G‘arb Mamlakatlarida Integratsiyalashuv Jarayonlarining Jadallashuvi
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari
Breksit
2020-YIL 31-YANVARDA BUYUK BRITANIYA YEVROPA ITTIFOQI TARKIBIDAN CHIQDI.
Yevropa ittifoqi va undagi integratsiya jarayonlari
YI — bu 27 ta Yevropa davlatining hamkorligiga asoslangan ittifoq. YI hudud jihatidan Yevropa qit’asining katta qismini egallaydi. Bugun YI aholisi 448 milliondan ortiq kishini yoki Yer yuzi aholisining 6% ga yaqinini tashkil qiladi.
YI Yevropa qit’asidan uzoqda joylashgan to‘qqizta mintaqani ham qamrab olgan. Bu dengizorti hududlariga quyidagilar kiradi: Fransiyaga qarashli Fransuz Gvineyasi, Gvadelupa, Martiniki, Mayotta, Reyunon va Sen Marten, Portugaliyaga qarashli Azor orollari va Madeyra hamda Ispaniyaga qarashli Kanar orollari.
Eslab ko‘ring!
YI shiori “Xilma-xillik birligi” bo‘lib, unda YIning turli qadriyatlari mujassamlashgan. YIga kiruvchi har bir davlat o‘z madaniyati, tili va an’analariga ega bo‘lsa-da, ularning barchasi YI a’zolari rioya qilishi lozim bo‘lgan umumiy qadriyatlarni qabul qiladi.
YIdagi integratsiya jarayonlari — bu murakkab va ko‘p qirrali jarayon, u YIga a’zo davlatlar o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik va birlikni mustahkamlashga yo‘naltirilgan. Iqtisodiy birikma sifatida faoliyat boshlagan YI umumiy valyuta, odamlar va tovarlarning erkin harakati, shuningdek, bir qator umumiy boshqaruv institutlariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot darajasiga yetdi. Bugun tashqi siyosat va mudofaa, iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish, umumiy huquqiy bazani shakllantirish kabi masalalar boshqaruvning umumiy institutlari tomonidan muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Ijodiy ish topshirig‘i
YI mamlakatlari hamda unga a’zo bo‘lish uchun murojaat etgan davlatlarni internetdan aniqlang va daftaringizga jadval ko‘rinishida yozing.
- A’zo mamlakatlar – Rasmiy nomzodlar – YI a’zoligidan chiqqan davlat – YI tarkibiga qo‘shilmagan davlatlar
(rasm) Yevroparlament
1990-yillardan boshlab Yevropa integratsiyasining rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha bordi. *Birinchidan,* yangi a’zolarni qabul qilish yo‘nalishi bo‘lib, 1996-yili a’zolar soni 15 taga yetdi. 2002-yili Kopengagen (Daniya)da bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevroittifoqqa yana o‘nta yangi a’zo — Vengriya, Kipr, Latviya, Litva, Malta, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Chexiya, Estoniya taklif qilindi. Albatta, yangi taklif qilingan davlatlar uchun o‘tish davri ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu davr mobaynida ular o‘z qonunchiligini, moliyaviy va iqtisodiy tizimini yagona Yevropa talablariga moslashtirishi lozim edi. Ularga o‘zlarining ichki muammolarini hal qilish uchun Yevroittifoq byudjetidan 1 milliard yevro subsidiya ajratildi. Ammo majlis kun tartibidagi yana bir muhim masala — Turkiyaning YIga qabul qilinishi masalasi hal qilinmadi.
Bu qiziq!
YI — odamlar, tovarlar, xizmatlar va pullar erkin harakatlanishi mumkin bo‘lgan dunyodagi eng yirik yagona bozor hududi. Har kuni 3,5 milliondan ortiq odam qo‘shimcha hujjatlarsiz, vaqt sarflamasdan ishlash, o‘qish yoki oilasi va do‘stlari bilan uchrashish uchun YI mamlakatlari ichki chegaralarini kesib o‘tadi.
*Ikkinchidan,* integratsiyaning chuqurlashuvi Yevropa mamlakatlarida o‘zaro siyosiy munosabatlar sohasini ham qamrab olish yo‘lidan bordi. Yevroparlamentning maqomi oshdi, Yevroparlamentga to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlar o‘tkaziladigan bo‘ldi. 1993-yili yagona Yevropa fuqaroligini ta’minlagan Maastrixt shartnomasi kuchga kirdi. YIga kiruvchi mamlakatlar fuqarolari hech qanday vizasiz Ittifoqning istalgan mamlakatida xohlagan muddatigacha yashashi va mahalliy saylovlarda ishtirok etishi mumkin bo‘ldi. Qonunchilikni birxillashtirish huquqiy normalarning yagona Yevropa tizimi shakllanishiga olib keldi. Kelishilgan yagona tashqi va mudofaa siyosati olib borildi. 2002-yili Yevropada (Buyuk Britaniyadan tashqari) yagona valyuta — yevro joriy qilinishi YI davlatlarini yanada yaqinlashtirdi.
Bu qiziq!
Endi Yevropa Ittifoqiga amalda konfederatsiya tipidagi yagona davlat tuzilmasi sifatida qarash mumkin bo‘ldi. Yevroatlantika mamlakatlarining keyingi integratsiyasi G‘arbiy Yevropa bilan Shimoliy Amerika davlatlarining yanada yaqinlashuvi yo‘lidan bordi.
Ayni paytda YIda iqtisodiy jihatdan yetakchilik qilayotgan Germaniya va Fransiyaning siyosiy bosimidan ham norozilik kuchayib bordi. Bu norozilikning yorqin namoyishi Buyuk Britaniyada 2016-yil iyunda o‘tkazilgan referendum bo‘lib, unda ishtirok etgan aholining yarmidan ko‘pi mamlakatning YIdan chiqishi uchun ovoz berdi. 2020-yil 31-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning YIga a’zoligi to‘xtatildi.
Mulohaza yuriting
Bu qiziq!
Yevro 1979-yildan 1998-yilgacha Yevropa valyuta tizimida qo‘llanilgan Yevropa valyuta birligi (ing. ECU — European Currency Unit, shuningdek, O‘rta asrlardagi fransuz tangalari — ekyu (fr. écu)) o‘rnini egalladi.
Koronavirus pandemiyasi butun dunyoda bo‘lgani singari YIda ham katta insoniy yo‘qotishlarga va iqtisodiy tushkunlikka olib keldi. Aholini ommaviy emlash orqali virus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlardan tashqari, YI sog‘liqni saqlash milliy tizimlarini qo‘llab-quvvatlash orqali ham “COVID-19” pandemiyasini yengib o‘tishga erishdi.
2022-yil fevralda Rossiya va Ukraina o‘rtasida keng miqyosli urush boshlanishi bilan YI Ukraina va uning xalqini qo‘llab-quvvatlashni boshladi. Xususan, gumanitar va favqulodda yordam, moliyaviy va tezkor qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, harbiy yordam ko‘rsatishni bugungi kunda ham davom ettirib kelmoqda. YI Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini agressiya deb baholab, bu urushni xalqaro miqyosda qoralab kelmoqda va Rossiyaga qarshi keng miqyosli sanksiyalar e’lon qildi. Bu sanksiyalar Rossiyani iqtisodiy izolyatsiyalashga va agressiya uchun uning moliyaviy imkoniyatlarini cheklashga qaratildi.
Bu qiziq!
Bu davrda YI Markaziy Osiyo (MO) davlatlari bilan yaqinlashuv siyosatini faollashtirdi. Xususan, 2022-yil Qozog‘istonning Ostona shahrida, 2023-yili Qirg‘izistonning Cho‘ponota shahrida YI — MO formati doirasida oliy darajadagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 2023-yil oktyabrda Lyuksemburgda bo‘lib o‘tgan YI va MO davlatlari tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvida 2024-yili birinchi sammitni Samarqand shahrida o‘tkazishga kelishib olindi. Ammo turli sabablarga ko‘ra, sammit 2025-yilga ko‘chirildi. Shu yili aprelda Samarqandda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan sammitda ikki mintaqa — YI va MO o‘rtasidagi munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida kelishib olindi.
Bu qiziq!
Shuningdek, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, innovatsiyalar,
Yodda tuting!
*Shengen zonasi* — 2025-yildan ichki chegaralarda vizalar va bojxona nazoratini bekor qilgan 29 ta davlatdan iborat hudud, ya’ni bu davlatlar o‘rtasidagi chegarani kesib o‘tishda pasport taqdim etilmaydi.
2012-yilda Yevropa Ittifoqi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi.
*YI shtab-kvartirasi Bryussel* (Belgiya) shahrida joylashgan.
2002-yili Yevropada (Buyuk Britaniyadan tashqari) yagona valyuta — yevro joriy qilindi.
Mulohaza yuriting
“Yashil energetika”, tog‘-kon, qishloq xo‘jaligi, transport, logistika va raqamlashtirish sohalarida qo‘shma dastur va kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniyat, turizm, fan, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda faol almashinuvlarni davom ettirish lozimligi ta’kidlandi.
Yi va O‘zbekiston munosabatlari
(rasm) Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Sammit doirasida bo‘lib o‘tgan konstruktiv va samarali uchrashuvlar ikki mintaqa manfaatlari yo‘lida sheriklik va amaliy hamkorlikni chuqurlashtirishga bo‘lgan siyosiy iroda va qat’iyatni namoyon etdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, umumiy siyosiy iroda tufayli Markaziy Osiyodagi chuqur transformatsiya jarayonlari barqaror va ortga qaytmas tus oldi. Ishonch va yaxshi qo‘shnichilik mustahkamlanmoqda, keng ko‘lamli hamkorlik va kooperatsiya aloqalari kengaymoqda.
Yi va O‘zbekiston munosabatlari
Bugungi kunda mintaqada yirik investitsiya va infratuzilma loyihalari birgalikda amalga oshirilmoqda, ularni qo‘llab-quvvatlash uchun investitsiya fondlari va kompaniyalari faoliyat yuritmoqda. Mintaqa ichidagi savdo ko‘paymoqda, chegaraoldi savdo zonalari tashkil etilmoqda. Bularning barchasi mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qilmoqda.
Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik sezilarli darajada faollashdi. So‘nggi yetti yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi bir necha barobar o‘sib, 54 milliard yevroni tashkil etdi. Samarali hamkorlik platformalari ishga tushirildi. Toshkent shahrida Yevropa investitsiya banki ofisini ochish to‘g‘risida bitim imzolanib, bu YI mamlakatlaridan Markaziy Osiyoga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar oqimini rag‘batlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Atamalar izohi
*Kapital* — bu qo‘shimcha qiymat olishda foydalaniladigan moddiy, intellektual va moliyaviy vositalar yig‘indisi.
*Sanksiya* — bir nechta maqsadni, xususan: aybdorni jazolashni, jamoat tartibini saqlash va mavjud qoida, uning buzilganligiga qaramasdan, o‘z kuchini saqlab qolishini rasman ta’kidlashni ko‘zda tutadi.
*Subsidiya* — davlat yoki boshqa biron-bir muassasa tomonidan boshqa davlat, muassasa, alohida shaxsga ko‘rsatiladigan moliyaviy yoki moddiy yordam.
*Restrukturizatsiya* — bu qarz yoki kreditni to‘lash shartlarini qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirish.
Ijodiy ish topshirig‘i
Quyidagi reja asosida Yevrointegratsiya tarixidagi asosiy bosqichlarni o‘rganib chiqing:
- a) 1951-yil — Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi tuzish to‘g‘risidagi Parij shartnomasining imzolanishi;
- b) 1957-yil — Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ni va Atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati (Yevratom)ni tashkil etish to‘g‘risidagi Rim shartnomasi imzolanishi;
- d) 1978-yil — Yevropa valyuta tizimining yaratilishi;
- e) 1985-yil — Shengen shartnomasining imzolanishi;
- f) 1992-yil — Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga asoslangan Yevropa Ittifoqini tashkil etish to‘g‘risidagi Maastrixt shartnomasining imzolanishi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1951-yil — a) 1951-yil — Yevropa ko‘mir va po‘lat birlashmasi tuzish to‘g‘risidagi Parij shartnomasining imzolanishi;
- 1957-yil — b) 1957-yil — Yevropa iqtisodiy hamjamiyati (YIH)ni va Atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati (Yevratom)ni tashkil etish to‘g‘risidagi Rim shartnomasi imzolanishi;
- 1978-yil — d) 1978-yil — Yevropa valyuta tizimining yaratilishi;
- 1979-yilda — Yevro 1979-yildan 1998-yilgacha Yevropa valyuta tizimida qo‘llanilgan Yevropa valyuta birligi (ing.
- 1985-yil — e) 1985-yil — Shengen shartnomasining imzolanishi;
- 1990-yillarda — 1990-yillardan boshlab Yevropa integratsiyasining rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha bordi. *Birinchidan,* yangi a’zolarni qabul qilish yo‘nalishi bo‘lib, 1996-yili a’zolar soni 15 taga yetdi.
- 1992-yil — f) 1992-yil — Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyatiga asoslangan Yevropa Ittifoqini tashkil etish to‘g‘risidagi Maastrixt shartnomasining imzolanishi.
- 1993-yili — Yevroparlamentning maqomi oshdi, Yevroparlamentga to‘g‘ridan to‘g‘ri saylovlar o‘tkaziladigan bo‘ldi. 1993-yili yagona Yevropa fuqaroligini ta’minlagan Maastrixt shartnomasi kuchga kirdi.
- 1996-yili — 1990-yillardan boshlab Yevropa integratsiyasining rivojlanishi ikki yo‘nalish bo‘yicha bordi. *Birinchidan,* yangi a’zolarni qabul qilish yo‘nalishi bo‘lib, 1996-yili a’zolar soni 15 taga yetdi.
- 1998-yilgacha — Yevro 1979-yildan 1998-yilgacha Yevropa valyuta tizimida qo‘llanilgan Yevropa valyuta birligi (ing.
Bilimingizni sinang
Yevropa Ittifoqi (YI) nechta Yevropa davlatining hamkorligiga asoslangan ittifoq hisoblanadi?
- 28 ta
- 25 ta
- 27 ta
- 30 ta
To‘g‘ri javob: 27 ta. YI 27 ta Yevropa davlatining hamkorligiga asoslangan ittifoqdir.
Yevropa Ittifoqi aholisi bugun qancha kishidan ortiqni tashkil qiladi?
- 348 milliondan
- 398 milliondan
- 548 milliondan
- 448 milliondan
To‘g‘ri javob: 448 milliondan. YI aholisi 448 milliondan ortiq kishini tashkil qiladi.
Yevropa Ittifoqi aholisi Yer yuzi aholisining taxminan necha foizini tashkil qiladi?
- 6%
- 10%
- 4%
- 2%
To‘g‘ri javob: 6%. YI aholisi Yer yuzi aholisining 6% ga yaqinini tashkil qiladi.
Yevropa Ittifoqi nechta Yevropa davlatining hamkorligiga asoslangan ittifoq?
- 27 ta
- 15 ta
- 28 ta
- 25 ta
To‘g‘ri javob: 27 ta. YI 27 ta davlat hamkorligiga asoslangan.
Yevropa Ittifoqi aholisi Yer yuzi aholisining taxminan qancha ulushini tashkil qiladi?
- 1%
- 12%
- 25%
- 6%
To‘g‘ri javob: 6%. YI aholisi 448 milliondan ortiq, ya’ni Yer yuzi aholisining 6% ga yaqini.
Yevropa Ittifoqining shiori qanday?
- “Birlik – kuch”
- “Xilma-xillik birligi”
- “Erkinlik va tenglik”
- “Tinchlik va farovonlik”
To‘g‘ri javob: “Xilma-xillik birligi”. YI shiori “Xilma-xillik birligi”.
Kopengagenda o‘tgan uchrashuvda Yevroittifoqqa o‘nta yangi a’zo taklif qilingan yil qaysi?
- 2000-yil
- 2004-yil
- 2002-yil
- 2001-yil
To‘g‘ri javob: 2002-yil. 2002-yili Kopengagenda Yevroittifoqqa Vengriya, Polsha, Chexiya kabi o‘nta yangi a’zo taklif qilindi.
Kopengagendagi uchrashuvda Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishi masalasi hal bo‘lmagan davlat qaysi?
- Serbiya
- Turkiya
- Norvegiya
- Ukraina
To‘g‘ri javob: Turkiya. Majlis kun tartibidagi Turkiyaning YIga qabul qilinishi masalasi hal qilinmadi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash