Lotin Amerikasida milliy islohotchilik va taraqqiyotning boshqa yoʻllari
XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHLARIDA YEVROPA VA AMERIKA DAVLATLARI II BOB JAHON URUSHLARI ORALIGʻIDA SIVILIZATSIYA RIVOJINING IKKI YOʻNALISHI: LIBERAL DEMOKRA TIYA VA TOTALITAR-AVTORITAR DIKTATURA
2. Ikkinchi jahon urushiga qadar Lotin Amerikasi qaysi davlat mustamlakasi hisoblangan?
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Lotin Amerikasi mamlakatlari iqtisodiy islohotlar o‘tkazishi uchun qulay sharoit vujudga keldi: ular ancha katta valyuta zaxirasiga ega bo‘ldi, jahon savdosida ularning ulushi oshdi. Bu hol Lotin Amerikasi mamlakatlarida ommabop, lekin avtoritar rejimlarning shakllanishi uchun qulay muhit yaratdi.
1970-yillar oxiri – 1980-yillar boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida
ESGA OLING
diktatorlik rejimlariga qarshi kurash faollashdi. Bu 1979-yili Nikaraguada inqilobga, Salvador va Gvatemalada isyonchilik harkatining kuchayishiga olib keldi. Janubiy Amerika davlatlari – Ekvador, Peru, Boliviya, Argentina, Braziliya va Urugvayda harbiy rejimlar fuqarolik hukumatlari bilan almashtirildi. XX asrda Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun umumiy bo‘lgan modernizatsiyalashning uchta – inqilobiy, neokonservativ va islohotchilik variantlari yaqqol ko‘zga tashlandi. Bu variantlarni uchta mamlakat misolida ko‘rib chiqamiz.
Kuba rahbari Fidel Kastro
KUBA – MODERNIZATSIYALASHNING INQILOBIY VARIANTI
1950 -yillar oxirida Karib dengizidagi kichikina orol – Kubada yuz bergan voqealar butun dunyoning e’tiborini o‘ziga jalb qildi. Kuba jamiyatni modernizatsiya qilishning inqilobiy yo‘lini tanladi. 1959-yil 1-yanvar kuni Fidel Kastro boshchiligida qo‘zg‘olonchilar Gavanaga kirib kelishdi, inqilob g‘alaba qozondi. F. Kastro hukumati faqat keskin sifat o‘zgarishi Kubani qoloqlikdan olib chiqadi, jamiyatni taraqqiyotning zamonaviy darajasiga ko‘taradi deb o‘ylab, keskin ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirdi. AQSHning Kubadagi yangi hukumatga dushmanlarcha munosabati aniq bo‘lgach, F. Kastro hukumati SSSR bilan kelishuv orqali mamlakat mudofaa qudratini mustahkamlay boshladi. Bu esa 1962-yilgi “Karib inqirozi”ga olib keldi. Kuba dastlabki davrda jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalarini modernizatsiya qilishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Sof agrar mamlakat bo‘lgan Kubani agrar-industrial mamlakatga aylantirish kursi tanlandi. Ammo 1980-yillardan jamiyatni modernizatsiya qilishning Kuba variantida kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari, aholining yashash darajasi pasaydi. SSSRning parchalanishi Kuba uchun juda katta zarba bo‘ldi. 1990-yillarda ko‘pchilik F. Kastro rejimining qulashini bashorat qilgan edi, ammo unday bo‘lmadi.
CHILI – MODERNIZATSIYANING NEOKONSERVATIV VARIANTI
Ikkinchi jahon urushidan keyin Lotin Amerikasi mamlakatlari jamiyatni modernizatsiya qilishning optimal variantini izladilar. 1960-yillari Chili hukumati mamlakatni modernizatsiyalashda ilg‘or mamlakatlarda sinovdan o‘tgan islohotchilik tizimlariga tayandi. Ammo boshlangan islohotlar jamiyatdagi bo‘linishni kuchaytirdi, mamlakat hayotining ijtimoiy-siyosiy sohalarida keskinlikni yuzaga keltirdi. Prezidentlik saylovlaridan oldin tashkil qilingan Xalq birligi blokiga kommunistlar, sotsialistlar, radikallar va “Xalq faoliyati yagona harakati” kirdi. 1970-yili shu blok nomzodi – Salvador Alyende Chili prezidenti etib saylandi. S. Alyende hukumati islohotlari ham mamlakatda turli qarashlar, qarshiliklarni keltirib chiqardi. 1973-yili davlat to‘ntarishi amalga oshirilib, hokimiyatga general Avgusto Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi. Konstitutsiya va deyarli barcha demokratik erkinliklar bekor qilindi. Pinochet hukumati tanlagan modernizatsiyalashning neokonservativ varianti katta ijtimoiy muammolarni keltirib chiqardi. Ish haqi ayniqsa islohotlarning dastlabki yillarida sezilarli darajada kamaydi, ishsizlik keskin oshdi. 1989-yili o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida Xristian-demokratik partiyasi (XDP) yetakchisi Patrisio Eylvin g‘olib chiqdi. Shu bilan diktatura davri tugadi.
ISLOHOTCHILIK VARIANTI
1958 -yili Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Lotin Amerikasida birinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakatning muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanishida ancha qudratli davlat sektori asosiy rol o‘ynadi. Lotin Amerkasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan Kuba inqilobi Meksika rahbarlarini ham ijtimoiy sohaga jiddiy e’tibor qaratishga undadi. Ammo Meksika hukmron doiralari rivojlanishning liberal-islohotchilik yo‘lidan chekinmadi.
Salvador Alyende
1959-yil 1-yanvar kuni F. Kastro boshchiligida qo‘zg‘olonchilar inqilobi g‘alaba qozondi.
1970-yili Xalq birligi nomzodi Salvador Alyende Chili prezidenti etib saylandi.
1958-yili Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Lotin Amerikasida birinchi o‘ringa chiqdi.
1980-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Meksika uchun katta sinov bo‘ldi. Inqiroz yengib o‘tilgan bo‘lsa-da, ishsizlik, tashqi qarz keskin oshdi, tashqi dunyoga, birinchi navbatda, AQSHga qaramlik ham ortdi.
IJODIY ISH TOPSHIRIG‘I
Kuba rahbari Fidel Kastro 1963-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqdagi ma’lumotlarni izlab toping va “Sharof Rashidov va Fidel Kastro” mavzusida taqdimot tayyorlang.
BADIIY ASAR BILAN ISHLASHGA DOIR TOPSHIRIQ
Alvaro Yunkening “Muallima uchun atirgul” hikoyasini o‘qing va tahlil qiling.
ATAMALAR MAZMUNI
Harbiy rejim – davlatni boshqarish shakli bo‘lib, unda butun hokimiyat harbiylarga tegishli bo‘ladi. Odatda harbiy rejimlar harbiy to‘ntarish orqali o‘rnatiladi.
Agrar-industrial mamlakat – asosiy boyligini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tashkil qiladigan, sanoati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va tabiiy boyliklarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan mamlakat.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Muhim sanalar
- 1958-yili — 1958-yili Meksika sanoat mahsulotlarining umumiy hajmi bo‘yicha Lotin Amerikasida birinchi o‘ringa chiqdi.
- 1959-yil — Kuba jamiyatni modernizatsiya qilishning inqilobiy yo‘lini tanladi. 1959-yil 1-yanvar kuni Fidel Kastro boshchiligida qo‘zg‘olonchilar Gavanaga kirib kelishdi, inqilob g‘alaba qozondi.
- 1959-yil — 1959-yil 1-yanvar kuni F. Kastro boshchiligida qo‘zg‘olonchilar inqilobi g‘alaba qozondi.
- 1960-yillari — Ikkinchi jahon urushidan keyin Lotin Amerikasi mamlakatlari jamiyatni modernizatsiya qilishning optimal variantini izladilar. 1960-yillari Chili hukumati mamlakatni modernizatsiyalashda ilg‘or mamlakatlarda sinovdan…
- 1962-yilgi — Bu esa 1962-yilgi “Karib inqirozi”ga olib keldi.
- 1963-yilda — Kuba rahbari Fidel Kastro 1963-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
- 1970-yillar — 1970-yillar oxiri – 1980-yillar boshlarida Lotin Amerikasi mamlakatlarida
- 1970-yili — Prezidentlik saylovlaridan oldin tashkil qilingan Xalq birligi blokiga kommunistlar, sotsialistlar, radikallar va “Xalq faoliyati yagona harakati” kirdi. 1970-yili shu blok nomzodi – Salvador Alyende Chili prezidenti…
- 1970-yili — 1970-yili Xalq birligi nomzodi Salvador Alyende Chili prezidenti etib saylandi.
- 1973-yili — S. Alyende hukumati islohotlari ham mamlakatda turli qarashlar, qarshiliklarni keltirib chiqardi. 1973-yili davlat to‘ntarishi amalga oshirilib, hokimiyatga general Avgusto Pinochet boshchiligidagi harbiy xunta keldi.
Bilimingizni sinang
Lotin Amerikasida diktatorlik rejimlariga qarshi kurash kuchayishi qaysi yili Nikaraguada inqilobga olib keldi?
- 1975-yili
- 1979-yili
- 1968-yili
- 1983-yili
To‘g‘ri javob: 1979-yili. Diktatorlikka qarshi kurash 1979-yili Nikaraguada inqilobga olib kelgan.
1979-yili Lotin Amerikasining qaysi mamlakatida diktatorlikka qarshi kurash inqilobga olib keldi?
- Nikaragua
- Meksika
- Argentina
- Urugvay
To‘g‘ri javob: Nikaragua. Diktatorlik rejimlariga qarshi kurash 1979-yili Nikaraguada inqilobga olib kelgan.
1950-yillar oxirida yuz bergan voqealar butun dunyoning e’tiborini jalb qilgan, Karib dengizidagi kichik orol-davlat qaysi?
- Yamayka
- Kuba
- Puerto-Riko
- Gaiti
To‘g‘ri javob: Kuba. 1950-yillar oxirida Karib dengizidagi kichik orol Kubada yuz bergan voqealar dunyo e’tiborini tortgan.
Fidel Kastro boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar Gavanaga kirib, Kuba inqilobi g‘alaba qozongan yil qaysi?
- 1959-yil
- 1961-yil
- 1956-yil
- 1962-yil
To‘g‘ri javob: 1959-yil. 1959-yil 1-yanvar kuni Kastro qo‘zg‘olonchilari Gavanaga kirib keldi va inqilob g‘alaba qozondi.
1959-yilda Fidel Kastro boshchiligidagi qo‘zg‘olonchilar Gavanaga qaysi sanada kirib keldi?
- 10-mart
- 26-iyul
- 1-yanvar
- 17-aprel
To‘g‘ri javob: 1-yanvar. Qo‘zg‘olonchilar 1959-yil 1-yanvar kuni Gavanaga kirib keldi.
Kuba hukumatining SSSR bilan kelishuvi tufayli yuzaga kelgan “Karib inqirozi” qaysi yilda bo‘lgan?
- 1962-yilgi
- 1959-yilgi
- 1960-yilgi
- 1964-yilgi
To‘g‘ri javob: 1962-yilgi. Kastro hukumatining SSSR bilan kelishuvi 1962-yilgi “Karib inqirozi”ga olib kelgan.
Qaysi o‘n yillikdan Kubada modernizatsiyaning Kuba variantida kamchiliklar ko‘zga tashlana boshladi?
- 1970-yillardan
- 1960-yillardan
- 1990-yillardan
- 1980-yillardan
To‘g‘ri javob: 1980-yillardan. Kubada 1980-yillardan modernizatsiya variantidagi kamchiliklar sezila boshlandi, iqtisodiy o‘sish va turmush darajasi pasaydi.
Qaysi o‘n yillikda ko‘pchilik Fidel Kastro rejimining qulashini bashorat qilgan edi, ammo bunday bo‘lmadi?
- 1970-yillarda
- 1960-yillarda
- 1990-yillarda
- 1980-yillarda
To‘g‘ri javob: 1990-yillarda. SSSR parchalanganidan keyin, 1990-yillarda ko‘pchilik Kastro rejimi qulashini kutgan edi, ammo bo‘lmadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash