Amerika Qo‘shma Shtatlari
XX asr oxiri – XXI asr birinchi choragida AQSH va G‘arbiy Yevropa mamlakatlari
Eslab ko‘ring!
1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi. O‘sish sur’atining pasayishi xo‘jalikning hamma jabhasini qamrab oldi. Biroq 1992-yil bahoridan yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati yana jadallasha boshladi.
Bill Klinton prezidentligining dastlabki uch yili AQSHning iqtisodiy rivojlanishi uchun muvaffaqiyatli keldi. Bu davrda iqtisodiy konyunktura yaxshilanib, ishsizlik darajasi va inflyatsiyaning pasayishiga olib keldi. B. Klinton prezidentligining ikkinchi muddatida uning ma’muriyati ijtimoiy sohani rivojlantirishga katta e’tibor qaratdi. Federal xarajatlarning asosiy qismi inson resurslarini rivojlantirishga sarflandi. AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirish boshlandi. Bu siyosat “Klintonning yangi iqtisodiy falsafasi” (“Clintonomics”) nomini oldi.
Eslab ko‘ring!
XXI asr boshiga kelib, AQSH iqtisodiyoti texnik taraqqiyotning asosiy manbayiga aylandi. Dunyo bo‘yicha yangi texnologiyalarni yaratishga sarflanayotgan barcha xarajatlarning 1/3 qismi AQSH ulushiga to‘g‘ri kelardi. Dunyo ishlab chiqarishida yetakchi pozitsiyani ta’minlab turgan makrotexnologiyalarning ham yarmi AQSHga tegishli edi. AQSH bu davr o‘z muammolarini muvaffaqiyatli hal qilib, XXI asrga yangi iqtisodiy o‘sish bilan kirib keldi. Biroq 2007–2008-yillari AQSHning moliya sektorida boshlangan inqiroz 2009-yilga kelib, dunyo miqyosidagi global retsessiyaga aylanib ketdi. 2009-yili dunyo bo‘ylab
(rasm) Amerika Qo‘shma Shtatlari
Eslab ko‘ring!
YIM ulushi Ikkinchi jahon urushidan beri birinchi marta salbiy ko‘rsatkichga tushib ketdi. Ishsizlikning misli ko‘rilmagan darajada oshishi mehnat bozorini kuzatishning butun tarixi davomida eng yuqori nuqtaga yetdi va 2009-yili dunyoda ishsizlar soni 200 millionga yaqin kishini tashkil qildi. Miqyosi va oqibatlari bo‘yicha bu inqirozni faqat 1930-yillardagi Buyuk depressiya bilan tenglashtirish mumkin. AQSH iqtisodiyoti 2014-yilga kelib ham to‘liq tiklana olmadi. Jozef Bayden prezidentlik qilgan 2021–2024-yillar “COVID-19”dan keyingi jadal iqtisodiy o‘sish davriga to‘g‘ri keldi. Bu davrda J. Bayden amalga oshirgan islohotlar iqtisodga davlat aralashuvining kuchayishi bilan xarakterlanib, u investitsiyalarning ortishi, ish o‘rinlarining ko‘payishi, aholi daromadining oshishi kabi ijobiy natijalarga olib keldi.
Yodda tuting!
B. Klinton davrida AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirish siyosati “yangi iqtisodiy falsafa” nomini oldi.
2007–2008-yillari AQSHning moliya sektorida boshlangan inqiroz 2009-yilga kelib, dunyo miqyosidagi global retsessiyaga aylanib ketdi.
Siyosiy rivojlanish
1980-yillar – 1990-yillarning boshlari neokonservatizm g‘oyasining tantanasi davri bo‘ldi. Bu yillari AQSH ichki taraqqiyotda ham, xalqaro maydonda ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Shunga qaramasdan, 1992-yilgi saylovda respublikachi Jorj Bush kutilmaganda yosh demokrat B. Klintonga yutqazib qo‘ydi. Biroq demokratlar ham o‘z g‘alabasini mustahkamlay olmadi. 1994-yilgi oraliq saylovlarda demokratlar qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi. Har ikkala palatada ko‘pchilik o‘rinlarni ham, ko‘plab shtatlarda gubernatorlik lavozimlarini ham respublikachilar egalladi. Respublikachilar partiyasining obro‘si va ta’sirini tiklash uchun qulay sharoit paydo bo‘ldi. Ammo demokratlarning ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlari 1996-yilgi saylovda B. Klintonning g‘alabasini ikkinchi marta ta’minladi. B. Klinton ma’muriyati ijtimoiy sohani o‘z siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qildi.
Siyosiy rivojlanish
2002-yilgi saylovda respublikachilar vakili kichik Jorj Bush yana saylandi. Uning ikkinchi muddat prezidentlik davrida AQSH moliyaviy inqirozni boshdan kechirdi. Natijada 2008-yili bo‘lib o‘tgan saylovda demokratik partiyadan yagona nomzod Barak Obama AQSHning 44-prezidenti etib saylandi.
B. Obama prezidentligining ikkinchi muddatida Iroq va Suriyadagi vaziyatning og‘irlashuvi, Yevropa mamlakatlari va AQSHning o‘zida ham terroristik xavfning kuchayishi kabi bir qator muammolar prezident va uning ma’muriyati obro‘sini tushirib yubordi. Natijada 2016-yili bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klinton yutqazib qo‘ydi. AQSHning navbatdagi prezidenti etib respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Tramp saylandi.
Tahlil qiling
AQSH o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun dunyoning turli mintaqalarida faol tashqi siyosat yurgizib keladi. XX asrning 90-yillari – XXI asrning birinchi choragida AQSH harbiy kuchlari kiritilgan mamlakatlarni xaritadan aniqlang.
Bu qiziq!
1789-yildan boshlab hozirgi kunga qadar AQSHda prezidentlik lavozimida 47 nafar siyosatchi faoliyat olib borgan. Ular orasida 2009–2017-yillar oralig‘ida prezidentlik faoliyatini yuritgan Barak Obama yagona qora tanli insondir.
2017–2020-yillari AQSH prezidenti bo‘lgan D. Tramp ichki siyosatda Amerikaning buyukligini tiklash, tashqi siyosatda esa boshqa davlatlar ishlariga aralashmaslikni e’lon qildi, migratsiya siyosati qayta ko‘rib chiqildi, ish o‘rinlari ko‘paytirildi, tashqi siyosatda AQSH manfaatlari ustuvor deb qaraldi.
2020-yil noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovda Demokratik partiya vakili Jozef Bayden g‘alaba qozondi. Prezidentlikning dastlabki kunlarida J. Bayden bir qator farmonlarni imzoladi, D. Trampning JSSTdan va Iqlim bo‘yicha Parij kelishuvidan chiqish to‘g‘risida, Meksika bilan chegarada devor qurish haqidagi farmonlarini bekor qildi. Bir qator musulmon mamlakatlari va Afrika davlatlari fuqarolariga AQSHga kirish uchun ruxsat berdi. J. Bayden 2024-yilgi saylovda dastlab prezidentlikka nomzod sifatida ishtirok etgan bo‘lsa-da, ilk debatlardagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng iyul oyida saylovda ishtirok etishdan voz kechishga majbur bo‘ldi. Noyabrda bo‘lib o‘tgan saylovlarda D. Tramp g‘alaba qozondi.
Tashqi siyosat
1990-yillari AQSH tashqi siyosatining asosiy prinsiplari o‘z ahamiyatini saqlab qoldi. Yuqori darajada rivojlangan sanoat mamlakati bo‘lgan AQSH sayyoraning turli mintaqalarida o‘zining hayotiy muhim manfaatlarini himoya qilish uchun nafaqat harbiy vositalarga ega edi, balki sanoat, savdo, moliyaviy, ilmiy-texnik, madaniy va boshqa vositalar ham uning jahon siyosatida nufuzi yuqori bo‘lishida juda katta ahamiyat kasb etdi. AQSH hozir ham xalqaro maydonda shu vositalarning barchasidan unumli foydalanmoqda.
Mulohaza yuriting
B. Obama prezidentligining birinchi davrida dunyoda zo‘ravonlikka, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, AQSHning dunyodagi yetakchilik pozitsiyasini tiklash hukumat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilindi. Unga dunyoni yadro qurolidan xalos qilish, xalqlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida qilgan harakatlari uchun 2009-yili tinchlik yo‘nalishida Nobel mukofoti berildi. Ammo ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash Afg‘onistonda to‘liq tugallanmay turib, Yaqin Sharqda keskinlikning yangi o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Iroqda Saddam Husayn rejimi ag‘darilgandan so‘ng Suriyadagi Bashar Asad rejimiga qarshi kurashda AQSH hukumati “ISHID” ko‘rinishidagi yangi terroristik guruhning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Natijada AQSHning dunyodagi yetakchi davlat sifatidagi obro‘siga putur yetdi.
Mulohaza yuriting
D. Tramp ma’muriyatiga bir qator tashqi siyosiy muammolar meros qoldi. Ular, avvalo, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi ahvol bilan bog‘liq. Shuningdek, Xitoy
va Rossiya bilan munosabatlarda ham taranglik mavjud bo‘lib, ular ham D. Trampdan diplomatik faollikni talab qildi.
2017-yil noyabrda D. Tramp Xitoyga qilgan rasmiy tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashuviga, juda katta miqdordagi savdo va investitsiya kelishuvlariga erishdi.
J. Bayden hukumati esa tashqi siyosatda Pauell doktrinasiga amal qilishini bildirdi. Unga ko‘ra, AQSH: aniq milliy manfaatga; AQSHning o‘zida va tashqarida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga; real harbiy va iqtisodiy yordam ko‘rsatadigan ittifoqchilarga ega bo‘lmasdan faol harbiy harakatlarga qo‘shilmasligi lozim.
Mulohaza yuriting
Shundan kelib chiqib, 2021-yil 31-avgustda AQSH qo‘shinlarini Afg‘onistondan olib chiqdi. 2022-yili keng miqyosli Rossiya — Ukraina urushi boshlanishi bilan qat’iy ravishda Kiyev hukumatini qo‘llab-quvvatladi. J. Bayden davrida AQSH Ukrainaga 66,5 milliard dollardan ko‘proq harbiy yordam ko‘rsatdi.
Yodda tuting!
2001-yil 11-sentyabrda AQSHda terrorchilar tomonidan egallab olingan yo‘lovchi samolyotlar Nyu Yorkdagi Jahon savdo markazi va Vashingtondagi Mudofaa vazirligi binolariga borib urildi. 3000 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu fojia AQSH hukmron doiralari siyosatini ko‘p jihatdan o‘zgartirdi.
D. Tramp hokimiyatga kelishi bilan AQSH tashqi siyosatida keskin burilish yuz berdi. 2025-yil martda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida AQSH — Rossiya va AQSH — Ukraina muzokaralari boshlanib, urushni to‘xtatish uchun harakatlar qilindi.
15-may kuni Tramp, Zelenskiy va Putin delegatsiyalarining shu masala yuzasidan Istanbuldagi uchrashuvi ijobiy yakun topmadi. Tramp siyosatining yana bir yo‘nalishi AQSH tarixidagi eng yirik deportatsiya dasturining amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Qisqa muddatda AQSHdan minglab nolegal migrantlar chiqarib yuboriladi. Tramp hukumati aprel oyining boshlaridan importga 100% dan oshiq boj to‘lovlarini kiritishi xalqaro savdo sohasida Kanada, Meksika, YI va boshqa davlatlarning noroziligini keltirib chiqardi, Xitoy bilan esa “savdo urushi”ga olib keldi. May oyida Jenevada bo‘lib o‘tgan muzokaralardan so‘ng AQSH va Xitoy delegatsiyalari o‘zaro tariflarni 90 kunga kamaytirishga kelishib oldi. Kelishuv doirasida Vashington Xitoy tovarlariga boj to‘lovlarini 145% dan 30% ga, Pekin esa Amerika tovarlariga boj to‘lovlarini 125% dan 10% ga pasaytirdi.
Yodda tuting!
Tashqi siyosatda AQSH amalga oshirgan eng bahsli jarayon uning Eronga qarshi harakatlari bo‘ldi. 2025-yil 13-iyun kuni Isroil Eronning yadroviy dasturi bilan bog‘liq bir qator obyektlarini bombardimon qilishni boshladi. Isroilning bu harakatlari jahon jamoatchiligi tomonidan qoralandi. Eron ham javob sifatida Isroil hududini bombardimon qildi, ikki tomondan ham ko‘plab tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. 22-iyun kuni mojaroga AQSH aralashib, Eronning Fordo va Natanze hududlaridagi uranni boyitish yerosti zavodlarini bombardimon qildi. AQSHning Eron hududini bombardimon qilishi barcha xalqaro normalarga xilof bo‘lib, Rossiya, Xitoy, Saudiya Arabistoni, O‘mon kabi davlatlar
Tahlil qiling
1. 2007–2009-yillardagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining butun dunyoga ta’siri haqida gapirib bering. 2. Respublikachilar va demokratlar partiyalari o‘rtasidagi farq nimadan iboratligini aniqlang. 3. AQSH tashqi siyosatining asosiy prinsiplari nimadan iborat ekanligini tushuntirib bering.
tomonidan keskin qoralandi. O‘zbekiston hukumati chuqur xavotir bildirib, muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishga chaqirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil mayda AQSHga qilgan ilk rasmiy tashrifi chog‘ida AQSH Prezidenti D. Tramp bilan o‘tkazgan muzokaralari ikki tomonlama hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi. Sh. Mirziyoyev 2023-yil BMTning 78-sessiyasida qatnashish uchun AQSHga qilgan tashrifi davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “C5+1” formatidagi birinchi sammitida ishtirok etdi va AQSH prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuvda davlatlararo va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Atamalar izohi
*Retsessiya* — bu iqtisodiyotda ishlab chiqarishning nisbatan mo‘tadil, unchalik xavfli bo‘lmagan pasayishini yoki iqtisodiy o‘sish sur’atining sekinlashuvini anglatadi.
*Iqtisodiy konyunktura* — bu iqtisodiyotning pulning harakati, foiz stavkalari, valyuta kursi, ish haqi, shuningdek, ishlab chiqarish va iste’molning dinamikasi bilan xarakterlanuvchi holati, faollik darajasini bildiradi.
*Makrotexnologiya* — bu belgilangan parametrlar bo‘yicha ma’lum mahsulot turini yaratish borasidagi barcha texnologik jarayonlar (ilmiy-texnik izlanishlar, konstruktorlik ishlari, ishlab chiqarishni tayyorlash, ishlab chiqarish, sotish va loyihani servis qo‘llab-quvvatlash) majmuyi.
Atamalar izohi
*Pauell doktrinasi* — “sovuq urush” tugashi munosabati bilan AQSH armiyasi shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi general Pauell taklif qilgan harbiy doktrina.
*JSST* — Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti.
Mulohaza yuriting
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Muhim sanalar
- 1789-yilda — 1789-yildan boshlab hozirgi kunga qadar AQSHda prezidentlik lavozimida 47 nafar siyosatchi faoliyat olib borgan.
- 1930-yillarda — Miqyosi va oqibatlari bo‘yicha bu inqirozni faqat 1930-yillardagi Buyuk depressiya bilan tenglashtirish mumkin.
- 1980-yillar — 1980-yillar – 1990-yillarning boshlari neokonservatizm g‘oyasining tantanasi davri bo‘ldi.
- 1990-yillar — 1990-yillar boshida AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya kuzatildi.
- 1990-yillarning — 1980-yillar – 1990-yillarning boshlari neokonservatizm g‘oyasining tantanasi davri bo‘ldi.
- 1990-yillari — 1990-yillari AQSH tashqi siyosatining asosiy prinsiplari o‘z ahamiyatini saqlab qoldi.
- 1992-yil — Biroq 1992-yil bahoridan yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati yana jadallasha boshladi.
- 1992-yilgi — Shunga qaramasdan, 1992-yilgi saylovda respublikachi Jorj Bush kutilmaganda yosh demokrat B. Klintonga yutqazib qo‘ydi.
- 1994-yilgi — 1994-yilgi oraliq saylovlarda demokratlar qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradi.
- 1996-yilgi — Ammo demokratlarning ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatlari 1996-yilgi saylovda B. Klintonning g‘alabasini ikkinchi marta ta’minladi.
Bilimingizni sinang
AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya qaysi davr boshida kuzatildi?
- 1990-yillar boshida
- 1980-yillar boshida
- 2000-yillar boshida
- 1970-yillar boshida
To‘g‘ri javob: 1990-yillar boshida. AQSH iqtisodiyotida qisqa muddatli retsessiya 1990-yillar boshida kuzatildi.
AQSHda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’ati qaysi yil bahoridan yana jadallasha boshladi?
- 1991-yil
- 1994-yil
- 1992-yil
- 1990-yil
To‘g‘ri javob: 1992-yil. 1990-yillar boshidagi retsessiyadan so‘ng YaIM o‘sishi 1992-yil bahoridan yana jadallashdi.
Prezidentligining dastlabki uch yili AQSHning iqtisodiy rivojlanishi uchun muvaffaqiyatli kelgan prezident kim?
- Jorj Bush
- Bill Klinton
- Ronald Reygan
- Barak Obama
To‘g‘ri javob: Bill Klinton. Bill Klinton prezidentligining dastlabki uch yili AQSH iqtisodiy rivojlanishi uchun muvaffaqiyatli bo‘ldi.
B. Klinton ma’muriyatining ijtimoiy davlat qurish siyosati qanday nom oldi?
- “Klintonning yangi iqtisodiy falsafasi” (“Clintonomics”)
- “Buyuk jamiyat” (“Great Society”)
- “Yangi kelishuv” (“New Deal”)
- “Reyganning yangi iqtisodiy falsafasi” (“Reaganomics”)
To‘g‘ri javob: “Klintonning yangi iqtisodiy falsafasi” (“Clintonomics”). Bu siyosat “Klintonning yangi iqtisodiy falsafasi” (“Clintonomics”) nomini oldi.
B. Klinton davrida “Klintonning yangi iqtisodiy falsafasi” nomini olgan siyosat nimaga qaratilgan edi?
- Harbiy xarajatlarni oshirishga
- AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirishga
- Davlat mulkini xususiylashtirishga
- Importga yuqori boj joriy etishga
To‘g‘ri javob: AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirishga. Matnga ko‘ra, shu siyosat AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirish bilan bog‘liq bo‘lgan.
B. Klintonning “yangi iqtisodiy falsafasi” (“Clintonomics”) asosida qanday siyosat yotgan?
- Federal xarajatlarni harbiy sohaga yo‘naltirib, ijtimoiy dasturlarni butunlay bekor qilish va soliqlarni oshirish
- Soliqlarni bekor qilib, iqtisodiyotni to‘liq xususiy sektorga topshirish va davlat byudjetini qisqartirish
- Federal xarajatlarning asosiy qismini inson resurslarini rivojlantirishga sarflab, AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirish
- Importga yuqori boj kiritib, AQSH bozorini chet el tovarlari uchun yopib qo‘yish va investitsiyalarni taqiqlash
To‘g‘ri javob: Federal xarajatlarning asosiy qismini inson resurslarini rivojlantirishga sarflab, AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirish. Klinton ikkinchi muddatida federal xarajatlarni inson resurslariga yo‘naltirib, AQSHni ijtimoiy davlatga aylantirishni boshladi.
XXI asr boshida dunyoda yangi texnologiyalarni yaratishga sarflanadigan xarajatlarning qancha qismi AQSH ulushiga to‘g‘ri kelardi?
- 1/2 qismi
- 1/5 qismi
- 1/3 qismi
- 1/4 qismi
To‘g‘ri javob: 1/3 qismi. Yangi texnologiyalar yaratish xarajatlarining 1/3 qismi AQSH ulushiga to‘g‘ri kelardi.
AQSHning moliya sektorida global retsessiyaga aylangan inqiroz qaysi yillari boshlangan?
- 2004–2005-yillari
- 2007–2008-yillari
- 2010–2011-yillari
- 2001–2002-yillari
To‘g‘ri javob: 2007–2008-yillari. Inqiroz 2007–2008-yillari AQSH moliya sektorida boshlandi.
XotirAI mavzuni savollar bilan so‘raydi va keyingi takrorlash vaqtini o‘zi belgilaydi.
🚀 Yodlashni boshlash