Kavkazorti Davlatlari
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari
Ozarbayjon
(xarita: Kavkazorti davlatlari)
1991-yil o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilgan Ozarbayjon Respublikasi 1918-yili tashkil etilgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasining huquqiy vorisi hisoblanib, 18-oktyabr mamlakatda mustaqillikning tiklangan kuni sifatida nishonlanadi. Ozarbayjon neft va gaz zaxirasiga boy bo‘lib, mintaqa siyosatida muhim rol o‘ynaydi.
1990-yili Boku shahrida muxolifatchi siyosiy tashkilot — Ozarbayjon Xalq fronti namoyish boshladi va Abulfayz Elchibey boshchiligida Milliy mudofaa kengashi tuzilganligini e’lon qildi. Xalq frontining millatchilik ruhidagi mitinglari Bokudagi armanlar qirg‘iniga bevosita turtki bo‘ldi. 1992-yil mayda Bokuda davlat to‘ntarishi amalga oshirilib, prezident Ayaz Mutalibov hokimiyatdan ag‘darildi va A. Elchibey boshchiligidagi Xalq fronti hokimiyatga keldi. Ammo Xalq fronti mamlakatda tinchlik va totuvlikni ta’minlay olmadi. Natijada Milliy Majlis A. Elchibeyni lavozimidan mahrum qilib, uning vakolatlarini Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi bo‘lgan Haydar Aliyevga topshirdi. 1993-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida H. Aliyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti etib saylandi. H. Aliyev respublikadagi ziddiyatli ahvolni yumshatishga erishdi. U o‘n yil davomida mamlakatning tinch taraqqiyotini ta’minladi, qo‘shnilar bilan yaxshi hamkorlik munosabatlarini o‘rnatdi. Tog‘li Qorabog‘ masalasida faol jang harakatlari to‘xtatildi, muzokaralar boshlandi.
Ozarbayjon
Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjon hududida joylashgan va asosan, arman millatiga mansub aholi yashaydigan avtonom viloyat edi. Tog‘li Qorabog‘ avtonom viloyati rahbarlarining viloyatni Armaniston tarkibiga qo‘shishni
Tahlil qiling
so‘rab qilgan murojaati mintaqadagi milliy muammolarni chigallashtirib yubordi. 1991-yili Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ uchun boshlangan urush yuzasidan 1994-yili o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
2003-yil dekabrda H. Aliyev vafot etgandan so‘ng mamlakat prezidenti etib uning o‘g‘li Ilhom Aliyev saylandi. U otasining siyosatini davom ettirib kelmoqda. 2020-yili Tog‘li Qorabog‘da ikkinchi arman-ozarbayjon urushi boshlanib, natijada Ozarbayjon ilgari boy berilgan yerlarining bir qismini qaytarib oldi. 2023-yili boshlangan urush natijasida esa Ozarbayjon o‘zining xalqaro tan olingan barcha hududlari ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi.
Tahlil qiling
O‘zbekiston — Ozarbayjon munosabatlari 2023-yil martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga tashrifi va 2024-yil avgustda Ozarbayjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifidan so‘ng jadal rivojlanmoqda. O‘zbekiston — Ozarbayjon munosabatlari o‘zaro ikki tomonlama, shuningdek, MDH, Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) doirasida amalga oshirilmoqda.
Eslab ko‘ring!
1991-yil o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilgan Ozarbayjon Respublikasi 1918-yili tashkil etilgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasining huquqiy vorisi hisoblanib, 18-oktyabr mamlakatda mustaqillikning tiklangan kuni sifatida nishonlanadi. Ozarbayjon neft va gaz zaxiralariga boy bo‘lib, mintaqa siyosatida muhim rol o‘ynaydi.
Gruziya
1991-yil martda o‘tkazilgan referendumda Gruziya aholisining mutlaq katta qismi mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berdi. Shu referendum natijalari asosida 1991-yil 9-aprel kuni Gruziya Oliy Kengashi “Gruziya mustaqilligini tiklash to‘g‘risida akt”ni qabul qildi. Ayni paytda prezident lavozimi joriy qilindi. Shu yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida muxolifat yetakchisi Zviad Gamsaxurdiya mamlakat prezidenti etib saylandi. Boshqaruv tajribasiga ega bo‘lmagan Z. Gamsaxurdiya o‘zining sakkiz oylik prezidentlik davrida mamlakat elitasi, ziyolilar bilan munosabatlarini buzdi, millatlararo munosabatlarni keskinlashtirib, gruzin-abxaz mojarosini keltirib chiqardi. 1991-yili Gruziya xalq demokratik partiyasi rahbarlari Z. Gamsaxurdiyaning iste’foga chiqishini talab qildi. Mamlakatda isyon boshlanib, Tbilisida haqiqiy janglar bo‘lib o‘tdi. Z. Gamsaxurdiya o‘z tarafdorlari bilan Tbilisini tark etdi.
Gruziya
Z. Gamsaxurdiya ag‘darilgandan so‘ng hokimiyat Eduard Shevardnadze boshchiligidagi Davlat Kengashiga o‘tdi. Bu paytda mamlakatda ahvol og‘ir, gruzin-osetin qurolli to‘qnashuvi davom etayotgan edi. 1992-yil iyunda E. Shevardnadze bu urushni to‘xtatishga erishdi.
O‘sha yili oktyabrda o‘tkazilgan saylovlarda E. Shevardnadze Gruziya Oliy Kengashi raisi etib saylandi. Ammo mamlakatda yig‘ilib qolgan muammolar, ayniqsa, iqtisodiy ahvolning og‘irligi E. Shevardnadze boshqaruvidan aholi noroziligini kuchaytirdi. 2003-yili o‘tkazilgan parlament saylovlaridan so‘ng E. Shevardnadze iste’foga chiqqanligini e’lon qildi. Yangi saylovda Mixail Saakashvili g‘olib chiqdi. Bu jarayonlar Gruziya va G‘arb matbuotida “Atirgullar inqilobi” nomini oldi. Hokimiyatga ko‘pchiligi G‘arb davlatlarida ta’lim olgan “yangi demokratlar” keldi.
Gruziya
Gruziya manzarasi
Mulohaza yuriting
M. Saakashvili hukumati Gruziyada muhim islohotlarni amalga oshirdi. Mamlakatda korrupsiyaga chek qo‘yildi. Ammo M. Saakashvili davrida ham Gruziya bilan Janubiy Osetiya o‘rtasidagi mojaro o‘z yechimini topmadi. 2008-yil avgustda Gruziya, Rossiya, Janubiy Osetiya va Abxaziya ishtirokida bo‘lib o‘tgan harbiy to‘qnashuv oqibatida Rossiya Abxaziya va Janubiy Osetiyaning mustaqilligini tan olib, ular bilan ikki tomonlama munosabatlar o‘rnatdi.
2012-yili bo‘lib o‘tgan parlament saylovida muxolifatchi “Gruziya orzusi” partiyasi g‘olib chiqdi. Shu partiya vakili Georgiy Margvelashvili, 2018-yili esa Salome Zurabishvili Gruziya Prezidenti etib saylandi.
Mulohaza yuriting
2021-yili Gruziyaga qaytib kelgan M. Saakashvili bir nechta jinoyatda ayblanib qamoqqa olindi. 2025-yili qaytadan sud qilinib, Gruziya davlat chegarasidan noqonuniy o‘tganligi uchun qamoq muddati uzaytirildi. 2024-yil 14-dekabrda bo‘lib o‘tgan parlament saylovida “Gruziya orzusi” partiyasi g‘olib chiqdi va parlament majlisida shu partiya vakili Irakliy Kobaxidze bosh vazir, Mixail Kavelashvili prezident etib saylandi. Gruziyaning YIga a’zoligi masalasi 2028-yilgacha to‘xtatildi.
O‘zbekiston — Gruziya munosabatlari sust rivojlangan. 2025-yil martda Gruziya Respublikasi bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga kelishib olindi. Gruziya hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun havo chegaralarini ochdi.
Armaniston
1991-yil 21-sentyabrda Armanistonda o‘tkazilgan referendum natijalariga asosan, “Armaniston davlat mustaqilligi to‘g‘risida” deklaratsiya qabul qilindi. 1991-yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylovda Levon Ter-Petrosyan Armanistonning birinchi prezidenti etib saylandi.
Armanistonning mustaqil davlatga aylanishi boshqa respublikalarga nisbatan o‘zgacha asosda yuz berdi. 1980-yillardayoq mustaqillik uchun kurash tashqi omil — Tog‘li Qorabog‘ muammosi qizigan bir paytda boshlandi. Tog‘li Qorabog‘ni qo‘shib olish arman jamiyatida etnik birlashish, tarixiy adolatning qaror topishi sifatida qaraldi. Bu kurash jarayonida sovet davri partiya rahbarlari o‘rniga kelgan milliy siyosiy elita shakllandi. Shu elita uzoq vaqt Armanistonning rivojlanish yo‘nalishini belgilab keldi.
Armaniston
Armaniston mustaqillik yillarida Rossiya bilan munosabatlarini izchil davom ettirdi. Buning sabablaridan biri Tog‘li Qorabog‘ masalasida Armanistonning Rossiyaga tayanishi edi. Chunki Armanistonning Ozarbayjon va Turkiya bilan chegaralari amalda yopiq, Gruziya bilan munosabatlari murakkab, Eron bilan geosiyosiy kelishmovchiliklar mavjud. Shu tariqa Rossiya Armanistonning mintaqadagi yagona ittifoqchisi bo‘lib qolgan edi.
Armanistonning uchinchi prezidenti Serj Sargsyan 2018-yili amalga oshirgan konstitutsion islohotlar natijasida prezident vakolatlari bosh vazirga o‘tdi. Ammo S. Sargsyanning bosh vazir lavozimiga saylanishiga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib ketdi va u iste’foga chiqdi. “Baxmal inqilob” nomini olgan bu harakat natijasida 2018-yil may oyida hokimiyatga muxolifat yetakchisi Nikol Pashinyan keldi.
Armaniston
N. Pashinyan G‘arb davlatlari bilan yaqinlashish siyosatini olib bormoqda. 2023-yili Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon suvereniteti tiklangandan so‘ng Rossiya bilan munosabatlarida sovuqlik yuzaga keldi. 2025-yil martda Armaniston o‘zi a’zo bo‘lgan Rossiya boshchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga badal to‘lashdan bosh tortdi.
Armaniston — agrar-industrial mamlakat. YIMning 50% dan ko‘pi xizmat ko‘rsatish sohasiga to‘g‘ri keladi. Iqtisodiyotning so‘nggi 15 yildagi o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati 5% ni tashkil qiladi. 2022-yili 110 mingga yaqin rossiyalik IT mutaxassislarining Armanistonga ko‘chib kelishi mamlakat iqtisodiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Ijodiy ish topshirig‘i
Muhim sanalar
- 1918-yili — 1991-yil o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilgan Ozarbayjon Respublikasi 1918-yili tashkil etilgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasining huquqiy vorisi hisoblanib, 18-oktyabr mamlakatda mustaqillikning tiklangan kuni…
- 1980-yillarda — 1980-yillardayoq mustaqillik uchun kurash tashqi omil — Tog‘li Qorabog‘ muammosi qizigan bir paytda boshlandi.
- 1990-yili — 1990-yili Boku shahrida muxolifatchi siyosiy tashkilot — Ozarbayjon Xalq fronti namoyish boshladi va Abulfayz Elchibey boshchiligida Milliy mudofaa kengashi tuzilganligini e’lon qildi.
- 1991-yil — 1991-yil o‘z davlat mustaqilligini e’lon qilgan Ozarbayjon Respublikasi 1918-yili tashkil etilgan Ozarbayjon Demokratik Respublikasining huquqiy vorisi hisoblanib, 18-oktyabr mamlakatda mustaqillikning tiklangan kuni…
- 1991-yili — 1991-yili Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ uchun boshlangan urush yuzasidan 1994-yili o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga erishildi.
- 1991-yil — 1991-yil martda o‘tkazilgan referendumda Gruziya aholisining mutlaq katta qismi mamlakat mustaqilligi uchun ovoz berdi.
- 1991-yil — Shu referendum natijalari asosida 1991-yil 9-aprel kuni Gruziya Oliy Kengashi “Gruziya mustaqilligini tiklash to‘g‘risida akt”ni qabul qildi.
- 1991-yili — 1991-yili Gruziya xalq demokratik partiyasi rahbarlari Z. Gamsaxurdiyaning iste’foga chiqishini talab qildi.
- 1991-yil — 1991-yil 21-sentyabrda Armanistonda o‘tkazilgan referendum natijalariga asosan, “Armaniston davlat mustaqilligi to‘g‘risida” deklaratsiya qabul qilindi.
- 1991-yil — 1991-yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylovda Levon Ter-Petrosyan Armanistonning birinchi prezidenti etib saylandi.
Bilimingizni sinang
Ozarbayjon Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qaysi yilda e’lon qilgan?
- 1991-yilda
- 1992-yilda
- 1993-yilda
- 1990-yilda
To‘g‘ri javob: 1991-yilda. Ozarbayjon 1991-yil davlat mustaqilligini e’lon qildi.
Hozirgi Ozarbayjon Respublikasi huquqiy vorisi hisoblangan Ozarbayjon Demokratik Respublikasi qaysi yili tashkil etilgan?
- 1918-yili
- 1919-yili
- 1917-yili
- 1920-yili
To‘g‘ri javob: 1918-yili. Ozarbayjon Demokratik Respublikasi 1918-yili tashkil etilgan.
Ozarbayjon Xalq fronti Bokuda namoyish boshlab, Milliy mudofaa kengashi tuzilganini qaysi yili e’lon qildi?
- 1988-yili
- 1991-yili
- 1990-yili
- 1989-yili
To‘g‘ri javob: 1990-yili. Xalq fronti 1990-yili Bokuda namoyish boshlab Milliy mudofaa kengashi tuzilganini e’lon qildi.
1990-yili Bokuda Milliy mudofaa kengashi kim boshchiligida tuzilganligi e’lon qilindi?
- Abulfayz Elchibey
- Haydar Aliyev
- Isa Gambar
- Ayaz Mutalibov
To‘g‘ri javob: Abulfayz Elchibey. Ozarbayjon Xalq fronti Abulfayz Elchibey boshchiligida Milliy mudofaa kengashi tuzilganini e’lon qildi.
Bokuda davlat to‘ntarishi natijasida Ayaz Mutalibov hokimiyatdan ag‘darilib, Xalq fronti hokimiyatga kelgan yil qaysi?
- 1992-yil
- 1991-yil
- 1990-yil
- 1993-yil
To‘g‘ri javob: 1992-yil. 1992-yil mayda Bokuda davlat to‘ntarishi bo‘lib, Elchibey boshchiligidagi Xalq fronti hokimiyatga keldi.
1992-yil mayda Bokudagi davlat to‘ntarishi natijasida Ozarbayjon prezidenti qaysi shaxs hokimiyatdan ag‘darildi?
- Ayaz Mutalibov
- Heydar Aliyev
- Abulfayz Elchibey
- Isa Gambar
To‘g‘ri javob: Ayaz Mutalibov. 1992-yil mayda to‘ntarish natijasida prezident Ayaz Mutalibov hokimiyatdan ag‘darildi.
Milliy Majlis Abulfayz Elchibeyni lavozimidan mahrum qilgach, uning vakolatlarini kimga topshirdi?
- Surat Husseynovga
- Isa Gambarga
- Haydar Aliyevga
- Ayaz Mutalibovga
To‘g‘ri javob: Haydar Aliyevga. Elchibeyning vakolatlari Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Haydar Aliyevga topshirildi.
Haydar Aliyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti etib saylangan prezidentlik saylovlari qaysi yili bo‘lib o‘tdi?
- 1993-yili
- 1992-yili
- 1994-yili
- 1995-yili
To‘g‘ri javob: 1993-yili. H. Aliyev 1993-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida Prezident etib saylandi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash