XotirAI logotipiXotirAI
📜 11-sinf · Jahon tarixi · 2-mavzu

Sharqiy Yevropa mamlakatlarida demokratik inqiloblar va sotsialistik lagerning parchalanishi

XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida dunyo mamlakatlari

Sotsialistik rejimning parchalanishi

XX asr so‘nggi choragida barcha sotsialistik mamlakatlarni qamrab olgan inqiroz islohotlar zarurligini yana bir bor isbotladi. SSSRda boshlangan “qayta qurish” siyosati Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini chuqur isloh qilish uchun imkoniyat yaratdi.

XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida faol islohotlar olib borgan, mafkuraviy xilma-xillik va siyosiy plyuralizm (ko‘pfikrlilik) uchun imkoniyat yaratgan mamlakatlarda demokratik jamiyatga o‘tish tinch yo‘l bilan amalga oshdi.

Sharqiy Yevropada demokratik o‘zgarishlarni boshlab bergan mamlakat Polsha bo‘ldi. 1989-yili bo‘lib o‘tgan saylovlar Polsha birlashgan ishchi partiyasi (PBIP)ning obro‘si tushib ketganligi, ayni paytda muxolifatdagi “Birdamlik” kasaba uyushmasining ommalashib borayotganini ko‘rsatdi. Natijada 1990-yili navbatdan tashqari o‘tkazilgan prezidentlik saylovida “Birdamlik” kasaba uyushmasi yetakchisi Lex Valensa g‘alaba qozondi.

Sotsialistik rejimning parchalanishi

Agar Polshada “Birdamlik” harakatining faoliyati SSSRdagi “qayta qurish”dan oldin boshlangan bo‘lsa, boshqa mamlakatlardagi inqilobiy jarayonlarga “qayta qurish”, yangicha siyosiy tafakkur natijasida jahonda vujudga kelgan siyosiy holat bevosita ta’sir ko‘rsatdi.

(xarita: Sharqiy Yevropa mamlakatlari)

Sharqiy Yevropa mamlakatlari

Tahlil qiling

Savollar: Sharqiy Yevropa tarkibiga qaysi mamlakatlar kiradi? Ularni xaritadan toping va poytaxtlarini yodda tuting.

Mulohaza yuriting

Savollar: Sharqiy Yevropa mamlakatlarida demokratik inqiloblar va sotsialistik lagerning parchalanishi sabablari nimada deb o‘ylaysiz? Fikringizni faktlar asosida tushuntiring.

Ruminiyada kommunistik rejimning qulashi jiddiy harbiy to‘qnashuv oqibatida yuz berdi. 1989-yil dekabrda Timishoara shahrida aholining tinch namoyishi Ruminiya maxfiy xizmati xodimlari tomonidan o‘qqa tutilishi mamlakat bo‘ylab qo‘zg‘olonning boshlanishiga olib keldi. Qo‘zg‘olon jarayonida mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi. Hokimiyat yangi tashkil qilingan Milliy qutqarish qo‘mitasi qo‘liga o‘tdi. Qo‘mita raisi bo‘lgan Ion Iliesku 1990-yilgi saylovlarda mamlakat prezidenti etib saylandi.

Mulohaza yuriting

Germaniya Demokratik Respublikasida ham ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy inqiroz avj olib, 1989-yil noyabrda ikki nemis davlatini ajratib turgan Berlin devorining qulashiga olib keldi.

1990-yili Moskvada “Germaniya bilan munosabatlarni uzil-kesil tartibga solish to‘g‘risida”gi shartnoma imzolandi. Shartnomaga binoan, ikki nemis davlati (GDR va GFR) bitta — Germaniya Federativ Respublikasiga birlashdi.

1990–1992-yillari Sharqiy Yevropaning Chexoslovakiya, Bolgariya, Vengriya va Yugoslaviya kabi mamlakatlarida ham sotsialistik rejimlar barham topdi.

1989-yil 9-noyabrda Berlin devorining vayron bo‘lishi

Ijodiy ish topshirig‘i

Rasmiy internet saytlari orqali Sharqiy Yevropa mamlakatlari va O‘zbekiston o‘rtasida qanday savdo aloqalari borligi haqida ma’lumot to‘plang va dars mashg‘ulotlarida muhokama qiling.

Sharqiy Yevropa mamlakatlari XX asr oxiri – XXI asr boshlarida

Asosan, tinch yo‘l bilan amalga oshirilgan demokratik inqiloblar natijasida Sharqiy Yevropa davlatlari rivojlanishning iqtisodiy va siyosiy yo‘nalishi etib Yevropa Ittifoqi (YI)ni tanladi.

Bozor iqtisodiga jadal o‘tish oqibatida inflyatsiya darajasi va ishsizlikning o‘sishi, aholi turmush darajasining pasayishi kabi jarayonlar kuzatilib, ular vaqtincha bo‘lsa-da, aholining noroziligiga olib keldi.

O‘zgarishlar boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan Yugoslaviyada murakkab kechdi. Oltita respublikadan tashkil topgan Yugoslaviya Federativ Respublikasida sotsialistik tuzumning qulashi millatchi va ayirmachi kuchlarning faollashuvi uchun imkoniyat yaratdi. Oqibatda 1991–1992-yillari Yugoslaviyadan Sloveniya, Xorvatiya, Bosniya va Makedoniya Respublikalari ajralib chiqdi. Bu jarayon etnik ziddiyatlarning keskinlashuviga olib keldi.

Sharqiy Yevropa mamlakatlari XX asr oxiri – XXI asr boshlarida

Yugoslaviyaning parchalanishi

1990-yildan keyin Serbiyada Kosovo avtonom o‘lkasi bilan bog‘liq inqiroz vujudga keldi.

Ushbu o‘lkaning asosiy aholisi bo‘lgan musulmon albanlar o‘zlarining “Kosovo Respublikasi”ni e’lon qildi. Bu Serbiya bilan qurolli to‘qnashuvga olib keldi va unga NATO aralashdi. 1999-yili NATO qo‘shinlari Yugoslaviyani bombardimon qildi. Mojaro Yevropa miqyosidagi inqirozga aylandi.

Bosniyadagi etnik nizolarni bartaraf qilish uchun bu yerga BMT tinchliksevar kuchlari kiritildi va urush harakatlari to‘xtatildi. 2006-yili o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, Chernogoriya Serbiyadan ajralib chiqdi. Yugoslaviya Respublikasi barham topdi.

Sharqiy Yevropa mamlakatlari XX asr oxiri – XXI asr boshlarida

Chexoslovakiya milliy muammolarini hal qilishning tinch yo‘lini tanladi. 1992-yili o‘tkazilgan referendum natijasiga ko‘ra, mamlakat bo‘linishga qaror qildi. Bo‘linish jarayonini jiddiy muhokama qilib,

Tahlil qiling

Savollar: 1. Sharqiy Yevropa davlatlarining rivojlanishi uchun O‘rtayer dengizi qanday ahamiyat kasb etadi? 2. Sharqiy Yevropa davlatlarining rivojlanishi uchun hududiy bo‘linishlar qanday ijobiy va salbiy xususiyatlar bilan yakunlandi?

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Bosniyaga BMT tinchliksevar kuchlarining kiritilishi qanday natijalar bilan yakunlandi?

puxta tayyorlashdi. 1993-yili 1-yanvardan jahon xaritasida ikkita mustaqil davlat — Chexiya Respublikasi va Slovakiya Respublikasi paydo bo‘ldi.

2014-yili Rossiya va Ukraina o‘rtasida boshlangan ziddiyatlar va ularning 2022-yili keng miqyosli urushga aylanishi oqibatida Sharqiy Yevropa davlatlari YI tarkibida Ukrainaga yordam ko‘rsatib keldi. Shunga qaramasdan, Vengriya va Slovakiya kabi davlatlar rahbarlari Rossiya bilan ham iqtisodiy munosabatlarni tiklash tarafdori bo‘lib qoldi.

2025-yilga kelib ham Kosovo va Serbiya o‘rtasidagi munosabat keskinligicha qolmoqda. 2022–2024-yillarda ular o‘rtasidagi kichik mojarolarda bir qancha tinch aholi vakillari halok bo‘ldi.

O‘ylab ko‘ring

Sharqiy Yevropa mamlakatlarida yuz bergan o‘zgarishlar ularga rivojlanishning G‘arb modelini tanlash imkonini berdi. XXI asr boshlarida kelib, ularning asosiy qismi G‘arb davlatlarining iqtisodiy va harbiy-siyosiy tashkilotlari — avvalo, YI va NATOga a’zo bo‘ldilar.

Dastlabki davrdagi iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklarga qaramasdan, bugunga kelib, bu mamlakatlarning ko‘pchiligida ishlab chiqarish va yashashning yuqori darajasiga erishildi. Ular G‘arbiy Yevropa bilan iqtisodiy va madaniy tenglik sari dadil qadam tashlamoqda.

Yodda tuting!

1989-yili bo‘lib o‘tgan saylovlar Polsha birlashgan ishchi partiyasi (PBIP)ning obro‘si tushib ketganligini ko‘rsatdi.

1989-yili dekabrda Ruminiyaning Timishoara shahrida aholining tinch namoyishi bo‘lib o‘tdi.

1990–1992-yillari Sharqiy Yevropaning Polsha, Ruminiya, GDR, Chexoslovakiya, Bolgariya, Vengriya va Yugoslaviyada sotsialistik rejimlar barham topdi.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida sotsialistik tuzumning parchalanishi qanday ko‘rinishlarda amalga oshirildi? 2. Sharqiy Yevropa mamlakatlari NATO va YIga a’zo bo‘lishda o‘z xavfsizligining kafolatidan tashqari yana qanday afzalliklarni ko‘rdilar? 3. “Sharqiy Yevropa” va “G‘arbiy Yevropa” tushunchalari o‘rtasidagi aloqadorlik va farqlarni tushuntiring. 4. MDH va Yevropa Ittifoqi tashkilotlari o‘rtasidagi farqlarni muhokama qiling. 5. Rasmiy internet manbalari asosida Sharqiy Yevropa mamlakatlarining dunyo hamjamiyatiga qaysi mahsulot(lar)ni eksport qilishi to‘g‘risida jadval tuzing. Fikringizni sinfda kichik guruhlarda taqdimot ko‘rinishida asoslang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

SSSRda boshlangan va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini chuqur isloh qilishga imkoniyat yaratgan siyosat qanday nomlanadi?
  1. Yangi iqtisodiy siyosat
  2. Oshkoralik siyosati
  3. qayta qurish
  4. Eritma siyosati

To‘g‘ri javob: qayta qurish. SSSRda boshlangan qayta qurish siyosati Sharqiy Yevropada chuqur islohotlar uchun imkoniyat yaratdi.

XX asrning qaysi yillari ikkinchi yarmida faol islohotlar olib borgan mamlakatlarda demokratik jamiyatga o‘tish tinch yo‘l bilan amalga oshdi?
  1. 50-yillari
  2. 80-yillari
  3. 70-yillari
  4. 60-yillari

To‘g‘ri javob: 80-yillari. Faol islohotlar olib borgan mamlakatlarda demokratik jamiyatga tinch o‘tish XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmida amalga oshdi.

Polsha birlashgan ishchi partiyasi obro‘si tushib ketganini, “Birdamlik” kasaba uyushmasi ommalashayotganini ko‘rsatgan saylovlar qaysi yili o‘tkazildi?
  1. 1990-yili
  2. 1988-yili
  3. 1989-yili
  4. 1991-yili

To‘g‘ri javob: 1989-yili. Polshada 1989-yili o‘tgan saylovlar PBIP obro‘si tushganini va Birdamlikning ommalashayotganini ko‘rsatdi.

Polshada navbatdan tashqari prezidentlik saylovida “Birdamlik” yetakchisi Lex Valensa qaysi yili g‘alaba qozondi?
  1. 1992-yili
  2. 1989-yili
  3. 1991-yili
  4. 1990-yili

To‘g‘ri javob: 1990-yili. Lex Valensa 1990-yili navbatdan tashqari prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi.

Sharqiy Yevropada demokratik o‘zgarishlarni qaysi mamlakat boshlab berdi?
  1. Vengriya
  2. Polsha
  3. Chexoslovakiya
  4. Ruminiya

To‘g‘ri javob: Polsha. Matnda Polsha demokratik o‘zgarishlarni boshlab bergan mamlakat deb ko‘rsatilgan.

1990-yilgi navbatdan tashqari prezidentlik saylovida Polshada kim g‘alaba qozondi?
  1. Ruminiya prezidenti Ion Iliesku
  2. PBIP yetakchisi Voytsex Yaruzelskiy
  3. “Birdamlik” yetakchisi Lex Valensa
  4. Sovet rahbari Mixail Gorbachyov

To‘g‘ri javob: “Birdamlik” yetakchisi Lex Valensa. Saylovda “Birdamlik” kasaba uyushmasi yetakchisi Lex Valensa yutgan.

Polshada faoliyati SSSRdagi “qayta qurish”dan oldin boshlangan harakat qaysi edi?
  1. Xalq fronti
  2. Fuqarolar platformasi
  3. Yangi forum
  4. Birdamlik

To‘g‘ri javob: Birdamlik. Polshadagi Birdamlik harakatining faoliyati SSSRdagi qayta qurishdan oldin boshlangan.

Polshadagi demokratik o‘zgarishlar boshqa Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi inqilobiy jarayonlardan qaysi jihati bilan farq qilgan?
  1. Polshada o‘zgarishlar “qayta qurish” ta’sirida boshlangan, boshqa mamlakatlarda esa “Birdamlik” harakatidan oldin boshlangan
  2. Polshada “Birdamlik” harakati “qayta qurish”dan oldin boshlangan, boshqa mamlakatlarga esa “qayta qurish” bevosita ta’sir ko‘rsatgan
  3. Polshada o‘zgarishlar jiddiy harbiy to‘qnashuv bilan, boshqa mamlakatlarda tinch yo‘l bilan kechgan, “qayta qurish” esa ta’sir qilmagan
  4. Polshada kommunistik partiya hokimiyatni saqlab qolgan, boshqa mamlakatlarda esa “qayta qurish” ta’sirida ag‘darilgan

To‘g‘ri javob: Polshada “Birdamlik” harakati “qayta qurish”dan oldin boshlangan, boshqa mamlakatlarga esa “qayta qurish” bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Polshadagi “Birdamlik” harakati SSSRdagi “qayta qurish”dan oldin boshlangan, boshqa mamlakatlarga esa “qayta qurish” ta’sir qilgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiXX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida xalqaro munosabatlarKeyingi →Sovet respublikalarida mustaqillikning e’lon qilinishi va SSSRning parchalanishi