XotirAI logotipiXotirAI
📜 11-sinf · Jahon tarixi · 7-mavzu

Markaziy Osiyo Davlatlari

XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlari

Eslab ko‘ring!

Savollar: Markaziy Osiyo hududida qaysi davlatlar joylashgan?

1991-yil 16-dekabrda Qozog‘iston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Shu yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonning birinchi prezidenti etib saylandi. 1993-yil Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Unda eng katta vakolatlar prezidentga berildi. Hukumat iqtisodiy islohotlarni boshlab yubordi.

1993-yil noyabrda milliy valyuta — tenge muomalaga kiritildi. Shu yil dekabrda Qozog‘iston hukumati yirik neft konsernlari bilan Kaspiy dengizining shimoliy qismida qidiruv o‘tkazish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Ayni paytda yirik korxonalarni xususiylashtirish amalga oshirildi. 1994-yilda parlament mamlakat poytaxtini Oqmola shahriga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qildi. U 1998-yildan “Ostona” deb ataldi.

Eslab ko‘ring!

O‘tgan davrda Qozog‘iston iqtisodiyotining asosiy sohalari neft, gaz va metallurgiya bo‘lib qoldi. Aynan shu sohalarning hisobiga iqtisodiyotning boshqa sohalarida ham jadal o‘sishga erishildi.

Qozog‘istonning milliy xavfsizligi va ichki siyosiy barqarorligini saqlashda turli konfessiyalarga mansub xalqlarning tinch-totuv yashashi asosiy masala hisoblanadi. Hozir Qozog‘istonda 820 ga yaqin etno-madaniy birlashmalar faoliyat olib bormoqda. Bu tashkilotlar tinchlik va totuvlik saroyi — Do‘stlik uyida joylashgan. Shuningdek, mamlakatda yuzga yaqin milliy maktablar bo‘lib, ularda 22 milliy tilda dars olib boriladi. O‘zbek va rus milliy teatrlaridan tashqari, MDHda yagona uyg‘ur, koreys va nemis teatrlari ham ishlab turibdi. Ular Qozog‘istondagi ijtimoiy barqarorlik va etnoslararo tinch-totuvlikning manbayi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Mulohaza yuriting

Savollar: Mustaqillikning ilk yillarida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston Respublikalari uchun iqtisodiy sohada qanday umumiy muammolar bo‘lgan? Fikringizni raqamlarda izohlang.

2015-yili bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovida N. Nazarboyev g‘alaba qozondi. Ammo u 2019-yil martda iste’foga chiqqanligini e’lon qildi. Qozog‘iston Respublikasi prezidenti lavozimini Qosim-Jomart Toqayev egalladi. Biroq N. Nazarboyev lavozimidan ketgandan keyin ham davlat ishlariga aralashish, davlat amaldorlari bilan majlislar o‘tkazishda davom etdi. Shu yili iyunda o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Q. J. Toqayev g‘alaba qozongandan so‘ng kuchli norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. 2022-yil yanvarda bo‘lib o‘tgan yirik namoyishda yuzlab odamlar jabrlandi. Faqat Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) qo‘shinlarining aralashuvi holatni tinchlantirish imkonini berdi. Q. J. Toqayev 2029-yili bo‘ladigan prezidentlikka saylovda o‘z nomzodini qo‘ymasligini bildirdi.

Mulohaza yuriting

Q. J. Toqayev parlamentda so‘zlagan nutqida namoyishlarning sababi jamiyatda to‘planib qolgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarda ekanligini ta’kidladi. Bugun Qozog‘iston tinch rivojlanish yo‘lini davom ettirmoqda.

Siyosiy islohotlarni davom ettirish maqsadida 2022-yili “Yangi Qozog‘iston” konsepsiyasi e’lon qilindi, partiya va saylov tizimi liberallashdi, prezident vakolatlari muddati qisqartirildi.

(xarita: Markaziy Osiyo davlatlari)

Markaziy Osiyo davlatlari

Mulohaza yuriting

Savollar: Markaziy Osiyo davlatlari, xususan, O‘zbekiston uchun Orol dengizining qurishi qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi?

Turkmaniston

1991-yil 26-oktyabrda referendum o‘tkazilib, unda qatnashganlarning aksariyati Turkmaniston mustaqilligi uchun ovoz berdi. 1991-yil dekabrda mamlakat MDHga a’zo bo‘ldi. 1999-yildan Xalq Majlisi qaroriga ko‘ra, Saparmurod Niyozov umrbod davlat boshlig‘i bo‘ldi. S. Niyozov 2006-yili vafot etdi. Turkmaniston Prezidenti etib Gurbanguli Berdimuhamedov saylandi.

Mustaqillik yillarida Turkmaniston iqtisodi chuqur inqirozda edi. 1998-yili YIM hajmi 1991-yilga nisbatan ikki barobar kamayib ketdi. Mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi yuz berdi, aholining yashash darajasi keskin yomonlashdi. Faqat 2000-yillarning boshlariga kelibgina Turkmaniston inqirozdan chiqib oldi va jadal rivojlanayotgan mamlakatlardan biriga aylandi. Tabiiy boyliklar, birinchi o‘rinda, tabiiy gazning juda katta zaxirasi ko‘plab mamlakatlar va transmilliy korporatsiyalarni o‘ziga jalb qildi. Ammo shu davrda jahonda uglevodorodga talabning pasayishi bilan Turkmaniston iqtisodiyotining o‘sish sur’ati susaydi.

Turkmaniston

2022-yili bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari prezidentlik saylovida G. Berdimuhamedovning o‘g‘li Serdar Berdimuhamedov Turkmaniston prezidenti etib saylandi. G. Berdimuhamedov parlamentning yuqori palatasi — Xalq Maslahatining raisi lavozimini saqlab qoldi.

Tojikiston

1991-yil 9-sentyabr kuni Tojikiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Mustaqillikdan keyin mamlakatning turli mintaqalaridagi mahalliy elitalar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash boshlandi. Bu kurash 1992-yildan 1997-yilgacha davom etgan fuqarolar urushiga olib keldi. Urushda taxminan 150 ming kishi halok bo‘ldi, mamlakat juda katta iqtisodiy zarar ko‘rdi.

1994-yili Tojikiston Konstitutsiyasi qabul qilindi va shu kuni o‘tkazilgan prezidentlik saylovida Emomali Rahmonov g‘olib chiqib, Tojikiston prezidenti etib saylandi.

Mamlakatda tinchlik o‘rnatilgandan so‘ng Rossiya, Xitoy, Eron bilan hamkorlikda iqtisodiyotni tiklashga kirishildi. Tojikiston tog‘li o‘lka bo‘lganligi uchun gidroenergetika imkoniyatlari katta.

Tojikiston

Tojikiston 2000-yil Yevroosiyo Iqtisodiy Hamkorligini ta’sis qilish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. U Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga qo‘shildi. Rossiya, Xitoy va Eron bilan hamkorlikda bir necha yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish boshlandi.

Natijada Tojikistonda iqtisodiy o‘sish boshlanib, ayniqsa, so‘nggi yillarda yuqori natijalar ko‘rsatmoqda. Bunday iqtisodiy ko‘rsatkich oltin eksportining o‘sishi va infratuzilmaga davlat mablag‘larining sarflanishi evaziga yuz bermoqda. Shuningdek, mehnat migrantlarining pul jo‘natmalari va mamlakatda maoshning oshishi ham kambag‘allikning qisqarishi va iqtisodiyotning o‘sishida ma’lum rol o‘ynamoqda.

Qirg‘iziston

1991-yil 31-avgustda Qirg‘iziston o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Shundan so‘ng demokratik jarayonlar yanada chuqurlashib bordi, prezidentlik saylovida Asqar Akayev g‘olib chiqdi. U mamlakatda demokratik islohotlar o‘tkazdi. Ammo SSSR tarqalgandan keyingi iqtisodiy holat og‘irlashib, 1990-yillari qashshoqlar soni jami aholining yarmidan oshib ketdi. Faqat 1996-yilga kelib, iqtisodiy o‘sish boshlandi. A. Akayev hokimiyatda turgan 15 yil ichida ahvol yetarli darajada yaxshilanmadi. 2005-yilgi “Lolalar inqilobi” natijasida hokimiyatga kelgan Kurmanbek Bakiyev kuch ishlatar tizimlarga tayanib, jamiyatda shaxsiy hukmronligini mustahkamlashga, muxolifatni butunlay tugatishga harakat qildi. Ammo 2010-yili “Atirgullar inqilobi” deb atalgan ommaviy harakat K. Bakiyev hokimiyatini ag‘dardi. Mamlakatda tartibni saqlash uchun Roza Otunbayeva boshchiligida muvaqqat hukumat tashkil qilindi.

Qirg‘iziston

2011-yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylovda Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi yetakchisi Almazbek Atambayev prezident etib saylandi.

2000-yillardan iqtisodiy o‘sish boshlanib, asosiy sanoat korxonalari xususiylashtirildi, yerga xususiy mulkchilik joriy qilindi. Oltin va simob qazib olish keskin oshirildi. Qirg‘iziston oltin qazib chiqarishda MDHda Rossiya va O‘zbekistondan keyin uchinchi o‘ringa chiqdi. Qirg‘izistonda iqtisodning o‘sishi jamiyatning ham barqarorlashuviga olib keldi. 2017-yil oktyabrda o‘tkazilgan saylov natijasiga ko‘ra, hukmron sotsial-demokratik partiya vakili Sooronboy Jeenbekov g‘alaba qozondi.

Qirg‘iziston

2021-yil saylovda g‘alaba qozongan Sadir Japarov konstitutsiyaviy referendum orqali o‘z prezidentlik vakolatlarini kengaytirdi, parlamentning ta’sirini kamaytirdi, Xalq Qurultoyini tashkil qildi. Bu ishlar Qirg‘izistonda keng miqyosdagi islohotlarni amalga oshirish imkonini berdi. Natijada iqtisodiy o‘sish boshlandi, infratuzilma modernizatsiya qilindi. Erishilgan yutuqlar keyingi rivojlanish uchun poydevor yaratdi, mamlakat rahbariyati esa Qirg‘izistonni dunyoning eng rivojlangan 30 mamlakati qatoriga olib chiqish rejasini qo‘ydi. Iqtisodiy sohadagi katta yutuqlardan biri yirik Qumtor oltin konining davlat ixtiyoriga qaytarilishi bo‘ldi. Buning hisobiga aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi rivojlantirildi, pensiyalar va ish haqi oshirildi, odamlarning yashash darajasi yaxshilanmoqda. Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy va madaniy hamkorlik ham jadal rivojlanmoqda.

O‘zbekiston — markaziy Osiyo munosabatlari

O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosat strategiyasida Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik davlat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb belgilangan. Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo identligini shakllantirish g‘oyasini va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammitlarini muntazam hamda mintaqa davlatlarining integratsiyalashuvini yanada jadallashtirish takliflarini ilgari surdi. Natijada bugun Markaziy Osiyo mamlakatlari yagona xalqaro subyekt sifatida shakllanish yo‘lidan borib, o‘zaro aloqalar jadal rivojlanmoqda.

O‘zbekiston mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash bilan bog‘liq masalalarda muhim ahamiyatga ega mamlakat, chunki zamonaviy dunyoda Markaziy Osiyo global xavfsizlikning ajralmas qismi hisoblanadi.

O‘zbekiston — markaziy Osiyo munosabatlari

O‘zbekiston va xalqaro mintaqaviy tashkilot — Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi munosabatlari tubdan o‘zgardi. 2017-yilning oktyabr oyida Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Prezidenti Sh. Mirziyoyev O‘zbekiston Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiyot, sarmoya, transport, turizm, ilm-fan, ta’lim va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdorligini, MDHga a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash, yangi, aniq loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish zarurligini qayd etdi.

2020-yilda O‘zbekiston MDH tashkilotiga raislik qildi. Bu davrda Hamdo‘stlikni mintaqaviy davlatlararo tashkilot sifatida yanada mustahkamlash va rivojlantirish, uning xalqaro maydondagi nufuzini hamda ko‘p tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini hal qilishdagi rolini oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Yodda tuting!

O‘zbekiston tashabbusi bilan va Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligida quyidagi maxsus rezolyutsiyalar qabul qilindi:

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

Savollar: 1. Mustaqillik yillarida Qozog‘iston iqtisodiyoti, asosan, qaysi sohalar hisobiga rivojlandi? 2. G. Berdimuhamedov prezident etib saylangandan so‘ng Turkmanistonning ichki siyosatida qanday o‘zgarishlar yuz berdi? 3. Tojikistonda fuqarolar urushi qanday oqibatlarga olib keldi?

Yevropa ittifoqi

YEVROPA DAVLATLARINING HAMKORLIGIGA ASOSLANGAN YEVROPA ITTIFOQI 27 TA DAVLATNI BIRLASHTIRADI.

Muhim sanalar

Bilimingizni sinang

Qozog‘iston o‘z mustaqilligini qaysi yilning 16-dekabrida e’lon qildi?
  1. 1991-yil
  2. 1990-yil
  3. 1989-yil
  4. 1992-yil

To‘g‘ri javob: 1991-yil. Qozog‘iston mustaqilligini 1991-yil 16-dekabrda e’lon qilgan.

Qozog‘istonning birinchi prezidenti etib 1991-yilgi saylovda kim saylandi?
  1. Nursulton Nazarboyev
  2. Qosim-Jomart Toqayev
  3. Karim Masimov
  4. Imangali Tasmagambetov

To‘g‘ri javob: Nursulton Nazarboyev. Qozog‘istonning birinchi prezidenti etib Nursulton Nazarboyev saylangan.

Prezidentga eng katta vakolatlar bergan Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasi qaysi yili qabul qilindi?
  1. 1992-yil
  2. 1991-yil
  3. 1994-yil
  4. 1993-yil

To‘g‘ri javob: 1993-yil. Qozog‘istonning yangi konstitutsiyasi 1993-yil qabul qilingan va unda eng katta vakolatlar prezidentga berilgan.

Qozog‘iston parlamenti poytaxtni Oqmola shahriga ko‘chirish to‘g‘risida qaysi yilda qaror qildi?
  1. 1996-yilda
  2. 1995-yilda
  3. 1994-yilda
  4. 1993-yilda

To‘g‘ri javob: 1994-yilda. Parlament poytaxtni Oqmolaga ko‘chirish haqida 1994-yilda qaror qilgan.

Qozog‘iston o‘z mustaqilligini qaysi sanada e’lon qildi?
  1. 1991-yil 16-dekabr
  2. 1991-yil 31-avgust
  3. 1991-yil 9-sentyabr
  4. 1991-yil 26-oktyabr

To‘g‘ri javob: 1991-yil 16-dekabr. Qozog‘iston mustaqilligini 1991-yil 16-dekabrda e’lon qilgan.

1991-yilgi saylovda Qozog‘istonning birinchi prezidenti etib kim saylandi?
  1. Qosim-Jomart Toqayev
  2. Nursulton Nazarboyev
  3. Asqar Akayev
  4. Emomali Rahmonov

To‘g‘ri javob: Nursulton Nazarboyev. Birinchi prezident Nursulton Nazarboyev bo‘lgan.

Qozog‘istonda 1993-yil noyabrda qaysi milliy valyuta muomalaga kiritildi?
  1. Som
  2. Manat
  3. Tenge
  4. Somoniy

To‘g‘ri javob: Tenge. 1993-yil noyabrda milliy valyuta — tenge muomalaga kiritilgan.

1994-yilda Qozog‘iston poytaxti ko‘chirilgan Oqmola shahri 1998-yildan qanday nom bilan ataldi?
  1. Olmaota
  2. Qarag‘anda
  3. Shymkent
  4. Ostona

To‘g‘ri javob: Ostona. Oqmola 1998-yildan “Ostona” deb atalgan.

Faqat o‘qish yetarli emas

XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.

🚀 Yodlashni boshlash
← OldingiKavkazorti DavlatlariKeyingi →G‘arb Mamlakatlarida Integratsiyalashuv Jarayonlarining Jadallashuvi