Sovet respublikalarida mustaqillikning e’lon qilinishi va SSSRning parchalanishi
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida dunyo mamlakatlari
Eslab ko‘ring!
Mulohaza yuriting
SSSRda qayta qurish siyosatining boshlanishi faqat ijtimoiy-iqtisodiy sohanigina emas, balki siyosiy sohani ham chuqur isloh qilishga olib keldi. Sovet respublikalarining notekis iqtisodiy rivojlanishi, tarixan bir-biriga hududiy da’volarning mavjudligi, bu kabi muammolarning sovet rahbariyati tomonidan e’tiborga olinmagani ko‘plab millatlararo mojarolarni keltirib chiqardi.
Qozog‘iston rahbari etib G. V. Kolbin tayinlanishiga qarshi Olmaota shahrida bo‘lgan 1986-yilgi talabalar namoyishi, 1987-yilgi Qrim avtonomiyasini tiklash uchun qrim tatarlarining milliy harakati tuzilishi va dastlabki namoyishlari, 1988-yili Sumgait shahrida bo‘lgan ozarbayjon-arman mojarosi, 1989-yilgi Farg‘ona voqealari, 1990-yilgi O‘sh shahrida yuz bergan o‘zbek-qirg‘iz mojarosi shular jumlasidan edi.
Mulohaza yuriting
Boltiqbo‘yi respublikalarida boshlangan ommaviy namoyishlar Latviya, Litva va Estoniyada xalq frontlarining tashkil qilinishiga va 1990-yili amalda bu respublikalarning SSSR tarkibidan chiqishiga olib keldi. Ular XXI asr boshiga kelib, YI va NATOga a’zo bo‘ldi.
1990-yili ko‘plab respublikalarda mustaqillik deklaratsiyalari qabul qilindi. Respublikalar konstitutsiyalariga o‘zgartirishlar kiritilib, respublika qonunlarining ittifoq qonunlariga nisbatan ustunligi ta’minlandi.
1991-yil avgustda bir guruh sovet rahbarlari tomonidan GKCHP (Favqulodda holat bo‘yicha davlat qo‘mitasi)ning tuzilishi SSSRning parchalanish jarayonini yanada tezlashtirdi. 1991-yilning oxiriga kelib, barcha sovet respublikalari mustaqil bo‘ldi. 1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari yig‘ilib, SSSR siyosiy birlik sifatida tugatilganligini e’lon qildi.
Ijodiy ish topshirig‘i
SSSR parchalanishi natijasida:
1) sobiq sovet respublikalari o‘z mustaqil davlatlarini qurish yo‘lini tanladi; 2) erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tildi va fuqarolarning iqtisodiy faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratildi; 3) demokratik huquq va erkinliklar (so‘z, matbuot, ijod erkinligi) oshdi; 4) siyosiy erkinliklar kengaydi, yangi partiyalar paydo bo‘lib, boshqaruvning ko‘ppartiyaviylik tizimiga o‘tildi; 5) “sovuq urush” va ikki qutbli dunyo tizimi barham topdi hamda ko‘p qutbli dunyo davri boshlandi.
Tahlil qiling
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining tashkil topishi
SSSR parchalanishining sobiq sovet respublikalariga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tashkil qilindi. 1991-yil dekabrda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Markaziy Osiyoning beshta respublikasi rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib, unda a’zo davlatlarning tengligi va barchasining MDH ta’sischisi sifatida tashkilotga qo‘shilishi ma’lum qilindi.
1991-yil dekabrda Qozog‘istonning Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda deklaratsiya qabul qilinib, SSSR xalqaro huquq subyekti va geosiyosiy reallik sifatida o‘z faoliyatini tugatganligi ta’kidlandi. Shu yil oxirigacha Boltiqbo‘yi respublikalari — Latviya, Litva, Estoniyadan tashqari barcha sobiq sovet respublikalari MDH tarkibiga kirdi, ammo Gruziya 2009-yili MDH tarkibidan chiqdi. Turkmaniston assotsiatsiyalashgan (hamfikr) a’zo, Ukraina esa MDH faoliyatida qatnashmayapti.
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligining tashkil topishi
Yangi shakllangan mustaqil davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va gumanitar aloqalarni saqlab turishda, ijtimoiy va gumanitar halokatlarning oldini olishda, paydo bo‘lgan muammolarni hamkorlikda hal etishda MDH ma’lum ijobiy rol o‘ynadi.
Yodda tuting!
1990-yili ko‘plab respublikalar o‘z mustaqillik deklaratsiyalarini qabul qildi.
1991-yil avgustda sovet rahbarlarining bir guruhi tomonidan GKCHP (Favqulodda holat bo‘yicha davlat qo‘mitasi)ning tuzilishi SSSRning parchalanish jarayonini yanada tezlashtirdi.
1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari yig‘ilib, SSSR siyosiy birlik sifatida tugatilganligini e’lon qildi.
Mustaqil davlatlarning rivojlanishi
SSSR parchalangandan keyin tashkil topgan mustaqil davlatlarda bir qator muammolar vujudga keldi. Ulardan birinchisi siyosiy rivojlanish bilan bog‘liq edi. Sobiq SSSR hududida tashkil topgan mustaqil davlatlarda siyosiy jihatdan demokratik rejimning qaror topishi og‘ir kechdi.
Sobiq sovet respublikalarining iqtisodiy rivojlanishi biroz boshqacha kechdi. Ularning bir qismida sovet rejali iqtisodiyotining belgilari saqlanib qolgan bo‘lsa-da, ammo asosiy qismi bozor iqtisodiyoti yo‘lini tanladi.
SSSRning tarqalib ketishi sobiq ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi an’anaviy iqtisodiy aloqalarning buzilishiga olib keldi. Ayniqsa, Rossiya bilan sobiq sovet respublikalari o‘rtasida munosabatlarni yangidan qurish ancha murakkab kechdi. Bunga Rossiyaning og‘ir iqtisodiy ahvolidan tashqari psixologik omil ham sabab bo‘ldi. Mustaqillikka erishgan respublikalar qaytadan Rossiya ta’siriga tushib qolmaslik uchun ehtiyotkorlik bilan harakat qildi. XX asr oxiriga kelib, Rossiyaning jahon xo‘jalik aloqalaridagi ishtiroki keskin qisqardi.
Mustaqil davlatlarning rivojlanishi
MDH davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ham oson kechmadi. Rossiya bilan Ukraina o‘rtasida Qora dengiz flotini bo‘lib olish, Qrim yarimorolidagi Sevastopol shahrining maqomi to‘g‘risida keskin bahslar ketdi. Rossiya bilan Boltiqbo‘yi davlatlari o‘rtasida ham u yerda yashovchi ko‘p sonli rusiyzabon aholi huquqlari va hududiy masalalar bo‘yicha tortishuvlar bo‘lib o‘tdi. Tojikiston va Moldova Respublikalarida fuqaroalararo mojarolar yuz berganda Rossiya o‘zining iqtisodiy va strategik manfaatlari yuzasidan bu mojarolarni bartaraf qilishda qatnashdi.
Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi aloqalar ham birdaniga izga tushmadi. Sovet davridan meros qolgan chegara muammolari, iqtisodiy aloqalar tizimining buzilishi, har bir respublikaning o‘ziga xos milliy tarixini yaratish jarayonidagi bahslar Markaziy Osiyoda yaxshi qo‘shnichilik va hamjihatlik muhitini yaratishga xalaqit berdi. 2016-yil dekabrda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidenti etib saylangandan so‘ng holat o‘zgardi. Davlatlar o‘rtasidagi chegaralar ochilib, yaxshi qo‘shnichilik aloqalari tiklandi. 2019-yildan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi tashkil qilinib, unda mintaqadagi iqtisodiy, xavfsizlik, suv va energetika, gumanitar hamda boshqa sohalardagi muammolar o‘z yechimini topib bormoqda. 2024-yil avgustda Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining VI maslahat uchrashuvida “Markaziy Osiyo — 2040” mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish konsepsiyasi va mintaqa davlatlarida transport-logistika markaz-
Mustaqil davlatlarning rivojlanishi
larini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Mintaqa mamlakatlarining tinchligi va farovonligi ko‘p jihatdan umumiy sa’y-harakatlarga, yaqindan hamkorlik qilish va mintaqa manfaatlarini birgalikda himoya qilishga bog‘liq bo‘lib qolayotgan hozirgi sharoitda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari muhim rol o‘ynamoqda.
Shuningdek, birinchi sammiti 1992-yil oktyabrda Turkiyaning tashabbusi bilan Anqara shahrida o‘tkazilgan hozirgi Turkiy Davlatlar Tashkiloti murakkab yo‘lni bosib o‘tdi. Turkiy Kengashning 2019-yil 15-oktyabrda Boku shahrida bo‘lib o‘tgan sammitida O‘zbekiston tashkilotga yangi a’zo sifatida ishtirok etdi. Turkiy mamlakatlar bilan aloqalarni rivojlantirish Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatining muhim jihatiga aylanadi. Turkiy Kengash bilan hamkorlikning faollashuvi yurtimiz uchun qo‘shni davlatlar bilan ham, mintaqadan tashqaridagi yangi hamkorlar bilan ham ko‘p tomonlama aloqalarni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Mustaqil davlatlarning rivojlanishi
Bugungi kunga kelib, O‘zbekiston Respublikasi MDHdan tashqari, xalqaro maydonda nufuzli bo‘lgan yana ko‘plab xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar — Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (YXHT), Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT), Islom Hamkorlik Tashkiloti, Turkiy Davlatlar Tashkiloti, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) kabilar faoliyatida o‘zaro manfaatdorlik va tenglik asosida qatnashib kelmoqda.
O‘zbekistonda kuzatilayotgan jiddiy modernizatsiya va islohotlar jarayoni mamlakat tashqi siyosatida, shu jumladan, uning SHHT doirasidagi faoliyatida ham yangi davrni boshlab berdi. Mamlakatimizning MDH va unga a’zo davlatlar bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlari jadallashib, O‘zbekiston tashabbusi bilan SHHT Xalq diplomatiyasi forumi, Sayyohlik forumi, An’anaviy tabobat, yoshlar o‘rtasida startap loyihalari tanlovi, SHHT ayollar forumi kabi yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.
Atamalar izohi
Ko‘ppartiyaviylik prinsipi — bu zamonaviy demokratik mamlakatlarda siyosiy hayotni tashkil qilishning asosiy konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri bo‘lib, mafkuraviy plyuralizm (ko‘pfikrlilik)ning yorqin ifodalangan ko‘rinishidir.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi bayrog‘i
1996-yil 19-yanvarda qabul qilingan. Rangi ko‘k, markazida tillarang doira tasvirlangan. Uni tenglik, birlik, tinchlik va barqarorlikni anglatadigan o‘ziga xos shaklli oq rangli chiziqlar o‘rab turadi.
Muhim sanalar
- 1986-yilgi — Qozog‘iston rahbari etib G. V. Kolbin tayinlanishiga qarshi Olmaota shahrida bo‘lgan 1986-yilgi talabalar namoyishi, 1987-yilgi Qrim avtonomiyasini tiklash uchun qrim tatarlarining milliy harakati tuzilishi va…
- 1987-yilgi — Qozog‘iston rahbari etib G. V. Kolbin tayinlanishiga qarshi Olmaota shahrida bo‘lgan 1986-yilgi talabalar namoyishi, 1987-yilgi Qrim avtonomiyasini tiklash uchun qrim tatarlarining milliy harakati tuzilishi va…
- 1988-yili — Qozog‘iston rahbari etib G. V. Kolbin tayinlanishiga qarshi Olmaota shahrida bo‘lgan 1986-yilgi talabalar namoyishi, 1987-yilgi Qrim avtonomiyasini tiklash uchun qrim tatarlarining milliy harakati tuzilishi va…
- 1989-yilgi — Qozog‘iston rahbari etib G. V. Kolbin tayinlanishiga qarshi Olmaota shahrida bo‘lgan 1986-yilgi talabalar namoyishi, 1987-yilgi Qrim avtonomiyasini tiklash uchun qrim tatarlarining milliy harakati tuzilishi va…
- 1990-yilgi — Qozog‘iston rahbari etib G. V. Kolbin tayinlanishiga qarshi Olmaota shahrida bo‘lgan 1986-yilgi talabalar namoyishi, 1987-yilgi Qrim avtonomiyasini tiklash uchun qrim tatarlarining milliy harakati tuzilishi va…
- 1990-yili — Boltiqbo‘yi respublikalarida boshlangan ommaviy namoyishlar Latviya, Litva va Estoniyada xalq frontlarining tashkil qilinishiga va 1990-yili amalda bu respublikalarning SSSR tarkibidan chiqishiga olib keldi.
- 1990-yili — 1990-yili ko‘plab respublikalarda mustaqillik deklaratsiyalari qabul qilindi.
- 1990-yili — 1990-yili ko‘plab respublikalar o‘z mustaqillik deklaratsiyalarini qabul qildi.
- 1991-yil — 1991-yil avgustda bir guruh sovet rahbarlari tomonidan GKCHP (Favqulodda holat bo‘yicha davlat qo‘mitasi)ning tuzilishi SSSRning parchalanish jarayonini yanada tezlashtirdi.
- 1991-yilning — 1991-yilning oxiriga kelib, barcha sovet respublikalari mustaqil bo‘ldi. 1991-yil 8-dekabrda Rossiya, Ukraina va Belorussiya rahbarlari yig‘ilib, SSSR siyosiy birlik sifatida tugatilganligini e’lon qildi.
Bilimingizni sinang
Qozog‘iston rahbari etib G. V. Kolbin tayinlanishiga qarshi Olmaota shahrida talabalar namoyishi qaysi yilda bo‘ldi?
- 1990-yilgi
- 1986-yilgi
- 1988-yilgi
- 1984-yilgi
To‘g‘ri javob: 1986-yilgi. Olmaotadagi talabalar namoyishi 1986-yilda bo‘lgan.
Qrim avtonomiyasini tiklash uchun qrim tatarlarining milliy harakati qaysi yili tuzildi va dastlabki namoyishlar o‘tkazildi?
- 1985-yilgi
- 1987-yilgi
- 1989-yilgi
- 1991-yilgi
To‘g‘ri javob: 1987-yilgi. Qrim tatarlarining milliy harakati 1987-yili tuzilgan.
Qozog‘iston rahbari etib G. V. Kolbin tayinlanishiga qarshi 1986-yilda talabalar namoyishi qaysi shaharda bo‘lgan?
- Toshkentda
- Bishkekda
- Olmaotada
- Bokuda
To‘g‘ri javob: Olmaotada. Kolbin tayinlanishiga qarshi 1986-yilgi talabalar namoyishi Olmaota shahrida bo‘lgan.
1988-yili Sumgait shahrida qaysi mojaro yuz bergan?
- Ozarbayjon-arman mojarosi
- O‘zbek-qirg‘iz mojarosi
- Qrim tatarlari harakati
- Gruzin-abxaz mojarosi
To‘g‘ri javob: Ozarbayjon-arman mojarosi. 1988-yili Sumgaitda ozarbayjon-arman mojarosi bo‘lgan.
Quyidagilarni yuz bergan vaqti bo‘yicha qadimiysidan yangisiga tartiblang: a) Sumgaitdagi ozarbayjon-arman mojarosi; b) O‘shdagi o‘zbek-qirg‘iz mojarosi; d) Qrim tatarlari milliy harakatining tuzilishi; e) Farg‘ona voqealari.
- b, a, d, e
- a, d, e, b
- d, e, a, b
- d, a, e, b
To‘g‘ri javob: d, a, e, b. Qrim harakati 1987, Sumgait 1988, Farg‘ona 1989, O‘sh 1990-yilda bo‘lgan.
1987-yili Qrim avtonomiyasini tiklash uchun qaysi xalqning milliy harakati tuzilgan?
- Qozoqlarning
- Qrim tatarlarining
- Ozarbayjonliklarning
- Armanlarning
To‘g‘ri javob: Qrim tatarlarining. 1987-yili Qrim avtonomiyasini tiklash uchun qrim tatarlarining milliy harakati tuzilgan.
Sovet respublikalarida millatlararo mojarolar ko‘payishining asosiy sababi nima edi?
- Respublikalar o‘rtasida iqtisodiy rivojlanishning tengligi va hududiy masalalarning to‘liq hal etilganligi
- Ittifoq rahbariyatining mahalliy xalqlar harakatini kuch bilan to‘liq bostirib borishi
- Notekis iqtisodiy rivojlanish, hududiy da’volar va bu muammolarga sovet rahbariyatining e’tibor bermasligi
- Chet davlatlarning respublikalar ichki ishlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy aralashuvi
To‘g‘ri javob: Notekis iqtisodiy rivojlanish, hududiy da’volar va bu muammolarga sovet rahbariyatining e’tibor bermasligi. Mojarolar respublikalarning notekis iqtisodiy rivojlanishi, tarixiy hududiy da’volar va ularning sovet rahbariyati tomonidan e’tiborga olinmaganligi tufayli kelib chiqqan.
Quyidagi voqealarni qadimiysidan yangisiga qarab tartiblang: 1) Sumgaitdagi ozarbayjon-arman mojarosi; 2) Qozog‘iston rahbari tayinlanishiga qarshi Olmaotadagi talabalar namoyishi; 3) O‘shdagi o‘zbek-qirg‘iz mojarosi; 4) Farg‘ona voqealari.
- 2–1–4–3
- 1–2–3–4
- 2–4–1–3
- 4–2–1–3
To‘g‘ri javob: 2–1–4–3. Olmaota namoyishi 1986-yilda, Sumgait mojarosi 1988-yilda, Farg‘ona voqealari 1989-yilda, O‘sh mojarosi 1990-yilda yuz bergan.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash