Suriya, Iroq va Janubi-gʻarbiy Osiyo mamlakatlari
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
1. Suriya, Iroq davlatlarini dunyo siyosiy xaritasidan toping.
SURIYA
Suriya Ikkinchi jahon urushidan oldin Fransiyaning mandati ostida edi. 1943-yili De Gollning qarshiligiga qaramasdan, Suriya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Ammo real mustaqillikka 1946-yili chet el qo‘shinlari mamlakat hududidan olib chiqib ketilgandan so‘ng erishildi. Rasman parlament respublikasi deb e’lon qilinganiga qaramasdan, Suriyada barqaror demokratik an’analar shakllanmadi, hokimiyat uchun keskin kurash boshlandi.
1940-yillarning ikkinchi yarmida Suriyada burjua-demokratik davlatini qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan milliy burjuaziya hukumatlari bir-birini almashtirdi.
Jamiyat siyosiy hayotida yetakchi rol o‘ynayotgan Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi 1957-yili mamlakatga Misr qo‘shinlarini taklif qilish tarafdori bo‘lib chiqdi. 1958-yil fevralda Suriya bilan Misr ittifoqqa birlashib, Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) deb e’lon qilindi.
SURIYA
Bir qator norozilik chiqishlaridan so‘ng 1961-yil sentyabrda armiya ofitserlari harbiy to‘ntarishni amalga oshirdi. Shu kuni harbiy qo‘mondonlik Suriya BAR tarkibidan chiqqanligini va Suriya Arab Respublikasi tashkil etilganligini e’lon qildi.
1970-yil noyabrdagi harbiy to‘ntarishdan so‘ng mamlakatda hokimiyat mudofaa vaziri general Hafiz Asad qo‘liga o‘tdi. Keyingi yili o‘tkazilgan referendumda H. Asad Suriya prezidenti etib saylandi. Suriyada uzoq yillarga H. Asadning yakkahukmronligi o‘rnatildi. 1980–1990-yillari Suriya sotsializm qurish kursini davom ettirdi. 1980-yillar oxiriga kelib YIMning asosiy qismini davlat sektori berardi. Tashqi siyosatda Suriya Isroilga qarshi qat’iy pozitsiyani egalladi. Liviya bilan yaqinlashdi. 1980–1988-yillardagi Iroq-Eron urushida Iroqni qo‘lladi. 1990-yili Iroqning Kuvaytga qarshi tajovuzida Suriya Kuvayt tomonida bo‘ldi, unga diplomatik, moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatdi.
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING
IROQ 1932 -yili o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Iroq ko‘p jihatdan Buyuk Britaniyaga bog‘liq bo‘lib qolaverdi. 1958-yili generallar – Abdul Karim Qosim va Abdul Salim Aref boshchiligida davlat to‘ntarishi uyushtirilib, qirol Feysal, bosh vazir va qirol oilasi a’zolari o‘ldirildi. Ammo o‘zaro janjallar tufayli keyinchalik Abdul Karim Qosim va Abdul Salim Aref ham o‘ldirildi. Mamlakatda hokimiyat uchun kurash, davlat to‘ntarishlari davom etdi. 1968-yilgi navbatdagi davlat to‘ntarishidan so‘ng real hokimiyat mudofaa vaziri Saddam Husayn qo‘liga o‘tdi.
O‘YLAB KO‘RING VA MANTIQIY XULOSA CHIQARING
Iqtisodiyotda islohotlar o‘tkazilib, aholi farovonligini oshirishga erishildi. Iqtisodiy siyosatda davlat sektorini mustahkamlashga alohida e’tibor berildi. 1973-yilga kelib eksportdan tushadigan daromadning asosiy qismini neft va neft mahsulotlari daromadi tashkil qildi.
1979-yili Saddam Husayn rasman Iroq prezidenti etib saylandi. 1980-yili 22-sentyabrda Iroq Eronga qarshi urush boshladi. Eron-Iroq urushi XX asrning eng uzoq davom etgan hududiy to‘qnashuvi bo‘ldi. Juda ko‘p qurbonliklarga olib kelgan mazkur urush 1988-yilgacha davom etdi.
1990-yili Iroq Kuvaytga bostirib kirib, uning hududini egallab oldi. BMT Xavfsizlik kengashi Kuvaytdan Iroq qo‘shinlarining zudlik bilan olib chiqib ketilishini talab qildi. 1991-yil yanvarda xalqaro kuchlar Kuvaytni ozod qilish bo‘yicha “Sahrodagi bo‘ron” operatsiyasini boshladi. Qisqa muddatda Iroq armiyasi to‘liq tor-mor qilindi.
TARIXIY MUSHOHADA
LIVAN
Janubi-g‘arbiy Osiyo mintaqasida 16 ta mustaqil davlat joylashgan bo‘lib, biz ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
Ikkinchi jahon urushidan keyin G‘arb davlatlarining siyosiy hukmronligi bartaraf qilinishi, chet el qo‘shinlari mamlakatdan olib chiqilishiga qaramasdan, chet el monopoliyalari Livanda o‘z mavqeyini saqlab qoldi. 1948-yili Livan “erkin mamlakat” deb e’lon qilindi. 1958-yil mayda mamlakatda boshlangan fuqarolar urushi 3 ming kishining o‘limiga olib keldi. Shundan keyin hokimiyatga kelgan va mustaqil siyosat olib borgan Livanning yangi hukumatini keng omma qo‘llab-quvvatladi. 1960-yillari Livan iqtisodiyoti asosan xizmat ko‘rsatish sohasiga yo‘naltirilgan edi. Ammo Isroil agressiyasi Livanda ijtimoiy, siyosiy va etnokonfessional ziddiyatlarni kuchaytirib yubordi. 1975-yil Bayrutda falastinlik jangarilar bilan xristianlar otryadlari o‘rtasidagi to‘qnashuv Livanda fuqarolar urushini boshlab berdi, u 1990-yilgacha davom etdi.
IORDANIYA
“Sahrodagi bo‘ron” operatsiyasi
1946 -yil 22-martda Londonda Transiordaniyaning mustaqilligi e’lon qilindi va shu yili may oyida mamlakatning nomi Iordaniya deb o‘zgartirildi. Amir Abdulloh I ibn Husayn mamlakat podshohi (maliki) bo‘ldi. 1967-yilgi urushda Iordaniya Isroildan mag‘lubiyatga uchrab, O‘rdun daryosining g‘arbiy sohili tortib olingandan so‘ng Iordaniya hududiga yuz minglab falastinlik qochoqlar kelib joylashdi. Podshoh Iordaniyaning G‘arbiy qirg‘oqqa bo‘lgan huquqidan falastinliklar foydasiga voz kechdi. Ammo Isroilning ta’siri ostida 1988-yili Iordaniya G‘arbiy qirg‘oq bilan har qanday aloqani uzdi. Oqibatda arab davlatlarining moliyaviy yordamidan mahrum bo‘ldi. Faqat Yevropa Ittifoqi va xalqaro moliyaviy tashkilotlar ko‘magida Iordaniya 1991-yil oxiriga kelib moliyaviy inqirozdan chiqa oldi.
SAUDIYA ARABISTONI
1950 -yili Amerikaning “Aramko” kompaniyasi bilan neft qazib olish to‘g‘risida kelishuvga erishgandan so‘ng mamlakat boylikning timsoliga aylandi. Tezda Saudiya Arabistonida neft konlari ishga tushib, mamlakat qiyofasi o‘zgarib ketdi. 1960-yillarda musulmon dunyosida Saudiya podshohi Feysalning obro‘si ortib bordi. U Eron bilan munosabatlarni yaxshilay boshladi, Makkada Eron shohini qabul qildi. Rabotda bo‘lgan Arab mamlakatlari rahbarlari kengashida Feysalning taklifi bilan “Islom konferensiyasi” tashkiloti tuzildi. 1973-yildan boshlab neftning narxi keskin ko‘tarildi va Saudiya Arabistoni boyligi mislsiz darajaga yetdi. 1990-yilga kelib saudiyaliklar jahon moliya resurslarining 1/3 qismini o‘z qo‘llarida to‘pladi. Jahonda aniqlangan neft zaxiralarining 1/4 qismi shu yerda joylashgan edi. Bularning hammasi podshohlikning musulmon mamlakatlari orasida nufuzi oshishiga olib keldi.
YO‘NALTIRUVCHI SAVOLLAR
Geografiya fanidan olingan bilimlaringizga tayanib Janubi-g‘arbiy Osiyo mintaqasida joylashgan mamlakatlarning o‘rni, poytaxti, pul birligi hamda davlat va huquq asoslari fanidan olingan bilimlaringizga tayanib davlat boshqaruvi va siyosiy partiyalari yoki hokimiyat tepasiga kelgan shaxslarning amalga oshirgan ishlarini jadval ko‘rinishida daftaringizga qayd qiling.
BIRLASHGAN ARAB AMIRLIKLARI
1971 -yili ingliz qo‘shinlari chiqib ketgandan so‘ng Arabiston yarimorolining sharqida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) federatsiyasi tashkil qilindi. Unga 7 ta amirlik – Abu Dabi, Dubay, Sharja, Ajman, Umm ul-Qayvayn, Al-Fujayra va Ra’s ul-Xayma kirdi. Bu amirliklar ichida eng kattalari Abu Dabi va Dubay hisoblanadi. Neftdan oladigan juda katta foyda evaziga mamlakat aholi jon boshiga daromad bo‘yicha dunyoda oldingi o‘rinlardan birini egalladi. Chet el kapitalini jalb qilish uchun erkin iqtisodiy zonalar tashkil qilingan. BAA Yaqin Sharqdagi eng yirik moliyaviy va tranzit savdo markazi hisoblanadi.
INTERNET BILAN ISHLASH
Internetda Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) federatsiyasiga virtual sayohat uyushtiring va mavzuda o‘rganilgan materiallar asosida tarixiy voqeliklarni tahlil qiling.
ATAMALAR MAZMUNI
Sanksiya – xalqaro majburiyatlarga yoki xalqaro huquq me’yorlariga rioya qilmagan, ularni buzgan davlatlarga nisbatan bir mamlakat (yoki mamlakatlar guruhi) tomonidan qarshi qo‘llanadigan (iqtisodiy, moliyaviy yoki harbiy) jazo yoxud ta’sir chorasi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1940-yillarning — 1940-yillarning ikkinchi yarmida Suriyada burjua-demokratik davlatini qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan milliy burjuaziya hukumatlari bir-birini almashtirdi.
- 1943-yili — 1943-yili De Gollning qarshiligiga qaramasdan, Suriya o‘z mustaqilligini e’lon qildi.
- 1946-yili — Ammo real mustaqillikka 1946-yili chet el qo‘shinlari mamlakat hududidan olib chiqib ketilgandan so‘ng erishildi.
- 1948-yili — 1948-yili Livan “erkin mamlakat” deb e’lon qilindi.
- 1957-yili — Jamiyat siyosiy hayotida yetakchi rol o‘ynayotgan Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi 1957-yili mamlakatga Misr qo‘shinlarini taklif qilish tarafdori bo‘lib chiqdi.
- 1958-yil — 1958-yil fevralda Suriya bilan Misr ittifoqqa birlashib, Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) deb e’lon qilindi.
- 1958-yili — IROQ 1932 -yili o‘z mustaqilligini e’lon qilgan Iroq ko‘p jihatdan Buyuk Britaniyaga bog‘liq bo‘lib qolaverdi. 1958-yili generallar – Abdul Karim Qosim va Abdul Salim Aref boshchiligida davlat to‘ntarishi uyushtirilib,…
- 1958-yil — 1958-yil mayda mamlakatda boshlangan fuqarolar urushi 3 ming kishining o‘limiga olib keldi.
- 1960-yillari — 1960-yillari Livan iqtisodiyoti asosan xizmat ko‘rsatish sohasiga yo‘naltirilgan edi.
- 1960-yillarda — 1960-yillarda musulmon dunyosida Saudiya podshohi Feysalning obro‘si ortib bordi.
Bilimingizni sinang
Suriya De Gollning qarshiligiga qaramasdan o‘z mustaqilligini qaysi yili e’lon qildi?
- 1939-yili
- 1941-yili
- 1946-yili
- 1943-yili
To‘g‘ri javob: 1943-yili. Suriya 1943-yili De Gollning qarshiligiga qaramay mustaqilligini e’lon qildi.
Suriya real mustaqillikka chet el qo‘shinlari mamlakat hududidan olib chiqib ketilgandan so‘ng qaysi yili erishdi?
- 1943-yili
- 1948-yili
- 1958-yili
- 1946-yili
To‘g‘ri javob: 1946-yili. Real mustaqillikka 1946-yili chet el qo‘shinlari olib chiqib ketilgach erishildi.
Suriyada burjua-demokratik davlat qurishni maqsad qilgan milliy burjuaziya hukumatlari qaysi davrda bir-birini almashtirdi?
- 1950-yillarning ikkinchi yarmida
- 1920-yillarning birinchi yarmida
- 1940-yillarning ikkinchi yarmida
- 1960-yillarning birinchi yarmida
To‘g‘ri javob: 1940-yillarning ikkinchi yarmida. 1940-yillarning ikkinchi yarmida Suriyada milliy burjuaziya hukumatlari bir-birini almashtirdi.
Suriyadagi Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi mamlakatga Misr qo‘shinlarini taklif qilish tarafdori bo‘lib chiqqan yil qaysi?
- 1957-yil
- 1949-yil
- 1958-yil
- 1953-yil
To‘g‘ri javob: 1957-yil. Partiya 1957-yili mamlakatga Misr qo‘shinlarini taklif qilish tarafdori bo‘ldi.
Suriya siyosiy hayotida yetakchi rol o‘ynab, 1957-yili Misr qo‘shinlarini taklif qilish tarafdori bo‘lgan partiya qaysi?
- Suriya kommunistik partiyasi
- Xalq demokratik partiyasi
- Musulmon birodarlar partiyasi
- Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi
To‘g‘ri javob: Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi. Yetakchi rolni o‘ynagan Arab sotsialistik uyg‘onish partiyasi Misr qo‘shinlarini taklif qilishni yoqladi.
Suriya bilan Misr ittifoqqa birlashib, Birlashgan Arab Respublikasi fevral oyida qaysi yili e’lon qilindi?
- 1963-yil
- 1958-yil
- 1956-yil
- 1961-yil
To‘g‘ri javob: 1958-yil. 1958-yil fevralda Suriya va Misr birlashib, Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) e’lon qilindi.
1958-yil fevralda Suriya bilan Misr ittifoqqa birlashib, qanday davlat e’lon qilindi?
- Federativ Arab Respublikasi
- Arab Ittifoqi Respublikasi
- Arab Islom Respublikasi
- Birlashgan Arab Respublikasi (BAR)
To‘g‘ri javob: Birlashgan Arab Respublikasi (BAR). Suriya va Misr ittifoqi Birlashgan Arab Respublikasi (BAR) deb e’lon qilindi.
Ikkinchi jahon urushidan oldin Suriya qaysi davlatning mandati ostida edi?
- Fransiya
- Buyuk Britaniya
- Italiya
- Usmoniylar imperiyasi
To‘g‘ri javob: Fransiya. Suriya Ikkinchi jahon urushidan oldin Fransiya mandati ostida bo‘lgan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash