XotirAI logotipiXotirAI
📜 11-sinf · Jahon tarixi · 4-mavzu

Rossiya Federatsiyasi

XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi

1991-yil 8-dekabrda Minsk shahrida tuzilgan. SSSR tarkibiga kirgan ko‘plab davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini tartibga solish uchun mo‘ljallangan mintaqaviy xalqaro tashkilot.

O‘ylab ko‘ring

Savollar: Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining muhim tamoyillari nimalarda namoyon bo‘ladi?

1991-yilda SSSR parchalanishi Rossiya hayotining barcha sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Iqtisodiy islohotlar o‘g‘ir kechdi. Milliy daromad va sanoat ishlab chiqarishi pasayib ketdi. 1992-yil 1-yanvardan erkin qo‘yib yuborilgan narxlar keskin ko‘tarildi. Ko‘pchilik oilalarda oziq-ovqat xarajatlari oila daromadining asosiy qismini tashkil qildi. Oqibatda Rossiya aholisi Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda birinchi marta kamaya boshladi.

Bu davrda inflyatsiyani to‘xtatishning iloji bo‘lmadi. Keng miqyosli xususiylashtirishga qaramasdan, haqiqiy bozor iqtisodiga o‘tilmadi. Inflyatsiya va siyosiy beqarorlik investitsiyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qildi. 1999-yilga kelib, Rossiyaning tashqi qarzi 130 milliard dollardan oshib ketdi. Mamlakatning iqtisodiy ahvoli ijtimoiy holatga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ishsizlar, qochoqlar, qashshoqlar va boshpanasizlar soni keskin ko‘paydi.

Mulohaza yuriting

Savollar: Rossiya Federatsiyasi bugun dunyo siyosatida nega muhim o‘rin egallaydi? Fikringizni raqamlarda izohlang.

Siyosiy jabhada ham muhim o‘zgarishlar yuz berdi. 1991-yilgi avgust voqealari, SSSRning parchalanishi va “shok terapiyasi” jamiyatda ijtimoiy tanglikni oshirdi. Ish tashlashlar va siyosiy namoyishlar keng quloch yoydi.

1993-yili prezident Boris Yelsin Xalq deputatlari syezdini va Oliy Sovetni tarqatib yubordi, davlat hokimiyatining yangi organlari — Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasiga saylovlar hamda mamlakatning yangi konstitutsiyasi haqida referendum o‘tkazish to‘g‘risida farmon imzoladi. Oliy Sovet rahbariyati va Konstitutsion sudning ko‘pchilik a’zolari prezident farmonini konstitutsiyaga xilof deb hisoblab, unga qarshi chiqdi. Bunga javoban, Oliy Sovet binosi qo‘shinlar tomonidan o‘rab olindi va tankdan o‘qqa tutildi.

Mulohaza yuriting

1993-yil dekabrda Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasiga saylovlar bo‘lib o‘tdi.

Ovoz berishda qatnashganlarning ko‘pchiligi prezident tomonidan taklif qilingan Rossiya Konstitutsiyasining loyihasini ma’qulladi. Yangi asosiy qonun qabul qilinishi bilan hokimiyatning sovet tizimi barham topdi.

(xarita: Rossiya Federatsiyasi XXI asr)

XARITADA QUYIDAGILAR TASVIRLANGAN:

1. KALININGRAD VILOYATI 2. MURMANSK VILOYATI 3. LENINGRAD VILOYATI 4. PSKOV VILOYATI 5. NOVGOROD VILOYATI 6. TVER VILOYATI 7. YAROSLAVL VILOYATI 8. KOSTROMA VILOYATI 9. SMOLENSK VILOYATI 10. MOSKVA VILOYATI 11. IVONOVO VILOYATI 12. VLADIMIR VILOYATI 13. NIJEGOROD VILOYATI 14. MARIY EL RESPUBLIKASI 15. KIROV VILOYATI 16. UDMURTIYA RESPUBLIKASI 17. KALUGA VILOYATI 18. TULA VILOYATI 19. RYAZAN VILOYATI 20. MORDOVIYA RESPUBLIKASI 21. CHUVASH RESPUBLIKASI 22. TATARISTON RESPUBLIKASI 23. BRYANSK VILOYATI 24. ORLOV VILOYATI 25. LIPETSK VILOYATI 26. TAMBOV VILOYATI 27. PENZA VILOYATI 28. ULYANOVSK VILOYATI 29. KURSK VILOYATI 30. BELGOROD VILOYATI 31. VORONEJ VILOYATI 32. SARATOV VILOYATI 33. SAMARA VILOYATI 34. ORENBURG VILOYATI 35. ROSTOV VILOYATI 36. VOLGOGRAD VILOYATI 37. KRASNODAR O‘LKASI 38. ADIGEYA RESPUBLIKASI 39. STAVROPOL O‘LKASI 40. QALMIQ RESPUBLIKASI 41. ASTRAXON VILOYATI 42. QORACHOY-CHERKASIYA RESPUBLIKASI 43. KABARDIN-BOLQOR RESPUBLIKASI 44. SHIMOLIY OSETIYA RESPUBLIKASI 45. INGUSHIYA RESPUBLIKASI 46. CHECHENISTON RESPUBLIKASI 47. Dog‘ISTON RESPUBLIKASI

Mulohaza yuriting

Rossiya Federatsiyasi XXI asr

Shunday qilib, Rossiyada 1990-yillari amalga oshirilgan eng muhim siyosiy islohotlar sovetlardan qolgan hokimiyat tizimini buzish va uning o‘rnida zamonaviy va demokratik hokimiyat tizimini yaratish uchun harakatning boshlanishi bo‘ldi.

Millatlararo munosabatlar

Rossiya ko‘p millatli mamlakat. Shu sababli millatlararo munosabatlar Rossiya uchun doimo dolzarb bo‘lib kelgan. SSSR tarqalganidan so‘ng og‘ir holat vujudga keldi. 1991-yil oxiri – 1992-yil boshlarida Tatariston, Boshqirdiston va Yoqutistondagi milliy harakatlar o‘zlarining syezdlarini o‘tkazib, ularda RSFSR tarkibidan chiqish masalasi qo‘yildi. Chechen-Ingush Avtonom Respublikasida chechen xalqining umummilliy kongressi avtonomiyani Checheniston va Ingushiyaga bo‘lishni, Checheniston RSFSR tarkibidan chiqishini bildirdi. 1992-yili Tatariston ham o‘z davlat mustaqilligini e’lon qildi.

Bularning barchasi markaziy hokimiyatni Federativ Shartnoma imzolanishini tezlashtirishga majbur qildi. Federativ Shartnoma 1992-yil martda Tatariston va Che-

Tahlil qiling

Savollar: 1. Bugun Rossiya Federatsiyasi MDH davlatlarining nechtasi bilan umumiy chegaraga ega? 2. XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida Rossiya Federatsiyasining quruqlikdagi va dengiz chegaralarini xaritadan o‘rganib chiqing. 3. Rossiya Federatsiyasi dunyoning qaysi davlatlari bilan eksport va import hajmini oshirmoqda?

chenistondan tashqari barcha subyektlar tomonidan imzolandi. Markaz va mintaqalarning vakolatlari Rossiya Konstitutsiyasida ham o‘z aksini topdi.

Tatariston prezidenti etib saylangan M. Shaymiyev voqealar rivojini o‘z qo‘liga olishga erishdi. Tariston 1994-yilda federal hokimiyat bilan vakolatlarni taqsimlash to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi.

Tahlil qiling

Checheniston markaz bilan har qanday shartnoma tuzishni rad etish yo‘lidan bordi. U bilan munosabatlar fojiali xarakter kasb etdi. 1996-yili Checheniston bilan federal markaz o‘rtasida boshlangan urush 2000-yilgacha davom etdi. Bu urush Rossiyaga bir necha milliard dollar zarar yetkazdi, har ikki tomondan 120 mingdan ortiq kishi qurbon bo‘ldi.

1990-yillardagi tashqi siyosat

1991-yili SSSR tarqalib ketgandan so‘ng Rossiya oldida G‘arb davlatlari va sobiq ittifoqdosh respublikalar bilan munosabatlarni yangidan shakllantirish muammosi paydo bo‘ldi. Rossiya prezidenti B. N. Yelsin bir necha bor AQSH prezidenti Jorj Bush bilan uchrashib, Rossiya — AQSH hamkorligi va do‘stligi to‘g‘risida xartiya (1992), Hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risida shartnoma (1993) kabi bir qator hujjatlarni imzoladi. 1994-yili AQSH prezidenti etib saylangan Bill Klinton Rossiyani jahonning yetakchi liderlari norasmiy klubi — G7 ga (katta yettilikka) taklif qildi. Ammo ikki o‘rtada tenglika asoslangan munosabatlar shakllanmadi, NATOning Sharqqa qarab kengayishi davom etdi. 1994-yili Yugoslaviyada boshlangan ichki mojaroga NATOning aralashuvi, 1999-yillari Yugoslaviya hududining bombardimon qilinishi Rossiya va AQSH o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashuviga olib keldi.

1990-yillardagi tashqi siyosat

Yevropaning yetakchi davlatlari — Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan iqtisodiy aloqalar keng rivojlangan bo‘lsa-da, o‘zaro munosabatlar Rossiya kutgan natijalarga olib kelmadi. NATOning Sharqqa, Rossiya chegaralariga qarab kengayishi davom etdi.

Osiyoda asosiy e’tibor Yaponiya bilan munosabatlarni yaxshilashga qaratildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin davom etib kelayotgan Janubiy Kuril orollari muammosi tufayli ikki o‘rtada tinchlik shartnomasi imzolanmadi, ammo iqtisodiy aloqalar rivojlandi, Yaponiya Rossiya iqtisodiyotiga katta investitsiya kiritdi.

Janubiy Koreya bilan aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi Shimoliy Koreya bilan Rossiya o‘rtasidagi munosabatlarning sovuqlashuviga olib keldi. Xitoy bilan esa munosabatlar rivojlanishda davom etdi.

Rossiya XXI asrda

Boris Yelsin 1999-yil dekabrda iste’foga chiqdi. Vaqtincha prezident lavozimini egallagan Vladimir Putin 2000-yil martda bo‘lib o‘tgan saylovda rasman Rossiya prezidenti etib saylandi.

V. Putin o‘zining kuchli davlat hokimiyati tarafdori ekanligini ko‘rsatdi. Yangi prezidentning dastlabki harakatlari jamiyat hayotida davlat hokimiyatining roli va obro‘sini mustahkamlashga qaratildi. Xalqaro maydonda ham Rossiyaning roli tiklanib bordi.

2008-yil avgustda Gruziya o‘zining tarkibiy qismi hisoblangan Janubiy Osetiya va Abxaziyada konstitutsion tartibni tiklashni boshladi. Shundan so‘ng mojaroga Rossiya qo‘shinlari aralashib, Gruziya hududigacha bostirib kirdi. “Besh kunlik urush” nomini olgan harbiy mojaro tezda yakunlandi. Ammo Rossiya — Gruziya munosabatlari keskin yomonlashdi.

Rossiya XXI asrda

2014-yil fevralda Ukrainada hokimiyat almashdi. Qrimda hokimiyatni egallagan rossiyaparastlar Kiyevdagi yangi hukumatni tan olmadi. 2014-yil 16-martda ular referendum o‘tkazib, uning natijasiga

binoan, Qrimning mustaqilligini e’lon qildi va Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirish to‘g‘risida shartnomani imzoladi. Rossiya tarkibiga ikkita yangi subyekt — Qrim Respublikasi va federal ahamiyatdagi Sevastopol shahri kirdi. Ammo bu akt jahonning ko‘pchilik davlatlari tomonidan tan olinmadi.

Rossiyaning Ukrainaga nisbatan siyosatidagi yana bir muammoli jihat Ukrainaning sharqida, xususan, Donetsk va Lugansk viloyatlarida bo‘layotgan voqealar bilan bog‘liq. Bu yerda ham Ukrainadagi hokimiyat almashinuvini tan olmagan va Rossiya tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bir guruh rusiyzabon yetakchilar tomonidan Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalari e’lon qilinib, harbiy harakatlar boshlab yuborildi. Ukraina hukumati Rossiyani Donetsk va Luganskdagi ayirmachilarni qo‘llashda aybladi, Moskva esa buni rad etdi. 2022-yil 21-fevralda Rossiya Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarining mustaqilligini tan oldi. 24-fevral kuni V. Putin Donbasga yordam berish uchun keng miqyosli maxsus harbiy operatsiya boshlanganligini e’lon qildi. Sentyabr oyida referendum o‘tkazilib, uning natijalariga ko‘ra, Ukrainaning Donetsk, Lugansk, Zaporojye va Xerson viloyatlari Rossiya tarkibiga qo‘shib olindi. Ammo BMTga a’zo bo‘lgan ko‘pchilik davlatlar Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab kelmoqda.

Rossiya XXI asrda

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida 1992-yilning 20-martida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. Shundan keyin ikki tomonlama bir qator strategik bitimlar va kelishuvlar imzolandi.

2017-yildan ikki tomonlama munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarildi. 2022-yil sentyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida keng qamrovli strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi. Mazkur deklaratsiya O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik rivojida yangi davrni boshlab berdi.

Atamalar izohi

Shok terapiyasi — bu iqtisodiy nazariya, shuningdek, ushbu nazariyaga asoslangan keskin iqtisodiy islohotlar.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Rossiya hukumati tomonidan amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar qanday natijalarga olib keldi? 2. 1990-yillari Rossiyada amalga oshirilgan eng muhim siyosiy islohotning mohiyati nimadan iborat edi? 3. “Shok terapiyasi” Rossiya Federatsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatdi? 4. XXI asrda Rossiya tashqi siyosatdagi qanday muammolarni hal qilishga urinmoqda?

Ijodiy ish topshirig‘i

Rossiya Federatsiyasi yerosti boyliklarini internet ma’lumotlari asosida jadval ko‘rinishida, ustun holatida yozing. Fikringizni sinfda kichik guruhlarda taqdimot ko‘rinishida asoslang.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

SSSR tarkibiga kirgan davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni tartibga solish uchun Minsk shahrida 8-dekabrda tuzilgan mintaqaviy xalqaro tashkilot qaysi yilda tuzilgan?
  1. 1992-yil
  2. 1993-yil
  3. 1990-yil
  4. 1991-yil

To‘g‘ri javob: 1991-yil. Matnga ko‘ra tashkilot 1991-yil 8-dekabrda Minsk shahrida tuzilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi qaysi shaharda tuzilgan?
  1. Minsk
  2. Moskva
  3. Kiyev
  4. Almati

To‘g‘ri javob: Minsk. MDH 1991-yil 8-dekabrda Minsk shahrida tuzilgan.

SSSRning parchalanishi Rossiya hayotining barcha sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan yil qaysi?
  1. 1989-yil
  2. 1992-yil
  3. 1991-yil
  4. 1990-yil

To‘g‘ri javob: 1991-yil. Matnda 1991-yilda SSSR parchalanishi Rossiya hayotining barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatgani aytilgan.

Rossiyada erkin qo‘yib yuborilgan narxlar 1-yanvardan keskin ko‘tarilgan yil qaysi?
  1. 1991-yil
  2. 1992-yil
  3. 1994-yil
  4. 1993-yil

To‘g‘ri javob: 1992-yil. 1992-yil 1-yanvardan erkin qo‘yib yuborilgan narxlar keskin ko‘tarilgan.

Rossiyaning tashqi qarzi 130 milliard dollardan oshib ketgan yilga kelib qaysi yil nazarda tutiladi?
  1. 1997-yil
  2. 2001-yil
  3. 1999-yil
  4. 1995-yil

To‘g‘ri javob: 1999-yil. 1999-yilga kelib Rossiyaning tashqi qarzi 130 milliard dollardan oshib ketgan.

Rossiyada narxlar qaysi sanadan boshlab erkin qo‘yib yuborilib, keskin ko‘tarildi?
  1. 1991-yil 8-dekabr
  2. 1992-yil 1-yanvar
  3. 1993-yil 1-yanvar
  4. 1991-yil 1-sentyabr

To‘g‘ri javob: 1992-yil 1-yanvar. Narxlar 1992-yil 1-yanvardan erkin qo‘yib yuborilgan va keskin ko‘tarilgan.

1999-yilga kelib Rossiyaning tashqi qarzi qancha miqdordan oshib ketdi?
  1. 13 milliard dollar
  2. 30 milliard dollar
  3. 130 milliard dollar
  4. 1300 milliard dollar

To‘g‘ri javob: 130 milliard dollar. Tashqi qarz 130 milliard dollardan oshib ketgan.

Narxlarning keskin ko‘tarilishi va iqtisodiy tanglik oqibatida Rossiyada demografik jihatdan nima yuz berdi?
  1. Aholi tez o‘sib, tug‘ilish darajasi keskin ko‘tarilgan
  2. Aholi soni o‘zgarmay, barqaror holatda saqlanib qolgan
  3. Shaharlarga ko‘chish to‘xtab, qishloq aholisi ko‘paygan
  4. Aholi urushdan keyin birinchi marta kamaya boshladi

To‘g‘ri javob: Aholi urushdan keyin birinchi marta kamaya boshladi. Oqibatda aholi Ikkinchi jahon urushidan keyin birinchi marta kamaya boshlagan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiSovet respublikalarida mustaqillikning e’lon qilinishi va SSSRning parchalanishiKeyingi →Ukraina, Belarus va Moldova Respublikalari