Evren
- Turg‘ut O‘zol
- Sulaymon Demirel
To‘g‘ri javob: Ismet Inyonyu. Prezident Ismet Inyonyu Otaturk yo‘lini davom ettirib, bir partiyali diktaturani saqlab qolgan.
G‘arb davlatlarining yordamiga qaramasdan Turkiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlari qaysi davrgacha past bo‘lgan?
- 1990-yillargacha
- 1980-yillargacha
- 1960-yillargacha
- 1970-yillargacha
To‘g‘ri javob: 1980-yillargacha. G‘arb yordamiga qaramay, 1980-yillargacha Turkiyada iqtisodiy o‘sish sur’atlari past bo‘ldi.
Turkiyada general Kenan Evren sentyabr oyida navbatdagi harbiy to‘ntarish o‘tkazib, hokimiyatni harbiylar qo‘liga o‘tkazgan yil qaysi?
- 1980-yil
- 1983-yil
- 1975-yil
- 1971-yil
To‘g‘ri javob: 1980-yil. Kenan Evren 1980-yil sentyabrda harbiy to‘ntarish o‘tkazdi.
Turkiyada yangi konstitutsiyani tasdiqlagan referendum noyabr oyida qaysi yili o‘tkazildi?
- 1982-yil
- 1985-yil
- 1980-yil
- 1989-yil
To‘g‘ri javob: 1982-yil. 1982-yil noyabrda o‘tkazilgan referendum yangi konstitutsiyani tasdiqladi.
Turg‘ut O‘zol qaysi yili Turkiya bosh vaziri bo‘lib, XX asr oxiridagi islohotlarda katta rol o‘ynadi?
- 1987-yili
- 1983-yili
- 1989-yili
- 1980-yili
To‘g‘ri javob: 1983-yili. Turg‘ut O‘zol 1983-yili Turkiya bosh vaziri bo‘ldi va islohotlarda katta rol o‘ynadi.
Turg‘ut O‘zol Turkiya Respublikasi prezidenti etib qaysi yilgi saylovlarda saylandi?
- 1990-yilgi
- 1983-yilgi
- 1989-yilgi
- 1987-yilgi
To‘g‘ri javob: 1989-yilgi. T. O‘zol 1989-yilgi saylovlarda Turkiya prezidenti etib saylandi.
Turkiyada 1990-yildan bosh vazir lavozimini egallagan tajribali siyosatchi kim?
- Najmiddin Erbakan
- Tansu Chiller
- Bulent Ejevit
- Sulaymon Demirel
To‘g‘ri javob: Sulaymon Demirel. 1990-yildan bosh vazir lavozimini tajribali siyosatchi Sulaymon Demirel egalladi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash